Jurnalistlar
Bu yöllarning söqmoqlari oğir-oğir,
Töğri sözning töqmoqlari oğir-oğir,
Zarbalardan yelkalarim hamon oğrir,
Oğir yukka yelka tutgan jurnalistlar,
Oq tonglarni bedor kutgan jurnalistlar.
Gohi otliq, goho yayov toğlar oşib,
Söz aytmoqning işqi bilan yonib, şoşib,
Söqmoqlarda goh adaşib, goh talaşib,
Igna bilan quduq qazgan jurnalistlar,
Ne bölsa-da, haqni yozgan jurnalistlar.
Bu yöllardan kim kelmagan, kim ketmagan,
Manziliga kim yetgan-u, kim yetmagan,
Haq söz aytgan zotlarni el unutmagan,
Ona yurtning közi bölgan jurnalistlar,
Olov yangliğ sözi bölgan jurnalistlar.
Jurnalistning noni qattiq bölar emiş,
Nonidan ham joni qattiq bölar emiş,
Bir söz içra ming tuğilib, ölar emiş,
El işiga fido bölgan jurnalistlar,
Haq yölida ado bölgan jurnalistlar.
Aşʼor bitdim bayramingiz bir bahona,
Sizga umr tilamasman zör, şohona,
Quçoğidan ayirmasin Vatan-ona,
Şu Vatanga köksi qalqon jurnalistlar,
Har biri bir Özbekiston, jurnalistlar!
Har bir jumla — yuragingiz bir parçasi,
Maʼrifatu maʼnaviyatning darçasi,
Poyandozdir sizga şeʼrimning barçasi,
Millat şaʼni, iftixori jurnalistlar,
Yor Muhammad dil iqrori jurnalistlar!
Yor MUHAMMAD
