Köklarga kötarib Özbekistonni…
Bu olam yaratilibdiki, odam bolalari kuçli inson rutbasiga çiqiş uçun intiladi. Çunonçi, uşbu istak epkinlari Alpomiş, “Rustami doston” singari xalq eposlarida bizgaça yetib kelgan. Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmud ham faxru iftixor ila, bizga yaqinlaşgan çumoli arslonga evriladi, qabilidagi ğoyani maydonga taşlagan edi:
Bir zarb beramiz… çarx fili yakson bölğay,
Ufq doirasi noğorai şon bölğay,
Joy olsa çumoli gar bizim saflardan,
Davlatimiz tufayli arslon bölğay.
Turkiylar kuçli insonlarni “Alp” deganlar. Alpomiş atamasining negizida ham aynan şu söz mavjud. Jismoniy va ruhiy quvvatni öz vujudida muştarak aylagan qahramon Alpomişdir. Ne ajabki, “Olimp çöqqisi”, “Olimpiya” atamalari şu nomga uyqaş. Neça yuz yillarki, dunyo ahli ham öz alplarini Olimpiya öyinlari orqali aniqlab oladi.
…Joriy yil şu jihati ila esda qolyaptiki, dunyo sport muxlislarining nigohlari Yaponiyaning Tokio şahriga qadaldi. XXXII yozgi Olimpiya öyinlari çoğida ikki yuzdan ortiq delegatsiyalar vakillari qatorida serquyoş Özbekistonimiz sportçilari ham kuraş olib bordilar. Vakillarimiz sportning 17 ta turi böyiça 71 ta yöllanma asnosida qatnaşdi. Taekvando, dzyudo, oğir atletika, erkin kuraş va boks jamoalari bittadan medal olib berişdi. Alalxusus, alplarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qölga kiritib, dunyoning 206 mamlakati orasida 32-örinni egallaşdi. Taqqoslaş jarayonida voqelik yanada oydinlaşadi.
Vatandoşlarimiz Osiyo qitʼasi davlatlari orasida beşinçi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya olimpiyaçilaridan keyin ikkinçi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyoda birinçi böldilar.
Bular — fakt va raqamlar. Ğoliblik uçun kuraşdagi uç intiliş — uç oltin medalni qölga kiritiş jarayonlariga his-hayajon, quvonç köz yoşlari hamrohlik qildi, desak mubolağa sanalmas. Alhol, ön töqqiz yoşli özbek öğloni Uluğbek Raşitov qatnaşgan final bahsining sönggi daqiqalarini “yurak hovuçlab” kördik. Qandaydir möʼjiza yuz berdi-yu u şiddatni oşirdi va raqibini mağlubiyatga uçratdi. Aytişlariça, “zangori ekran” qarşisidan joy olgan domlalari Uluğbekning ğalaba naşidasini körib tuyğularini jilovlay olmay baqirib yuborgan ekanlar. Şu zaylda Uluğbek Raşitov mamlakatimiz olimpiya jamoasiga birinçi bölib oltin medalni taqdim qildi. Bu hali boşlanişi edi.
“Tokio-2020” jarayonida bir neça bor qitmirona xatolarga yöl qöygan hakamlar Bahodir Jalolovga nisbatan ham “hunar” körsatişga urinişdi. Agar yaqqol ustunlikni namoyiş qilmaganidami, hakamlar katta ehtimolki, AQŞ boksçisi Riçard Torresga yon bosişardi. Umuman olganda, bizning boksçilar va rossiyalik badiiy gimnastikaçilarga nisbatan şunday yovqaraş munosabat sezildi “Tokio-2020” hakamlar guruhida”. “Bor gap şuki, Buyuk britaniyalik va amerikalik boksçilar özbek öğloni muşti zarbini tatib körişdi! Tarix bir aylanib, şunday davrga qadam qöydiki, özbek bayroği AQŞ va Buyuk Britaniya tuğlari örtasida balandladi”, deb yozdi Muhammad Vali (“Interfutbol”, 2021. 10 avgust. 63-son).
Ha, özbekning heç kimdan kam emasligi baralla aytilmoqda. Deylik, “Tokio-2020” öyinlari zavqidan dunyo mast bölib turgan mahallarda hamyurtimiz Eldor Şomurodov jahonning grant futbol jamoalaridan biri “Roma” libosini kiyib, norasmiy debyut öyinida Ispaniya La Ligasi vakili “Betis” darvozasiga gol urib, yana bir golda iştirok etib yetti iqlimdagi muxlislar köngillarini hayratga oşno etdi. Yevropaning ayrim jurnalistlari Eldorning maşhur murabbiy Joze Mourino nazariga tuşganini “ertakka öxşaydi” dedilar. Ammo bu ertak emas, neça yillar mobaynida kutilayotgan haqiqat edi. Eldor özbeklar içidan ham Pelelar, Maradonalar çiqişi mumkin, qabilidagi xayollarni çinga aylantirişga kirişdi.
…Olimpiya öyinlarida oğir atletikaçimiz Akbar Jörayev toş kötarişda benazir böldi. U 109 kilogramm vazn toifasidagi sportçilar bellaşuvida dast kötarişda 193 kilogramm, siltab kötarişda 237 kilogramm ştangani kötarib, umumiy hisobda 430 kilogramm natijani qayd qilib, “Tokio-2020” Olimpiya öyinlarining oltin medalini böyniga taqdi. Şuningdek, dzyudoçimiz Davlat Bobonov va erkin kuraşçimiz Bekzod Abdurahmonovlar murakkab bellaşuvlar asnosida bronza medali sohiblariga aylandilar. “Tokio – 2020”dan yaxşi natija: beşta medal! Bu sovrinlar mamlakatimiz uçun Olimpiadalar tarixidagi ikkinçi yaxşi natija sifatida yodimizda qoladigan böldi.
Sovrindorlarni alqaş, jasoratini, matonatini maʼnaviy va moddiy jihatlardan munosib baholaş amali — elimizning qadimiy udumlaridandir. Öşa udum yana kuni keça Olimpiadaçilarni kutib oliş marosimida poytaxt aeroportidan ibtido topdi.
Soat millari 21:00 ni körsatayotir. Tokiodan parvoz aylagan maxsus avialayner Toşkentga qöndi. Yaponiyada yurtimiz şaʼnini şaraflagan sportçilarimiz davlatimiz bayroğini baland kötargan alpozda yurt zaminiga qadam qöydilar. Şu lahzalardayoq karnay-surnay navolari yangraydi. Olimpiada qahramonlariga gullar taqdim qilinadi.
Aeroport maydonida ötkazilgan tadbirda sözga çiqqanlar — Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir, Özbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyevlar ğolib va sovrindorlarni tabrikladilar. Jahon miqyosidagi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramasdan Tokio olimpiadasida matonat körsatganliklarini taʼkidladilar.
Ğolib yaʼni Olimpiada qahramonlari, ularning ota-onalari ham sözga çiqib dil sözlarini gapirdilar.
Xususan, sportçilarning bu natijalari Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovğa ekanligi, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tarafidan yaratib berilayotgan şaroitlarga javob ekanligi takror-takror aytildi.
Olimpiada ğoliblari, sovrindorlari, iştirokçilari hamda ularning yaqinlarining usti oçiq avtobuslarga ötirib, qöllarida bayroğimizni hilpiratgani avgust tuniga alohida yoruğlik bağişladi. Şu kungi qutlovlar, şodlik hayqiriqlari uzoq vaqtlargaça xotiralarda aks-sado berib turişi muqarrardir.
Muzaffar sportçilarimiz köplab muxlislar hamrohligida Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga yetib keldilar. Ğolib va sovrindorlarga Özbekiston Prezidenti sovğalari—qimmatbaho maşinalar va uy-joylarning kalitlari topşirildi. Kutib oliş va taqdirlaş marosimlarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi A. Abduvohitov, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov qatnaşdi.
Har bir inson mehnatining munosib baholanişidan ruhlanadi, quvvat oladi. Ayni vaqtdagi diqqat-eʼtibor tuyğulari şak-şubhasiz kelajakdagi muvaffaqiyatlarga zamin yaratib beradi. Umid qilamizki, mard va matonatli sportçilarimizni alqasak, ular yana uç yildan keyin voqelikka köçadigan “Parij-2024” yozgi Olimpiya öyinlarida bundan-da köproq “oltin”larga, “kumuş”larga, “bronza”larga ega çiqadilar va özbekning özligini jahon miqyosida yanada yuqori şohsupalarda namoyon etadilar.
Bunga aslo şubha yöq!
Bahrom RÖZIMATOV
