“Şohi bi şin” — “sönggi (ş)oh”

(yoki Muhammad Kozim Mazinoniyning şu nomli romani böyiça mulohazalar)

Fors adabiyoti tarixan özbek adabiyoti bilan muştarak ildizlarga ega. Şuning uçun ham xalqimiz fors qalamkaşlarining asarlarini sevib mutolaa qiladi. Yaqinda “Yangi asr avlodi” naşriyotida çop etilgan Muhammad Kozim Mazinoniy qalamiga mansub “Sönggi (ş)oh” romani ham özbek kitobxonlarini beeʼtibor qoldirmagani ayni haqiqat. Zamonaviy fors adabiyotining zabardast vakili, şoir, nosir va tarixnavis Muhammad Kozim Mazinoniyning uşbu tarixiy biografik romani ilk bor özbek tiliga tarjima qilinib, çop etilgani, tom maʼnoda, katta adabiy hodisadir.

Romanni ona tilimizga rus tilidan taniqli olim va jurnalist, adib va tarjimon Xurşid Döstmuhammad mahorat bilan tarjima qilgan.

Özbek adabiyotşunoslari Xurşid Döstmuhammadning tarjimonlik mahoratiga yuqori baho berişlari bejiz emas. Garçi mutarjim kamtarinlik bilan: “Aslida, tarjimaga zör bermaganman. Özimga yoqqan asarlarni özbekçalaştirganman, xolos”, — deya taʼkidlasa ham, uning tarjimasidagi durdona asarlar bugungi kunda xalqimizning qalbi va şuuridan joy olib ulgurgan.

Akutagava Ryunoske (Yaponiya), Aleksandr Levkovskiy (AQŞ), Ignasiy Aldekoa (Çili), Frans Kafka (Avstriya), Temur Pölatov (Rossiya) kabi jahon adabiyoti namoyandalari qalamiga mansub asarlar, şuningdek, eston, gruzin, belorus adiblarining hikoyalari Xurşid Döstmuhammad tomonidan özbek tiliga tarjima qilingan.

Xurşid Döstmuhammad eronlik yozuvçi Muhammad Kozim Mazinoniyning “Sönggi (ş)oh” romanini ham yuksak saviya va did bilan tarjima qilgan. Roman nomining özi tarjimonning söz zargari ekanini körsatib turibdi. Darhaqiqat, romanni “Sönggi şoh” deb ham, mazmunidan kelib çiqib, “Sönggi oh” deb ham nomlasa böladi.

Uşbu tarixiy biografik romanda Misr şifoxonalarining birida saraton kasalligidan vafot etgan Şoh Muhammad Rizo Pahlaviy hayotining sönggi kunlari yoritib berilgan. Pahlaviylar sulolasining sönggi şohi Muhammad Rizo 1978-1979 yillarda sodir bölgan Eron islom inqilobi natijasida taxtdan ağdarilgan.

Syujetiga köra, roman şoh va uning rafiqasi örtasidagi muloqotdan iborat bölib, kitobxon dastlab uni kim hikoya qilib berayotganini sezmaydi. Çunki yozuvçi roman voqealarini turli xil nuqtai nazardan mohirona tasvirlab bera olgan.

Romanning asosiy badiiylik mezonlari, yozuvçining öziga xos uslubi va mahorati, asarning ğoyaviy-badiiy va estetik qiymati haqida töxtalamiz.

Muallif makon va zamondagi özaro munosabatlarni, boşqaça aytganda, zamon va makonning özaro boğliqligini badiiy asar orqali körsatib bergan. Tarixiy roman haqida söz borganda asardagi voqelik bilan boğliq bölgan bir qator muammolarni, yaʼni badiiy töqima bilan asl haqiqat örtasidagi özaro aloqador jihatlarni, tarixiy haqiqat va adabiy jarayon hamda real voqelikni ramziy maʼnoga aylantirişning yeçimini topiş kerak böladi.

“Şohi bi şin” — “Sönggi (ş)oh” romanining öziga xos xususiyatlarini körib çiqsak.

Mazinoniy tarixiy biografik romanining birinçi xususiyati — unda juda katta tarixiy davr qamrab olinganidadir. Adib roman qahramonlarining hayot yöli mamlakat tarixi va xalq taqdirida muhim ahamiyatga ega bölganini oçib bergan. Albatta, uşbu katta davrni badiiy asarda mahorat bilan tasvirlab bergan yozuvçining isteʼdodiga qoyil qolmaslikning iloji yöq.

Romanning ikkinçi xususiyati şundan iboratki, adib sönggi Eron şohining şaxsiga uning tarixiy xususiyatidan qatʼi nazar ijodiy yondaşib, mamlakat hukmdorining tarjimai holini maʼlum bir obʼyektiv va subʼyektiv sabablarga köra badiiy töqima bilan uyğunlaştirgan.

Romanning uçinçi xususiyati şundaki, asar voqealari şifoxonadagi jarrohlik amaliyoti jarayonlarini asliça yoritişdan boşlangan. Jarrohlik amaliyotidan söng huşiga kelgan Şohning xotirasida hayotining qora kunlari, yaʼni saroyni taşlab ketişga majbur bölgani hamda Vatanidan quvğin qilingani gavdalanadi. Roman şunday yozilganki, Şoh Muhammad Rizo Pahlaviyning hayotidagi voqealar uning öziga taşqi tomondan körsatilayotgandek tasavvur hosil qiladi. Asardagi voqelikning bir maromda davom etişi, jarrohlik amaliyotidan söng Şohda tösatdan boşlangan qattiq oğriq tufayli uzilib qoladi va hamşira qizning uni parvariş qilayotgani tasvirlanadi.

Mazinoniy romanidagi törtinçi xususiyat — bu odatiy tasvirlaş usulining qöllanişidir. Tuzalmas darddan umri tugab borayotgan Şoh xotirasida uning bosib ötgan hayot yöli tartibli ravişda qaytadan jonlanadi. Ammo yozuvçi voqealarni yoritişda qöllaydigan usulning öziga xosligi şundaki, har bir tarixiy jarayondan söng Şohning umr yöldoşi Farah bilan suhbatlari bayon qilinadi. Bir qaraşda uşbu suhbatlar lirik çekiniş bölib körinsa-da, aslida, roman syujetining bir maromda ketişini taʼminlagan.

Romanning beşinçi xususiyati şundaki, muloqotlar vositasida bir tomondan, Rizo Şoh va oilasi hayoti haqida hikoya qilinsa, ikkinçi tomondan, muallifning şaxsiy hayotidagi maʼlumotlar oşkor etiladi. Taʼkidlaş lozimki, biografik romanlarda bunday usulni qöllaş kamyob hodisadir. Sözimizning isboti sifatida romandan olingan quyidagi misollarni keltiramiz: “Oh, tojdorim otam! Naqadar baxtli eding, men kabi qalb, yurak atalmiş daxmazalarga boğlanib qolgan joying yöq edi; hatto daraxtning tepasiga çiqib olib onamning etaklariga tut qoqib tuşirayotgan onlarda ham bu singari nozik tuyğulardan ança yiroq eding”  yoki “Oh, tojdorim otam! Öşa ön kun içida taqdirim tamoman özgardi, söng yana bir marta, bu safar 1979 yil yanvarining birinçi ön kunida… Taqdirning öyinini qara” .

Romanning oltinçi xususiyati esa asarning “tarixiy” maqomiga egaligini belgilab beruvçi mezonlarda öz aksini topadi. Tarixiy asarlarning badiiy tuzilişi özida tarixiy rivoyat, ilmiy tarjimai hol va hujjatli asarlar xususiyatlarini jamlaydi. Mazinoniyning maʼlum bir tarixiy şaxsni tanlaşi, asarning asosiy syujetini mana şu tarixiy şaxsga boğlaşi, qahramonga va öşa davr masalalariga badiiy yondaşuv, ularning murakkab özaro munosabatlari — bularning barçasi asarning “tarixiy biografik” maqomini oliş uçun asos bölib xizmat qiladi.

Romanning yettinçi xususiyati uning asosiy syujetini Şoh Muhammad Rizo Pahlaviyning butun bir hayoti taşkil etadi, degan tasavvur tuğilişida namoyon böladi. Biroq romanni öqib çiqqaningizdan söng şu narsa maʼlum böladiki, Mazinoniy asosiy syujetga mos ravişda qöşimça qilib Muhammad Rizo va uning singlisi, Muhammad Rizo va uning otasi, Muhammad Rizo va uning onasi, Muhammad Rizo va uning xotini, Muhammad Rizo va saroy xizmatçilari örtasidagi munosabatlar bilan boğliq syujetlar yaratganining guvohi bölasiz.

Aynan mana şu tasvirlarda yozuvçi Şoh oilasidagi “haqiqiy” munosabatlarni, yaʼni saroydagi tartibsizliklar va boşqaruvdagi nönoqliklar, axloqsizlik va buzuqliklar, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlik kabilarni oçib beradi. Bu kiçik yordamçi syujetçalar ötkinçi bölib tuyulsa-da, ammo aytiş mumkinki, ular romanning asosiy maʼno-mazmuniga xizmat qiladi. Ana şu tarzda Muhammad Rizo Pahlaviy şaxsi asarning asosiy syujetini taşkil qilib, Pahlaviylar sulolasining tanazzulga yuz tutişi sabablarini körsatib beradi.

Romanning sakkizinçi xususiyati şundan iboratki, undagi barça voqelik, asosan, ikki joyda, yaʼni Şohning saroy koşonasida va Misr şifoxonasi palatasida bölib ötadi. Şoh “saroyi” bir-biriga zid bölgan ikki talqinga ega. Bir tomondan, saroy Şoh va uning oilasi yaşaydigan jannatmakon bir Vatan hisoblansa, ikkinçi tomondan, bu joy yovuzlik, fisqu fasod, fitnalar makonidir. Bu yer yana şunday joyki, bunda asosiy fitna taxt vorisining tuğilişi bilan hammani öylantiradigan, yaʼni taxtni kim egallaydi degan masala ustidagi bahs-munozaralar, raqiblar örtasidagi janjallar, ğiybat va yaşirin fitnalar, töxtovsiz ziyofatlar, möl-kölçilik va isrofgarçiliklar, xorijdan keltirilgan it va muşuklar qimmatli yemişlar bilan boqiladigan, köçalarda esa odamlar oç-nahor yuradigan, erka va tantiq oyimçalar oltin va kumuşga kömilib yuradigan, çinni va billur idişlar közni qamaştiradigan, bokira qizlarning iffati hayvoniy hirs-tuyğular uçun toptaladigan, zavq oliş va öyin-kulgi uçun baquvvat va kelişgan ösmirlarning biçilişi amalga oşadigan joydir.

Romanning töqqizinçi xususiyati şundan iboratki, bunda şifoxona palatasi ğayriodatiy tarzda, yaʼni turma yoki jazoni ötaş joyiga yoxud özining butun hayot yölini hamda yöl qöygan xatolarini qaytadan mulohaza qiliş uçun maxsus yaratilgan tinç joy “yopiq makon” sifatida tasvirlanadi: “… Tağin bir özing yolğiz qolding, yana deraza, uning ortidagi quşlar, temir karavot, tinçlikni saqlaş niyatida yölagiga gilamlar töşalgan kasalxona” .

Saroy va şifoxona — bir-biridan tubdan farq qilsa-da, ikkalasi ham mohiyatiga köra yopiq maskan hisoblanadi. Faqat birida hayot qaynaydi, ikkinçisida sokinlik hukmron. Nil daryosi romanda juda ham köp marta tilga olinadi. Nil — bu tozalik ramzi, gunohlarni poklovçi, öz oqimi bilan hamma yomon narsalarni oqizadigan, xotirada baxtli damlarni uyğotuvçi, erkinlik va kenglik ramzidir.

Deraza bu yerda erkinlikni çeklovçi va yopiqlik ramzi sifatida namoyon böladi: “…Derazadan palataga sovuq şabada yopirildi va unga qöşilib Nilning isi keldi… O-oh, Nil daryo! Bir lahza bölsa-da, oqişdan töxta va ortga qarab oqib körgin! Ötinaman, öşa Fauziya bilan sohilingda yetaklaşib yurgan kezlarimizni qaytargin… Yöq… Misrlik bonu homilador bölgan damlarga qaytargin… Yöq! Undan ham burungi! Marmar saroyda toşoyna röparasiga ötirib olgan Fauziya qizğiş-qönğir soçlarini taragan lahzalarga qaytargin. Naqadar manfur kun! Misrlik malikang hali yukli bölib ulgurmagan, lekin sening davlating boşiga dahşatli voqealar kölankasi yopirilib kelayotgaan edi…  Demak, qahramonlar uçun Nil daryosi — şirin lahzalarni qayta jonlantiruvçi kuç-qudrat timsolidir.

Romanning öninçi xususiyati şundan iboratki, Mazinoniy romanida tasvirlangan makon ikki tomonga ega. Uning bir tomoni yuqorida taʼkidlab ötganimizdek, asar boş qahramoni Şoh bilan boğliq saroy va şifoxonadagi voqealar, ikkinçisi esa öşa davr ijtimoiy hayoti va yozuvçining özining hayoti, ölim va hayot, qadriyatlar haqidagi fikrlarni yetkazib beriş vositalaridir. Taʼkidlaş lozimki, romandagi maişiy hayot bilan boğliq juda köp marta qayd qilingan joylar, oddiy imorat, bino yoki muassasagina bölib qolmay, balki insonlarning hayot tarzi, fikr-mulohazalarini anglatuvçi muhim vositalar ham bölib hisoblanadi.

Romanning ön birinçi xususiyati şundan iboratki, Mazinoniy romanida tasvirlangan Misr ehromlari nafaqat sayyohlar kelib köradigan tarixiy yodgorliklar sifatida, balki ölim va hayot töğrisidagi yozuvçining falsafiy muşohadalari timsoli sifatida ham kitobxonlarga taqdim etiladi: “… Odatdagiday tong otdi va yana takror otdi… Ehromlarni köryapsanmi? Ming yillardan buyon turibdi ular vaqt zalvarini zimmalariga ortib. Hayot şarpasidan mosuvo bölgan bu mahobatli inşootlar ölimni qöriqlaş maqsadida bunyod etilgan — firʼavnlar ölimni masxaralaş maqsadida öz jasadlarini mumiyolab ularning içiga joylaştirib qöyganlar, ehtimol, ular ölimning ustidan toabad mayna qiliş uçun ham şunday qilişgan çiqar? Ayni şu boisdan ham na quşlar, na gullar, na-da daraxtlar ehromlar bilan döst tutinadilar…”

Şunday qilib, davr romanda öz ölçovi va çegarasini töliq yöqotadi. Ana şunday holatda yozuvçi özini qiziqtirgan tarixiy davrning kiçik bölagini ham tasvirlaş imkoniyatiga ega böladi. Yozuvçi özining ijodidan kelib çiqib, tasvirlaş jarayonlarini butun “yer şari böylab” joylaştirişi yoki aksinça, kiçik bir xona doirasida olib borişi mumkin. Badiiy makon va davrning asosiy va muhim öziga xos xususiyati şundaki, asardagi davr va makon özining muayyan maqsadi va estetik mazmunini namoyon etadi.

Muhammad Kozim Mazinoniy “Sönggi (ş)oh” romanining tarjimasi köplab haroratli-ijobiy taassurot qoldiradi.

Birinçi ijobiy taassurot şundan iboratki, roman şoirona tilda bayon etiladi. Tarjima uçun Xurşid Döstmuhammadga öz minnatdorçiligimni bildiraman: öqiş juda oson va qiziqarli. Noodatiy usul qöllanilgan: asarda qahramonga “sen” deb murojaat qilinganini endi uçratişim.

Romanda 1978-1979 yillarda Eronda bölib ötgan Islom inqilobi natijasida taxtdan ağdarilgan sönggi Şoh Muhammad Rizo Pahlaviy hayoti yoritib berilgan. Asardagi barça voqealar taxtdan ağdarilgan Şohning hissiy idroki orqali tasvirlanadi. Asarni qiziqib öqiysiz va sizda şunday savol tuğiladi: mustaqil qarorlar qabul qilişga qodir, bilimdon, islohotlarga yöl oçib, otasining mamlakatni modernizatsiyalaş siyosatini davom ettirgan şunday inson ikki yarim ming yil Şohlar boşqargan mamlakatda inqilob bölişiga qanday qilib yöl qöyib berdi?

Kitobning yarmigaça öqisangiz, unda Şoh hokimiyatining 2500 yillik yubiley sanasi katta tantana bilan bayram qilinganini bilib olasiz. Asarning söngida Mazinoniy yuqoridagi savolga öz holiça javob beradi.

Romandagi ikkinçi darajali qahramonlar romanning jonli öqilişiga yordam beradi. Ular sodir bölayotgan hodisalarga boşqaça nazar bilan qaraşga undaydi. Ularning taqdiri şarmanda bölgan Şohning taqdiridan ham hayajonliroq.

Ayniqsa Şahribonu haqida yozilgan ikkinçi bob juda taassurotlarga boy. Öz oilasi, kundalik ğam-taşvişi bilan öralaşib yurgan ayolning sokin anʼanaviy hayoti taşqaridan bölgan qöpol aralaşuvlar orqali buziladi, uning or-nomusi, qadr-qimmati heç qanday sababsiz kamsitiladi, toptaladi, oyoq osti qilinadi. Şahribonu, Farah va boşqa inqilob iştirokçilari kitobxonning sevimli qahramonlari bölib hisoblanadi.

Ikkinçi ijobiy taassurot şundan iboratki, romanning boş qahramoni Muhammad Rizo Pahlaviy oddiy inson sifatida taʼriflanadi. U öz davlatining vazirlari va yuqori turuvçi amaldorlariga nafrat bilan qarovçi, haddan taşqari mağrur va öta xudbin örtamiyona siyosatçi sifatida öquvçida taassurot qoldiradi. Bunday insonni pul umuman qiziqtirmaydi, ammo ayollar eʼtiborini tortişni yaxşi köradi. Şohning hamma narsasi bor edi, biroq u ularni saqlab qololmadi. Bunday asar qahramoni bilan hamdard böliş juda ham murakkab. Umuman olganda, roman juda qiziqarli bölib, oddiy özbek kitobxonlariga Eron tarixining nomaʼlum tomonlarini yoritib beradi.

Uçinçi ijobiy taassurot şundan iboratki, kitobning birinçi betidan kitobxon ölim töşagida yotgan asarning boş qahramoni bilan tanişadi, şundan söng hayotidagi quvğinga olib kelgan voqea-hodisalar uning xotirasidan birma-bir çiğiriqdan ötkazilib, öquvçilarga havola qilinadi.

Asarda, şuningdek, Şoh rejimidan aziyat çekkan yozuvçining otasining hayot yöllari ham kitobxonga noodatiy va jonli tarzda bayon qilib beriladi. Şu sababli öquvçi barça bölayotgan voqealarni nafaqat Şoh orqali, balki oddiy insonning hayoti orqali ham bilib oladi va bu ikki kişining ötmişi bir-birini töldirib boradi.

Törtinçi ijobiy taassurot şundan iboratki, muallif öz asarida, mening nazarimda, boşida hamma narsaga ega bölgan juda qudratli, keyinçalik esa oğir va tuzalmas dardga yöliqqan va hamma narsasidan ayrilgan, sarson-sargardon bölib, “döstlaridan” yordam sörab, uni ololmay quvğinlikda ölim topgan inson fojiasini körsatib bergan. Muallif öz asarida siyosatçilarga xos sifatlarga ega bölmay siyosat bilan maşğul bölgan, kuçsiz, irodasiz inson obrazini yaratgan. Şu tufayli yozuvçi mintaqada, umuman, dunyoda hokimiyat, pul va maʼmuriyat bilan boğliq murakkab va munozarali mavzuni yanada çuqurroq örganişga undaydigan juda közga köringan şaxs obrazini yaratişga intilgan. Roman fojiali voqealarga boy bölsa-da, öqişli bölib, qiyin va murakkab mavzu yaxşi yoritib berilgan, şuning uçun xalqi öz şohini haydagan mamlakatning öşa davrdagi hayoti haqida tasavvur qiliş mumkin böladi.

Hayron qoliş mumkin. Zamonaviy Eron yozuvçisi Muhammad Kozim Mazinoniy haqida internetdan özbek tilida heç qanday maʼlumot topa olmaysiz. Şuning uçun roman matnidagi uning tarjimai holiga tegişli bölagi bilan tanişasiz, xolos. U unça boy bölmagan oilada tuğilgan, otasi Erondagi huquq-tartibot idoralari tomonidan qamoqqa olingan va qamoqda uning barmoqlarini sindirişgan, şuning uçun u siyosiy boşqaruv tartiboti almaşişi tarafdori bölgan. Men, masalan heç qaçon Eronga bormaganman. Eron töğrisidagi maʼlumotlarni faqat rasmlardan, hujjatli körsatuvlar va matnlardan örganganman. Ammo sönggi Eron şohining taqdiri va şaxsi haqidagi tasavvurimiz bir-biriga mos keldi.

Mazinoniy biografik roman uçun mumtoz tuzilmani tanladi — hayotning sönggi kunlari va uning köz öngida namoyon böluvçi butun bir hayot. Bu romandagi yangilik esa şoh va uning xotini bilan bölgan muloqotlar hamda özining taqdiri bilan ularning taqdirining qöşilib ketişi. Buyuk şaxslar tarixni yaratadi. Ular bilan bir zanjirga boğlangan oddiy odamlarni esa ölim ham ajrata olmaydi.

Mazinoniy faktlarga ehtiyotkorlik, hatto nozik tarzda yondaşgani körinib turibdi. Baʼzi bir joylari Farah intervyusidan olib romanga joylaştirilgan. Ammo uning mazmuniga qoyil qolmay iloji yöq.

Menimça, Mazinoniy monarx şaxsining mohiyatini töliq anglab yetişi uçun barça vositalardan foydalangan. Haqiqatan ham uning turişida şohona uluğvorlik, sovuq nigoh va donolik yoğilib turibdi. Unda şafqatsizlik, hiylagarlik va qöpollikdan asar ham yöq, balki öziga işonç, xotirjamlik, bunday odamlarda bölmasligi kerak bölgan muloyimlikni köramiz.

Ammo baʼzi bir faktlar bunday idrok etişga ziddir. Juda ham murakkab, juda ham qiziqarli obraz. Farah obrazi esa ajoyib tarzda yaratilgan. U kuçli, yorqin va dono ayol obrazidir. Qaysidir darajada öz eridan ham donoroq. Haqiqatan ham uşbu roman şarqona va şoirona qilib yaratilgan xalq undan yuz ögirgan hukmdorning armonli tarixini hikoya qiladi. Zamonaviy eronlik yozuvçi Muhammad Kozim Mazinoniyning yana bir romani “Salarlar sönggisi” deb nomlanib, bir oila misolida barça ildizlari bilan öz mamlakati tarixi bilan çambarças boğlangan, ötmişidan, kelajagidan ajralmagan holda ötmişga botgan dunyoning keng kölamli, rang-barang va jonli manzarasini yaratadi. Bu Salarlar oilasi tarixi bölib, ular Qojarlar sulolasi vakili bölib Eron davlatida bir yarim asr hukmronlik qilib, söng taxtni özini Şoh deb eʼlon qilgan Pahlaviyga topşirgan. Yuqorida körganimizdek, Islom inqilobi natijasida Pahlaviylar ham taxtdan ağdariladi. Endi esa zodagon oilaning sönggi farzandi öz hayotini va özi tuğilguniga qadar sodir bölgan voqealarni faqat bobosining hikoyalari orqaligina bilişi mumkin böladi…

Muxtasar aytganda, roman juda katta tarix saboğidan sözlaydi. Uni öqib, uqib, ibratli xulosa çiqargan kitobxon esa tafakkur pillapoyalaridan yana bir poğona yuksakka kötarilişi şubhasiz.

Akmal SAIDOV,

akademik.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan