Ezgulikka çorlovçi satrlar

Kitob javonimdan ikkita yangi şeʼriy töplam joy oldi. Isteʼdodli adib, şoir va jurnalist Tölqin Eşbekning joriy yilda “Yangi asr avlodi” naşriyotida çiqqan “Boburning gavharlari” va “Dunyo nashr”da çop etilgan “Buxoroi şarif ziyosi” deb nomlangan şeʼriy töplamlarini mutolaa qilib, bir olam taassurot oldim. Töplamlardan joy olgan şeʼrlarning aksariyatini “Hurriyat”, “Maʼrifat”, “Mahalla”, “Yangi Özbekiston”, “Uluğ yöl”, “Diyor ovozi” gazetalari, “Hidoyat” jurnalida va ijtimoiy tarmoqlarda öqiganman. Baʼzi şeʼrlari haqida telefon orqali muallifga öz fikrlarimni aytganman. Çiroyli muqovalarda 1000 nusxadan çop etilgan töplamlarni közdan keçirib, şoirning katta isteʼdod egasi ekanligiga yana bir bor işonç hosil qildim.

Men Tölqin Eşbekning maqola, şeʼr, hikoya va publitsistik asarlarini köp yillardan beri kuzatib kelaman. Dunyoqaraşi özgaça ijodkor döstimizning sermazmun şeʼrlarida mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan ajdodlar siymosi bilan hozirgi hayotimiz va kelajak orzu-umidlar qançalik teran uyğunlaşib ketganini his etasiz. Bu muallifning tafakkuri, izlanişlari samarasidir.

“Boburning gavharlari” töplamidan joy olgan doston, poema, qasida, şeʼr va fardlarning mavzulari hayotiy, rang-barang va dolzarbdir. Qay bir janrda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, xalqona va jozibali tilda yoziş muallifning öziga xos uslubidir.

Bobur Mirzoga bağişlangan dostonni öqigan kişi uluğ ajdodimiz, buyuk şoir, maşhur sarkarda, yirik davlat arbobining zalvorli faoliyati va betakror ijodi nafaqat bugungi Özbekiston va Hindiston tarixi, madaniyati va fani, balki butun jahon sivilizatsiyasi uçun ulkan ahamiyatga ega ekanini teran anglab yetişiga şubha yöq. Bu mavzularda ança-munça izlangan Tölqin Eşbek atoqli adiblar Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” va Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarlaridan ilhomlanib bitganligi yaqqol seziladi. Uning turkum şeʼrlarida buyuk şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi özgaça namoyon böladi. Muhimi, töplamga kiritilgan bu doston Özbekiston va Hindiston xalqlarining döstligini mustahkamlaşga qöşilgan salmoqli hissa, deyiş mumkin.

Muallifning ohanrabodek öziga tortadigan quyma satrlarini mutolaa etgan öquvçi ona tilimiz naqadar boyligi va jilolarini his etadi:

Temur bobomning beşinçi avlodi bölsam-da,

Şoh yigitga taqdir ravo kördi gadoliğlar.

Tengrimga boz şukr ayladim, sayoqni doim ham

Tayoq ila siylamayin, berdi faroğliğlar.

 

Öz yurtimda umid topmay zarraça, Hind sori

Ot boşini burdim, qilib yuzi qaroliğlar.

Ikki yondan qança mömin-kofir qoni oqdi,

Bir-birini körolmasdi qaro qaroğliğlar.

“Bobur munojoti” sarlavhasi ostida bitilgan mana şunday satrlar uluğ şoir Bobur ğazallariga öziga xos nazira desak xato bölmas.

Köp millatli mamlakatimizda ulğaygan Tölqin Eşbek xalqlar örtasidagi döstlik va hamjihatlikni juda qadrlaydi va bu mavzuga tez-tez murojaat qiladi. Çunonçi, “Qardoşlik riştalari” bobidagi turkman xalqining atoqli şoiri Maxtumquliga bağişlangan “Turkman bulbuli” dostoni va Ozarbayjon mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Nasimiy haqidagi “Nasimiyning mangu ziyosi” poemasi öşa millatga mansub qardoşlarimiz bilan mehr riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Tölqin Eşbek — haqiqiy vatanparvar şoir. Uning ona yurtga mehr-muhabbat tuyğusi “Yangi Özbekistonnoma”, “Yangi Özbekistonim”, “Özbek madhi bilan olam tölğusi”, “Özbekiston bayroği”, “Yurtim”, “Xalqimning qudratli qöşiği”, “Özbek tilim”, “Samarqandnoma” kabi şeʼrlarida yanada yaqqol namoyon böladi. Atoqli şoir Erkin Vohidovning “Özbegim” qasidasidan ilhomlanib yozilgan “Yangi Özbekistonim” şeʼri yuraklarni tölqinlantiradi:

Istiqloldan munavvar hayot,

Dillarimiz böldi çaroğon.

Endi yangi Özbekistonda

Yaşamoqda elim farovon.

Şoir faxr ila deydi:

Bu kun jahon bermoqdadir tan

Senga, Yangi Özbekistonim!

Xalqdan çiqqan, unga beminnat xizmat qilayotgan ijodkor yurtdoşlarni, ayniqsa, yoşlarni eng yaxşi insoniy fazilatlarga ega bölişga çorlaydi, turli janrlardagi asarlari orqali hamişa yaxşilik qilişga, hayot qiyinçiliklarini sabr-toqat bilan yengişga va hamjihat bölişga daʼvat etadi. Eng muhimi, ana şu ibratli ögitlariga, avvalo, özi amal qilişini quyidagi satrlari orqali ifoda etadi:

Yeçilgay yölidan ğovlar —

                              kişidir gar saxovatli,

Tökilgay qum bölib toğlar —

                              kişi gar bölsa toqatli.

 

Bir örinda şoir şunday yozadi:

Bir joyga yiğilsa — katta anjuman,

Birniki minggadir, mingniki tuman!

Tölqin Eşbek insonlar, xalqlar, mamlakatlar örtasidagi döstlikni qadrlab, uni öziga xos tarzda tarannum etadigan şoir. U mehr riştalarini ardoqlab, çin döstlikni şunday taʼriflaydi:

Tutişga döst rasmun etibsan

                                           ixtiyor, Tölqin,

Qöy ulkan işqni döstlikka,

                           magar döstdir muhabbatli.

Hayotning köp aççiq-çuçugini körgan, hatto saraton kasalini yengib, soğaygan şoir qator şeʼrlarida öquvçini umr va soğliq qadriga yetişga daʼvat etadi:

Boşi toşga tekkaç oçilgan közlar!

Bilgan hikmatingiz barçaga ayting.

Yaşaşni istasang — içiş, çekişdan,

Nafsibuzuqlikdan şu onda qayting!

Öqing uluğ Sino bobom kitobin,

Hikmatlarga albat amal qilingiz.

Ming yil yaşaş sirin körsatgan Hakim,

Soğlik — boylik, hayot qadrin bilingiz!

Hayotdan, jamiyatdan nolib yaşaydigan baʼzi kimsalarni yaxşilik hislari bilan yaşaşga undagan şoir bir örinda şunday yozadi:

Esim tanigandan kördim zamondin yaxşilik,

Hayot tegirmonidan çiqdim butun yaxşilik!

Gar tilasang özingga, özgaga ikki hissa,

Istasang astoydil çiqqay yomondan

                                                            yaxşilik.

Ona Vatanga, buyuk ajdodlarga ehtirom ruhi bilan yaşab ijod qilayotgan şoirning şeʼrlarida köhna tariximiz zarvaraqlari va bugungi kun nafasi bir-biriga payvasta bölib ketgan. Köhna Turon zaminimiz körki sanalmiş Samarqand, Buxoro, Xiva, Qöqon, Toşkent va boşqa şaharlar körkiga körk qöşib turgan Ismoil Somoniy, Hakim Termiziy, Amir Temur maqbaralari, Imom Buxoriy, Zangiota, Bahouddin Naqşband majmualari tarannum etilgan aşʼorlar öquvçi qalbiga naqşlanib qoladi. Jahon ilm-fani va maʼnaviyatiga beqiyos hissa qöşgan Forobiy, Farğoniy, Xorazmiy, Zamaxşariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alişer Navoiy, Mirzo Uluğbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Furqat, Muqimiy, Oybek, Habib Abdullayev, Abdulla Qahhor, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi önlab yorqin siymolar Tölqin Eşbek ijodida öziga xos ravişda tarannum etiladi. Şoir yangi Özbekistonni bunyod etişda, avvalo, ana şunday uluğ siymolarning maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy, ijodiy xazinalaridan bahramand bölişga barça zamondoşlarini daʼvat etadi.

Talabalik davridayoq noyob isteʼdodi va sermahsul ijodi bilan ustozlari eʼtiboriga tuşgan Tölqin Eşbekni dastlab Qibray tuman gazetasiga işga taklif etişgan. Söng qator yillar “Özbekiston ovozi” gazetasi, “Özbekiston matbuoti”, “Gulxan” jurnallarida, “Navröz” naşriyotida, “Markaziy saylov komissiyasi Axborotnomasi” tahririyatida qalami qayralgan şoir va adib ayni paytda özi tahsil olgan Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida talabalarga dars bermoqda. Yoş avlodni qançalik vatanparvarlik va milliy istiqlol ruhida tarbiyalaşga harakat qilayotgani uning qator şeʼrlarida ham öz ifodasini topgan. U bir şeʼrida öquvçisiga qarata:

Tilingni tiyib yur, kam gapir, dedi,

Yugurmay qadaming bilib bos endi.

deb ogohlantirsa, “Yigit va çol” şeʼrida:

Byehudaga ötkazma umring,

Yigitlikda bölgin bolari.

Keksayganda rohatin körib,

Ğam-anduhdan bölasan nari!

deya ögit beradi. Bu pandnoma, aslida, barça yoşlar uçun hayot maktabi ekanligini izohlaşga hojat yöq.

Ayniqsa, muallifning “Boburning gavharlari” töplamidan örin olgan şeʼrlarida xalq maqollari, rivoyatlari, hikmatlari, örni kelganda, mahalliy şevalarni qançalik puxta bilişi yaqqol sezilib turibdi. Bu hol “Buxoroi şarif ziyosi” töplamida ham teranroq aks etgan. Mazkur töplamlarga sözboşi yozgan taniqli adabiyotşunoslar Nurboy Jabborovning “Söz gavharining qadri” va Sultonmurod Olimning “Davom etar Buxoro madhi”, şuningdek, Olloyor Begaliyevning söngsöz örnida bitgan “Ziyoliydur”, “Buxoro bolalik arazim” sarlavhali maqolalarida muallif ijodining turfa qirralari teran tahlil etilgan.

Bugungi adabiyotimizda şoir Tölqin Eşbek kitoblari öziga xos voqelik bölgani bejiz eʼtirof etilmayapti. Çunki bu töplamlardan örin olgan şeʼriy asarlar şakl va mazmun jihatidan öziga xosligi, yuksak badiiy mahorat ila yozilgani bilan ajralib turadi. Isteʼdodning töqson töqqiz foizi mehnat, degan aqidaga amal qilgan şoir şu tariqa köp sonli muxlislari qalbidan joy olişiga şubha yöq. Bu sara asarlar kelgusida xorijiy tillarga ham tarjima qilinişiga işonamiz.

Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning milliy adabiyotimizga, ijod ahliga bölgan eʼtibori köplab yozuvçi-şoirlarga tuganmas ilhom hamda ulkan maʼnaviy kuç ato etayotgani sir emas. Nazdimda, “Boburning gavharlari” va “Buxoroi şarif ziyosi” kitoblari Davlatimiz rahbarining şu eʼtiboriga munosib javoblardan biridir, desak xato bölmaydi.

Sobir QURBONOV,

tarix fanlari nomzodi, dotsent,

faxriy jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan