Vatan tuyğusi — uluğ neʼmat

Tong çoği yangragan çaqaloq yiğisi qalblarni junbişga keltirdi. Ijarada yaşovçi yoş oilada farzand dunyoga keldi. Yuraklar quvonçdan hapqirdi. Yangi mehmonga ism tanlaş esa qizğin muhokamaga aylanib ketdi. Bunday şirin tortişuv, zavqli bahs ota-onaning xayollarini, orzularini osmon qadar yuksaklarga uçirib ketar, bolaning baxtli kelajagi ular köz oldidan birma-bir zuvillab ötib turar edi. Bir kun biz ham albatta uyli-joyli bölamiz, degan umidli qaror röyobiga mos ism tanlandi.

Oradan 3 kun ötgaç, tuğilganlik töğrisida guvohnoma olişga borgan otadan FHDYO xodimasi söradi:

— Xöş, çaqaloqning ismini nima qöyasizlar?

— Vatanşo, — dedi ğoz turib ota.

Birozdan söng masʼul ayol:

— Keçirasiz, bunday ism ismlar kitobida yöq ekan, — dedi.

— Nima qilibdi, bizning ham bu Vatanda uyimiz yöq.

* * *

Bundan çamasi salkam 10 yillar burun mahalla idorasiga bir yoş qiz kirib keldi.

— Menga uy kerak, — dedi u dabdurustdan raisga.

— Keçirasan, qizim, mahalla uy beradigan idora emas. Şu paytgaça qayerda yaşarding? — deb söradi rais.

— Bolalar uyidan çiqdim.

— Qayerda yaşamoqçisan?

— Özimam bilmayman…

* * *

Yolğiz ayolning uyiga öt tuşdi. Bor-budi yonib kul böldi. U uvvos solib yiğlardi:

— Voydod! Qayerga boraman endi?!

* * *

Aytaylik, Vatan deganda dehqonning köz oldiga ekinzori keladi. Boğbon esa birinçi galda boğini, çöpon huuv elas-elas köringan qir-adirlarni tasavvur qiladi. Yurt posboni yurtining butun hududini Vatanim deb biladi. Şuning uçun ham u Vatan himoyaçisi.

Vatan posboni böliş har kimgayam nasib etavermaydi. Şuning uçun har bir posbon Vatan neligini, uning qadrini bilişi kerak. Qolaversa, şu Vatanda yaşovçi har bir inson uning bebaho neʼmatligini anglaşi zarur.

Aks holda, qorni töygan joyni Vatan bilib ketaverişi mumkin.

Qadimda aksar insonlar özga yurtning buğdoyidan öz yurtimning somoni yaxşi, özga yurtda şoh bölgunça, öz yurtimda gado bölganim yaxşi, degan naqllarga qatʼiy amal qilgan. Negaki, Vatan gadosi — kafan gadosi, degan aytimlarni odamlar olimlardan yoki kitoblardan örganmagan. Ularni ajdodlarimiz öz hayotida, taqdiri va ayançli qismatlarida körişgan. Şu boisdan ham ota-bobolarimiz Vatanning bir qariç yeri uçun jon berib, jon olişgan.

Mustaqillikni mustahkamlaş, tinçlik-osoyiştalikni taʼminlaş, köz qoraçiğiday asraş yölida köplab Vatan posbonlari ayni yigitlik çoğida halok bölişdi. Şular orasida yuzdan ziyod içki işlar idoralari xodimlari va harbiy xizmatçilari ham bor.

1999 yil 16 fevral kuni poytaxtimizda terrorçilar tomonidan sodir etilgan portlaşlarda Toşkent şahar IIBB PPX polkining 8-rotasi militsioneri, serjant Nurğali Örmonov xizmat joyida jinoyatçilar bilan otişmada hayotdan köz yumdi. Aynan öşa yili 15 noyabr kuni Toşkent viloyati “Yangiobod” dam oliş maskanida bir guruh qurollangan jinoyatçilarga qarşi kuraşda Yangiobod şahar IIB boşliği, podpolkovnik Valeriy Govoruxin, uning birinçi örinbosari mayor Baxtiyor Pölatov hamda katta tezkor vakil, mayor Abdumannop Qoraboyev halok bölişdi.

2000 yili Sariosiyo va Uzun tumanlari toğli hududlariga suqilib kirgan terrorçilarga qarşi janglarda IIV Toşkent oliy harbiy texnika bilim yurti öqituvçisi, leytenant Ğafurjon Rajabov, Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahar IIB xodimi, kiçik serjant Abduhalim Toşqulov qahramonlarça halok bölişdi. Öşa yili Toşkent viloyati Böstonliq tumani hududida terrorçilar xurujini daf qiliş çoğida Toşkent viloyati Çirçiq şahar IIB JTSX inspektor-kinologi, serjant Erfan Emiradjiyev oğir yaralanib, mardlarça halok böldi.

2004 yil 29 mart tongida bir guruh qurollangan jinoyatçilar PPX postiga hujum uyuştiradi. Oqibatda  Yakkasaroy tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Mansur Turğunov öqdan oğir yaralanib, bevaqt hayotdan köz yumdi.

2005 yil 13 may kuni Andijon voqealari çoğida ham bir neça önlab içki işlar organlari xodimlari qurbon böldi. Yurtimiz tinçligi, Vatanimiz mustaqilligi yölida aziz jonini fido qilgan barça içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanişdi.

Insonning xastalik tufayli jon bermoği oson emas-ku, hayotini yurtiga bağişlamoq ham oson deysizmi? Şuning uçun har kim ham taqdirini Vatan posboni bölişdek şarafli va masʼuliyatli işga boğlayvermaydi. Mardning işi va dononing sözi ölmaydi. Jonfido yigitlarning farzandlari otalaridan barvaqt ayrilgan bölişsa-da, bir umr kökragini kerib yaşaşga haqli.

Endi yuqorida qayd etganimiz — yangi tuğilgan çaqaloqqa otasi nima uçun Vatanşo deb ism qöyganiga töxtalib ötsak. Agar kişi öz Vatanida ijarada turib yaşasa-da, u heç bir şohdan kam emas. Bugun bölmasa, ertaga uyli-joyli böladi, albatta. Şuning uçun unga ota-onasi yaxşi niyat bilan Vatanşo deb ism qöyişdi.

Mahalla raisidan uy sörab kelgan qiz esa şunday dedi: “Meni ota-onam gödakligimda taşlab ketişdi, lekin Vatanim taşlab qöymadi. Tarbiyalab ulğaytirib, yedirib-içirdi. El-yurtim bundan buyon ham meni köçaga taşlab qöymasligiga işonaman”.

Darhaqiqat, şunday böldi. Prezidentimiz inson manfaatlarini himoya qiliş va uning qadrini yuksaltiriş masalalarini eng birinçi öringa qöydi. Natijada bugungi kunda Mehribonlik uylarida voyaga yetgan yoşlarga bir xonali uy berilyapti.

Uyi yonib ketgan ayolni esa qöşnilari öz uyiga olib ketişdi. Birpasda haşar yöli bilan uning uyini tiklab ham berişdi. Bu bizning azaliy qadriyatimiz. Mana buni asl Vatan deydi, çin inson esa vatandoşining ğamin yeydi!

Şuhrat RÖZIYEV,

 isteʼfodagi podpolkovnik.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan