Yangi Özbekiston ğalabasi

Bahodir Jalolov va barça Olimpiada iştirokçilariga bağişlov

Bahodir — zör pahlavon, qalbi sönmas çöğlidir,

Polvon el, Vatanimning asl polvon öğlidir,

Yurt bayroğin balandda tutgan ğolib — tuğlidir,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

 

Beş qitʼani lol etdi, muşt bölib beş barmoği,

Yov endi yurak yutib qiyin qarşi bormoği,

Asrlarga tatiydi bu oltinning salmoği,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

 

Mamlakat Egasining muddaosi, matlabi —

Yaşasin har öğil-qiz sor kabi, burgut kabi,

Çempionlar maktabi — Bahodirning maktabi,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

Barakalla, jahonning ikki bor çempioni,

Ikki ming bor yuksaldi, Vatan, millatning şoni,

Yangradi madhiyamiz — özbekning kuy-zaboni,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

 

Şubhasiz, Everestdan Olimp çöqqisi yuksak,

Bölar ekan-ku, mana, çöqqiga tuğni tiksak,

El oldiga quyoşdek yoruğ yuz bilan çiqsak,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

 

Alpomişga barobar ham qaddi, ham kelbati,

Alpomişning özidek şiddati, salobati,

Olimp toğidan boqdi Özbekiston davlati,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu.

 

Bahodir — zör pahlavon, qalbi sönmas çöğlidir,

Polvon el, Vatanimning asl polvon öğlidir,

Yurt bayroğin balandda tutgan ğolib — tuğlidir,

Özbekning jahon uzra qutluğ martabasi bu,

Yangi Özbekistonning yangi ğalabasi bu!

 

Ğayrat MAJID

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan