Kelajakda yaşayotgan başariyat
yoki raqamli hayot afsunlari
Bugun şiddatli raqamlaşuv, texnologiyalar rivoji tufayli hayotimiz tobora “qizib bormoqda”. Ayni paytda kişilarning kundalik maşğulotlari, vazifa va yumuşlari şu qadar köpki, hammasiga birday ulgurişning özi favqulodda muşkul bölib qolgan. Kezi kelganda manaman degan “taym menejment” (vaqtni boşqariş) sohasi vakillari ham bu borada boş çangallab qolişmoqda. Çunki hozir odamlarni çalğitib, ohanrabodek öziga çorlaydigan raqamli texnologiyalar, gadjetlar behisob. Smartfon, kompyuter, noutbuk, planşet, smart-televizor, smart-soat, turli virtual öyinlar, internet va hokazo… Ularni sanab adoğiga yetiş qiyin.
Mabodo möʼjiza yuz berib, örta asrlarda yaşagan biron kişi bizning zamonimizga tuşib qolsa bormi, boyoqiş adoqsiz axborot oqimi va raqamlaşuv asiriga aylangan serşovqin hayotimizga könikolmay, aqldan ozişi heç gap emas. Axir har soniyada tarqalayotgan “Şok, şok, şok! Hamma körsin! Yaqinlarga tarqating!” deb boşlanuvçi vahimali xabarlar, “obuna böling, layk bosing” deya holi-joningga qöymaydigan sanoqsiz özini “bloger” deb atab olgan kimsalar javlon urayotgan tartibsiz axborot makoni zamondoşlarimizning asabini çarçatmoqda.
Afsuski, hozir dunyoda yaratuvçanlikdan köra, isteʼmolçilik kayfiyati hukmron. Oddiy odamlar serğayrat marketologlarning öljasiga aylangan: har qadamda — eşikda ham, teşikda ham baxt va farovonlik vaʼda qiluvçi jimjimador mahsulot-u xizmatlarning reklamasiga duç kelasiz.
Işqilib, raqamli transformatsiya turmuş tarzimizni keskin özgartirmoqda. Texnologiya va turmuş uyğunligini topiş qiyinlaşdi. Raqamli texnologiyalar yoş avlod ongini deyarli egallab ulgurdi. Keyingi vaqtlarda voyaga yetayotgan bolalarni ruhiy, moliyaviy va texnologik mezonlar asosida demografik guruhlarga böliş taomilga kirdi. Xususan, 2025 yildan “Alfa avlod” (2010-2020 yillarda tuğilganlar şu avlodga mansub) bolalarining davri nihoyasiga yetib, “Beta-avlod” vakillari dunyoga kela boşladi.
Zamon bilan hamnafas yaşaş hayotning asosiy talabi hisoblanadi. Biz ham XIX asrda Angliyada işlab çiqariş stanoklarini sindiriş orqali taraqqiyotga qarşilik qilişga uringan ludçilarning ahvoliga tuşişni istamasak, yangiliklar bilan hamnafas bölişimiz kerak. Ayni paytda raqamlaşuv jarayonining ongsiz asiriga aylanib qolişdan ehtiyot böliş ham juda muhim. Yaʼni inson texnologiyalarga emas, texnologiyalar odamga xizmat qilsin.
Allaqaçon XXI asrning ikkinçi çoragiga qadam qöygan odamlar “jamiyat raqamli texnologiyalar taʼsirida qanday rivojlanmoqda, bugun qaysi jarayonlar muhim ahamiyatga ega, kelajakda nimalarga tayyor bölişimiz kerak?” degan hayotiy savollar ustida boş qotirmoqda.
Har bir davrning öziga xos xususiyatlari, zamonaviy ibora bilan aytganda, muayyan “trend”lari böladi. Şu maʼnoda, zamonaviy hayot tezkorligi va töxtovsiz raqamlaşib borayotgani bilan oldingilaridan ajralib turadi. Bugunning ilğor kişisi bir vaqtda bir neçta yumuş bilan band bölişga, yaʼni vaqtdan imkon qadar unumli foydalanişga intilmoqda. Misol uçun, 2016 yili AQŞda ötkazilgan sörovnomada qatnaşgan amerikaliklarning yarmidan köproği (52 foizi), odatda, ikki yoki undan köproq yumuşni baravar uddalaşga harakat qilişini taʼkidlagan . Oradan ötgan töqqiz yil davomida uşbu yurt fuqarolarining kundalik taşvişlari soni yanada köpayganiga şubha qilmasa ham böladi.
Tezlaşayotgan tasavvur
Sönggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlardagi yozma, ovozli va tasvirli maʼlumotlar, yaʼni kontentlarning mazmuni va şakli, qolaversa, ularni qabul qiliş darajasi ham katta özgarişlarga uçradi. Şu çoqqaça bir neça soniyadan bir daqiqagaça davom etuvçi qisqa kontentlarga könikkan yoşlar hozir yanayam besabrroq bölib qolişgan. Ular kontentlar tugul, musiqa asarlarini ham tezlaştirilgan şaklda eşitişni afzal körmoqda. Bu ham aynan hayot surʼati oşgani bilan izohlanmoqda. Çunki internetda axborot şu qadar köpki, ulardan imkon qadar köproq bahramand böliş uçun vaqtni tejaş kerak.
2021 yili Los-Anjeles Kaliforniya universitetida ötkazilgan tadqiqot natijalari köpçilikni ajablantirdi. Öşanda 231 nafar talaba 4 ta guruhga ajratilib, ikki xil mavzudagi 13-15 daqiqalik maʼruzalarning video lavhasi ularga namoyiş qilinadi. Aniqroği, mazkur lavhalar birinçi guruhda odatiy tezlikda, ikkinçi guruhda 1,5 baravar, uçinçi guruhda 2 karra, oxirgi guruhda esa 2,5 baravar tezlaştirilgan holda taqdim qilinadi. Şundan söng talabalar maʼruzalar böyiça test imtihonidan ötkaziladi. Hayratlanarlisi şundaki, odatdagi videodarsdan bahramand bölgan guruh aʼzolari 40 ta savoldan 26 tasiga, ikki baravar tezlaştirilgan lavhani tomoşa qilgan guruh vakillari esa 25 tasiga töğri javob topadi. Yaʼni ularning özlaştiriş darajasida deyarli farq yöq edi .
Bundan körinadiki, tezlaştirilgan dars usuli haqida öylab körsa arziydi. Bu hol akademik özlaştiriş jarayonida vaqtni tejaş va köproq maʼlumotga ega böliş imkonini berişi mumkin. Lekin bu borada ham meʼyor bölgani maʼqul. Media-mahsulotlar hadeb tezlaştirilgan şaklda namoyiş qilinaversa, vaqt ötib özining maʼnosi va qadrini yöqotişi tayin.
Onlayn va offlayn… odamlar
2023 yilda dunyo böyiça 16 yoşdan 64 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar bir sutkada örtaça 6 soat 40 daqiqa vaqtini turli qurilmalar ekraniga termilib ötkazişi aniqlangan. Bu haftasiga 46 soat 40 daqiqani taşkil qiladi. Amerikada esa foydalanuvçilarning internetga ulangan qurilmalarga ajratadigan kunlik vaqti örtaça 7 soatdan oşmoqda . Özbekistonda ham ahvol bundan qolişmasligi aniq. Çunki özbek segmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda, internet platformalarida juda köplab vatandoşlarimiz millionlab kontentlarga erinmasdan izohlar yoziş va layklar bosişga odatlangani heç kimga sir emas.
Bundan ön-ön beş yil burun doimiy internetga ega böliş, undan kundalik foydalaniş katta obrö sanalar edi. Bugun esa buning mutlaqo aksini kuzatiş mumkin: offlayn, yaʼni internet taʼsiridan xoli böliş öziga xos haşamat belgisiga aylangan! Hozir hammaning nigohi ekranlarga qadalgan. Köpçilik uzzukun telefon, planşet, kompyuter, smart-televizor va hokazo qurilmalar bilan andarmon.
Global internet tarmoğining ajralmas qismi bölgan Özbekistonda ham undan foydalanuvçilar soni muttasil ösib bormoqda. Eng çekka hududlarimiz ham optik tolali internet bilan qamrab olinmoqda. Statistika agentligi maʼlumotlariga qaraganda, 2023 yilning oxirgi uç oyi mobaynida mamlakatimizda internetdan (istalgan joyda) muntazam foydalanadigan 10 yoş va undan katta yoşdagi aholi uluşi 89 foizni taşkil etgan . Yanayam aniqroği, yurtimizda internet xizmatidan bahramand bölayotgan odamlar soni 31 milliondan oşgan. Ularning 29,5 milliondan köproği esa mobil internetdan foydalanadi. Xullas, xalqimiz raqamli gadjetlar bilan oşnolik bobida jahondagi boşqa xalqlardan qolişmaydi, deb bemalol ayta olamiz.
Oçiği, bugun kattayu kiçik ertadan-keçgaça katta-kiçik monitorlarga tikilib ötiraverib, anʼanaviy maşğulotlar bölmiş samimiy muloqot, mutolaa, köçada sayr qiliş va jismoniy maşqlardan ança uzoqlaşib qoldi. Barça internetda, onlayn! Oila davrasida, dasturxon ustida, işda ham, köçada ham odamlar telefondan köz uzmaydi. Albatta, internetning foydali tomonlari köp. Ammo aksariyat insonlar uçun u şunçaki vaqtni behuda sovuriş vositasiga aylanib qolganidan ham köz yumib bölmaydi. Ötgan asrlarda kitob öqiş, ilm bilan şuğullaniş, hayotning mazmun-mohiyati haqida munozaralar yuritiş köproq aslzoda kişilarga xos yumuşlar sanalib, oddiy insonlar, asosan, qorin töydiriş taşvişidan ortmas edi. Ajabki, bugungi zamonaviy dunyoda ham şunga öxşaş holat yuzaga kelgan: aksariyat kişilar internet titkilab, miyasini puç axborotlar bilan töldirişga ruju qöygan.
Meta-olamdan daraklar
Hozir tezlik bilan taraqqiy etayotgan yana bir yangi raqamli texnologiya — meta-olam yoki meta-makon alohida eʼtiborga loyiq. Bu texnologiya özining kölami, jamiyat hayotida inqilobiy özgarişlarga sabab bölişi mumkinligi bilan alohida ajralib turadi. Meta-olam — real dunyo bilan birgalikda rivojlanuvçi virtual makon demakdir. Biz yaşayotgan moddiy dunyo bilan virtual makonning uyğun rivojini nazarda tutuvçi mazkur yangilikka dunyodagi barça texnologik gigantlar, startap kompaniyalari faol sarmoya kirita boşlagan.
Odamlar meta-olamda xuddi real hayotdagi kabi turli maşğulotlar bilan şuğullanişlari, hatto öqib-işlaşlari mumkin. Hozirgi virtual reallikka ixtisoslaşgan gadjetlar (VR) meta-olam qanday bölişi haqida dastlabki tasavvurlarni bera oladi. Misol uçun, köpçiligimiz odamlar virtual közoynaklar yordamida yuqori ölçamli tasvirlarni tomoşa qiliş asnosida ekranda yuz berayotgan voqealardan taʼsirlanib, turli xatti-harakatlarni amalga oşirişiga guvoh bölganmiz. Virtual reallikning kiçik bir körinişi hisoblangan uşbu holatda kişi simulyatsiya, yaʼni soxta voqelik taʼsiriga tuşib qolib, beixtiyor özini uning iştirokçisi deb his qiladi.
Meta-olam ança takomillaşgan, ulkan virtual makon hisoblanadi. U yerda butun boşli şahar yoki mamlakat kölamidagi sunʼiy dunyolar mavjud bölişi mumkin. Bu makonda siz istagan körinişda paydo bölib, özingizdan umuman farq qilmaydigan virtual şaxslar bilan muloqotga kirişişingiz, aql bovar qilmas manzaralarga guvoh bölişingiz mumkin. Siz uşbu “yondoş dunyo”da real hayotdagi kabi işlarni amalga oşiriş imkoniga ham ega bölasiz. U yerda hatto pul işlab topib, kundalik hayotingizda saflaşingiz mumkin.
Meta-olam — juda katta kölamli loyiha. Tölaqonli meta-olamni yaratiş uçun ulkan moliyaviy resurslar va kuçli mutaxassislar talab etiladi. Lekin ayni damda Silikon vodiysining korçalonlari, dunyodagi nufuzli texnologik kompaniyalar şu maqsad yölida qattiq bel boğlagan. Feysbuk kompaniyasi yaqinda öz nomini “Meta” deb özgartirgani ham bejiz emas. Uning egasi bölmiş Mark Sukerberg kelajakda meta-borliq ğoyasi orqali yoş avlod vakillarini köproq jalb qiliş va ularni öz mijoziga aylantirişni niyat qilgan. Birlaşgan Arab Amirliklaridagi “Cloud Center of Excellence at Etisalat” kompaniyasi direktori Adnan Kaşvanining taʼkidlaşiça, bugun meta-olamga kiritilgan investitsiyalar miqdori 140 mlrd AQŞ dollaridan oşadi. Birgina ötgan yilning özida uşbu sohaga sarmoya kiritiş ikki baravarga köpaygan .
Şu örinda meta-olamning kiçik bir körinişi bölgan “Fortnite” onlayn öyini bilan boğliq bir voqea eʼtiborga loyiq. Gap şundaki, pandemiya avj olgan 2020 yilning aprel oyida amerikalik repper Trevis Skottning mazkur tarmoqda uyuştirilgan onlayn konsertida 12 milliondan ortiq odam öyin iştirokçisi sifatida qatnaşgan. Tabiiyki, real hayotda bunça odamni bir joyga töplaşning aslo imkoni yöq. Meta-makon vositasida buning uddasidan çiqişgan. Kelajakda ana şunday ixçam virtual borliqlar birlaştirilib, ulkan meta-makonlar yaratilişi mumkin. Buyoği faqat vaqt bilan boğliq.
Javobsiz savollar girdobida
Bugun jadal rivojlanayotgan sunʼiy intellekt texnologiyasi ham eng köp muhokamalarga sabab bölmoqda. Çunki u hayotimizga tobora çuqurroq kirib kelmoqda. Dunyodagi köplab yirik kompaniyalar bu sohada peşqadamlikni qölga oliş uçun bir-biri bilan jiddiy raqobatga kirişgan. Aynan mana şu hol kutilmagan muammolar tuğdirişi mumkinligi köpçilikni xavotirga solmoqda. Çunki sunʼiy idrokni takomillaştiriş bobidagi kimözar poygalari inson hayotini yengillaştirişi örniga, uşbu taraqqiyot şaklini boşoğriqqa aylantirişi heç gap emas. BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş ham insoniyatni bu borada ogohlikka çorladi: “Sunʼiy intellekt tizimlaridan terroristik, jinoiy maqsadlarda yoki davlat manfaatlari yölida notöğri foydalanilişi ölim va vayronagarçilikning dahşatli körsatkiçlariga, keng kölamli jarohatlar va tasavvur qilib bölmaydigan darajada çuqur psixologik zararlarga sabab bölişi mumkin .
Sunʼiy idrok ustidagi izlanişlar şunday tez surʼatlarda davom etsa, kelajakda uning imkoniyatlari odamzodning aql-idrokidan özib ketişi turgan gap. Natijada yaqin kelajakda “insonning anʼanaviy tafakkuridan foydalaniş kerakmi yoki yoppasiga sunʼiy intellekt imkoniyatiga tayangan maʼqulmi” degan ulkan dilemma kun tartibiga çiqadi. Oçiği, öşanda bunday boşoğriq savolga javob topiş oson keçmaydi. Şuning uçun taraqqiyot bobida ham muayyan maʼnaviy-axloqiy çegaralarga rioya qilinişi lozim. Öylaşimizça, har qanday şaroitda ham insonning tabiiy aql-zakovatini sunʼiy idrokdan ustun mavqeda saqlab qoliş eng töğri yöldir. Hozirça bu borada tanlov qiliş imkoniyati özimizning ixtiyorimizda. Biroq erta-bir kun keç bölişi mumkin.
Xatar bilan yuzma-yuz
Biz yuqorida tilga olgan holatlar hozirgi raqamli transformatsiya davrida dolzarb tus olgan masalalarning bir qismi, xolos. Raqamlaşuv jarayonining barça ikir-çikirlarini birgina maqolada tahlil qiliş imkonsiz.
Kundalik hayotimizga nazar solsak, bugun biz allaqaçon fantastik filmlarda tasvirlangan uzoq kelajakda yaşayotganimizga işonç hosil qiliş mumkin. Kundalik hayotimizga oid köplab vazifalarni bevosita yoki bilvosita texnologik uskunalar bajarmoqda. Turmuş tarzimiz misli körilmagan darajada ildamlaşib ketdi. Zamonaviy texnologiyalar taʼsirida vaqtning qançalik şitob bilan ötayotganini sezmay ham qolyapmiz. Dunyoda yaratuvçanlikdan köra, bor narsani sotib olişni maʼqul köradigan “isteʼmolçi jamiyat” şakllanmoqda. Köpçilik aslida turmuşini yanada yaxşilaşga xizmat qilişi lozim bölgan texnologiyalarning itoatkor asiriga aylangan. Jamiyatda real hayotdan köra virtual olamning taʼsiri ortib bormoqda. Taraqqiyot şu tarzda davom etsa, bora-bora soxta voqelikka qurilgan meta-olamlar inson umrining mazmuniga aylanib qolişi heç gap emas.
Xöş, başariyat hozirgi raqamli transformatsiya va texnologiyalar inqilobi şaroitida özligini saqlab qola oladimi, u sunʼiy ong rivoji oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarga tayyormi? Bugun bunday hayotiy savollar barçani birday öylantirişi, umumiy loqaydlik va beğamlikdan xalos bölib, voqelikka teranroq qaraşga undaşi kerak. Ana şunda odamlar qay darajada xatarli sinovlar bilan yuzma-yuz turganini töla-tökis anglab yetişi mumkin.
Avazbek ŞERMATOV,
Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi
huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy
tadqiqotlar instituti
ilmiy xodimi.
