BMT minbaridan yangragan tilim

2020 yili kuz faslining ilk oyi edi. Koronavirus degan ofat dunyoni vahimaga solgan, ayniqsa, ğarb davlatlarida qurbonlar soni soat sayin ortib borayotgan, şu munosabat bilan hamma joydagidek bizda ham karantin joriy etilgan, xalqimizni bu yovuz balodan asraş uçun nimaiki lozim bölsa, davlatimiz rahbari boşçiligida tezkor çoralar körilayotgan kunlar edi. Ana şunday bir paytda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 75-sessiyasi çaqirildi. Vaziyat dunyo miqyosida tobora keskinlaşib borayotganligi tufayli bu nufuzli taşkilotning xalqaro anjumani onlayn tarzda ötkazilib, unda Prezidentimiz BMT tarixida ilk marotaba özbek tilida nutq sözladi. Bu olamşumul voqea butun millatimiz qalbini çeksiz quvonç va faxru iftixor tuyğulariga lim-lim töldirib, özgaça bir ğurur, özgaça bir surur baxş etdi. Xuddi, istiqlolga erişgan kunimizdagidek sevindik, hatto közlarimizga beixtiyor yoş keldi. Nega kelmasin? Axir, ona tilimiz millatimiz va davlatimizning ovozi bölib olamaro qönğiroqdek yangraydiyu, dil-dildan quvonmay böladimi?! Quvonamizda, albatta! Buning ustiga dunyoning özbek tilida gaplaşadigan ellik millionga yaqin aholisi şodu xurramligimizga şerik bölib, muborakbod etib turganda, boşing köklarga yetgudek bölib, özingni baxtli va baxtiyor his etarkansan kişi.

Keçagidek yodimda. Davlatimiz mus­taqilligining dastlabki yillarida xizmat safari bilan Ovröpo davlatlariga borganimizda, “Sizlar Afğonis­tondanmi?”, deb söraşar, “Biz Özbekistondanmiz!”, deya javob bersak-da, ular bu nomni eşitmagani uçunmi, “Pokistondanmi?” deb, yana savolga tutardi. Bunday savollar Misr, Malayziya, Indoneziya, Singapur singari boşqa mamlakatlarda ham takrorlangan, bizning mamnuniyat bilan Buxoro va Samarqand şaharlarini tilga olib, Imom Buxoriy yurtidanmiz degan javobimizni eşitgan mezbonlar quçoq oçib körişganlar. Ular nafaqat Imom Buxoriy, balki Abduxoliq Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband, Imom Termiziy, Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniy kabi köplab bobokalonlarimiz ilmidan voqif ekanliklaridan benihoya xursand bölib qaytganmiz.

Agar, şörolar hukumatiga salkam bir yarim asr qaram bölmaganimizda, özbek degan nomimiz qobiq içida saqlanmaganida edi..!

Buyuk Alişer Navoiy tili xalqimizning özligini, tarixini, ilm-fani, maʼnaviyatiyu madaniyatini, adabiyot va sanʼatini, şuningdek, uning bu borada ke­yingi yillarda amalga oşirgan uluğvor işlarini ahli olamga keng tarğib qilişda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini yuksak qadrlagan Prezident Şavkat Mirziyoyevning oradan uç yil ötib, BMT Boş Assambleyasi 78-sessiyasi minbarida mağrur turib, özbekona ğurur bilan ikkinçi bor özbek tilida nutq sözlaşi bejiz emas.

Eng avvalo, şuni aytiş joizki, BMTga aʼzo davlatlar rahbarlari huzurida Prezidentimiz özbek tili özining purmaʼnoligi, jarangdorligiyu fusunkorligi, qudratliligiyu haroratliligi, nafis va nafosatliligi bilan xalqaro doiradagi maşhur tillar qatorida turişga munosibligini yana bir bor yorqin namoyon etdi.

Ikkinçidan, Navoiy bobomiz tili tengsiz qudratga ega ekanligini butun borliği bilan jumlai jahonga doston qildi. Uçinçidan, tilimizning qadr-qimmatini jahon hamjamiyati oldida balanddan-baland kötarib, öz xalqi va vataniga bölgan beqiyos mehr-muhabbatini amalda yorqin ifoda etdi.

Prezidentimizning nafaqat BMT, balki jahon tarixida yangi sahifa oçib, yorqin iz qoldirgan bu nutqi Özbekistonning köp millatli xalqi tinç­lik va taraqqiyot tarafdori ekanligini, bu yölda hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlaş, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qöyiş bilan mamlakatlarni jipslaştiriş zarurligini baralla bayon etganligi, şu munosabat bilan dunyo­viy ahamiyatga ega bölgan eng dolzarb takliflarni ilgari surgani alohida eʼtirofga molikdir. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining jahon miqyosida dinlararo bağrikenglik va hamjihatlik ğoyalarini keng tarğib etiş maqsadida Özbekistonda Yunesko şafeligida “Dinlararo muloqot va bağrikeng­lik xalqaro markazini” taşkil etiş hamda buyuk allomalarning boy merosini çuqur örganiş, islomning asl insonparvarlik mohiyatini bekamiköst oçib beriş maqsadida 2024 yil mamlakatimizda “Islom — tinçlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusi olqişlanganligidan benihoya quvonmay bölmaydi.

Dinlararo döstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşda muhim örin tutadigan bunday xayrli işlarning amalga oşirilişi tinçlik va taraqqiyot sari taşlangan yangi bir qutluğ qadam sifatida ahli olamni ahil va birdam bölib, olijanob maqsadlarga intilişga, mojarolarsiz hayot keçirişga daʼvat etişi bilan ham ğoyatda qimmatlidir.

Prezidentimizning “Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qöşgan, islomni ilm-maʼrifat va tinçlik dini sifatida namoyon etgan Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy kabi uluğ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravişda faxrlanamiz”, deya bong urgani esa özi ilgari surgan taklif va taşabbuslar dunyodagi kelişmovçiliklarni bartaraf etişda, davlatlar va xalqlar örtasida tinçlik va özaro manfaatli hamkorlik riştalarini mustahkamlaşda keng yöl oçib berişda muhim örin tutadi. Buni Afğonistondagi ijtimoiy muammolarni hal etiş borasidagi taklifda ham oçiq-oydin köriş mumkin.

“Yon qöşni jon qöşni” deganlaridek, biz jafokaş afğon xalqining yetar-yetmasligiga, öz yoğiga özi qovrilib, qiynalayotganligiga befarq qarab turib bölmaydi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, afğon xalqiga insonparvarlik yordami körsatişni susaytirmaslik kerak. Eng muhimi, “Afğonistonning muzlatilgan xalqaro aktivlarini bu yurtdagi ötkir ijtimoiy muammolarni hal etişga yönaltiriş uçun maqbul mexanizmlarni işlab çiqiş” keçiktirib bölmaydigan vazifalardandir. Bu oğriqli masalani hal etişda BMT qatʼiylik bilan harakat qilsa, afğon xalqining köksiga şamol tegib, qaddini rostlab oliş imkoniyatlari paydo böladi. Buning uçun bu nufuzli taşkilotga aʼzo davlatlar bir yoqadan boş çiqarib, unga madadkor bölişlarini örtaga taşlangan taklifning özi aytib turibdi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 78-sessiyasida qatnaşgan davlatlar rahbarlarining eʼtiborini tortgan takliflardan yana biri Ş.Mirziyoyevning sayyoramizni kelgusi avlodlarga qanday holda qoldiramiz degan fikri böldi. Prezidentimiz bu katta muammoni qanday hal etiş mumkinligi haqida gapirib, sözining yakunida şunday dedi: “Mustahkam tinçlik va farovonlikka faqat umumiy intilişlar va birgalikdagi harakatlar bilan erişiş mumkin. Bizga özaro işonç, birdamlik va hamkorlik ruhi har qaçongidan ham köproq zarur”.

Haq gap. Özaro işonç, birdamlik va hamkorlik çuqur ildiz otgan joyda tinç­lik va taraqqiyot böladi. Odamlar halol mehnat mevasidan bahramand bölib, ahil va baxtli hayot keçiradilar. Muxtasar qilib aytganda, davlatimiz rahbarining BMT minbaridan turib, öz fikr-mulohazalariyu takliflarini özbek tilida baralla irod etişi jahon hamjamiyatida katta qiziqiş uyğotibgina qolmay, bildirilgan taklif va taşabbuslarga kamarbasta bölişga ilhomlantirişi ham şak-şubhasizdir. Ayni paytda, Prezidentimizning bu nutqi qalblarimizni toğdek yuksaltiriş bilan birga barçamizning zimmamizga özbek tilida tiniq va ravon sözlaş hamda yozişdek şarafli vazifani yuklaganligini ham unutmasligimiz kerak! Hamişa va hamma joyda öz ona tilimizda ravon gapirişni, uning nimalarga qodirligini namoyon etişda Prezidentimizdan ibrat oliş har birimizning burçimizga aylanmoği lozim.

Töğri, har kim öz tilida va şevada sözlaşga haqli. Bunga qonun monelik qilmaydi. Lekin davlat idoralarida özbek tilida iş yuritiş, yaʼni gapiriş va yoziş qonun talabi. Yodingizda bölsa, davlat taşkilotlarida işlaydigan boşqa millat vakillarining özbek tilini örganişlari uçun muddat belgilangan edi. Afsuski, bu muddat allaqaçon ötib böldi. Heç kim eʼtibor bermagani uçunmi, davlat taşkilotlarining ayrimlarida davlat tili bir çetda qolib, yana avvalgiday bilgan özbek tilida, bilmagan rus tilida iş yuritmoqda. Televideniye körsatuvlari va radio eşittirişlarida şevada muloqot qiliş odatga aylanganligini keçiriş mumkinmi? Bu kasallik kino va seriallarga ham yuqqanligi açinarli emasmi? Ikki özbek “yulduz” sanʼatkorning ona tilimizdagi telekörsatuvda rusça gapirişi ğaşingizni keltirmaydimi? Internet saytlaridagi u yoki bu voqeaga bildirilgan munosabatlarni öqib, kuyişingni ham, kulişingni ham bilmaysan kişi. Töğri yozilgan jumlaning özi yöq. Buning ustiga mantiqsiz. Bu çalasavodlikdan darak bermaydimi? Yaxşiyamki, bu şarmandalikni özbekdan boşqa öqimaydi. Ilohim öqimasin ham!

Bir vaqtlar yurtimizda faoliyat körsatgan Hindistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Dalip Mextaning rafiqasi ona tilimizga astoydil mehr qöyib, uni yaxşigina örgangan, bir qator yozuvçi, şoir va jurnalistlar bilan döst tutinib, ular bilan tez-tez uçraşib, öqigan kitoblari haqida maroqli suhbatlar qurardi. Baʼzan tört qatorlik arizani eplab yoza olmagan yigit yoki qizga duç kelganimda öşa hind ayoli yodimga tuşib, savodxon bölişga intilmayotgan ayrim yoşlarimizdan könglim oğrimay qolmaydi.

“Davlat tili masalasi milliy ğoyamizning asosiy tamoyillaridan biri bölişi zarur. Yoş avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdiriş maqsadida taʼlimning barça bosqiçlarida özbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal örganişga alohida eʼtibor qaratişimiz lozim. Toki, bolalarimiz özbek tilida ravon öqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bölib yetişsin”, — degan edi davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentimizning qalbidan qaynab çiqqan bu sado har bir oilaning, har bir ota-onaning, har bir taʼlim muassasasining doimiy diqqat eʼtiborida bölişi şartligini hayotning özi taqozo etmoqda.

Nuriddin OÇILOV,

Özbekiston Milliy universitetining

jurnalistika fakulteti öqituvçisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan