Millat bayroği — iftixorimiz
18 noyabr – Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilingan kun
Millat bayroği. U jondek aziz, juda möʼtabar. Quyoş kökda falakning bayroği bölib porlab turibdi, köngilda muhabbat bayroği hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayroği nurlantiradi.
…Öqişdan qaytar ekanman, avtobus poytaxtimizdagi “Xalqlar döstligi” saroyi oldidagi bekatda biroz töxtadi.
— Oyijon, qarang, Özbekiston bayroği! — onasining yonida ötirgan bolakay hayajondan örnidan turib ketdi.
Bolakay avtobus derazasiga yopişib, viqor bilan hilpirayotgan bayroqqa tikilardi.
— Yuring oyijon, oldiga boraylik!
— Mayli, faqat keçqurun opang, akang — hammamiz birga kelamiz. Keçasi bu yerda rangli çiroqlar ham yonadi… Maza qilib tomoşa qilasan, xöpmi?
Ularni kuzatar ekanman, men ham beixtiyor bayroğimizga qaradim. Har safar şu yerdan ötar ekanman, mağrur hilpirayotgan bayroğimiz qalbimga ğurur tuyğusini töldiradi.
Davlatçiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uçun ozodlik, kuç-qudrat, jasorat, ğalaba timsoli bölgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur ğoliblik bayroğini yuksak kötardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlaşdi, u barpo etgan uluğ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom maʼnoda mamlakat ramzi, uluğvorlik timsoliga aylandi. Jangçilarga jangovar ruh bağişlaş, ularning kayfiyatini kötariş, irodasini çiniqtiriş maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng işonçli bahodirlar tomonidan qöriqlandi. Bexos daydi öq kelib tuğ kötargan jangçiga tegsa-da, u tuproqqa qorişmadi — darhol şahid sarboz örnini boşqasi egalladi, maqsad — janggohdagilarga bayroq körinmay qolmasin. Mudom hilpirab tursin, kuç-qudrat bersin, olğa intilişga mayoq bölsin! Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutiş yoki sarbozning qölidan tuşib ketişi xosiyatsiz sanalgan. Aytişlariça, bunga sohibqiron bobomiz alohida eʼtibor bergan. Bayroqning pasaytirilişi mağlubiyat va ortga çekiniş işorasi bölgan. Şuningdek, «Temur tuzuklari»da taʼkidlanişiça, duşman ustidan şijoat va mardlik körsatib, ğalaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari — tuğ va noğora inʼom qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari neçoğlik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi.
Tarixdan maʼlumki, şayx Najmiddin Kubro keksa yoşiga qaramay Vatan himoyasi uçun möğul bosqinçilariga qarşi jangga kiradi. Duşman qiliçi zarbidan halok bölayotib, çingiziylar bayroğining uçidagi “kokili”ni – pöpagini çangallab oladi. Vatan himoyasiga otlangan mard öğlonlarning duşman bayroğini mahv etib halok bölişi – yuksak vatanparvarlikning buyuk bir timsoli vazifasini ötagan.
Mutafakkir bobomiz Abulqosim Firdavsiyning “Şohnoma” asarida Afrosiyob tuş köradi. Tuşida kuçli böron turib, bayroğini qulatadi:
Kötarilib şu zum şiddatkor böron,
Bayroğimni yulib yiqdi nogahon.
Bayroqning qulaşini Afrosiyob mağlubiyat belgisi, deb biladi.
Yoki otaşin rus şoiri Sergey Yeseninning “Ona ibodati” şeʼrida onaning qişloq çetidagi pastakkina uyda yaşaşi tasvirlangan. Öğli jangga ketgan, Onaning köngli xavotirda. U dilbandiga omonlik tilab, Xudoga iltijo qiladi, közlari esa jiqqa yoşga tölgan. Xayoli uni jang maydoni sari olib ketadi. Qarasa… Öğli kökragidan jarohat olib, dalada jonsiz yotibdi. Qölida duşmanning bayroği. Uruşda duşman bayroğini mahv etiş ğalaba ramzi edi.
Vatanimiz bayroği… U tarixning xalqimiz boşiga musibat tuşgan davrlari — ötgan asr boşlarini yodimizga soladi. Öşa kunlar xalqimiz qalbida ketmas doğ bölib qoldi. Vatan bayroğini tutgan qöllar qayrildi, ozodlikni kuylagan ovozlar böğildi. Millat fidoyilari “xalq duşmani”, “quloq”, “sotqin” degan qora nomlar bilan taʼqibga olindi. Dunyoga ne-ne allomalarni bergan qadim xalq omi, savodsizga çiqarildi. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu haqorat asl vatandoşlarimiz qalbida maʼrifat olovini yoqdi — ular belini mahkam boğlab, millatni erk va ozodlik bayroği ostida birlaşişga çaqirdi. Bu mağrur elning asrlar davomida orzu qilgan ğururi, şaʼni, qadr-qimmati, irodasini ifodalovçi ozodlik bayroği edi!
Unda ajdodlar orzu-armoni aks etadi. Unda xalqimizning buguni, ölmas xotirasi, iymon-eʼtiqodi, kelajakka bölgan komil işonçi jilolanadi.
Vatan himoyasidek muqaddas burçni mardona ötaş uçun bayroğimizni öpib qasamyod qilayotgan harbiylarimizning qalbidagi olovni, közlaridagi jömardlik tuyğularini körib faxrlanamiz. Ana şunday lahzalarda heç mubolağasiz Vatanimiz bayroğini közimizga tötiyo qilgimiz keladi. Bu faxrlaniş aslida yurtga bölgan çeksiz mehr va sadoqatning yorqin körinişidir.
* * *
…Keçki payt bayroqni köriş uçun maydonga bordim. Kunduzi avtobusda körganim — bolakay çiroqlar nurida yanada uluğvor körinayotgan bayroğimiz atrofida gir aylanadi, töxtab, boşini baland kötarib, unga faxr bilan tikiladi.
Har bir inson ongu şuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan çuqur hurmat tuyğularini singdiriş, umummilliy va ehtirom timsollari bölgan bayroq, gerb va madhiyamizni uluğlaş va ardoqlaş barçamizning muqaddas burçimizdir.
Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. Özbekiston farzandlari qayerda bölmasin, qanday natijalarga erişmasin, Vatan bayroğini ardoqlaydi. Çunki, bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinçlik ramzidir!
Islom ASILBEKOV.
