Döstlar diydorin istar köngil…
Kursdoş döstlar diydorlaşuvi haqida yoziş şunçalik muhimmi? Hammaning ham kursdoşlari bor, ular ham biz kabi bir-birlari bilan xabarlaşib, körişib turişi tabiiy, albatta. Qolaversa, kursdoşdan taşqari sinfdoş, maktabdoş, quroldoş va yana boşqa qança “doş”lar ham bor-ku! Özbekiston Milliy universiteti (oldingi ToşDU)ning jurnalistika fakultetini 1983 yilda bitirgan talabalarning 40 yillik uçraşuvi anʼanaviy tadbirlardan nimasi bilan farq qildi? Bir qaraganda, bu ham odatdagi uçraşuvlardan biri-da, dersiz. Umuman olganda, şunday. Ammo, dildoşlarimning ötgan yillar öz izini qoldirgan nurli siymolariga boqib, ularning har biri yetuklik sari, donişmandlik sari yuz tutayotganligiga amin böldik.
Biz rostdan ham dildoşmiz, sirdoşmiz. Axir beş yil bir auditoriyada tahsil olganmiz, bir partada yonma-yon ötirganmiz. Bir yotoqxonada, bir tomning ostida yaşaganmiz. Oşxonamiz ham, darsxonamiz ham bir edi. Turli qozonlarda tayyorlangan taomlardan boşqa xonadoşlarga ham manzirat qilinardi. Bir kişining mehmoni barçaniki edi. Maşğulotlarga tayyorlaniş ham şu zaylda keçardi: bir xona boşqa xonadan kitob yoki yozuv daftarini olardi yoki berardi, kimdir qaysi bir iqtidorli ijodkorning yangi asarini öqiganini aytardi, undan iqtiboslar keltirib, boşqalarni ham öqişga daʼvat qilardi. Boşqa birov esa öz ijodidan namunalar öqirdi. Özimiz anglamagan, bilmagan holda ana şu döstlar davrasida, ijodiy muhit içida ösib-ulğayganmiz. Albatta, öqişni tugatgaç, kim qayoqqa işga borişi-yu, öz faoliyatini qanday davom ettirişigaça – hammamiz bir-birimizni yaxşi bilardik. Kelajak orzularimizni bir-birimizga sözlab berardik. Axir qanday dildoş bölmaslik mumkin?
Maqtaniş emas, kursdoşlarimiz örtasidagi mehr-oqibatga hozirgaça köpçilik havas qiladi. Töğri, öqişni bitirgan dastlabki yillarda hamma ham öz taşvişlari bilan ovora bölişi tayin. Bizda ham şunday bölgan. Biroq 2003 yildan buyon uçraşuvlarimiz anʼanaviy tus oldi. Öşanda 20 yillik tadbirimizni katta saʼy-harakatlar bilan taşkil qilgandik. Öşa kezlarda, döstimiz, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Bobur Alixonov “Özbekiston” telekanalining “Axborot” direksiyasiga rahbarlik qilib turgan davrda, barçamiz uning boşçiligida astoydil harakat qilganmiz: kursdoşlarning yaşaş manzillarini aniqlaştirib, barçani xabardor qilib, yiğilişganmiz. Deyarli hamma kursdoşlar töplanib, çiroyli dastur tayyorlagandik. Yuqori va keyingi kurslar ham havas qilib, bizdan ibrat olişgandi.
Şu-şu döstona aloqalarimiz qaytadan mustahkamlanib, uçraşuvlarimiz anʼanaviylik tusini ola boşladi. 2008 yilda diydorlaşuvning 25 yilligini taşkil kildik. Şundan boşlab esa kursdoşlarimiz turli viloyatlardan emasmi, har yili hali u hududda, hali bu hududda töplaniş yaxşi anʼanaga aylanib qoldi. Bu orada Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro, Farğona, Andijon viloyatlaridagi döstlarimiz bizni mehmon sifatida kutib olişdi. Bundan taşqari, özaro bordi-keldilarimizni aytmaysizmi, ularning son-sanoğini ham bilmaymiz. Ötgan davr mobaynida bir-birimizga qançalar hamdard va hamnafas bölganmiz, örni kelganda suyanç va yupanç böldik. Ayniqsa, har birimizning yutuğimizda, albatta, döstlarning kömagi, maslahati borligi yana ham quvonarli.
40 yillik uçraşuvimizni barçamiz ham katta intizorlik bilan kutganmiz, şekilli (kursdoşlarning telegram kanali ham taşkil qilingan), kun sanab kunimiz ötdi: telegram kanalda tadbirga neça kun qolganligi har kuni körsatib borildi. Va nihoyat, kutgan daqiqalarga – şu yilning 13 may sanasi – şanba kuniga yetib keldik. Alloh bizni niyatimizga yetkazdi. Uşbu tadbirga endigi safar Toşkent şahrida istiqomat qiladigan kursdoşlarimiz mezbonlik qilişdi. Barçaning könglini birdek oladigan, birodarlarni tez-tez yöqlaydigan döstimiz Olim Duşayev uşbu tadbirga oilasi bilan boş-qoş böldi. Töğri-da, u aytganidek, viloyatlarga borganimizda xursandçiligidan özini qöyarga joy topolmaydigan, mehmoniga uyining töridan-da joy beradigan qadrdonlaring 40 yil deganda Toşkenti azimga bir kelişsa-yu, ularning hurmatini qilmasak, qanday böladi?! Mehmonlarni kutib ola boşladik. Bizning uyga bir kun avval qaşqadaryolik va surxondaryolik döstlar oilaviy bölib taşrif buyurişdi.
Qibray tumani markazidan oqib ötuvçi anhor yoqasida joylaşgan soya-salqin dala hovli uçraşuvimizning manzil-makoni böldi. Mehmonlarni birin-ketin katta xursandçilik bilan kutib oldik. Eng söngida vodiylik döstlarimiz taşrif buyurdilar. Rostini aytganda, uçraşuvimiz rasmiyatçiliklardan xoli, samimiy ruhda ötdi. Taniqli şoir Abdumajid Azimov ötgan davr içida bosib ötgan yölimiz, erişgan muvaffaqiyatlarimiz haqida qisqaça bölsa-da, faxr bilan sözladi, xususan, bir guruh kursdoşlarimiz Bobur Alixonov boşçiligida televideniye sohasida, mamlakatimiz axborot makonini rivojlantirişda samarali faoliyat olib borişgani, köpçilik yigit-qizlarning respublikamizdagi nufuzli gazeta va jurnallarda erişgan ijodiy yutuqlari, bir guruh döstlarimizning öz hududlarida mahalliy ommaviy axborot vositalari rivojida tutgan örni xususida iftixor bilan söz yuritildi. Yöq, maʼruzabozlik bölmadi. Taklif etilgan sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar kuy va qöşiqlar davramizga fayz bağişladi, şunga monand gözal raqslar ijro etildi.
Xorazmlik kursdoşimiz Mahfira Otayevaning döstlarga bağişlangan şeʼridan barçamiz qattiq taʼsirlandik. Yillar mobaynida bir neça qadrdonlarimizni yöqotganmiz-da, axir. Şeʼrda ular haqidagi öçmas xotiralar dard bilan qalamga olingan edi.
Yaxşi suhbatlar qildik. Xuddi yoş boladay — hali u davraga yuguraman, hali bu davraga çopaman. Ularni xuddi ilgari körmagandayman, bilintirmay, yuzlariga, közlariga qattiq tikilaman, avvallari bilmagan kabi, yanada köproq örganganday bölaman, hozirgaça men bilmagan, anglamagan jihatlarini, sifatlarini kaşf etganday bölaman, özimça. Buning uçun fursat yetmayotganday, daqiqalar esa tez, tezroq ötib borayotganday tuyulaveradi, nazarimda. Albatta, vaqt qisqa, men döstlarimning bugungi baxtini, quvonçini anglaşim, his etişim uçun dardini-da tuşunib, könglini olişim uçun bir kun, ikki kun yetmasligini bilib, ötib borayotgan lahzalarning ham şunçaki ötişini istamasdim. Agar yangidan, ozgina nimanidir ilğasam – quvonib ketaman, könglim yorişadi. Men kabi boşqa döstlarim ham uşbu tuyğuni — diydorning naşʼu navosini, beorom köngil soğinçini qalban his etayotganini angladim. Va biz bu bilan masrur edik.
Örin aka (Xudoyberdiyev)ning döstlar uçun kabob tayyorlab, “Men hammangizni yaxşi köraman”, deya iltifot bilan taomni dasturxonga tortiq qilişi, Qurbon aka (Töraqulov), Rahmon aka (Mahmudov)larning sokin va samimiy suhbatlari, Raʼno Tölaganovaning quvnoq hazil-mutoyibalari, Safar Omon va boşqa döstlarning elga omonlik tilab qilgan duolarini – barça-barçasini, Allohning roziligi uçun, köngildan köngillarga izhor deb bildik. Şu suhbatlarning birida sodda va samimiy kursdoşimiz Rimma Boboyevaning men hanuzgaça bilmagan katta maʼnaviyatini yana ham teran angladim. U çin insoniylik qadriyatini ota-bobolaridan olganligi va uni avlodlarga yetkazayotganini eşitib, bir döst sifatida iftixor tuydim. Ayniqsa, kursdoşlarimiz Sodiq Eşmurodov hamda Örin akaning jaydari hangomalari davramizga yanada xuş kayfiyat bağişladi. Birov birovga ovozini balandlatib gapirgan emas, hamma bir-birini asrab-avayladi, nazarimda. Hatto xursandçilik bois, bir oz könglini çoğlagan mehmonlarga ham iltifot körsatildi. Mezbonlarning xizmatlari ham çiroyli böldi, mazali taomlar tayyorlanib, dasturxonga ulaşildi. Davrada taniqli şoir döstimiz Bahrom Rözimuhammad bir fikrni bildirdi: oltmiş ikki yil içida men hali bunçalik halovatlanmagandim. Bu barçamizning könglimizdagi gap edi.
Biz bir-birimizni qattiq soğingandik, doimo şeʼr öqilgan davrada endi közlar sözladi, nurli yuzlar sözladi, döstlarning har biri vujudi bilan, nigohlari bilan şeʼrga aylangan, sözlari-da – şeʼr, şeʼrlari-da – söz edi. Har gal davralarni latifalari bilan qizitib kelgan Uluğbek Rahimov ham bu gal navbatni davra muhitiga böşatib bera qoldi. Biz uçun oltinga teng bölgan diydor onlarini muhrlab, ulardan bizni bahramand aylagan Haydarali Mamatov, Salimaxon Rustamova va Tursunoy Duşayevalarning tezkorligi va mahoratiga tasannolar aytdik.
Jurnalistika ilmidan saboq olganmiz. Kimdir sirtqiga ötib ketdi, kimdir keçkiga, ularning ham örni şu zaylda tölib bordi. 1983 yilda 40 nafar talaba uşbu ilm dargohini bitirib, qaldirğoç misoli öz kentu qişloqlariga, manzil-makonlariga ravona bölişdi. Adabiy jarayonga yaqin bölgan, markaziy naşrlarda öz ilmi va tajribasini sinamoq istagida bölgan bir guruh kursdoşlar poytaxtda qolişga qaror qildilar. Va albatta, ular maqsad-muddaolariga yetişişdi: öz sohasining yetuk kişilari, bilimdonlari, muhimi, el taniydigan va el ardoqlaydigan insonlar bölib şakllanişdi.
Ammo, hayot beşafqat ekan. Eli uçun, yurti uçun bemisl xizmat qilgan baʼzi döstlarimiz bu foniy dunyoni erta tark etişdi. Betakror şoir, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abduvali Qutbiddin, “Adolat” gazetasining sobiq boş muharriri örinbosari Rustamjon Ahmadaliyev, Farğona viloyati hokimligi xodimasi, şöx va şaddod Rohatoy Qoraboyeva (Otaqöziyeva), bolalarning sevimli ertakçisi Hidoyat Töraxonova, “Boysun ovozi” gazetasida köp yillar rahbarlik qilib kelgan, mard va tanti inson Xayrullo Sultonov, kursdoşlarimiz orasidagi ilk tadbirkorlardan biri Olimjon Ostonov, doimo quvnoq va köngli oçiq Muborak Qozoqova va Nişonbuvi Ernazarova, qoraqalpoq oğamiz, polvonkelbat Yerjenboy Madenovlarni Alloh rahmatiga olgan bölsin, oxiratlari obod, ruhlari şod bölsin, omin. Ularning har birining örni bölak edi. Ular qalblarimizda mangu yaşaydi. Ötganlarning haqlariga duolar qildik. Alloh rozi bölsin.
Mazkur diydorlaşuv onlaridan men anglagan asl haqiqat şu böldi: döstlarimiz Allohdan jamiki dil sözlarini, ezgu niyatlarini söraşmoqda. Ular birin-ketin haj va umra amallarini ado etişmoqda. Hoji aka va opalarimizning ziyoratlari qabul bölsin. Ilohim, ana şunday muqaddas amallarni bajarişni barçamizga nasib aylasin. Diydorlaşuv kunlari hojilarimizning birgalikda tilovat qilişlarida, haj va umra ziyorati bilan boğliq suhbatlarda, özaro muloqot va munosabatlarda – har birida men döstlardagi uluğvorlikni, komillik sari intilişni, Allohga bölgan muhabbatning mavjlarini angladim va ular özlariga manguga hamroh bölişiga tilakdoşman. Taassufki, Surxondaryoning olis Sariosiyosidan ayoli bilan Toşkentga kelgan döstimiz Musurmon Tilakov ham uşbu yiğilişimizda iştirok eta olmadi. Xotinining: “Avval davolanib, uçraşuvga söng borarsiz”, deyişiga ham könmabdi aka. “Avval döstlarimni körişim kerak”, debdi va uşbu uçraşuvdan keyin davolanişni möljallab turgan ekan. Taassufki, yiğilişimizdan bir kun avval akaning isitmasi çiqib qoldi: “tez yordam” çaqirib şifoxonaga joylaştirdik. Tadbirdan söng ham ahvolini sörab turdik. Ayni çoğda Musurmon aka davolanişda. Alloh şifoi komil bersin.
Keyinçalik bir savob işdan könglim juda taskin topdi. Uçraşuvdan qaytayotib, Sodiq Eşmurodovga, döstimiz Ergaş (Ibrohimov)dan (köp yillardan buyon betoblanib qolgan) ham bir xabar olsa, yaxşi bölişini eslatgandim. Hammamiz ham çarçaganmiz, özimizga yaraşa taşvişlarimiz bor edi, albatta. Bu xayrli iş Sodiq akaning ham könglida turgan bölsa-da, aka şoşilinç ravişda Qaşqadaryoga jönab ketibdi. Söng eşitdimki, u tezda bir kunga Toşkentga kelib, Ergaş döstimizdan xabar olib, boşqalarni bezovta qilişni ham istamay, yana qaytib ketibdi.
Garçi köp bora eslansa ham, topib aytilgan yaxşi sözning qadri yöqolmaydi, balki teranlaşadi, maʼno-mazmuni va ahamiyati ortib boraveradi. Uluğ donişmand Rudakiy yozganidek:
Jahonning şodligi yiğilsa butun,
Döstlar diydoridan bölolmas ustun.
Nasib bölsa, soğinç bizni keyingi yilda Xorazmga çorlayapti. Yaratgan Egam döstlar diydoridan ayirmasin.
Sobir MAMANOV,
jurnalist.
