Ekologik muammolar

ularni hal etişda fuqarolik jamiyati institutlarining örni

Ayni paytda Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati Ekoharakat faoliyati orqali fuqarolarimizga yetkazilmoqda.

Ekoharakatning asosiy vazifalaridan biri davlat idoralari, tabiatni muhofaza qiliş taşkilotlari, barça korxona va muassasalarning atrof-muhit muhofazasi, suv va havo havzalari, yer va biologik resurslar holatini yaxşilaş hamda ularni çiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qiliş, aholi salomatligini muhofaza etiş sohasidagi amaldagi qonunlar va boşqa qarorlar ijrosini taʼminlaş böyiça işlarini qöllab-quvvatlaş va keng jamoatçilik kömagini şakllantirişdan iborat böladi.

Şu bilan birga Ekoharakat davlat hokimiyatining qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi organlari tomonidan ekologik va tabiatni muhofaza qiliş borasidagi masalalarni huquqiy tartibga solişni takomillaştiriş, ekologik va aholi salomatligi muhofazasi sohasidagi qonunçilikni halqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq holda rivojlantiriş maqsadida yangi qonun hujjatlarining qabul qilinişi, amaldagi qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiş hamda qöşimçalar kiritilişi böyiça taşabbuslar bilan çiqadi.

Ekoharakat iştirokçilari va hamkorlarining davlat organlari, jamoat tuzilmalari tomonidan mavjud ekologik muammolarni hal etiş hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qiliş sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida masʼuliyatini kuçaytirişga qaratilgan faoliyatlarini muvofiqlaştirişga; jamoat birlaşmalari, jamoat fondlari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlarining hamkorliklarini muayyan ekologik muammolarni hal etişdagi samaradorligini oşiriş va rivojlantirişga yönaltiradi.

Mamlakatimizning taraqqiyot yölidan izçil borişida Özbekistonda mavjud bölgan boy tabiiy resurslar muhim omillardan biri sanaladi. Mustaqil taraqqiyotning ilk kunlaridanoq ulardan oqilona foydalaniş va kelgusi avlod uçun sof atrof-muhitni asrab-avaylaş yölidan borilmoqda. Bu mamlakatimiz aholisining maʼnan boy va soğlom hayotini taʼminlaşdagi asosiy şart va omillardan biridir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etiş va ularning salbiy oqibatlari oldini oliş borasida muayyan tajriba orttirildi. Ammo sohadagi vazifalarning miqyosi va kölami mamlakatimiz hamda mintaqada ekologik holatni soğlomlaştiriş muammolarini yaxlit holda hal etişda davlat organlari, jamoat birlaşmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning saʼy-harakatlarini birlaştirişni talab qiladi. Soğlom atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bölişi lozim.

Şu munosabat bilan Özbekiston ekologik harakatining (Ekoharakat) taşkil etilganligi bugungi kunning qatʼiy talabi hisoblanadi. Ekoharakat siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oşiriş jarayonida ekologik yönaltirilgan yondaşuv Özbekistonning barqaror rivojlanişida eng muhim omil bölib hisoblanişiga işongan, atrof-muhit va inson salomatligi haqidagi ğoyalarni qöllab-quvvatlovçi hamda ularni amalga oşiriş istagida bölgan mamlakatimiz fuqarolarini birlaştirişga yönaltirilgandir.

Ekoharakat Özbekiston fuqarolarining hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit şaroitida yaşaş, aholi salomatligini yaxşilaş, tabiiy resurslarning barça majmuini muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş huquqlarini sözsiz taʼminlaşga qaratilgan yangilaniş jarayonlarini yanada çuqurlaştirişda jamiyatning bor kuç va salohiyatini safarbar qilişga intiladi.

Ekoharakat “Soğlom muhit — inson salomatligi” ğoyasini özining asosiy şiori hisoblaydi va uning amalda bajarilişini taʼminlaş maqsadida öz oldiga quyidagi dasturiy vazifalarni qöyadi:

1) atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni soğlomlaştiriş işida jamoatçilik iştiroki faolligini har tomonlama kuçaytiriş;

2) atrof-muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boşqa qarorlar ijrosini taʼminlaş hamda bu sohadagi qonunçilikni rivojlantiriş va takomillaştirişga kömaklaşiş böyiça tizimli işlarni yuritiş;

3) atrof-muhit muhofazasi va şu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalaniş borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etişda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatçilik va boşqa tuzilmalar masʼuliyatini oşiriş;

4) aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantiriş;

5) atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;

6) atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bölişiga erişiş;

7) atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş.

Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini rivojlantirişga kömaklaşiş yölida taʼsirçan jamoatçilik nazorati olib borilişini rağbatlantiriş işlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodi, mustaqil Özbekistonning davlat va jamiyat quriliş tizimi bosqiçma-bosqiç rivojlanmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, kuçli ijtimoiy siyosat natijasida aholining real daromadlari va farovonligi uzluksiz oşib bormoqda. Mohiyati va mazmuni jihatidan mutlaqo öziga xos bölgan taʼlim va maorif, kadrlar tayyorlaş, soğliqni saqlaş va madaniyat tizimlari yaratildi.

Prezident farmoni bilan fuqarolik jamiyatini qöllab-quvvatlaş borasida bir qança yangi islohotlar nazarda tutilmoqda. 2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrga qadar Fond mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida tölanadigan quyidagi soliq turlari böyiça belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytirildi:

— loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy şartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq tölaş tarzida olgan daromadlaridan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği;

— nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan mehnatga haq tölaşga doir xarajatlari böyiça tölanadigan ijtimoiy soliq.

Yuqoridagi farmonga muvofiq, har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan ijtimoiy buyurtma beriş böyiça tanlovlar taşkil etadi. Bunda tanlovlar ustuvor ravişda inson huquqlarini himoya qiliş, korrupsiyaga murosasiz muhitni şakllantiriş hamda taʼlim, tibbiyot, ekologiya, quriliş, transport, kommunal xöjaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar körsatiş va boşqa sohalarning eng dolzarb muammolari yeçimiga qaratiladi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga tegişli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning taʼsirçan yeçimini nazarda tutuvçi taşabbusli loyihalarni amalga oşiriş uçun davlat ijtimoiy buyurtmasini oliş töğrisida manfaatdor davlat organiga taklif kiritiş huquqi beriladi. Bunda taşabbusli loyiha belgilangan tartibga muvofiq davlat organi huzuridagi jamoatçilik kengaşi tomonidan ijobiy baholangan taqdirda, uning taşabbuskoriga davlat organining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravarigaça miqdorda töğridan-töğri şartnoma tuziş yöli bilan ijtimoiy buyurtma berilişi mumkin.

Davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari (keyingi örinlarda — jamoatçilik kengaşlari) raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi.

Har yili jamoatçilik kengaşlarining faoliyati samaradorligi baholanadi va uning natijalari eʼlon qilinadi.

Jamoatçilik kengaşlarining faol aʼzolari davlat organining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan moddiy rağbatlantirib boriladi.

Jamoatçilik eʼtiborini ekologik soğlomlaştiriş va atrof-muhit muhofazasi muammolarini izçil surʼatda hal etiş zaruratiga qaratgan holda, Ekoharakat mamlakatimizning barça fuqarolarini ona Vatanimizning bebaho tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlar uçun asrab-avaylaşdek oliy vazifani bajarişda faol iştirok etişga çaqiradi.

Saidrasul SANGINOV,

Özbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi örinbosari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan