Işq — insonning ibtidosidir…

Sevgi şunday ilohiy tuyğuki, uning qudrati har qanday qalbni yoritib, unga maʼno bağişlaydi. U şohni gadoga, gadoni şohga aylantirişi mumkin.

Inson uçun sevgi tuyğusini töğri anglaş va his qiliş hayotning eng muhim mazmunidir. Çunki işq — inson qalbining ibtidosidir.

Har narsaning boşlanişi muhabbatdir. Har birimizning orzu-maqsadlarimiz, hayotga bölgan intilişlarimiz qalbimizdagi sevgidan kuç oladi. Olamni uşlab turgan yagona va qudratli kuç muhabbat ekanligi aniq.

Uşbu haqiqatni şoir qalamidan çiqqan quyidagi satrlar çiroyli ifoda etadi:

Kim dunyo ötkinçi der,

Kim mangu der u abad.

Kim çin işqni anglabdi,

U özin topmiş albat.

Dunyoni uşlab turgan,

Yagona kuç muhabbat.

 

Ha, bu dunyoda sevgini anglagan inson özini topgan insondir.

Sevgi faqatgina qiz va yigit örtasidagi iliq munosabat emas. U Yaratuvçiga bölgan işq, ona yurtga bölgan mehr, insoniyatga bölgan sadoqatdir. U insonlar qalbini maʼnaviy zanjirlar bilan boğlaydi, bu zanjirlar esa faqat baxt, nur va ezgulik, komillik sari yetaklaydi.

Aslida, sevgi butun borliqni qamrab oladi. U özining xilma-xil körinişlari bilan hayotni mazmunli qiladi. Har bir inson muhabbatni öz qalbi va tasavvurida turliça his etadi. Biroq heç kimni muhabbatsizlikda ayblab bölmaydi. Çunki har bir qalbda muhabbat mavjud, faqat uni seziş, tuşuniş va qadrlaş darajasi har xil.

Hayotimizning özi Yaratganning bizga bölgan ulkan muhabbatining isbotidir. U bizga nafas ato etdi, tiriklik neʼmatini inʼom qildi va bu dunyoda borliqni his qiliş imkoniyatini berdi. Şu bois sevgi körişdan ham köproq his etiş orqali qalblarimizga kirib boruvçi ilohiy tuyğudir. Agar hayotga bölgan muhabbatimiz bölmaganida edi, bizni bu dunyoda heç narsa uşlab turolmasdi.

Işq — ilohiy tuyğu. Insonning yaratilişi, uning yaşaşga bölgan intilişi, maqsad va orzulari — hammasi muhabbatdan kelib çiqadi. Hayotimizdagi har bir harakatimizning markazida sevgi bor.

Uluğ şoir Yunus Emro ham bu haqda şunday degan:

“Biz dunyoga manmanlik uçun kelmadik. Biz sevgi uçun, boşqalarning mehrini qozoniş, maxluqotni yaxşi köriş, yaratilgan narsalarga şafqat, muhabbat körsatiş uçun keldik”.

Bugungi kunga kelib, insonlar muhabbatning ilohiy mohiyatini unutib, uni moddiyat bilan ölçaşga odatlanib qolişgan. Qalbning eng pok tuyğulari pul va boyliklar qölida qul bölib qolmoqda. Bu esa inson qalbidan samimiyatni olib qoçib, ularni maʼnaviy qaşşoqlikka yetaklamoqda.

Muhabbatni, uning qudratini moddiyat bilan ölçaşning imkoni yöq! U inson qalbining eng nozik, eng pok zanjiri bölib, har qanday his-tuyğulardan yuqoridir. Ammo, afsuski, dunyoda şunday odamlar ham borki, muhabbatni öz manfaatlari yölida qurbon qiladilar.

Haqiqiy muhabbatda heç qanday manfaat yoki şaxsiy foydaga örin yöq. U qalblarni boğlaydi, hayotga mazmun bağişlaydi va insonni yuksaklikka yetaklaydi. Sevgi nafaqat insonlarga nisbatan, balki borliqning har bir jihatiga bölgan eng yuqori darajadagi ehtiromdir. Biz yaratilgan har bir narsaga muhabbat va şafqat körsatiş orqali özimizning haqiqiy mohiyatimizni topamiz.

Zero, muhabbat — bu Yaratganning bizga bölgan eng buyuk inʼomi.

Hayotga muhabbat bilan qaragan inson uning çiroyini his qiladi. Qalbimizda muhabbat nurini yoqsak, bu nur nafaqat özimizni, balki butun atrofimizni yoritadi. Çunki hayotning eng buyuk saboği ham, uning eng çiroyli ibtidosi ham sevgidir.

Erix Frommning “Sevgi sanʼati” kitobi — bu sevgi tuşunçasining eng çuqur tahlili va talqini hisoblanadi. Muallif uşbu kitobida sevgini nafaqat şaxsiy tuyğu, balki haqiqiy sanʼat sifatida oçib beradi.

Sevgi bu yerda şunçaki hissiy holat emas, balki inson hayotini mazmunli va maʼnaviy boylikka töldiruvçi maʼnoli jarayon sifatida qaraladi. Kitobda sevgi nazariyasi bir qança muhim jihatlari bilan oçib berilgan. Ota-ona va farzand muhabbati, döstlik, xudoga işq, insonparvarlikka asoslangan mehr-muhabbat kabi turli körinişlar alohida yoritilgan.

E.Frommning fikriça, muhabbat — bu faqat tabiiy emas, balki ijtimoiy va maʼnaviy sanʼat hamdir. Muallif sevgi insonning eng yuksak va buyuk qobiliyati ekanini taʼkidlaydi va uni erişiş mumkin bölgan komillik sifatida köradi. Asarda muhabbatning nazariy va amaliy jihatlari özaro boğliq ravişda çuqur tahlil qilinadi. Muallif insonlar örtasidagi samimiy munosabatlarning susayib borayotganiga diqqat qaratadi. U muhabbatning moddiylaşişi va unga bölgan notöğri yondaşuvlar haqida gapirar ekan, inson qalbidagi asl tuyğular qanday qilib töğri şakllanişi kerakligini misollar orqali tuşuntiradi.

Kitobning har bir bobi öquvçini sevgiga nisbatan boşqaça qaraşga çorlaydi. Muallifning taʼkidiça, sevgi — bu şaxsiy, ijtimoiy va maʼnaviy sanʼatdir. Uning nazariy jihatini tuşuniş bilan birga, amaliy jihatini ham hayotga tatbiq etiş muhim. Kitobni öqigan kişi sevgi tuşunçasiga nisbatan öz qaraşlarini qayta körib çiqadi. U özidagi tuyğularning maʼnaviy savodxonligini oşirib, sevgining inson hayotidagi markaziy örnini çuqur his qiladi. Asar insonlarga öz xatolarini anglaş va muhabbat orqali ularni bartaraf etiş yölini örgatadi. Muallifning fikriga köra, haqiqiy muhabbat inson hayotining maʼnaviy mazmunini belgilaydi, uning qalbini boyitadi va hayotga bölgan qaraşini yuksaklikka olib çiqadi.

Erix Frommning “Sevgi sanʼati” asari har bir öquvçini muhabbatni yangi köz bilan körişga va uning mohiyatini teran anglaşga undaydi. Bu kitob nafaqat falsafiy yoki psixologik asar, balki insonning maʼnaviy yuksalişi uçun mukammal qöllanma hamdir.

Jahongir NOMOZOV,

ÖzJOKU talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan