Vatan tuproği
Muallif haqida:
Örolboy QOBIL — 1955 yilda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Guliston qişloğida tuğilgan.
Toşkent Davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning tarix fakultetida tahsil olgan. Uzoq yillar maktabda öqituvçi bölib işlagan. Hozirda nafaqada.
Muallifning “Keçikkan karvon qönğiroği”, “Adir ortidagi qişloq”, “Ena tuproq”, “Qamaşi gurunglari”, “Köngilga yöl” kabi nasriy va şeʼriy kitoblari çop etilgan.
Qişning oxirlari edi. Taşqari ança sovuq bölsa-da, onam xona eşigini oçib qöyardi. “Nega bunday qilasiz? Şamollab qolmang”, derdim.
— Yoruğlik ham ğanimat, bolam, — derdilar onam. — Hademay köklam keladi. Qaldirğoçlar uyimizni topolmay yurmasin.
Köp ötmay, kunlar isib ketdi, dov-daraxtlar kurtak çiqardi, bahor yomğirlari yoğdi. Odamlar darveşona, Navrözga hozirlik köra boşlaşdi.
Maktabdan qaytayotib, onamni körgani burildim. Hovlida öynab yurgan nabiram yonimga çopib keldi.
— Bovo, toldirğoç keldi, toldirğoç, — deb meni onam turgan xonaga boşladi. Ne köz bilan körayki, töşakda yotadigan onam ötirib olib, şiftdagi elektr simiga qönib turgan ikki juft qaldirğoç bilan suhbat qurardi:
— Keldinglarmi, Bibi Fotimaning quşlari, egaçilarim, qavmu qarindoşlar, xeşu aqrabolar eson-omonmi, tov-toşlardan, yobonlaru suvliqlardan uçib ötib keldinglarmi? Çuğurlagan tillaringdan aylanay! Ena tuproqni soğinib kelibsizlar-da…
Qaldirğoçlar polaponlarini uçirma qilayotgan kezlari onam vafot etdi.
Yostiğining tagidan bir tugun çiqdi. Oçdim: Jonbözsoyning qadrdon, yopişqoq tuproği hidi dimoğimga urildi.
* * *
— Yaqinda öttiz yildan beri körmagan bolalik döstimni uçratdim, — dedi Parda bobo xörsinib. — Beçora qarib-bukçayib qolibdi, yoşi ham yetmişdan oşdi-da… Yigitligida ögay onasi bilan çiqişolmasdan arazlab, Rusiyaga ketib qolgandi. Öşa taraflarda uylanib, öğil-qizli böpti. Yillar ötib, öğli boşqa şaharga işga ketibdi, qizi ham öqişda ukrain yigit bilan topişib, Dnepr böyida qolibdi. Xotini ikkalasi yolğiz qolgaç, qişloqqa köçişibdi. Sigiri, tovuq-ğozlari bormiş. Yaşaşi yomon emas ekan-u, begonaligim bilinadi, deydi beçora. Tilimni unutmayin deb tunlari özi bilan özi gaplaşib çiqarkan. Kunim bitib ölsam, janozamni öqiydigan odam yöq, — deb rosa ökindi.
— Qişloği örmon yoqasida emiş, — deya gapida davom etadi Parda bobo bir xörsinib qöyib. — Quşlar köp deydi, laylaklar, turnalardan yurtimizga salom yöllarmiş. Ketişiga bir neça kun qolganda, ikkalamiz qabristonga bordik. Uning közlaridan oqayotgan yoşlarni körib, yurak-bağrim ezilib ketdi. Çidab turolmadim, menam qöşilib yiğladim.
Qaytayotib, daströmoliga bir siqim tuproq tugib çöntagiga soldi:
— Tanyaga beraman, ölsam, mozorimga soçadi…
* * *
Muborak haj safaridan qaytgan toğam bir kuni aytib qoldi:
— Özimizning eldan ayirmasin ekan. Kördim jannat deb atalgan göşalarni. Qip-qizil toş, qum, barxan ekan. Na dov-daraxt, na giyoh bor. Odamlari turli darajada yaşasa ham, negadir bir-birlariga yotsirab qaraşarkan. Bizdagidek mehr-oqibat yöq ekan, jiyan.
Borgan kunimiz bir yigit yonimga kelib salomlaşdi. Asli ajdodlari turkistonlik ekan. Tilini unutmabdi. Közidagi mung-dardni körib, könglim buzildi.
— Yurtdoş, mabodo sizda Vatan tuproği topiladimi? — deb söradi.
— Bor, — dedim va xaltaçada olib borgan tuproqni körsatdim.
— Agar imkoni bölsa, bir siqim bersangiz, qança sörasangiz beraman, — dedi şoşib.
— Yurt tuproği sotilmaydi, — dedim va bir siqim tuproq berdim. Tuproqni kaftlariga ohistagina olar ekan, beçora xuddi xazina topgandek quvonib ketdi. Qaytar kunimiz öşa yigit yana meni izlab topdi:
— Rahmat, vatandoş, meni oğir muşkulotdan xalos etdingiz. Bilasizmi, yoşi töqsondan oşgan bobom bor. Ançadan buyon xasta edi. Bir kuni yoniga çaqirib, “yurtimning tuproğidan topib kelmasang, sendan rozi emasman”, deb aytdi. Öşa siz inʼom qilgan tuproqni olib bordim. Beçora bobom uni közlariga surtdi, öpdi, söngra… köksiga bosib, tinçgina jon berdi.
Men yigitning sözlarini tinglab, yuzimga fotiha tortdim va heç kimni Vatan tuproğiga zor etmasin, deb iltijo qildim.
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Qamaşi
