“Sözlarim, uçqun soç, samandar quş böl…”
Oydin opa!
Vaqtlar kelib, siz haqingizda xotiralar yozaman, deb sira öylamagan edim. Hozir ham, nazarimda, telefon jiringlaydi-yu, göşakdan tiniq, halimday yumşoq, yoqimli ovozingiz quloqlarimga çalinganday bölaveradi: “Şarifajon, bir xabar olay dedim. Yaxşimisiz, singiljonim?”
Endi bölsa, mana bir neça yildirki, biz, şoira singillaringiz, şogirdlaringiz har safar intiqlik bilan kutadigan tuğilgan kuningizni qalbimizda singan nay nolalariday örtaniş va iztirob bilan qarşilaymiz. Ayriliqqa könikkimiz kelmaydi, biroq…
Xuddi ertaklardagiday xayolning ipak qanotlarida hilpirab, köz öngimizda sizning dilbar qiyofangiz namoyon böladi…
“Bir patila soçli qizça bor edi. mayizdakkina. Xayolçangina. Ikki yaşarligida otasi dunyodan ötdi. Ğaribgina paxsa uyda ona bilan ikkovlon qolişdi. Qizaloq tiyrak, zehni tez, birov aytgan gapni tötiday ilib olar, yurgan yölida bijirlab öşa sözni takrorlab yurardi… Baxmal döppilarining popuklari sariq şaloladay yuzlariga soçilib turardi…”
Öşa soçlari patila qiz siz edingiz, Oydin opa! Yoz böyi jajji oyoqçalari kavuş körmagan, daraxtlar bilan erkalanib suhbat qurgan, buğdoy poyasidan tilla tumorçalarday buvişaklar töqigan qizça…
Söngra siz ulğaydingiz. Endi sizdan qöşiq tinglagan turnalar, laylaklar huv uzoqda — ona qişloqda qoldi. Çax-çax urişlari, çaqnab turişlari dunyoga larzon solgan hassos qalb sözni qismat bilib, şaharga keldi.
Özni ötga urgan parvonadurman,
Parvona feʼlimdan afsonadurman.
Nayqamiş dilimni agar oşiqlar
Çalsalar bir dardli taronadurman.
El mehrin ayladim jonga közmunçoq,
Yurtimda bir Oydin nişonadurman.
Oydin opa, siz çindan ham oy nafasli, bulbul sasli, peşonasi nek, uluğ ustozlar nazaridagi, mehridagi şoira edingiz. Muhtarama Zulfiyaxonim bilan birga işlaş mobaynida ularning mehru muhabbati, işonçiga sazovor böldingiz. “Gulçehra Jörayeva va Şahodat Isaxonovalar bilan suhbatlaşib ötirgan edik. Zulfiya opa biz bilan söraşdilar, “Kiringlar, soğinib ketdim sizlarni”, dedilar. Ustoz huzurida ança gaplaşib ötirdik, şeʼrlar öqidik, hammamizdan hol-ahvol söradilar. Men serebrolizin degan dori topolmayotganimni aytdim. Darhol dorixonalar boşqarmasiga telefon qildilar. Çuqursoydagi dorixonada bor ekan, maşinalarini yuborib, olib keltirib berdilar. “Endi yaxşi bölib ketasiz”, deb tasalli berdilar. Men ustozning bu mehribonçiligidan könglim iyib, allaqanday bir tuyğu aro rahmat deyişimni ham, qanday minnatdorçilik bildirsam, bu eʼtiborga loyiq bölişni bilmay ança muddat jimib qoldim. Va uzoq topolmay yurgan doridan muolaja boşlab, ança özimni yaxşi seza boşladim”. Yoki “özi tugal poeziya” bölgan Muzayyana Alaviya bilan döstliklaringiz, Saida Zunnunova va Kibriyoxonim bilan keçgan dilkaş suhbatlaringiz… Yoki adabiyotning çinorlaridan biri bölgan Asqad Muxtorning mangulikka daxldor adabiy saboqlari…
Asqad Muxtor xayol surar tunlari,
Çiroğiga uriladi parvona.
Tong nasimi, saharning xuş unlari
Jarangiga tölib ketadi xona.
Şovullaydi rivoyatgöy çinorlar,
Böronlardan enar dilga halovat.
Söz gullaydi, har satrida bahorlar,
“Tundaliklar” nafasida harorat.
Yosumangul bargida nur yigirib,
Öz sozidan mast sayraydi çirildoq.
Fikratidan uning çaqmoq yugurib,
Piligiga öt ketadi kökning, oh!
Vulqon bölar sözdan uçgan alanga,
Part böladi osmonning böz köylagi.
Har tong şunday vulqon bölib olamga
Çiqib kelar Asqad Muxtor yuragi!
“Xotirada — hayot”, — deb yozadilar adiba Olmosxon Ahmedova. Ha, inson umri asli xotira uçun yaralgan.
Şoiramizning ellik yillik yubileyini ötkaziş uçun Buxoroyi şarifga — Oydin opamizning kindik qoni tökilgan Xojayi Böstonga yöl olar ekanmiz, yurtimizning asl farzandlari ularning yonlarida edi. Oliy taʼlim dargohlarida böladimi, tuman hokimligining zallarida, maktablar, guzarlarda böladimi — şoiraning tuğilgan kuni xalq şodiyonasiga aylanib ketgan edi. Borliqda bahor nafasi, hovuz böyidagi majnuntollar öziga rosa oro bergan, daşt gullari çaraqlab oçilib, tonggi şabnamlarni gul kosasiga töplayotgan beqiyos gözal holatlar…
Daştga qadam qöyişimiz bilan tip-tiniq osmondan uç-tört dona yirik-yirik tomçilar ustimizga dur kabi soçildi. Şu payt uzoqdagi çöpon yugurib kelib, katta qöyni uşlab, Oydin opamning oyoqlari tagiga dumalatib: “Qadami qutluğ mehmonlar keldi, biz bir oydan beri yomğir kutayotgan edik”, deb Alloh rizoligi yölida qurbonlik qildi. Bahor yomğirining iliq seli ostida şalabbo bölar ekanmiz, quvonçimizning çeki yöq, öşa kunlarning bir kun kelib xotiraga aylanişi kimning xayoliga kelar edi, deysiz.
Buğdoy nonim bölmasa,
Buğdoygina sözim bor.
Har sözimda çiylagan
Yam-yaşil ildizim bor…
Ğoyibona, yuzma-yuz
El tutingan jonimsiz.
Şoiram deb siylagan
Hur Özbekistonimsiz.
Özbekiston xalq şoiri, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan betimsol adiba, qator şeʼriy kitoblar — “Şabnam”, “Manzillar”, “Onam sevgan qöşiq”, “Orzu guli”, “Tarovat”, “Dostonlar”, “Muşfiq onajon”, “Xuşxabar”, “Çaşmalarni izlayman”, “Tamal toşi”, “Işonç yulduzlari”, “Közimning oqu qorasi”, “Panohim” va boşqa qator asarlar muallifi Oydin Hojiyeva umr mazmunini, baxtning mağzini ona Vatanda deb bildi. Qalamidan tökilgan haroratli misralarda halol mehnatining ijobatini kördi.
Topgan nonim ona suti kabi haloldir,
Harom pulni çangalimda tutmadim bir qur.
Şu hikmatni quloğingga sirğa qilib yur,
Kaftim oçsam, kaftlarimga yoğiladi nur…
…1992 yili may oyi edi Turkiston safariga otlandik. Siz xuddi yoş boladek quvnardingiz, hayajonlanardingiz, Oydin opa. Uluğ ziyorat hissiyoti sizni töla qamrab olgan, bahorning turfa ranglari — yalpizu yovşanlardan tortib, yöl çekkasida tikrayib turgan yumronqoziqlargaça sizni hayratga solardi. Quvvai hofizangiz hamişa kişini hayratga soladigan darajada kuçli edi. Şeʼr öqiyotganingizda tovuşingiz biroz titrab, yana biyronlik bilan davom etardingiz. Ahmad Yassaviy hazratlari ziyoratida biroz şikasta ovozda Qurʼon oyatlaridan tilovat qilar ekansiz, mijjalaringiz namlandi. Römol uçi bilan közlaringizni artar ekansiz, “Uluğlarimizga ayon sirlar bizga noayondir”, dedingiz sekin. Uyga qaytayotganimizda, hazratning ustozlari Arlonbob bobo ziyorati uçun ança içkariga qaytişimizga töğri keldi. Qandaydir kuç bizni faqat uşbu ziyoratni ado etmasdan ketişimizga yöl qöymayotgandek edi. Biz ziyoratni nihoyalab yölga tuşar ekanmiz, qiziq voqea röy berdi. Maşina harakatlanayotgan yölning örtasidan göyo körinmas çiziq ötgan-u, biz yurayotgan tarafga katta-katta yomğirlar yoğa boşlagan edi. yölning ikkinçi yarmi qup-quruq. Birozdan söng esa yanada hayratliroq hodisa röy berdi: yer bilan osmonni tutaştiruvçi muhtaşam ustun — xuddi ipak kabi eşilgan nur ustuni paydo böldi. Biz umrimiz mobaynida bundoq möʼjizaga duç kelmagan edik. Hammamiz behad mutaassir bölib, yölda davom etarkanmiz, şiddat bilan quygan yomğir to Toşkentga kelgunimizça töxtamadi. Oydin opam esa biroz ötmay hukumatimiz tomonidan xalq şoiri degan yuksak unvonga loyiq körildi. Şodligimizning esa çeki yöq edi.
Oydin Hojiyevaning ön sakkiz yillik mehnat faoliyati “Saodat” jurnalining boş muharriri lavozimida işlaş masʼuliyati bilan çambarças boğlanib ketgan. Opaning çorlovi bilan Özbekistonning hamma viloyatlaridan oq kabutarlarday uçib kelib, fayzli gurung va rejalar ustida kengaşgan şoira qizlar Oydin opamning çin maʼnodagi şogirdlari, safdoşlari edi. Oydin opam uluğ ustozlari Zulfiyaxonimning udumini mahkam tutib, tegrasida ijod gulşani yaratgan edilar. Bayramlarda bir piyola çoy ustida muşoiralar davom etar, el suygan sanʼatkorlar kelib, xuşnudlik bilan qöşiqlar ijro etardi. Oydin opam şoira qizlarga yozgan qor xatida ajib bir nafosat va öktamlik bilan adabiy anʼanalarni davom ettirib, ularni nomma-nom taʼriflab, qirqqa yaqin şoiralarni tarix sahifasiga muhrlagan edilar.
…Eʼtiborxon kelsalar tam-tam bölib,
Qoşiga ösma qöyib, xurram bölib…
…misli Hulkar yulduziday jam bölib…
Mana, bugun esa tilga olingan şoiralarimizning ayrimlari oramizda yöq. Ammo Oydin Hojiyevaning ular haqidagi bitiklari hali ohori öçmay, yangiday yarqirab turibdi.
Biz mahallada har yili sumalak qilganimizda, Oydin opamlarni taklif qilardik. Atlas köylaklarda lovullab keluvçi, bulbul jarangli şeʼrlari bilan hammani öziga rom qiluvçi azizamiz davraning törida ötirib, nafis majlislarga boş bölardilar. Hovliga siğmay ketgan ayollar çehrasida quyoş jilvalanardi. “Sizni soğinamiz, tez-tez kelib turing!” deb opamizni — el sevgan şoiramizni örab olişardi.
Oydnn opa, sizni nafaqat bitta mahalla yoki oliy taʼlim maskani, balki butun xalqimiz, yurtdoşlarimiz soğinadi, qömsaydi, duolar qiladi. Siz juda köp muxlislaringizga dastxatlar yozib bergan edingiz. Çehrangizday nafis, qalbingizday gözal dastxatlar bilan… Bosib ötgan hayotingiz, keçgan umringiz, qalamingizdan tökilgan gavharlar, halol mehnatingiz el duosi ila payvasta böldi va yuraklarga muhrlandi.
Men ne qilsam, pisabilloh, savob deb qildim,
Ona xalqim hurmatiga javob deb qildim.
Pirlarimning bosgan izin tavof deb qildim,
Savobimni pulga çaqib yurmadim, şukur.
Şarifa SALIMOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
Oydin HOJIYEVA,
Özbekiston xalq şoiri
SEN BILAN
Çekkan maşaqqatim, körgan rohatim,
Körgan-keçirganim sen bilan boğliq.
Xudo bergan rizqim, topgan davlatim,
Sening bilan totliq, sen bilan yoğliq!
Sensiz çölda tözib yurgan kavrakman,
Ildizsiz, mevasiz, sarosar,
Farqim yöq bir tovoq kepakdan,
Sen bilan köksimda yetilar gavhar.
Kitobin oldirgan pariday hayron —
Sensiz sözim, işim kirmas amalga.
Sensiz men töpidan ayrilgan jayron,
Sensiz körgan kunim zahmat, jamalğa.
Sensiz çumoliça rağbatim yöqdir,
Sen bilan toğni ham qilarman tolqon.
Sendan ayirmasin ölgunça taqdir,
Sen özing köksimga pölatdan qalqon,
Vatan, onajon!
ÖYIN BOĞI
Öyin boği. Şöx bolalar bölar jam.
Yerga ursa, sapçişadi osmonga.
Jonlanadi mitti haykalçalar ham,
Bekinmaçoq öynab tuşar maydonga.
Mohir qöllar yeng şimarib, işlaydi,
“Şaharça”lar qad kötarar qumloqda.
Qay bir qölda “qulunça”lar kişnaydi,
Moyçeçaklar “oçiladi” ötloqda.
Halinçaklar qanotlanib, uçadi,
Fariştaga aylanadi gödaklar.
Kök toqida bulutlarni quçadi
“Kokillarin” selkillatib varraklar.
Karusellar bolalikni opiçlab,
Joni qizib, aylanadi falakda.
Zavqi jöşib, bulutlarni öpiçlab,
Qiyqiradi ğiz-ğizon çarxpalakda!
Keç kiradi. Bolakaylar dikirlab,
Tarqab ketar şoşib hovli-boğlarga.
Dovdir şamol osiladi qiqirlab,
Jannat isi qolgan arğimçoqlarga!
MÖʼJIZA LAHZALARI
Umrim böğotiga qor tuşdi neça,
Laylak qorlar yoğdi afsona aytib.
Hayotimga yangi yil kirgan keça
Har gal bolaligim uçratdim qaytib.
Kumuş teraklarning qir uçlarida
Tilla isirğaday qolgan varraklar,
Bir hovuç nur öynab kulgiçlarida
Ösmirligim kelar har yil daraklab.
Allohdan möʼjiza kutgan gödakday
Tutsam ona taqdir etaklaridan,
Qor bosgan toğlardan sayrab kaklikday
Yillarim çiqar qiş ertaklaridan.
Közim-la erkalab ğunça qizlarni,
Dilbar singillarim manglayin öpdim.
Şamolday aylanib dala-tuzlarni,
Gullar yaproğiga şudringlar sepdim.
Qorxat olib kelgan kemşik bolakay —
Ostonamda turar şoşqaloq elçi.
Anhor sukutida çalib oqar nay
Vaqt degan ğanimat ğaroyib yölçi.
Yoğoç darçalarning zulfinlarida
Murğak qöllarimning tafti tovlanar.
Kökka örlagan tut ajinlarida
Ön tört kunlik oy ötovlanar.
Qiziydi gap-gaştak, hangoma, gurung,
Tançada biqirlab qaynaydi qumğon.
Kimdir “Kuntuğmiş”dan öqiy boşlar söng,
Yerning ildiziga tutaşadi jon.
Borliqni çulğaydi jannatiy ifor,
Oppoq kamalakdan qamaşadi köz.
Zamin sukutida guvlaydi bedor
Yurak — kul içida tirilgan Qaqnus.
