Boşim uzra hilpiraydi Vatan bayroği
Irodasi mustahkam, şijoatli özbek öğlonlari Vatanimiz xizmatida sobit böladilar. Ular buyuk sarkarda Amir Temurning ajdodlaridir. 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni arafasida armiya safida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan ana şunday yigitlardan biri, Andijondagi harbiy qismlarning birida öz burçini ötayotgan Oybek Hamroyev bilan suhbatlaşdik.
— Harbiylik kiyimini egnimga ilganimda, dafʼatan könglimda faxr va ğurur tuyğusini his etdim. Boş kiyimimda Humo quşi ramzi qöndirilgan nişon, belimda kamar. Endi men harbiyman, er yigitman, Vatanimning, uning sarhadlarida yaşayotgan yurtdoşlarimning, ota-onam, jajji singillarim, ukajonlarimning himoyaçisiman, degan fikrlar boşimda ğujğon öynar, eslaganim sari kuçimga kuç qöşilardi. Ayniqsa, harbiy orkestr öqçi musiqaçisi lavozimiga qabul qilişgaç, bor tuyğularimni harbiy marşlarda ifodalaş va bu bilan xizmatdoşlarimni ğayratlantirişga kirişdim. Jangovar ruh har bir askar yigit qon-qoniga singib ketişi kerak. Bu his yigitlik burçini Vatan sarhadlarida ötayotganlar uçun taniş. Men jangovar ruh qanaqa bölişini xizmatim davomida tayyorgarlik maşqlari davomida ustozlarimdan olayotgan taʼlim-tarbiya orqali his etdim, amalda kördim ham.
Bolaligimda harbiy xizmatdan qaytgan akalarimga havas qilardim. Mana endi özim harbiyman. Öşanda havasim ortib, tanklarning rasmlarini çizardim. Otam: “Ulğaysang kim bölasan?” desalar, “Albatta, Vatan himoyaçisi bölaman!” deb vaʼda berardim. Harbiy xizmatga çaqirilganimda esa vaʼdalarim esimga tuşib, entikib ketdim. Mana, maqsadlarimdan biri amalga oşdi. Komandirlarim tomonidan ota-onamga, oilamga taşakkurnomalar, diplom, faxriy yorliqlar yuborilibdi. Otamdan: “Şunday öğlim borligidan faxrlanaman!” degan sözlarni eşitganimda, boşim osmonga yetdi. Har bir erişgan ğalabam ota-onam va xalqimning çeksiz işonçidir.
Yurtboşimiz tomonidan biz harbiylar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar kundan-kunga yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Juda köp matonatli döstlar orttirdim. Böş paytlarimizda davra suhbatlari, kitobxonlik, badiiy keçalar uyuştiriladi. Bizning kun tartibimiz juda qiziqarli, jangovar ruhda va mazmunga töla ötadi. Men Amir Temurdek buyuk sarkarda bobomizning davomçilari safidaligimdan faxrlanaman. Tengdoşlarimga qarata: “Şarafli Vatan himoyasiga hamişa şay turaylik! Ezgu maqsadlar yölida birlaşaylik, aziz yoşlar!” degim keladi. Vatanimiz sarhadlarini köz qoraçiğidek asraydigan, bilagi kuçga töla, zabardast öğlonlar safi yanada kengaysin.
ÖzJOKU harbiy jurnalistika
yönalişi 2-bosqiç talabasi
Ruşana RÖZIBOYEVA
yozib oldi.
