Non tafti

Keng köçada yurib borar ekanman, dimoğimga yoqimli hid urildi. Hali bu qanday ifor ekanligini anglab yetmasimdanoq ikkita yoş bolaça etagiga şirmoy kulça solib bir-birini quvlab kelayotganiga közim tuşdi. Yuragim orziqib ketdi. Bolaligimda onajonim har gal non yopganlarida qöşib kulçalar yopar edilar. To non pişgunça atroflarida aylanib “qaçon pişadi?” deb jağimiz tinmasdi. Endigina tandirdan uzilgan kulçani qölingiz kuyib-kuyib muzdek suvga taşlaysiz-u, bir ozdan söng olib yesangiz, buning gaşti boşqaça. Issiq nonni sariyoğga qorib yeyişning-ku, zavqi yanada boşqa…

Ammo har qaçon aziz bölgan nonlarni bugun unçalik ham közimizga surtib aziz körmayotgandekmiz. Çunki isrofgarçilik holatlarini ham köp uçrat­yapmiz. Esimda, nonni ozgina isrof qilsak, onamiz: “Özing non yopmagansan-da”, deb koyir edilar. Bugun non yopiş lazzatidan benasib ayollar, non tayyor bölgunça ketadigan mehnat maşaqqatini körmagan bolalar ulğaymoqda, nazarimda.

Faqatgina ayrim xonadon sohibalari tandir oqartirib non yopişmoqda, desak, xato emas. Bugunning zamonaviy bolalari köçalarni çangitib töp tepiş, quvlaşmaçoq öynaş baxtidan mosuvo bölib, faqatgina jim ötirib, telefon bilan döst tutingani kamdek, ularga tandirdan uzilgan qaynoq nonni tatib köriş, taftini his qiliş zavqi-şavqidan mosuvo.

Yurtimiz nonlari butun dunyo­­ga dong taratgan. Şu boisdan ham “Toşkent — non şahri”, “Samarqand nonlari” kabi taʼriflar bejiz aytilmagan axir!

Momolarimiz mehmon kuzatilayotganida hamroh bölsin, deya qöliga non tutqazişgan. Uzoq safarga otlanayotgan kişining nasibasi uzilmasin deya non tişlatiş, ikki yoşga baxt tilab non sindirişlar… Bugun bu vazifalarni tandirda non yopib emas, novvoylardan sotib olgan nonlarimiz bilan amalga oşirmoqdamiz. Yaxşiyamki, yurtimizda novvoylar köp. Ularning har biri yopgan non özgaça husn va özgaça taʼmga ega.

Qaniydi, bugun bolajonlarimiz “böldi, televizor oldidan qoç” degan sözlarni emas, “orqamda öynama, nonim tuşib qoladi” degan dakkilarni eşitsa. Qaniydi, qöllarimiz ertalabdan keçgaça qizib ketgan telefonlardan emas, issiq kulçalar taftidan kuysa.

Muştariy TOLIBOVA,

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan