Qozoğiston va Özbekiston rahbarlarining muntazam muloqoti haqida
Qozoğistonning yetakçi OAVlari Özbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratmoqda
“Kazinform” xalqaro axborot agentligi kuni keça ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan tahliliy maqolani eʼlon qildi. Unda ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqoti Qozoğiston-Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
“Mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlari 1998 yil 31 oktyabrda tuzilgan Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi Abadiy döstlik töğrisidagi şartnomadir. Şuningdek, 2013 yil iyun oyida Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma, 2022 yil dekabrida esa Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma imzolandi”, – deyiladi agentlik tarqatgan materialda. 
Şuningdek, maqolada parlamentlararo va savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi holati çuqur tahlil qilingan. Ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2023 yil yakuniga köra 4,4 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi, deb taʼkidlaydi naşr.
“Ayni paytda Qozoğiston va Özbekiston investitsiyaviy hamkorlikni faol kengaytirmoqda. Xususan, ötgan yil davomida ikki tomonlama investitsiyalar hajmi 86,2 million dollarni taşkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 14,3 foizga köpdir”, – deb qayd etgan manba.
Şuningdek, mamlakatlarimiz örtasida madaniy almaşinuv va ilmiy sohadagi aloqalarni yanada jadallaştiriş uçun katta salohiyat mavjudligiga urğu berilgan. Xususan, Toşkent, Samarqand va Buxoro muzeylarida qozoq xalqi hayoti va madaniyatiga hayotiga oid 500 ga yaqin eksponat örin olgani maʼlum qilindi. Şu bilan birga, Qozoğistonda özbek tilida 10 dan ortiq ommaviy axborot vositalari çop etilayotgani va Özbekistonda qozoq telekanallarini mamlakat aholisining qariyb 10 foizi tomoşa qilişi maʼlum qilingan. Şuningdek, ikki davlat örtasida oçilgan yangi havo qatnovlariga eʼtibor qaratilgan.
“Kazaxstanskaya pravda” umummilliy gazetasida uşbu mavzuda bosilgan salmoqli maqolada yozilişiça, ikki davlat örtasidagi ittifoqçilik munosabatlarini amaliy mazmun bilan töldiriş zarur.
Naşrda ikki davlat rahbarlarining irodasi tufayli Özbekiston va Qozoğiston örtasida yuqori darajadagi siyosiy işonç şakllangani mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar heç qanday siyosiy vaziyatga duç kelmasligi va izçil mustahkamlanib borişini kafolatlayotgani taʼkidlangan.
“Qozoğiston va Özbekiston öz oldiga tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilib qöygan. Uşbu maqsadga erişiş uçun tomonlar tovarlar tarkibini kengaytiriş va savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirişga tösiq bölayotgan muammolarni tizimli ravişda bartaraf etiş çoralarini körişga kelişib oldilar. Sanoat, energetika, transport-logistika, qişloq xöjaligi sohalarida ham qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda”, – deyiladi maqolada.
Naşrda, şuningdek, Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar kun tartibiga amalda barça mumkin bölgan yönalişlar kiritilgani alohida urğulangan. Eng muhimi, barça mavjud masalalar böyiça qarorlar özaro manfaat va barqaror rivojlanişni taʼminlaş mezoni asosida qabul qilinadi.
Maqolada Özbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripovning uşbu siyosiy muloqot institutsional asosga ega bölgani – Oliy davlatlararo kengaş tuzilgani, taşrif davomida uning birinçi yiğilişi bölib ötişi haqidagi fikrlari ham örin olgan.
“Qozoğiston va Özbekiston eng muhim savdo şeriklaridir. Özbekiston uçun Qozoğiston hamişa uçta yirik savdo-iqtisodiy şeriklardan biri bölib kelgan, şu bois taşrif natijasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollaştiriş böyiça yangi kelişuvlarga erişiladi. Qöşma investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş böyiça işlarga yangi surʼat bağişlaydi”, – deya SMTI direktori fikrlaridan iqtibos keltirilgan manbada.
Uşbu mamlakatdagi ommabop “24KZ” yangiliklar kanali esa, öz navbatida, Qozoğiston Milliy muzeyida oçilgan özbek rassomlari asarlari körgazmasi haqidagi xabarni öz öquvçilari örtasida tarqatdi.
Poytaxt Milliy muzeyiga Özbekistonning 200 ga yaqin rangtasvir va xalq amaliy sanʼati asarlari joylaştirildi, deb maʼlum qilgan kanal.
“Özbekistonlik usta va rassomlarning uç avlodi ijodi keng jamoatçilikka taqdim etildi. Körgazma keng kölamli janr va texnikalarni qamrab oladi: anʼanaviy miniatyuradan tortib, zamonaviy sanʼatgaça. 8 avgustga qadar davom etadigan körgazma qozoğistonliklarga Özbekistonning madaniy va tarixiy anʼanalari bilan yaqindan tanişiş imkonini taqdim etadi”, – deb yozgan yangiliklar kanali.
“24KZ”, şuningdek, Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Özbekiston kinosi kunlari boşlangani haqida xabar berdi. Tomoşabinlar uçun maşhur avtobiografik filmlar va zamonaviy kinolar tayyorlandi. Namoyişlar “Mega Silkway” kinosaroyida bölib ötadi va unga kiriş bepul.
“Qozoğistondagi Özbekiston kinosi kunlari har yili ötkaziladigan tadbirdir. Bunday madaniy tadbirlar ikki mamlakat hamkorligini har tomonlama rivojlantirmoqda. Masalan, Qozoğiston va Özbekiston rejissyorlari hamkorlikda “Meros” va “Abay” filmlarini suratga olişgan. Kino ijodkorlari Markaziy Osiyodagi yirik festivallarda ham tajriba almaşadi. Kasbiy aloqalar ham kinematografiya sohasida hamkorlik memorandumi bilan mustahkamlangan”, – deyiladi maqolada.
Naşrda mamlakatlarimiz örtasidagi kino sohasidagi hamkorlik bu bilan çeklanib qolmasligi taʼkidlangan. Ijodiy ğoyalarni hayotga tatbiq etiş böyiça oldinda köplab reja va ğoyalar turibdi, deb maʼlum qilingan materialda.
Maqola yakunida, “Ostonaliklar Qozoğistondagi Özbekiston kinosi kunlari doirasida namoyiş etiladigan “Yaşa, xotin!” komediyasini bepul tomoşa qiliş imkoniyatiga ega”, – deb yozgan portal.
“Dunyo” AA
