“Köngil köçirmalari” könglimdan joy oldi

Bu kitob tasodifan qölimga tuşdi. Iyunning boşi edi, çamamda. Yozuvçilar uyuşmasida “Maʼrifat ulaşib” loyihasida qatnaşganlarni taqdirlaş marosimi ötkazilib, ijodkorlarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining taşakkurnomasi va kitob tarqatildi. Tadbirdan söng oğalarim — yozuvçi Normurod Norqobilov, şoir Oçil Tohir bilan “Adiblar xiyoboni” tomon yurdik. Normurod aka qoğoz xaltani oçib, bir kitob oldi. Muqovaga tikilib turgan adibga taqlidan sekin köz taşladim. Norqobil Jalilning “Köngildan köçirmalar”i ekan. Birga işlaganim uçun haddim siğib Normurod akaning qölidan tutdim.

— Aka, almaşaylik, iltimos. Menda Yöldoş Eşbek bor…

Oğirkarvon Normurod aka qölimdagi qoğoz xaltaga qarab turib, “Mayli…” degandek noiloj boş irğadi.

Taniqli muharrir, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Norqobil Jalil bilan televideniyeda işlaganimiz uçunmi yoki kitob nomi öziga tortganidanmi — yöl-yölakay varaqlab qöyaman.

2020 yilda çiqqan bu kitobni körmagan ekanman.

Dunyoda qoğozga köçmaydigan bir suvrat bor — köngil suvrati. Bu suvratni qöşiq qilib aytiş mumkin, şeʼr yo hikoya qilib yoziş, rasm qilib çiziş mumkin, ammo uni töliq tasvirlab bölmaydi. Köngil qurğur hamişa olis manzillarda — gap uqmas bolalikdami, nodon ösmirlikdami qolib ketadi. Inson bir umr ana öşa begidir köngilni izlab, unga intilib yaşaydi. Norqobil Jalilning kitobi ana şu izlam mahsuli!

Iş yuzasidan har xil kitob varaqlaşga töğri keladi. “Tepa”ning topşiriği ölaroq yozilgan kitoblar bazör öqiladi. Qalb buyurtmasi bilan dunyoga kelgan kitoblar esa xotiraga çippa yopişadi. “Köngildan köçirmalar” ana şunday bezovta qalb nidosi. Ğamgin va unutilmas xotiralarni yozgan ulkan yurakka tasanno! Yiğlab bitilgan sahifalar yiğlab öqiladi. Kitobni mutolaa qilgan öquvçi odam bolasi hayotning köp haqiqatlarini juda keç anglaşiga iqror böladi.

Salkam qirq yillik ğamgin va unutilmas xotiralarni öqib, erinmasdan xotira daftar tutgan muallifga havasim keldi. Toşkentda uloqib yurgan musofirlarga taniş bir holatni ijodkor şunday tasvirlaydi: “Qişloqqa borsam, uyga siğmasdim. Döstlar bilan ketib qolardim. Yarim tunda kirib kelsam, otam uxlamagan bölardi. “Keldingmi?” deb qöyardi… Uç kun-tört kun şunday alfozda ötardi. Keyin qaytişimda…

Bir oğiz söragan gapi “Pul-muling bormi?” derdi. Men esa sokin ovozda: “Yetadi, bor”, derdim. Kulimsirab: “Manavini olib qöy”, deya eski qopçiği-bloknotini oçib, içidan pul uzatardi. Men bölsam: “Ota, nima qilasiz, kerakmas”, desam-da, “Bolam, bizning pulimiz tabarruk, barakali, olaver”, deb qöyardi…

Öşa gaplarini eslasam…

Hozir şu voqealarni yiğlab yozyapman. Siyohli ruçkamning siyohi tugabdi. Şu rangni yaxşi köraman, közimga yoqadi. Lekin közimning siyohi qurimabdi…”

Soğinç va xavotir zöridan ertalabgaça uxlayolmay çiqqan otaning farzandini körib yiğlaganlari…

Muallif hikoya qilgan iztirobli, ezgin voqealar mehr-oqibat, xotira va soğinç bemisl kuçligiga, xotira odamni gohida bölaklarga bölişi, gohida ulkan qudratga evirişi mumkinligiga dalolatdek tuyuldi.

“Aka, qaçon kelasiz? Ukamlar sizni har kuni kutadi. Avtobus kelsa, yugurib çiqamiz. Yaqinda boraman, debsiz, qaçon kelasiz, özi?!” degan satrlar musofirlik nonini yeganlarni hamişa hayajonga soladi. Çunki har bir oğa Norqobil Jalil kabi öz tilovçilari —zulxumorlardan ana şunday içikkan xatlar olardi. Ha, qoğozga tökilgan soğinçlar köngillarni sassiz bözlatardi. Muallif aytmoqçi, zil-zambilday soğinçini içiga yutib, közyoşsiz yiğlardi odamlar.

Kitobda ör qalamkaşning sermaşaqqat hayot yöli aks etgan. Bir özbek oilasi, qolaversa, ziyolisi boşidan ötgan adoqsiz taşvişlar, ayriliq, sitam öquvçini befarq qoldirmaydi. “Otam va akamning raʼyiga qarşi borib, eng gullagan hayotimda köp narsalarni boy berganimni poytaxtga kelganimdan keyingina angladim. Xayriyat, bu tegirmondan jonimning yarim bölagidan keçib bölsa-da, omon çiqdim…” deb yozadi hamkasbimiz.

“Köngildan köçirmalar”, muallif taʼbiriça, kimningdir yuragiga malham, kimlargadir hayot saboği.

Olim TOŞBOYEV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan