Buxoro xalqining hasratli ötmişi
yoxud amirlikka buyurmagan xazina
Şerzodxon QUDRATXÖJA
Asrlar davomida Buxoro amirligi ğaznasida töplangan boyliklar miqdori haqida turli taxminlar mavjud. Amir Olimxon xazinasi haqida Mahmudxöja Behbudiy şunday yozgan edi: “Hozir Buxoro amiri tasarrufi ostida bölgan xazina şu darajada mölki, heç bir mamlakat xazinasida bul darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumuş pul, tillo yombilar bölmasa kerak. Buxoro amiri sanoçilarida saqlanayotgan oltin va kumuş pullar böyi ellik olçin, eni yigirma olçin, balandligi sakkiz olçin bölgan bir toğdan iboratdur”.
Bu raqamlarni hozirgi ölçovga aylantirsak, amir xazinasining uzunligi 35 metr, eni 14 metr va balandligi qariyb olti metrga töğri keladi! Bu boyliklarning asosiy qismi 1920 yildagi şöroviylar bosqinidan keyin 18 vagonda ular tomonidan taşib ketilgan.
Oltinlar millatga işlasin ekan…
Odatda, xalqimizni, odamlarimizni sodda deymiz. Ammo yaqin tariximizda ayrim hukmdorlarning ham göl va omilardek fikrlaş doirasi tor bölganiga guvoh böliş yanada açinarlidir.
Uzoq yillar davomida yiğilgan juda katta miqdordagi oltin, kumuş, olmos va misli körilmagan darajadagi katta mablağlar ilm-fan va taʼlimga sarflanganida, natija qanday bölişini tasavvur qiliş qiyin emas. Öşa paytdagi hukmdorlar va boylar bor sarmoyasini taʼlim, zamonaviy texnologiyalar, yangi iş joylarini yaratiş, sanoatlaştirişga sarflaganlarida bormi, turgan gapki, biz qoloq bölmasdik. Ustiga-ustak, har qanday qudratli bölmasin, yurtimizni heç bir davlat bosib olişga jurʼat etolmasdi!
Agar bu ulkan mablağlar xalqning farovonligi va mamlakatdagi bunyodkorlik işlariga, harbiy salohiyatini oşirişga sarflanganida edi, 1 tillo 10 tillo bölib qaytar, Buxoro, Qöqon, Xiva xonliklari jahonda maʼrifatli va taraqqiy etganlar qatorida bölardi!
Ötmişda xonliklar, amirliklar XIX asrdagi harbiy va geosiyosiy vaziyatga töğri baho berolmasliklari, xalqaro masalalarda ojiz va uzoqni körolmasliklari oqibatida ne-ne kulfatlarni keltirib çiqargan. Aytişlariça, inglizlar uçoq va zambarak sotib olişni taklif qilişganida, Amir Olimxon: “Bizni himoya qilodiğon Olampanoh Nikolay Oqpoşşo hazrati oliylari bor”, — deb kulimsirab va jerkib javob bergan ekan. Otalari Sayyid Abdulahadxon, bobolari Muzaffar, Nasrulloxonlar 26 million oltin rubldagi şaxsiy mablağlarini Sankt-Peterburgdagi banklarga foizga qöyişgan. Ular bu kabi sudxörlikdan boyiş örniga, mablağlarini öz yurtida tadbirkorlikni rivojlantirişga yönaltirişganida, balki barçaga ham halol, ham umummanfaatli, ham barakali bölarmidi? (Afsuski, bu pullarning barçasi Rusiya banklarida qolib ketgan).
Soçi, Yalta va Piterda haşamatli imoratlar barpo qilgan Amir Olimxondek odam nahotki siyosiy ğör, köz oldidan narini körolmaydigan hukmdor edi? Yoşligida Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan, söngra Peterburgdagi kadet maktabida öqigan, bir neçta tilni bilgan Olimxondek kişi nahot nafaqat Rusiya, balki butun dunyoda “sotsializm va proletariat şarpasi” keza boşlaganini fahmlamagan edi?
Xalq dardi va taşvişlaridan uzoq bölgan, yangi islohotlar, özgarişlar va erkinlikni öz manfaati uçun qabul qilolmagan Buxoro amiri Sayid Olimxon podşoh Nikolay II ni döstim deb, unga işonib, juda katta xato qilganligini tarixiy voqealar ayon qilib turibdi.
Şuning uçun bölsa kerak, şörolar inqilobidan söng uning qismati nihoyatda oğir keçdi. Muborak Buxoroi şarifni bolşeviklar qöliga şarmandalarça topşirgan, xalqini esa yovga taşlab qoçgan Amir hayoti Afğonistonda ötdi. Uning tutday tökilgan harami va qolgan-qutgan oltinlari ortilgan karvoni hozirgi Qaşqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston hududidan ötib, Amudaryoni keçib, afğon yurtiga borib, u yerda bamisoli faqir bir ijaraçi bölib yaşadi. Öşa paytlarda undan ançagina zamonaviy va ilğor bölgan afğon şohi Omonullaxonning qoş-qovoğiga qarab, şarafsiz kun keçirdi. Erkakka va oliy hukmdorga yaraşmagan tarzda yiğlamsirab Buyuk Britaniya qiroliçasi Viktoriyaga maktublar yozdi, lekin nomalari javobsiz va eʼtiborsiz qoldi. Töğri-da, öz xalqi va Vatanini taşlab qoçgan, ularni yovning qonli qöllariga taşlab ketgan sobiq amir bilan ular hatto gaplaşişni ham ep körişmagan.
Aytişlariça, alaloqibat, Sayid Olimxon yiğlayverganidan 1943 yilda söqir bölib, hatto sönggi nafasida ham afğon zaminida öz yurti tarafga qarab jon bergan. Kobuldagi maqbarada nima yozuv borligini bilganlar uning holatini tasavvur qilişi qiyin emas.
Afsuski, şunday oğir qismat öz ona Vatanini yovga taşlab qoçgan Muhammad Xorazmşoh, Qöqon xoni Xudoyorxon, Xiva xoni Sayid Abdulloni ham çetlab ötmagan. Magar ular qoçmay, ota makonlarida xalqi bilan yovga qarşi çiqib, qahramonlarça halok bölganlarida, biz bugun ularni millatimizning haqiqiy qahramonlari sifatida şaraflagan bölar edik.
…Yaqinda Amir Sayid Olimxon tomonidan bitilgan “Buxoro xalqining hasrati tarixi” deb nomlangan möʼjaz kitobça qölimga tuşib qoldi. Kitobça 1991 yili Toşkentdagi “Fan” naşriyoti tomonidan naşrdan çiqqan. Unda Buxoroning sönggi amiri Sayid Olimxon özining yoşlik çoğlaridan boşlab, amirlik paytlari, bolşeviklarning Buxoroni zörlik bilan bosib olişi va Vatandan uzoqda, muxojirlik yillarida keçirgan qiyinçiliklarni hikoya qiladi. Bu hikoyalar haqiqatga neçoğlik mos ekanligi, bosqinçilarga qarşi kuraşgan amallari qançalar xolisligiga quyiroqda fikr yuritamiz. Lekin amirning hikoyalaridan şu narsa yanada yaqqol körinadiki, uning uzoqni köra bilmasligi, yurt va Vatan taqdirini deyarli “öz qöli bilan” yov qöliga topşirganligi kunday ravşan böladi. Yana şu narsaga eʼtibor qaratiş kerakki, Amir Olimxonning yozişiça, öşa davrda Buxoro davlatiga qaraşli yerlar 225 ming kvadrat kilometr bölib, bu taxminan Italiya maydoni bilan teng ekanligini körsatadi.
Keling, yaxşisi, Amir öz qöli bilan bitgan xotiralardan ayrim iqtiboslarni keltiraylik. Çunki ularni öqigan öquvçi aslida tarixiy haqiqatlar qanday keçganini yanada yaqqolroq his qiladi:
“Men 1329 – hijriy yili muharram oyining öninçi kuni, milodiyning 1911 yili menga meros bölib qolgan marhum va mağfur padarim saltanati taxtiga ötirdim. Buxoroyi şarifning barça aholisi bu ojiz bandaga xizmat qilmoqqa qasamyod etdilar.”
“Bolşeviklarga qarşi qilgan yurişim va Buxorodan köçişga ixtiyor etişimga doir barça sabablar hikoyasini muşohada yurituvçilarning xotiralari uçun bularni tahrir ipiga tizdim, toki boşimdan ötgan ahvolotimdan özgalar ham xabardor bölsalar.
Vaqt kelib Buxoroyi şarif davlati buvam, rahmatlik Sayid Amir Muzaffarxon davri saltanatidan to rahmatlik Sayid Amir Abdulahadxon mağfuru marhum padari buzrukvorim zamoniga va undan to bu bandayi ojiz saltanati muddatigaça mana şu Buxoroda ötdi. Bu orada va muazzam rus davlati saltanati barqarorligining oltmiş uç yilligi davomida bu tomonlarda döstlik va oşnaçalik yuz berib, ikki davlat orasida döstlik barqaror va bardavom böldi. Şu sababdan rus davlati xodimlari bilan Buxoro davlati xodimlari örtasida kelişuv ham bölib ötgan edi. Kelişuvlarda askarlar va harbiy qurollar Buxoro tarafidan qisqartirilib, (uni qöriqlaş uçun) harbiy asbob-uskunalar va askarlarni rus davlati öz zimmasiga olgan böldi. Buxoroda esa mamlakatni himoya qiliş uçun ön ikki ming askar bölişiga qaror qilindi; mamlakatni himoya qiliş borasida yana askar lozim bölsa, rus davlati Buxoro davlatini qöllaşga tayyor turadigan böldi. Şu bilan imperator davlati zamoni mavjud bölgan qadar Buxoro davlati askarlar va harbiy qurollarga heç ehtiyoji bölmadi, tinç hayot hukm surdi, men bölsam mamlakat obodonçiligi bilan şuğullanişga intilardim. Bundan söng rus davlati inqilobi yuz berdi. Bu banda mamlakatni tartib-intizom va xavfsizligiga saʼy-harakat qildim.”
Yuqoridagi sözlardan ham körinadiki, butun davlatni himoya qilişdek muhim vazifani amir öysizlarça rus hukumati ixtiyoriga topşirganini yaşirmaydi. Aksinça, “Buxoro davlati askarlar va harbiy qurollarga heç ehtiyoji bölmadi” deb yozadi.
Ayting, xalq boşidagi hukmdor odamning gapimi şu?!
“Binobarin rus jamoati içidan bir qança beasl bölmağur johil şaxslar paydo bölib, ular özlarining hazrat janob oliylari – rus davlati uluğlari orasiga raxna soldilar. Ular qaror qabul qilişib, odamlarni majbur qilişdi. Bu beasl bölgan şaxslar bu qonun bilan odamlarni töplab, nihoyat rus imperatorlik davlatini öz saltanatidan ağdarib, öz jamoasidan bölgan bir neça nafar odamlarni kattakon qilib qöydilar va öz hukumatlarini muvaqqat şöro majlisi deb atab, Kerenskiy degan odamni (Kerenskiy Aleksandr Fedoroviç (1881-1970) rus siyosatçisi, oqlovçi. 1917 yili vaqtli hukumat raisi bölgan. Ş.Q.) jumhuriyat raisi mansabiga kötardilar.
Bu muvaqqat davlatlari bir neça oy davom etdi. Mazkur Kerenskiy hukumati tarafidan ularning Preobrajenskiy (Aleksandr Grigoryeviç — 1850-1918 yy. Rusiya harbiy generallaridan biri. Ş.Q.) degan vakillaridan biri muxtor vazir qilinib, dorulfoxira Buxoroyi şarifga keladigan böldi. Nihoyat, u kişi şaharga kirib kelib, bu bandayi ojiz bilan uçraşdi. Bu kişi kelib gapga quloq berib, ikki davlat örtasida kelişuv böldi, şunda Buxoro davlati mustaqilligini bu ojiz bandaga berdi va kelişuvga imzo çekdi. Söng u qaytib ketdi.”
“Sovet davlati tomonidan Akselrod degan kişi Buxoro davlatiga elçi qilib tayin etildi. Afğoniston davlatiga nisbatan döstlik istehkomlarini tuzib, Toşkentdan menga ön bitta öqsiz töp sovğa qilib yuborişibdi. Bolşeviklarning muomalalarining qanday ekanligini şu öqsiz töpdan bilib oldim. Bu ojiz banda bolşeviklar va ularning elçilari muomalalarini kelişuvga muvofiq iş olib bormaganliklarini körganimdan söng xayolimga bir fikr keldi. Şu sababdan men askar va harbiy qurollarni tayyorlaş işiga kirişdim. Ikki yil içida Buxoro harbiy askarlar va qurol-aslahalar töplab, qöşinlarni uruşga tayyor turiş darajasigaça olib keldim.”
“Bolşeviklar bu orada köp hiyla-tadbir qöllaşga, göyo döstlik liboslarini kiygandek bölib, aslida makru hiyla tadbirlarini işlatiş yöliga, makkorlik yöliga ötdilar. Göyo sulh tuziş uçun Baranov (Baranov Pyotr Ivanoviç — 1892-1933 yy. Sovet harbiy arbobi. Turkiston hamda boşqa joylarda inqilobiy harbiy kengaş aʼzosi bölgan. Ş.Q.) degan taşqi işlar vaziri bölmiş bir kimsani favqulodda elçi qilib, Toşkentdan Buxoroga yubordilar. Muxtor vakil bu bandayi ojiz huzuriga kelib uçraşdi. Şu kişi uzr bayon etib, gaplaşdi, gaplarimizni eşitib, biz bilan kelişdi. U kişi iltimos qilib aytdiki, rus davlati ellik beş yildan beri Buxoro davlati bilan döstlik va oşnaçilikda bölib keldi, to şu paytgaça bizning davlatimiz Buxoro davlatidan barça manfaatlarni körib kelmoqda, şu bilan birga ikki davlat örtasida bu orada heç qanday bir-biriga zarar köradigan işlarni bajo keltirişmadi. Istardimki, bugundan keyin ham bu ikki davlat örtasida döstlik va oşnaçilik gullab yaşnasa va bizga ham sizning davlatingizdan yordam va manfaat tegsa. Sizlardan bizlarga har qança xizmat bölsa, bizning jumhuriyat davlatimiz uni örniga qöysa. Lekin sizlardan bir iltimosimiz bor, öz askarlaringizni bizning temir yöl stansiyasidan olsangiz, çunki biz uni özimizga istehkom qilmoqçimiz. Bizning askarlarimiz vahşiy va nodon odamlardir. Mabodo sizning askarlaringizni körib qolsa, unga töqnaşib qolib, sizdek zoti şahona oldida bizni uyaltirib qöyişadi. Bu borada siz nimaiki istab, unga xohiş bildirsangiz, öşa aytganingizni bajo keltiramiz.
Şu tariqa u bilan gaplaşib, gaplarini eşitib, kelişuv tuzdik, unga imzo ham çekdik. Şu bilan u öz joyiga qaytib ketdi.
Bolşeviklar yöl tösib qölga kiritgan bir qança fuqarolarimizni böşatib, yölovçilarni qöyib yuborişdi.
Şu bilan bu bandayi ojiz askarlarimni rels tarafdan uç milça yöldan olib orqaga çekindik, u yerda bir istehkom ham qurdik, söngra bu manzilga qirq nafardan iborat askarlardan qorovul qöydirdim. Har ehtimol, bu narsa duşman siqib kelganda şoyad fuqarolarga madad bölişi mumkin edi. Ammo duşmanlarimiz bu nayrang bilan bizni ğaflatda qoldirib, misoli bir yöltösarlar kabi, uruş eʼlon qilmasdan hijriyning 1339 yili (1920) zulhijja oyining ön beşida yakşanba keçasi soat ön ikkida soqçilar va qöriqçilar ustiga hujum qilib kelib, öşa yerda temir yöl atrofiga qöyilgan barça qorovullarni, taxminan yuz ellik nafar kişini bandi qildilar.”
Bunday şarmandali “özini-özi” oqlaş niyatida yozilgan bitiklardan yanada oydinroq maʼlum böladiki, Nikolay II tomonidan general-mayor unvonini olgan Amir Olimxon şunçaki qöğirçoq hukmdor bölgan, xolos. Hatto Buxoroga bolşeviklar bostirib kelayotganini eşitgan kuni xalqni oyoqqa turğaziş, Vatanni himoya qiliş örniga, xonlikka tegişli armiyani tarqatib yuboriş haqida farmon beradi. U bunday kaltabinligini “Men xalqimni şunday yuz minglik armiyaning tagiga taşlaşni istamadim” deydi. Eng qiziği, Buxoro armiyasining maʼlum qismi uşbu farmonga böysunmaydi. Biz kuraşamiz deydi va mavjud armiyaning taxminan yigirma foiz qismi yovga qarşi turib kuraşadi. Buxoro esa bir neça kun davomida töplardan, samolyotlardan ayovsiz öqqa tutiladi. Buxoro amirligidagi vaziyat murakkab nuqtaga kelib qolganligidan foydalangan bolşeviklar Frunze boşçiligida Buxoroni şafqatsiz öqqa tutadilar, ilmu urfon maskanlari, madrasa va maqbaralar, muhtaşam inşootlar vayronaga aylanadi. Buxoroi şarif, – deya şaraflangan aziz vatan, uning mehnatkaş, maʼrifatli xalqining taqdiri bosqinçilar qöliga topşirildi.
Şörolar Buxoroning kulini kökka sovurib, uni zabt etgandan keyin Amir Olimxonning xazinasiga tuşadilar. U yerdagi juda köp miqdordagi boyliklarni, oltinlarni taşib ketadilar. Ijtimoiy tarmoqlarda keyingi paytda yozilişiga qaraganda, öşa Buxoro bosqinidan keyin olib ketilgan ayrim boyliklarning miqdori sanab ötilgan. 1 million 148 ming 380 dona Buxoro tillasi, 4 million 365 ming 100 dona rus oltini, 17 tonna 728 kilogramm Gamburg tillasi, 45 tonna 404 kilogramm Gamburg kumuşi, 22 tonna 160 kilogramm rus kumuş tangalari, 62 million 834 ming 780 dona Buxoro tangasi va yana tonna-tonna oltin kukunlari bosqinçilar tomonidan Buxoro xazinasidan olib ketiladi. Şaxsan Amir Olimxon va uning oila aʼzolariga tegişli bölgan boylikdan taşqari albatta bu. 3482 karat yirik brilliantlar, 968 karat buyumlarga tikilgan yana brilliantlar, 8617 karat qimmatbaho toşlar va hokazo mol-mulklar, yaʼni Buxoro xalqining rizq-nasibasi bölgan mislsiz boyliklar bosqinçilar tomonidan talon-toroj qilinadi.
Şunday qilib, Buxoro amirligining sönggi hukmdori Amir Olimxonning yaroqsiz boşqaruvi tufayli Vatan qöldan boy beriladi. Aslida manğitlar sulolasiga mansub Sayid Olimxon 1880 yilda dunyoga kelgan bölib, uning otasi Amir Abdul Ahadxon öğli Sayid Olimxonga bilim beriş maqsadida yuqorida aytganimizdek, uni 13 yoşida Peterburgdagi kadetlar maktabiga öqişga yuboradi. U uzoq yillik taʼlim olişi kerak bölgan maktabni 3 yilda tamomlab, Buxoroga qaytadi. Şundan söng maʼlum muddat Karmana hokimi bölib tayinlanganini, 1911 yildan esa otasi vafot etgandan söng Buxoro amiri taxtini egallaganini yozadi.
Xöş, öşa paytda Sayid Olimxonning atrofida kimlar bor edi? Holbuki, u Russiyaning vassali sifatidagi Buxoroni boşqarayotgan va inon-ixtiyori töliq özida bölmagani bois, hatto moliyaviy mablağlarni sarflaş uçun ham mustamlakaçilarning Kogondagi vakilidan ruxsat söraş kerak bölgan. Afsus, uning yonida esa eng asosiy maslahatçilar sifatida qadimçilar, yaʼni mamlakatni eski usulda boşqaradigan kimsalar Amir Olimxonning asosiy suyançiq, maslahatçilari bölişgan. Ularning birdan-bir maqsadlari, şubhasizki, nima bölsa ham Amirning oldida uzoqroq qolişni öylardilar va uzoq muddat boşqaruvda ötirib, Amirni yangi islohotlar qiliş harakatlaridan tösib turadigan kuçlar edi. Ikkinçisi esa Amirga muxolifat bölgan jadidlar, yaʼni zamonaviy fikrlaydigan va yangi usuldagi maktablarni oçib, mamlakat taraqqiyotini, ilm-fanni rivojlantirişga hissa qöşadigan kişilar. Aytiş kerakki, Amir Olimxon dastlab jadidlarning yangi islohotlar ötkaziş töğrisidagi fikrlarini qöllab-quvvatlagandek böladi. Lekin keyin yana öz bilganidan qolmaydi, jadidlarni, xalqparvar insonlarni yaqiniga yölatmaydi.
Ayançli haqiqatlar şundaki, Amir Olimxon mamlakat taqdirini öziga harbiy unvonlar bergan Çor Rossiyasi ixtiyoriga topşirib qöyadi. Eng dahşatlisi, hatto “Özimiz harbiy tayyorlasak, bu bizga ziyon, çiqim” deyişgaça boradi. Ğaflatga botgan hukmdordan boşqa narsani kutib bölmas edi…
