Qabrdan qaytgan bola
Xöjanazar Ğoyibnazar öğli Huvaydoning 320 yilligi
1927 yil. Farğonaning Çimyoniga ham davrning töfonlari kirib keladi. Islom diniga kuçli eʼtiqod qilgan olim-ulamolar, diyonatli, iymonli kişilar boşiga dahşatli musibatlar tuşa boşlaydi.
Özbek adabiyotining vakillaridan biri, tasavvuf ilmi bilimdoni Xöjanazar Ğoyibnazar öğli Huvaydoning avlodi bölmiş Oxunjon eşon öğli Muqimiddin maxsumning ham hayotiga xavf tahdid qila boşlaydi. U qatağon qurboniga aylanib qolişdan qörqib, rafiqasi Munisxonni olib, Öş tomonlarga ketadi. Ona yurtidan ayriliş, oç-nahorlik, musofirlik, har kimnikida berkinib yaşaş ming azob-uqubat edi. 1934 yil dekabr oyining oxirlarida bu oilada öğil farzand dunyoga keladi. Qişning qoq çillasida tuğilgan bola oradan bir neça oy ötib ölib qoladi.
Muştipar ona bözlab-bözlab qöni-qöşnilarni çaqiradi. Gödakni qabristonga eltib kömiş taraddudini körişadi, gör kovlab qöyiladi. Tobutni kötarmoqçi bölib turilganida, Çimyondan Munisxonning onasi yetib kelib, nabirasini bağriga bosib yiğlaydi. Söng Qurʼoni Karimning “Yosin” surasini qayta-qayta tilovat qiladi. Onaxon qarasaki, nabirasining badanida iliqlik paydo böladi. Munisxonga onasi: “Çaqaloqning labiga kökrak sutingdan tomizgin, agar sut gödak lablari orasidan ötsa, u yaşab ketadi”, deydi. Allohning qudrati bilan gödak labidan ona suti ötadi. Öşa kuni bolaning quloğiga qaytadan azon aytilib, nomini Ölmas deb ataşadi. Oradan bir yil ötgaç, Muqimiddin oila aʼzolari bilan Farğonaning Vodil qişloğiga qaytib keladi. “Dindor şoirning uruğ-aymoği” degan fitnalar unutilganday bölib turganida, Ikkinçi jahon uruşi boşlanib qoladi. Muqimiddinni ham uruşga jönatişadi. Uruş tufayli erta ulğayib qolgan bolalar onalar joniga ora kirar edi. Öğli Ölmas ham yoş bola bölsa-da, onasining yoniga kirib, uy-rözğor, tomorqa işlariga yordam berib, tinmay mehnat qiladi. Uruş yillari bolalari öyin-kulgi örniga oğir mehnat girdobida qolişadi. Xuddi kattalardek mehnat frontida jonbozlik körsatadi. U yillardagi qiyinçiliklar, ayniqsa, oçarçilik oqibatiyu tafsilotlarini bayon etişning özi oğir…
Uruşdan eson-omon qaytgan Muqimiddin 1948 yili bola-çaqasini olib Vodildan Çimyon qişloğiga keladi. Ular bobosi Huvaydoning qabrini ziyorat kilişga borişadi. Qabr çiqindilar ostida qolib ketgan ekan. Bu xunuk manzarani körib, ota-bolaning dillari vayron böladi. Guvohlarning aytişlariça, 1937 yili “dindor şoir” deb Huvaydoning qabri sağanasi buzdirilib, undan çiqqan pişiq ğiştlarni paxta quritiladigan xirmonga terib çiqişgan ekan.
Muqimiddin va öğli Ölmas yiğlab-yiğlab qabrning tevarak-atroflarini tozalaşadi. Ota-bola bobokaloni qabrini qayta tiklaşni möljallab turganida, kimdir tegişli idoraga “çaquv” qiladi çoği, Muqimiddinni militsiya olib ketadi. Sobiq kommunistik partiya qonli qiliçini yalanğoçlab, dindorlarga qarşi ayovsiz kuraş olib borayotgan bir paytda Huvaydoning qabrini obod qiliş u yoqda tursin, nomini tilga oliş ham ilojsiz bölib qoladi…
1977 yili Muqimiddin maxsum oğir kasal bölib, töşakka mixlanib qoladi. Nima bölsa, Allohdan deb tavakkal qilib, “Otamning közi tirikligida bobomning qabrini obod qilib qöyayin, bu yoruğ dunyodan u armon bilan ötib ketmasin”, deb Ölmas ota iş boşlaydi. Quvasoydan beş mingta pişiq ğişt olib keladi. Baxtga qarşi, Çimyon va qöşni qişloqlardan birorta usta qabrni tiklaşga qörqib, rozi bölmaydi. Ha, “Bismillahir rohmanir rohim” deb ovoz çiqarib ayta olmaydigan öşa zamonda “dindor şoir” degan tamğa bosilgan Huvaydoning qabrini obod qilişga kim ham jurʼat eta olardi…
Öşa yili oktyabr oyida quvasoylik usta Mahkam Xolboyevning mardligi, dovyurakligi tufayli Huvaydoning vayron bölib yotgan qabri ustiga sağana quriladi.
Va nihoyat, Özbekistonimiz mustaqil bölgaç, Ölmas ota hamqişloği şayx Abdulaziz Mansurni qidirib Toşkentga keladi. Bobosining maqbarasini obod qiliş haqidagi iltimosnomasini hukumatga yetkazişga yordam berişini söraydi. Murojaat eʼtiborga olinib, Farğona viloyati hokimiyatiga Huvaydo maqbarasi majmuasini qurişga topşiriq beriladi. Farğona viloyatidagi homiy taşkilotlar tomonidan qadamjo butunlay yangidan bunyod etiladi. Bugun bu qadamjoga uzoq-uzoqlardan, nafaqat yurtimiz viloyatlaridan, balki çet ölkalardan ham sayyohlar kelişmoqda.
Biz hikoyamiz boşida tilga olgan — qabrdan qaytgan bola — Ölmas ota ham bobosi kabi hikmatli ğazallar yozib, ziyoratçilarga öqib berib, ilhomidan zavqlanib uzoq umr kördi. Farzandlari, nevara-evaralari, hamyurtlari eʼzozida umrguzaronlik qildi. Bobolar ruhini şod etiş — ularga munosib, diyonatli, halol-pok zurriyotlar tarbiyalaş töqson yoşdan ötgan Ölmas otaning ezgu niyati böldi.
Huvaydo 1704 yili Öş şahrida tuğilgan edi. Hayoti Farğona viloyatining Çimyon qişloğida ötadi. Tasavvuf şeʼriyatining yirik vakili. Qöqon madrasalarida öqigan, qişloğida maktab oçib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham şuğullangan. Otasi Ğoyibnazar söfi Qaşqardagi Ofoqxöja eşonning muridlaridan bölgan. Çimyonda masjid va xonaqolar qurdirib eşonlik qilgan. Huvaydo mumtoz şeʼriyatning deyarli barça janrlarida ijod qilgan. Şeʼrlari xalq orasida juda maşhur bölgan.
Taniqli adabiyotşunos olim Begali Qosimovning yozişiça, Huvaydo axloqiy didaktik yönalişdagi mazmunan teran, uslubiy gözal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan şoirdir. Uning ijodi va dunyoqaraşi şakllanişida Xoja Ahmad Yassaviy, Alişer Navoiy, Söfi Olloyor, Boborahim Maşrablarning tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining taʼsiri katta bölgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy işq haqidagi orifona, dunyoviy şeʼrlaridan taşqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi şeʼrlarida ham mazkur şoirlar anʼanalarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan.
Huvaydo hanuz köplab muxlislarga ega. U tasavvuf merosini puxta örganib, zamirida çuqur falsafiy-axloqiy dunyoqaraş mujassam bölgan asarlar yaratgan. U komil insonni şakllantirişdek ğoyat muhim va murakkab masalaga yangiça yondaşadi, tasavvufning insonparvarlik, maʼrifatparvarlik ğoyalarini keng tarğib etişda şeʼriyatning imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalanadi.
Huvaydoning Çimyondagi maqbara majmuasiga kiraverişda “Ilohiyot ilmining bilimdonlaridan biri” bölganligi haqidagi yozuvlarga nigohingiz tuşadi. Darhaqiqat, Huvaydo şaxsi bilan aloqador xalq orasida “Çimyon”, “Mindon” nomlari bilan boğliq tildan-tilga ötib kelayotgan rivoyatlar ham bor.
Ijodkor umri yaxşilikka sarflangan bölsa, uning yodi barhayotdir. Şoir Minhojiddin Mirzo taʼbiri bilan aytganda, bobomiz Huvaydoning qaysi bir misralariga boqmaylik, ilohiy muhabbatni, insoniy işqni, pok sevgini köramiz. Bejizga hazrati Huvaydo “Muhabbatdan muhabbat böldi paydo, Muhabbatsiz kişidin qoç, Huvaydo” demagan.
Mustaqillik yillarida bu göşada katta obodonçilik işlari amalga oşirildi. Maqbara yonidagi qadimiy masjid örniga zamonaviy jome masjidi bunyod etildi. Bu esa mahalliy aholining ibodat qilişlari uçun katta qulaylik böldi.
Huvaydo kabi ajdodlarimizning maqbaralarini muqaddas qadamjo sifatida ziyorat qiliş imkoniyatiga ega bölsak-da, hali-hanuz uning ijodiy merosini tölaqonli ravişda örganişga kirişilmaganligi armonli bir holdir. Esimda, bir paytlar Huvaydo ijodi böyiça tadqiqotlar ötkazib, dissertatsiya yoqlamoqçi bölgan olimga “Huvaydo diniy şoir” deb yöl berilmagan.
Har gal Farğona vodiysiga borsam, muqaddas qadamjolar qatorida Çimyon qişloğidagi bobomiz Xöjanazar Ğoyibnazar öğli Huvaydoning maqbarasini ham ziyorat qilar edim. Xöjanazar Ğoyibnazar öğli Huvaydoning 320 yilligi arafasida yaqinda bu foniy dunyodan u boqiy dunyoga safar qilib, bobosining yoniga ketgan, uzoq yillik qadrdonim Ölmas otaning ziyoratiga bordim, ruhini şod etiş uçun Qurʼon oyatlaridan duo qildim…
Bir yonda atirgullar-u bir yonda ilhomgullar oçilib turgan maqbaradan qaytar ekanman, uşbu misralarga közim tuşdi:
Huvaydoning mozoriga borib,
yorim tomoşa qil,
Unubdur lolai hasrat,
xazon bölmas bahorim bor…
Muhammad KENJA
