Xalq va armiya birligi — osoyişta hayotimiz kafolati
“Ayni vaqtda barçamiz yaxşi anglaymizki, hozirgi vaqtda, dunyo miqyosida turli xavf-xatarlar, qurolli töqnaşuvlar tobora avj olib borayotgan öta murakkab vaziyatda Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini, harbiy xizmatçilarning jismoniy va maʼnaviy şayligini oşiriş har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.”
Özbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan yöllagan bayram tabrigidan.
Darhaqiqat, bugun dunyoda tinçlikning, osoyiştalikning qadri har qaçongidan ham muhim va qimmatliroqdir desak, xato bölmasa kerak. Negaki, jahondagi bir qança yurtlarda uruş, qon tökiş davom etmoqda. Köz yoşlar, yöqotişlararo tinç aholi yaşayotgan şahar va qişloqlar uzra otilayotgan portlovçi qurollar neça yuzlab, minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bölayotgani ğoyat açinarlidir. Şu boisdan ham har bir yurtning osmoni musaffo, xalqi tinç-totuvlikda yaşaşining özi baxtning oliy körinişidir.
Davlat rahbarining tabrigida qayd etilganidek, Yaratganga şukrki, keyingi yillarda Qurolli Kuçlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, çegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaşning çinakam kafolatiga aylanib bormoqda. Barça qöşin turlari zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan taʼminlanyapti. Harbiy xizmatçilarning jangovar şayligi va yuksak maʼnaviy tayyorgarligi uzluksiz oşib bormoqda. Milliy armiyamiz yoşlarimiz uçun mardlik va şon-şaraf maktabiga aylanayotir.
Hozirgi paytda Prezidentimiz taşabbusi bilan Qurolli Kuçlarimizni isloh etiş va har tomonlama modernizatsiya qiliş, ularni zamonaviy talablarga töliq javob beradigan, yangi Özbekistonning mustaqilligi va suvereniteti, xalqimiz xavfsizligi va farovonligini kafolatli taʼminlaşga qodir yangi armiyaga aylantiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Bunda, eng avvalo, mudofaa va xavfsizlik sohasini qonun talablari asosida boşqariş sanʼatiga erişiş amalga oşirilayotgan islohotlarimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Jumladan, harbiy sohada mamlakatning milliy xavfsizligini taʼminlaşga doir prinsip va yondaşuvlarni öz içiga qamrab olgan Özbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi işlab çiqilib, tasdiqlandi. Şuningdek, sohaga doir bir qator qonunlar qabul qilindi.
Harbiy xizmatçilar va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş tizimini takomillaştiriş, milliy armiyamizni yanada rivojlantiriş va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, harbiy-maʼmuriy sektorlar va mudofaa sanoati faoliyati samaradorligini oşiriş masalalari öta muhimdir. Demak, hozirgi kunda Qurolli Kuçlarning zamonaviy infratuzilmasi negizi hamda monomarkazlarda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi işlar namunali yölga qöyilgan. Şuningdek, yoşlarning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş maqsadida media makonda olib borilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi işlarni yanada kuçaytiriş lozim. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, milliy armiyamizda va xalqimiz örtasida kiberxavfsizlik borasidagi ogohlikni va raqamli madaniyatni oşiriş böyiça tizimli işlarni yölga qöyiş yuzasidan eng muhim vazifalar belgilab olindi.
Bunday uzoq muddatga möljallangan muhim vazifalarni amalga oşirişda Davlatimiz rahbarining 2021 yil 20 sentyabrdagi tegişli qaroriga muvofiq, Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda öquv markazlarida Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari harbiy xizmatçilarining taʼlim olişi ham yölga qöyildi. Çunonçi, Qurolli Kuçlar Akademiyasida qardoş qirğiz va tojik harbiy yoşlarining taʼlim-tarbiya olişlari quvonarli holdir.
Mamlakatimizda uzluksiz oliy harbiy taʼlim tizimini jahon standartlari darajasiga olib çiqiş borasida jiddiy qadamlar taşlandi. Qurolli Kuçlar Akademiyasi harbiy ilm-fan sohasi lokomotiviga aylangani, oliy harbiy taʼlim muassasalarida yangiça yondaşuv hamda öquv uslublari joriy etilgani natijasi ölaroq Vatan himoyaçilarining harbiy xizmatga bölgan yondaşuvi tubdan özgardi, harbiy qismlarda masʼuliyat va intizom yanada mustahkamlandi.
Demak, yangi Özbekiston armiyasi mamlakat qudrati, çeksiz iftixor va sadoqat namunasiga aylanmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyişi asosida mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan “Yangi Özbekiston armiyasi — mamlakat tayançi, xalqimiz faxri” şiori ostida harbiy va vatanparvarlik oyligi yana bir karra özining yaqqol ifodasini topib, Vatan himoyaçilari, posbonlarining jangovar şayligi va yuksak maʼnaviy-ruhiy tayyorgarligini yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotir.
Harbiy xizmatçilarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maktablarda boşlanğiç harbiy taʼlim sifatini oşiriş, öquvçi-yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaş işlarini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Çunonçi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida “Özbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Qonunga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga jönatildi. Qonun loyihasida Mudofaa vazirligining serjantlari tarkibi xizmatçilariga harbiy unvonlar berişning yangiça tartibini belgilaşni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar amalga oşiriladi.
Aytiş joizki, hozirgi paytda navqiron avlod örtasida harbiy xizmatga qiziqiş kuçayib, minglab yigit-qizlarimiz Vatan himoyasiga dadil bel boğlayotgani barçamizni quvontiradi. Şubha yöqki, mard va jasur farzandlarimiz timsolida bölğusi qahramonlarimiz, Qurolli Kuçlarimizning bölajak serjantlari, ofitser va generallari, mohir qömondonlari yetişib çiqajak. Askar va ofitserlarning kasbiy mahorati, harbiy bilim yurtlarida taʼlim-tarbiya samaradorligini oşiriş, malakali harbiy kadrlar zaxirasini yaratiş doimo ustuvor vazifaga aylanmoqda.
“Xalq va armiya — bir tanu bir jon” degan uluğ tamoyilni amalda taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlar, yaʼni Qurolli Kuçlar xalqimizning tinç va osoyişta hayot keçirişi hamda ularni işonçli himoya qilişning çinakam kafolati bölmoqda, — dedi Qurolli Kuçlar Akademiyasi boşliği, polkovnik Boburjon Şayakubov. — Kuçli ruhiy-maʼnaviy hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat Qurolli Kuçlar tizimi uçun, balki butun mamlakat yoşlari uçun ham eng muhim vositadir. Ayni paytda bu tarbiyalar öz örnida qalqon va kerak paytda himoya quroli vazifasini ötay oladi”.
Alohida taʼkidlaş joizki, yaqinda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida Qurolli Kuçlar Akademiyasi öqituvçi va kursantlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida harbiy xizmatni ötaş tizimini şakllantiriş va uning nufuzini kötariş, mamlakatimizda harbiy xizmatçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ijtimoiy himoyasini taʼminlaşga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş kabi yönalişlarda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida fikrlar bildirildi.
Taʼkidlanganidek, mudofaa yönalişida kasbiy harbiy kadrlarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, taʼlim jarayonlarida eng yangi usul va texnologiyalarni çuqur egallaşi uçun könikmalarini oşiriş, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni işga qabul qiliş uçun saralaş, tanlab oliş tizimini yanada takomillaştiriş va ilğor xorijiy tajribalarni joriy qiliş ayni muddaodir.
Oçiğini aytganda, 7-8 yildirki, olib borilayotgan keng kölamli islohotlarimiz sabab Qurolli Kuçlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, çegaralarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini taʼminlaşning çinakam kafolatiga aylanib bormoqda. Darvoqe, uzoq yillik tanaffusdan söng “Xonobod”, “Mingtepa”, “Qorasuv” va “Uçqörğon” çegara postlari faoliyati tiklandi. Şu yili “Ğiştköprik”, “Navoiy”, “Dovutota”, “Şovot” va “Gulbahor” kabi çegara postlarida qöşimça koridorlar qurilib, ötkaziş quvvati 5 karra oşiriladi.
Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida ijtimoiy-siyosiy hayotning barça jabhasida ulkan tarixiy özgarişlar amalga oşirilmoqda. Mazkur yangilanişlar jarayonida Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston – 2030” strategiyasida qayd etilgan xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etiş ğoyasi alohida örin egallagan. Uşbu ğoya asosida yangi Özbekistonning Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari va xodimlari Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilişni oliy burç deb biladilar. Ular ana şu ezgu maqsad yölida bor kuç, bilim va salohiyatini ayaşmaydi.
Karim NORMATOV,
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar Akademiyasi professori,
tarix fanlari doktori.
