Oqsuv böyida…

Yaqinda bir guruh qaşqadaryolik ijodkorlar “Men tuğilgan yurt” loyihasi asosida viloyat tumanlarida bölib, bugungi kunning islohotlari bilan tanişdik…

Özim Qaşqadaryoning Kitob şahrida tuğilib ösdim. Ön yil öqigan maktabim şundoqqina Oqsuv daryosi böyida joylaşgan.

Bolaligim bir paytlar “Qizil Oktyabr” deguvçi, söng Hamid Olimjon nomi bilan qayta nomlangan mahallada ötgan. Guzarimizda kiçkinagina novvoyxona bölardi. Uning qaçon qurilganini bilmayman. Esimni tanibmanki, şu yerda non yopilardi.

Tuşlik payti qorin zabtiga olib, maktabdan qaytayotganingizda, oh, bu joydan kelayotgan qaynoq, issiqqina nonning isini aytmaysizmi?!

 

Bebaho, tengsiz ifor, harorat…

Novvoyxona köp odamlarni körgan.

 

Nizom novvoy, Said novvoy, Yöldoşev bova, Mamarayim toğa, usta Asad, Qodir pason, Hayit aka, Mamatqul bova, Mulla Rauf bova…

Ular juda köp, aytsam adoği yöq…

Qör tökib ötirardilar novvoyxona taşqarisidagi sörida…

Ular mahallamiz körki, fayzi ekanligini bilmagan ekanmiz öşanda…

Yillar ötib novvoyxona yopilib ketdi. Şu joyga tutaş bölgan xonadon egasi menga tegişli joy deb, hovlisining etagiga qöşib oldi.

U kişining özlari ham dunyodan ötib ketdilar…

Qaytadan oçib, biror nevara farzandlari yuritib tursa, qança savob bölarmidi…

Har doim uyga borsam, şu joyda biroz ötiraman. Bolaligimni yodga soladi.

Eskigina, bukçayib qolgan eşigi, deraza oynalari örniga faner qoqilib, ranglab taşlangan derazasi, nuray-nuray deb qolgan loysuvoq devorlari va hatto yonidagi möʼjazgina tuynukçasi ham darrov bolaligimni yodimga solaveradi.

Köz öngimda bevaqt xazon bölgan ikki sinfdoşimning siymosi gavdalanadi…

Amakining sal kenglik qilmaganiga oğrinaman.

Yuragimning bir yerida Oqsuv daryosi ham bor. Uning sohillarida qaytib kelmas, huv öşa şöx-şaddod bolaligimning surati çizilgan. Daryo köprigining temir panjaralarida qançadan-qança jajji barmoqlarimning izlari qolgan bölsa-ya… Hozir ham guras-guras bölib maktab öquvçilari ötib ketişadi.

Ammo bolalarning közlarida hayrat kamroqday. Daryo ham sayozlanib, qurib tugab borayotganday, nazarimda…

— Ö, daryo, — deyman har gal borsam, köprikning ustida turib, dilimni timdalab-timdalab kelayotgan oğriqni bosolmay, — özaning qani?

 

Turna közli buloqlaring qani?

Qaynab-toşib yugurgan sellar qani?

 

Oy endi boşqaça, osmon boşqaça,

Jimgina atrofga qaraydi tollar.

Sohilda körinmas, körpaça solib,

Oyoğin uzatib ötirgan çollar…

 

Daryo jim, qurib borayotgan sohillari zanjirband etilganday möltirab turaveradi. Öşa yillari: “Biz ham tugaymiz, pasayamiz”, desalar, heçam işonmasdim. Tugamaydiganga, pasaymaydiganga öxşardi mening Oqsuvim!

 

Tugamaydiganga öxşardi mening bolaligim!

O, bolaligim-a… Qadringga yetmadimmi?..

Qadringga yetmadimmi, Oqsuvim?..

 

Qaşqadaryoga safarim çoği yaqindagina iş boşlagan Kitob tumani hokimi Rustamjon Ğafurov bilan uçraşdim. Yoşgina yigit, körinib turibdi, işlayman degan ğayrati bor.

Uç yil böldi, çamamda, mahalla guzarimizning binosi buzilib, faollar hali u yoqda, hali bu yoqda ijarama-ijara yurişibdi. Menga ham murojaat qilişgandi. Axir mahalla idorasi fuqarolarning ikkinçi uyi, yiğiladigan, maslahatlaşadigan, gaplarini aytadigan joylari emasmi?

Ularni turar joyidan ayirib, masalaning yeçimini faqat özlariga taşlab qöyiş osonmi?

Farhod degan yigit mahalla raisi ekan. Unga işonib topşirişgan. Uni qöllaşimiz lozim. Qarab turib bölmaydi. Tuppa-tuzuk iş berib turgan binoni buziş qaysi köngli buzuqning xayoliga kelgan, Xudo biladi. Şu mahalla idorasining yonida möʼjazgina kutubxona ham bölardi. Afsus, u ham köngli buzuqlarning qurboniga aylangan. Bu tarixiy kutubxona haqida mavridi bilan alohida töxtalaman. Tuman hokimi bilan körişganda dastlab ana şu taklifimni, suv quvurlarini yangilaymiz deb köçalarni önqir-çönqir qilib taşlaşganini ham aytdim. Xudo xohlasa, yaxşi yangiliklardan umid qilamiz.

Inobat OYDIN,

Özbekiston Yozuvçilar va

Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan