Istiqlol tuzugi

Har bir davlat öz istiqlol va taraqqiyot yölini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini özining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, öz xalqining xohiş-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bölgan mamlakat özi belgilagan yuksak marralardan heç qaçon oğişmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

Boş qomusimiz qabul qilinganligiga 31 yil tölgan bölsa-da, aslida Konstitutsiya tuzişga bölgan ilk qadam 1990 yilning 24 mart kunida qöyilgandir. Şaxsning maʼlum bir davlat fuqarosi ekanligini isbotlovçi hujjati – pasport hisoblanadi. Davlatning dunyo mamlakatlari orasida mavjudligini isbotlovçi hujjati, ham uning pasporti Konstitutsiya sanaladi.

Mamlakatimizda inson huquqlari barça narsadan ustun ekanligi 7-moddada öz aksini topgan, yaʼni xalq davlatning birdan-bir manbaidir. Bundan taşqari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlariga bağişlangan normalar ham “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari” deb nomlangan bölimdan söng joylaştirilganligi ham bejiz emas.

Konstitutsiya – tuzuk degani. Eski turkiy tilimizdagi tuzmoq feʼli asosida yuzaga kelgan. Amir Temur tuzuklari ham öziga xos bir qonun jamlanmasi edi desak, xato bölmas. Tuzukda aytiladi: agar aybdor, jinoyatçi kişilarga jazo beriş kerak bölsa, unga azob beriş, qiynaş, tanaga jarohat yetkaziş kabi jazolar beriş taqiqlanadi. Uni maʼrifat yöli bilan töğri yölga boşlaş kerak.

Yoki bölmasa, öşa davr kişisi adirlik, qarovsiz daşt yerlarini parvariş qilib, uni obod qilsa, undan birinçi yili soliq olinmagan. Bobomiz tuzuklarida ham milliy qomusimiz singari insonparvarlik – gumanizm ğoyalari ilgari surilgan. Bir söz bilan aytganda, bugungi konstitutsiyamiz mustaqilligimiz tuzugidir.

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunçilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari şakllandi. Bugungi kunda barça jabhalarda keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqaraşi tobora ösib bormoqda. Bularning barçasi, eng avvalo, Boş qomusimizning hayotbaxş kuç-qudrati natijasidir.

Ayrim davlatlar hatto öz Asosiy qonunlarining referendumda, xalq iştirokida qabul qilingani bilan faxrlanadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob beriş imkonigina böladi: Konstitutsiya matnini tasdiqlaş yoki rad etiş. Özbekiston Konstitutsiyasining öziga xosligi şundaki, u ikki marotaba xalq muhokamasida yurtdoşlarimiz xohiş-irodasi bilan boyitildi.

Tarixga nazar solsak, asrlar davomida şakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya şakliga kelganini köramiz. Konstitutsiya başariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yaşaş, mulkka ega böliş, taʼlim oliş, mehnat qiliş, saylaş va saylaniş kabi huquqlarini, söz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga kötardi.

Yana şuni aytiş mumkinki, Boş Qomusimiz — Özbekiston Res­publikasi   Konstitutsiyasi dunyoda heç kimdan kam emasligimizni, tenglar içra tengligimizni, kelajagi buyuk davlat qurişga bel boğlagan bağri keng, köp millatli Özbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlovçi hujjat sifatida bizning yöllarimizni çaroğon etuvçi yulduzdir. Suveren va demokratik davlat quriş yölidan qatʼiy borayotgan Özbekistonning har bir fuqarosi Konstitutsiyamiz bilan faxrlanadi. Çunki, u baxtimizning qomusidir.

Bunyodbek ŞERMATOV,

Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlar akademiyasi

katta öqituvçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan