Prezident bilan uchrashgan abiturient muddatidan oldin talaba bo'ldi
O'tgan hafta yakunida Prezident bilan Farg'onada uchrashgan abiturient Madina Soliyevaga Davlatimiz rahbari o'zi orzu qilgan O'zDJTUga o'qishga kirishiga omad tilagan edi.
Bu voqeadan bir kun o'tib, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda O'zDJTU rektori Farg'onaga kelib, unga imtiyozli asosda, hech bir imtihonsiz o'qishga qabul qilinganligi to'g'risidagi sertifikatni tantanali topshiribdi.
Ma'lumot uchun, bu yil OTM ga o'qishga kirish uchun 894279 abiturient hujjat topshirgan.
Manba:
platforma.uz