Özbekistonlik 7-sinf öquvçisi Italiyada ötkazilgan xalqaro ingliz tili olimpiadasida uçinçi örinni qölga kiritdi

Joriy yilning 23-26 sentyabr kunlari Italiyaning Assizi şahrida “Global Hippo Association” taşkiloti tomonidan taşkil etilgan 12-Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.

Mazkur tanlovning saralaş bosqiçlarida 63 ta davlatdan 88 ming nafardan ziyod öquvçilar ingliz tili fani böyiça imtihonlarda iştirok etdi. Özbekistonda  esa 4,5 ming nafar maktab öquvçilari mazkur tanlovlarda qatnaşdi.

Özbekistondagi saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan öquvçilar joriy yil iyun oyida Istanbulda (Turkiya) ötkazilgan Osiyo bosqiçida öz  bilimlarini  sinovdan ötkazişdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahridan 9 nafar maktab öquvçilari öz guruhlarida ğolib bölib, olimpiadaning yakuniy bosqiçiga yöllanma olgan edi.

Italiya Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vazirligi şafeligida ötkazilgan yakuniy bosqiçda 250 nafar öquvçi ingliz tilida öz bilimlarini sinaş uçun turli guruhlarga bölingan holda özaro bahslaşdi.

Guruhlar örtasida keçgan murosasiz imtihonlarda surxondaryolik 7-sinf öquvçisi Mirabror Rajabboyev “Hippo-2” guruhida xalqaro olimpiadaning faxrli 3-örin sohibiga aylandi.

Taşkilotçilar barça iştirokçilarni xalqaro ingliz tili sertifikati, medal va turli qimmatbaho sovğalar bilan taqdirladi.

Uşbu xalqaro ingliz  tili fani olimpiadasining 2025 yildagi Yevropa bosqiçi Venetsiya şahrida, Osiyo bosqiçi esa Samarqand şahrida va yakuniy bosqiç Sitsiliya orolida bölib ötişi maʼlum qilindi.

Şuningdek, Özbekiston şarafini himoya qilgan öquvçilar va ularning ustozlariga mamlakatimiz elçixonasi nomidan taşakkurnomalar taqdim etildi.

“Dunyo” AA,

Rim şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan