“Dardisar”ning dardi ne?

Yozuvçi Xurşid Abduraşid qalamiga mansub “Dardisar” romanini öqişimning özi ham qiziq böldi. Ustozlarimdan biri: “Yangi asar çiqibdi, qani, öqib men bilan mulohazalaringizni bölişing-çi”, degandan söng romanni tezda qölimga oldim. Va nihoyat, avtobiografik, tarixiy, psixologik va didaktik asarlardan ortib uşbu fantastik asarni öqişga kirişdim. Roman özbek adabiyotida kamroq qöl uriladigan fantasmagoriyaga asoslangan.

Klassik adabiyotlardan söng bu kabi asarlarni öqigan kitobxonlarga zamonaviy adabiyotlar göyoki bir martalik miriqib öqiladigan asardek tuyulişi mumkin. Töğri, uşbu romanda muallif Jonatan Svift singari ramziy obraz orqali butun jamiyatni titratib yuborolmas yoki Rouling kabi olam içida sehrli olam yaratolmagandir. Ammo romanda ayni paytdagi hayotimiz, özimiz va özimizga öxşagan odamlar tasvirlanadi. Şunday ekan, asarlarimiz ham  özimiz kabi bir martalikdek tuyulaveradi. Endi kitoblarda yuksak, falsafiy ğoyalarni kötarib çiqqaniga qarab emas, bizga qay darajada közgu tuta olganiga qarab baho berişimiz kerakdek. Hayotni bor böyiça körsata olsa, yaxşi, öxşatolmasa, yomon…

“Dardisar”ni öqişni boşlaganimda voqealar rivojini özimça taxmin qilgandim. Lekin voqealar umuman boşqa köçalarga burilib ketdi. Asar Közaobod qişloğida, omadsiz va qaşşoq hayotidan doimo nolib, nuqul oson yöl bilan boyib ketişni xohlaydigan Hotam obrazi bilan boşlanadi. Asar qahramoni oilali inson bölişiga qaramasdan hayotdan har doim möʼjiza izlaydi. Bunga sabab uning qarzga botib ketganligidir, balki… Hotam işlaş yoki yangi kasb-hunarning boşini tutişdan köra atrofdagilardan qarz söraş yoki xayolidagi möʼjizaning amalga oşişini kutadi. Qani endi pul yomğiri yoğsa-yu, Hotam bu yomğirda kunlab qolib ketsa… Afsuski, bu faqat uning xayollarida edi. Hotam baxtsiz kunlarining birida yölda almisoqdan qolgan çiroqni topib oladi. Öşa fantaziyaga boy miyasi bilan uni “Oloviddinning sehrli çiroği” deb öylaydi va işqalaydi. Ana endi köring möʼjizani: çiroqdan rostdan ham öşa biz kino-yu multfilmlarda körgan haqiqiy jin paydo böladi. Ammo uning ertaklardagi jindan farqi şundaki, u bittagina sehrli tilaklarni ham bajarolmaydi.

Topilma haqiqatda noodatiy — sehrdan mahrum jin. Mana şu syujetning öziyoq kitobxonni ançagina qiziqtirib qöyadi. Lekin sehrsiz jin kimgayam kerak? Hotam beçoraning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Şunça yil kutgan möʼjizasi röy bersa-yu, lekin tilaklarni bajo qilolmasa… Şu on Hotamning xayoliga “Heç bölmasa, jinning çiroğini antiqa buyumlar dökoniga pullasam, qarzlarimdan yengillaşardim”, degan fikr keladi. Ammo jinning çiroqsiz ahvoli ne keçişiga qiziqmay, muğombirlik bilan jindan çiroğini söraydi.

Asardagi voqealar xuddi mana şu joydan boşlanadi. Jin 900 yildan ortiqroq umrni yer osti saltanati Bağdod va yer ustidagi bir neça şaharlarda yaşagan bölsa-da, bir oddiy insonning yolğoniga laqqa tuşadi va boşpanasi bölgan çiroqni Hotamga berib yuboradi. Şundan söng uning darveşlikdagi hayoti boşlanadi. U şu vaqt mobaynida bir neça insonlar bilan tanişadi. Misol uçun, mahalla raisi  Bötaqul va uning öğli Tursunboy. Bötaqul — samimiy, insonparvar va vijdonli inson. U jinga öz uyidan boşpana beradi va çiroqni topiş işlarida yordamlaşadi. Bötaqul — tanti özbek  timsoli. U özga olamdan kelgan mavjudotni ham özbekona siylaydi. “Olib ötiring, könglingiz nima tusaydi, mehmon?” deya samimiy lutf aylaydi. Uning öğli Tursunboy esa oddiy talaba yigit. Ofat ismli kursdoşiga oşiqu beqaror…

Jin va Bötaqulning sarguzaştlari orqali baʼzi mahalla tizimidagi içki holatlar yaqqol oçib beriladi. Misol uçun, Bötaqul mahalla raisi sifatida köpçilik boqimandalik kayfiyatiga tuşib qolgani va mahalla işlarida bekorçi röyxatlarning avjiga çiqqanidan noliydi…

Darvoqe, jin çiroği topilgunça biror yumuş bilan band bölişni istaydi va axiyri mardikorlik bilan şuğullanişga qaror qiladi. U şu payt davomida “Özim bölay” partiyasidan Qöylibek Qultoyevning antiqa takliflariga, özi matematika öqituvçisi bölişiga qaramay, adabiyot ixlosmandi şoir Çori Çopra, özi odamlarga şifo ulaşib baloga qoladigan Elomon Jölomonovga, özi haqida avtobiografik asar yozdiruvçi Kattakonov, ziqna va vijdonsiz Xurramboy, poraxörlikni aniqlovçi apparat yaratgan ixtiroçi Ixtiyor, bloger Nozim Yurtparvar, maoşining özi oyning u boşidan bu boşiga yetmay yana qöşimça haşardan oşmaydigan geografiya öqituvçisi Olim va yana bir neça qiziqarli obrazlarga duç keladi va ular bilan suhbatdoş böladi. Asardagi uşbu odamlarning hikoyalarini öqib, jamiyatimizda keça va bugungi kunda yuz berayotgan voqealarni eslaysan kişi. Kunda-kunora bemorlarning yaqinlari tomonidan kaltaklanayotgan şifokorlar, deputatlarning maʼnisiz takliflar bilan çiqişi, öqituvçilarning darsdan taşqari haşar yumuşlariga jalb qilinişi haqidagi xabarlar tez-tez atrofimizda aylanadi.

Qolaversa, asardagi Ko’za.uz xabarlari ham alohida diqqatga sazovor. Unda matematika fanidan ğolib bölgan öquvçiga qovun-tarvuz mukofot tarzida berilganligi, deputat Qultoyevning bekorçi kişilarga soliq soliş taklifi bilan çiqişi, köp qavatli uylardan biri oçiliş marosimining özidayoq qulab tuşişi va qandaydir aktrisaning uçinçi turmuşidan ajraşganligining keng muhokamasi bugungi hayotimizda yuz berayotgan voqealarning badiiy talqini, aksi desak, xato bölmas.

Asardagi dardisar kim özi? Gap şundaki, asar boşidan buyon deyarli har bir obrazda muammo va dard bor. Hatto özga olamdan kelgan jin ham uşbu jamiyatga qöşilişi bilan öziga dard orttirdi. Inson yaşar ekan, qandaydir muammolar unga doimo şerik böladi: u xoh yetti yaşar bölsin, xoh yetmişda. Romanning qiziq tomoni ham şunda bölsa kerak. Asar muammolar ustiga qurilgan va bunda insonning şaxsiy muammolari emas, balki muammolar jamiyat bilan çambarças boğliqligi hikoya qilinadi.

Asardagi jinga kelsak, şaxsan menda ozgina tuşunarsiz keçinmalarni paydo qildi. Jin deya atalgan obraz oddiy odamdan deyarli farq qilmaydi. Faqatgina bir tutam soqoli va şifoxonada undan qon olişolmaganligi, unga rasmiy hujjat tayyorlaş uçun rasmga tuşira olişmaganidan boşqa farq körinmaydi. Balki, bu jinning öşa joy muhitiga tez moslaşişidandir. Romandagi jin obrazida esa umidsiz, qari çolni köroldim, xolos. U nafaqat sehrdan mahrum, balki atrofidagi “dardisar”larning muammolariga tuzuk maslahat ham bera olmaydi.

“Dardisar” forsça söz bölib, “boş oğriği”, “ortiqça taşviş” maʼnolarini anglatadi. Roman bugungi dunyoda şaxslikning yöqolib borişi, oddiy muammolar içida öralaşib, boş qotirib yaşayotgan, maydalaşib borayotgan jamiyatning dardisari haqida.  Jinning qari va tuşkun obrazda tasvirlanişida ertangi kun taşvişi, dardisarlarga yeçim qidiriş keksalarga qolgandek, ular ham kuç-quvvati, davri ötganidan jamiyatni özgartirişga ojizdek tasavvur uyğotadi.

Asar yakunida esa… oçiği, özgaça porlaş kutgandim. Ammo bizning jin asardagi yomon qahramonlarni yaxşilar yoniga uloqtirişdan boşqasiga yaramadi. Voqea davomi va bu hisob-kitob qay tusda yakun topgani kitobxonga nomaʼlumligiça qolib ketaverdi.

Ha, mayli, nima bölgan taqdirda ham asar yaxşilik bilan tugadi. Six ham, kabob ham kuymadi. Jin ham çiroğini topib, öz Bağdodiga eson-omon yetib olgandir. Qolganlar ham öz qilmişlariga qaysidir maʼnoda javob berişdi. Şunday qilib, özbek adabiyotiga fantastik, satira, yumor ruhida yozilgan “Dardisar” degan roman qöşildi!

Dildora DÖSMATOVA,

ÖzJOKU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan