Beruniy Chin yurtida ham mashhur!

Dunyo ilm-fan tarixiga oid har bir asarda birinchi uyg'onish davrida ijod qilgan, dunyo ilmiga ko'plab yangilik va g'oyalarni kiritgan olimlarimiz albatta tilga olinmasdan iloj yo'q. Bu davrda ilm-fan bilan shug'ullangan buyuk bobomizni ham diniy, ham dunyoviy ilmni rivojlantirishi yo'lida xizmat qilgan va hozirgi kunda ham foydalanilayotgan asarlari sabab butun dunyoda ularga nisbatan “qomusiy olim” deb baho beriladi. Xususan, Xitoydagi aniq va tabiiy yo'nalishdagi barcha maktab va oliy ta'lim muassalarida ilk uyg'onish davrida yashab o'tgan olimlarimiz haqida o'rgatiladi. Misol uchun, Xitoyda Geografiya, Fizika yoki Astronomiya tarixiga oid ma'lumot izlamoqchi bo'lsak Beruniyning ilmiy merosiga albatta duch kelamiz.

Geografiya, fizika va astronomiya tarixiga oid xitoy tilidagi kitoblarda, ilmiy konferensiyalar va barcha rasmiy saytlarda Beruniy hayoti va uning ilm-fanga qo'shgan hissasiga oid ma'lumotlarni uchratamiz. Birgina misol, “Insoniyat sivilizatsiyasining kashshofi (yaratuvchisi), musulmon olimi Ahmad Beruniy” sarlavhasi bilan atalgan maqolada “Beruniy Yerning aylanishini ham taxmin qilgan. U do'sti Ibn Sinoga yozgan maktubida hatto yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi nazariyani ham ilgari surgan va sayyoralarning orbitalari aylana emas, balki elliptik ekanligiga ishongan. Bugungi kunda biz “Somon yo'li” deb ataydigan tushunchani ham Beruniy aniqlab, “turli yulduzlarning son-sanoqsiz birikmalaridan” tashkil topganligini e'tirof etadi”.1

Xitoy milliy ensiklopediyasining uchinchi nashrida keltirilgan “Beruniy” sarlavhasidagi maqolada: “Beruniy hind madaniyati va arab madaniyati o'rtasidagi aloqada muhim rol o'ynagan. U hindistonlik olimning ikki jildlik astronomiyaga oid asarlarini arab tiliga tarjima qilgan va arabcha ilmiy bilimlarni Hindistonga olib kelgan. Beruniy Aristotelning fizik va falsafiy nazariyalariga ko'plab tanqidiy mulohazalar bildirgan” 1 degan ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin.

Xitoydagi barcha rasmiy va norasmiy saytlarda, elektron ensiklopediyalarda Beruniyga nisbatan:

 

(“U ko'p kitob o'qigan, olimlar bilan do'stlashgan, bilimdon va ijodkor, tarix, geografiya, astronomiya, matematika va tibbiyotda chuqur yutuqlarga ega. Beruniy keyingi olimlar tomonidan “qomusiy olim” sifatida e'tirof etilgan”. “U yunon va sharq diniy falsafalarini yaxshi bilgan, islom klassiklari va turli mazhab­lar nazariyalaridan yaxshi xabardor, arab, fors, turkiy, ibroniy, suriy va sanskrit tillarini mukammal egallagan) deb ta'rif beriladi.

2005 yil da (universitet nomi) “Markalardagi fizika tarixi (Markalardagi fizika va fiziklar) nomli kitob chop etilgan bo'lib, kitobning uchinchi bobi “O'rta asrlar” deb nomlanadi. Ushbu kitobning 13-betida Beruniy Al-Battani bilan birga arab astronomi sifatida keltirilib, ular haqida quyidagi malumotlar keltirilgan:

(Astronomiyada arablar unchalik katta yutuqlarga erishmagan bo'lsalar-da, Ptolemey asarlarini saqlab qolishgan, unga ba'zi qo'shimcha va yangiliklar kiritganlar. Eng mashhur arab astronomi Al-Battani (taxminan 858-929) bo'lib, u tropik yil uzunligi, yillik presessiya va ekliptik burchakning aniqroq qiymatlarini aniqlagan va Ptolemeyning astronomik hisoblarini yaxshilash uchun geometriya o'rniga trigonometriyadan foydalangan. Yana bir mashhur arab astronomi Al-Beruniy (973-1048), (rasmda, Tunis 1980,) u yerning aylanishi nazariyasiga qo'shilib, kenglik va uzunlikni aniq o'lchashni amalga oshirgan1)

(O'rta asr Islom dunyo­sida astronomiya)” nomli astronomiya ilmiga oid maqolaning “Yerning aylanishi” sarlavhasida islom olamiga mansub olimlarning ilmiy ishlari keltirilgan. Islom olamiga mansub bo'lgan olimlar qatorida Abu Rayhon Beruniyning “Yerning o'z o'qi va Quyosh atrofida aylanishi”ga oid nazariyalari keltirilgan.

Ilk Uyg'onish davrida ijod qilgan ko'plab olimlarimiz qatorida Beruniyning ilm-fan olamida uning ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlari beqiyos, buni xitoylik olimlar ham tasdiqlamoqda. Beruniy astronomiya, fizika, tarix, matematika va geo­metriya singari qator fanlardagi antik davr­­da yaratilgan asarlarni va nazariyalarni tarjima qilib qolmasdan, ularni tahlil qilib, undagi mavjud xato va kamchiliklarni asoslab ham bergan. Qator yangiliklar kiritgan. Shu sababli ham, xitoylik olimlar ham Beruniyning shaxsiga va uning ilmiy merosiga doimo qiziqish bilan qarashgan.

Zavqibek MAHMUDOV,

O'zbekiston FA Tarix instituti

kichik ilmiy xodimi

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eighteen + sixteen =