SAMARQAND SEHRI

Hindistonning “Business of Travel Trade – BOTT” ixtisoslaşgan sayyohlik jurnalida qadimiy Samarqand şahri va turizm sohasidagi Özbekiston – Hindiston hamkorligi haqida maqolalar çop etildi.

 “Özbekiston va Hindiston örtasidagi köp qirrali hamkorlik çuqur tarixga ega. Ikki davlat turli yönaliş­larda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, taʼlim, sport, madaniyat va gumanitar sohalarda uzoq yillik hamda vaqt sinovidan ötgan şeriklik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda, — deb qayd etilgan naşrda. – Şu maʼnoda turizm sektori özaro aloqalarning muhim jabhalaridan biri sifatida ajralib turadi”.

Material muallifi Özbekiston Hindistonda özining salmoqli sayyohlik salohiyatini tarğib qilişdan manfaatdor ekani, hindistonlik sayohatçilarga mamlakatning boy madaniyati va anʼanalari, albatta, taşrif buyurilişi kerak bölgan maskanlari, şuningdek, zamonaviy taʼlim oliş uçun qulay şaroitlar yaratilgan Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon, Farğona, Namangan, boşqa qadimiy va hamişa navqiron şaharlari haqida rang-barang maʼlumotlarni taqdim etayotgani töğrisida söz yuritgan.

“Bu saʼy-harakatlarda Özbekistonning Dehlidagi elçixonasi ikki mamlakat örtasidagi boğlovçi köprik vazifasini ötamoqda, turli marketing kompaniyalarida iştirok etiş, yangi sayohat paketlarini taqdim etiş va Hindiston böylab isteʼmolçilar uçun tarğibot tadbirlarini ötkaziş orqali yuksak rejalarni amaliyotga tatbiq etmoqda”, — deb taʼkidlagan “Business of Travel Trade – BOTT” muxbiri.

Şundan söng jurnal öquvçilari eʼtibori Hindistonning moliyaviy poytaxti – Mumbay şahrida Özbekiston sayyohlik salohiyatiga bağişlab uyuştirilgan keng kölamli roud-şou tafsilotlariga qaratilgan. Mazkur taqdimot marosimi Özbekiston va Hindistonning turizm sohasidagi yaqin hamkorligining yana bir yorqin namunasi böldi, ikki buyuk davlatni bir-biriga yaqinlaştirdi, Hindiston aholisiga Özbekiston, uning tarixi, xalqaro miqyosda tan olingan haqiqiy mehmondöstlik anʼanalari haqida rang-barang maʼlumot oliş imkonini berdi, deb qayd etgan ixtisoslaşgan naşr.

“Samarqand: Jahon madaniy turizm poytaxti” sarlavhali maqola muallifi “Özbekistonning şarqiy-markaziy bağrida ötmiş tamaddunlari haqida şivirlab hikoya qiladigan, har bir toşi tarixiy davrlardan guvohlik beradigan şahar joylaşgan. Ikki ming yildan ortiq boy tarix va madaniy uyğunlikning jonli guvohi bölgan Samarqand şahriga xuş kelibsiz”, deb urğulagan.

Jurnalist qadimiy şaharning jozibadorligini anglaşga harakat qilib, şunday xulosaga kelgan: “Samarqandning sehri uning tarixiy xazinalari – masjid, madrasa va maqbaralarning maftunkor uyğunligidadir. Şahar markazida YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Registon joylaşgan bölib, u bir vaqtlar bozorlar va karvonsaroylarning şovqiniga burkangan, hukmdorlar farmonlarining aks sadosi yangragan gavjum maydon bölgan. Registon Samarqand boy tarixining mazmun-mohiyatini özida mujassam etgan bölib, mehmonlarni uşbu ajoyib şahar bunyod etilgan ötgan davr­larga şönğişga çorlaydi”.

Muallif sayyohlarga şaharning sirli ötmişidan hikoya qiluvçi tarixiy gavjum köçalari böylab sayr qiliş, uluğvor Bibixonim madrasasining jozibadorligi, Uluğbek rasadxonasining samoviy möʼjizalari, Xoja Ahror majmuasining sokin muhiti, Afrosiyobning qadimiy sehrini his qilişni maslahat beradi. “Tarixiy şaxsning bardavom merosini aks ettiruvçi Amir Temurning hayratlanarli maqbarasini ziyorat qiling. Bu yerdagi qöyilgan har bir qadam tarixning mazkur jonli kitobidan yangi kaşfiyotlar oçişga imkon beradi”, — deyiladi naşrda.

Maqolada Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari, jonli va serşovqin Siyob bozori, kiçik dökonlari va butiklari rang-barang tarzda tasvirlangan. Şahar restoranlari özbek va boşqa xalqlarning ovqat tayyorlaş usullari uyğunlaşgan pazandalik möʼjizasi, deb atalgan.

“Boy madaniyat va merosning jonli solnomasi bölgan Samarqand sizni nafaqat esdalik sovğalar bilan, balki öz qalbining bir parçasi bilan vataningizga qaytişga çorlaydi. Moviy gumbazlar va labirint köçalar bilan xayr­laşar ekansiz, bilingki, Samarqand sehri mangu saqlanib qoladi hamda Özbekiston maftunkor tarixining qoq bağriga qilgan sayohatingizdan aks sado berib turadi”, — deya xulosa qilgan maqola muallifi.

“Dunyo” AA,

Dehli.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan