Dunyoni yaxşilar mehri asraydi

yoxud uç avlod ibrati

Ötgan kuzning sönggi yakşanbasi edi. Ertalab Namangan şahridan Toşkentga yölga çiqdim. Pop hududidagi temir yölni körib, xayolim tarixga qoçdi.

…1916 yilning 18 sentyabrida Pop temir yöl stansiyasidan mardikorlar ortilgan birinçi eşelon Çor Rossiyasiga jönatilgan ekan.

Poyizingni jildirgan,

                        ötxonasi bilan döngalagi.

Dvinskiyga ketgandi

                 mard yigitning bir bölagi, —

deb boşlanadigan xalq qöşiği yodimga tuşib qoldi. Bolaligimda rahmatli Halima ammam aytib beradigan bu qöşiqning maʼnosini tuşunmaganman. Bu qöşiq öğillari Rossiya örmonlariga majburan qarağay kesiş uçun olib ketilgan onalar dod-faryodi ekan. “Qarağayzoring kul bölsin, Nikolaying yöq bölsin” degan ohu nolalari, qarğişi ekan. Qarğiş yomon uradi, Nikolay podşoning nafaqat özi, hatto bola-çaqasiyam kuyib kul böldi-ku!

Şamoldan qutuldik, deb turganlar böronga tutilgandi. Şörolar hukumati hurriyat kuraşçilarini “bosmaçilar” deb ataşdi, millat qahramonlarini qirdilar. Turon ahlini yovdan xalos etişni istagan qörboşilarni ming-minglab yigitlari bilan şahid qildilar. Turkiston degan yurtni talaşdi. Popga tutaşib ketgan Qöqonga öt qöyişdi, gödagini ham qoldirmay jonini olişdi.

Şu Pop tuproğida bosqinçilarga qarşi kuraşib, Rahmonqul qörboşi yuzlab yigitlari bilan jon bergan, şahid bölgan.

Öylar oğuşida borayotirman. Balki, men ketayotgan yöllarda qahramon bobolarimiz izlari qolgandir… Bilmam, bu tuproqqa yovning qonxör gazandalari galasiga qarşi qiliçlarini yalanğoçlagan mardu maydonlar qoni tökilgandir?!

Yölning öng tomonida köçat ekayotgan kişilarga qarab xayolim bölindi. Ularga, heç bölmasa, rahmat aytib qöyay deb töxtadim. Şağal, çağir toş aralaşib ketgan jigarrang tuproqli yerni kovlaşib, daraxt köçatlarini ekayotgan kişilarning yoşi kattaroği bilan gaplaşib turganimda, yöl yoqasiga oq rangli “Lasetti” avtomaşinasi kelib töxtadi. Zamonaviy kiyimi, dadil-dadil gapirişidan rahbarlik nafasi kelib turibdi. Bu kişi: “Otam rahmatli köçat ekiş katta savob, daraxtlar ham salavot aytadi, deb aytardi”, deya atrofiga yiğilganlarga yana nimalarnidir tuşuntira boşladi. Bu hikmatli gapni eşitişim bilan u tomonga bir qaradim. Namangan ahli assalomu alaykumni qizğanmaydigan xalq. Unga jurnalist ekanligimni aytdim. Özi çapaniroq körinsa-da, ovozi şirali, sözlari mazmunli va şu bilan birga fikri ham jöyali inson ekan. U özini Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining Namangan viloyati bölimi boşliği Anvarbek Ğafforov deb taniştirdi. Yöl böyidagi qaqrab yotgan maydonlarga çöl iqlimiga çidamli va xuşmanzara daraxt köçatlarini ekayotgan kişilar agentlikning Pop tumani bölimi xodimlari ekan.

Payğambarimizning “Birortangiz ekiş uçun qölingizda bir köçatni uşlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bölib qolsa-yu, uni ekib olişga közingiz yetsa, albatta ekib qöying” degan muborak hadisini aytib, atrofimdagilarni rağbatlantirdim. Hali bu biyobonlar boğu böstonga aylanajak. Uşbu manzildan ötadigan yölovçilar daraxt ekkanning otasiga rahmat, baraka topişsin deb duolar qilişadi…

Anvarbek bilan xayr-xöşlaşimiz ança çözildi. U bilan suhbatimiz qovuşib ketdi, u hayoti haqida şunday jöşib sözlardiki, göyo mehr buloği qaynab çiqayotganday! Nazarimda, Anvarbek köçat bilan birga oraga mehr uruğini ham ekkanga öxşardi.

Anvarbek otasi Abdulboqi Ğafforov haqida mehr-muhabbat bilan sözlayotirki: “Hayotda şunday öğillar ham köp” deb quvondim. Otasining savobli işlari-yu ibrat töla hayoti haqidagi hikoyatlarni eşitib, maʼnan rohat oldim. Anvarbekday hayotning past-balandini körgan, ziyoli va oçiqköngil, dangal aytganda, haqiqiy ota öğil bilan röbarö qilgani uçun Allohga şukurlar bölsin! Xayrlaşayotib, bir dasta gazetalar bilan namanganlik Nosir Otaxonov haqidagi “Çinor şoxidagi sinçalak” kitobimni unga sovğa qildim.

— Nosir Otaxonov otam rahmatlining yaqin dösti edi, öğli Uluğbek mening örtoğim, – deb xursand bölib ketdi Anvarbek. — Bizni Alloh uçraştirdi, otam haqida ham xotira yozsangiz, boşimiz osmonga yetardi. Hayot bölganida yetmiş beşga kirardi.

— Xudo xohlasa, keyingi safar Namanganga kelganimda, albatta, uçraşamiz, – deb u bilan xayrlaşdim.

Boşqa ijodkorlarda qanday, bilmadim-u, yozganimda ortidan rahmatlar keladigan qahramonlar topilişida tasodiflar meni köp siylagan. Poytaxtga borgaç, namanganlik közga köringan keksa olimlarga, nuroniy ustozlarga qönğiroq qilib, Abdulboqi Ğafforov haqida xotira maqolasi yoziş niyatimni aytdim. Ular: “Siz doim köpçilikning könglidagi savobli işlarni qilib yurasiz, Abdulboqi Ğafforov haqida kitob yozsa ham arziydi”, degan fikrni aytişdi…

Oradan bir yarim oylar ötgaç, tahririyat rejasiga köra, yana Namanganda böldim. Insoniy qadriyatlar orasida sözining ustida turiş, vaʼdasiga vafo qiliş muhim jihatlardan hisoblanadi. Nadomatlar bölsinki, keyingi yillarda yolğon köpaydi, kişilarning bir-birlarini aldaşi oddiy holatga aylanib borayotir. Şaytonga döst tutinib, yolğon söylab vijdoni qiynalmaydiganlar, vaʼdasini bajarmaslikdan uyalmaydiganlar köpayib bormoqda. Ular orasida elning oldida yuradigan katta-kiçik amaldorlar ham bor.

Xayriyatki, Anvarbek lafzi butun inson ekan. Kelişilgan vaqtda uçraşdik. U boşçilik qilayotgan Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi viloyat bölimi idorasidamiz.

Rahbarning xonasiga kirsangiz, dilingiz yayrab ketadi. Yigirma xildan ortiq noyob gullarga qarab közingiz quvonadi. Xonaning tört burçagida bir tupdan şoxlarida mevasi osilib turgan, har biri ğozning tuxumidek oltin rangli limonlarga qarab turib qoldim.

— Rahmatli Abdulboqi otam limon yetiştirişning hadisini olgandi, bu kasb bizga ota meros, – dedi Anvarbek. — Uyimizda ham limonariymiz bor edi. Mehnatning içida katta bölganman. Qayta quriş davri boşlanganda Namanganda birinçilardan bölib asalariçilik firmasini oçganmiz. Asalari boqib, yetiştirilgan asalni qadoqlaşni yölga qöyganmiz. Otamizning qöli barakali edi. Uyda qöy boqardik. Yuzlab qöylarimiz judayam semiz bölardi. Sanoğiga yetib bölmaydigan tötiquş köpaytirib sotardik. Şundan keladigan pullarga çiroyli uylarimizni qurganmiz. Otamiz işning közini biladigan, judayam mehnatsevar inson edi. Uylarimiz qurilayotganda ustalar bilan birga işlaganmiz. Palonçining öğliman demasdan guvala qilib ustalarga olib berardim. Alhamdulillah, nolimayman, mehnat bilan baxt topib, şunday kunlarga yetdim.

Anvarbek hovlidagi limon yetiştiriladigan issiqxonaga olib kirdi. Bu limonariy 1997 yili otasi Abdulboqi Ğafforov viloyat agrokimyotaʼminot korxonasiga rahbarlik qilgan paytda qurilgan ekan. Çamasi ikki yarim, uç metr keladigan çuqurlikka ekilgan limon daraxtlari şoxlarida mevalar pişib yotibdi. Möʼjazgina limonariyda ellik beş tup limon bor ekan. Bu issiqxonaning tört tarafidagi içki devorlariga marjondek qilib pişiq ğişt terilgan ekan. Qisqasi, eng oddiy usulda unumdor limonariy qurmoqni istaganlar andoza olsa böladi.

— Otam rahmatli rahbar bölib kelganida, bu binolar xarob holga kelib qolgan ekan, – deb Anvarbek hikoyasini davom ettiradi. — Yonlarida haydovçi bölib birga yurganman. Viloyat agrokim­yotaʼminot korxonasining hamma binolarini va tumanlardagi taʼminot bazalarini tubdan qayta taʼmirlatib, talon-torojliklardan saqlab qolgan edi. Işda erişgan yutuqlari bois otam Respublika Agrokimyotaʼminot birlaşmasiga rais bölib ketdi.

Idora hovlisining narigi tomonida yana bir sotixlik issiqxona bor ekan. Işçi xodimlar uçun turli xil kökatlar baravj ösib turibdi.

— Prezidentimiz taşabbusi bilan Yangi yil arafasida kam taʼminlangan oilalardan beştasiga saxovat körsatiş uçun tayyorgarlik körayotgan edik, — dedi Anvarbek.

U kambağal oilalarni yöqlaş uçun tikuv maşinasi, pişiriq tayyorlaydigan elektr peç, oziq-ovqatlar, un mahsulotlari va bolalar kiyim-keçaklarini ortayotgan maşinalar tomonga boşladi.

— Savobli işimizga respublika “Hurriyat” gazetasidan kelgan jurnalist akamiz ham şerik böladi, — deb u meni xodimlariga taniştirdi.

Şahar bilan tutaş “Nurobod” fuqarolar yiğini hududidagi ehtiyojmand oilalar yaşayotgan xonadonlarda böldik. Ular yaşayotgan şaroitlarni körib, nahotki şunday şukuhli zamonamizda bu qadar noçor oilalar bölsa-ya, deb beçoralar ahvoliga açindim.

Beş nafar norasida bolalari bilan birovning hovlisida ijarada yaşaydigan ota oddiy işçi, ona uy bekasi. Onaning muruvvatli insonlar qölidan sovğa-salomlar olayotgani va möltirab turgan bolalarning holatini bir tasavvur qiling-a! Anvarbek xuddi öz farzandlari davrasida turgandek mehr bilan yangi ust-boşlarni bolajonlarga kiydirayotir. Jajjigina öğil-qizlar yangi ust-boşlarni kiyişgaç, maqtangandek bir-birlariga qarab qöyişadi. Beğubor közlardagi quvonçlarni körib, kayfiyatim kötarilgandi. Ularga bisotimdagi eng şirin sözlarni aytib, Yangi yil bayrami bilan tabrikladim: “Hali kelajak oldinda, siz bolajonlar öqib ulğayasiz, toparmon-tutarmon bölib ketasizlar, ota-onangizning xizmatlarini qilib duolarini olasizlar. Xudo xohlasa, özinglar ham saxovat ulaşadigan insonlar darajasiga yetasizlar”.

Qaytar çoği Anvarbek Ğafforovdan şu oilaning bir öğlini öqitib tarbiya qilmoqçi ekanini eşitib, unga bölgan ixlosim yanada ortdi…

Anvarbekning aytişiça, opodadasi (Namanganda bobosini opodada deyişadi) faqir-miskinlarga, yetim-yesirlarga yordam berişga şoşiladigan, saxiylikda musobaqalaşadigan, odamlarga ehson ulaşib rohatlanadigan inson bölgan ekan.

— Alloh taolo hammaga ham saxiy qalb ato etavermaydi, ehson qilgan odamning rizqi köpayar ekan, – deyman.

— Abduğaffor opodadamdan köp yaxşi xislatlarni örganganmiz, – deya u boşqaça bir zavq bilan hikoyasini davom ettiradi. — Köp kitob öqiydigan ziyoli inson edilar. Uyimizga poçtaçi har kuni bir töp gazeta-jurnal olib kelardi. Lampasini yoqvolib, közoynagini taqvolib, meni erkalab, “toy, gazetani obering-çi” der edilar. Böylari baland, qaddi-qomatli, bolaparvar kişi edilar. Öğildan katta nevara bölganim uçun opodadamning uyida podşodek erkalanib yurardim. Içiga kirib olib uxlardim.

U arab tilida yozişni bilardi. Muqaddas Islom dini ahkomlariga amal qilib, opodadam ham, Hamidaxon açamlar ham pinhona namoz öqib, röza tutişar edi. Ötgan asrning 70-yillarida — sobiq ittifoq paytlarida Saudiya Arabistonidagi qarindoşlarimizga yaşirinça xat yozar ekan. Mustaqillikdan keyin hajga borib, ular bilan topişdi. “Alhamdulillah, mustaqil böldik, dinga yöl oçildi, jadidlarning kunini körmadik”, deb şukur aytib yurardi.

Yoğoç savdo bazasi boşliği bölgani uçun mahallalarda quriliş boşlab qöyib, bitkaza olmay qolganlarga qança şifer, qança yoğoç kerak bölsa, şunday berib yuborar edi. Uyimizga turli muammolari bilan kelganlarning işini bitirib beradigan xalqparvar kişi bölgan. Odamlar xursand bölganlaridan tölqinlanib, közida yoş bilan duo qilib ketişardi.

Hayotda körib anglab yetdimki, yaxşi fazilatlar otalardan bolalarga meros bölib ötar ekan. Rahmatli Abdulboqi dadam ham dadasiga — opodadamga öxşab yurgan yölida saxovatlar ulaşib, savob işlar qilib umr keçirdilar. Odamlarga qilgan ezguliklarini sanab adoğiga yetkazib bölmaydi. Iloho, yaxşi amallari tufayli yaratgan egam joylarini jannatlardan qilsin…

Anvarbek bilan suhbatlaşgan kişi heçam zerikmas ekan.

— Yoşligimda şöx, erkatoyroq bölsam-da, rus maktabini oltin medalga, institutni esa qizil diplomga bitirganman. Birinçi ustozim — dadam. “Ilmli odam xor bölmas”, der edi. Bu hikmat töğri ekan, öqib hayotda örnimizni topdik. Dadamning döstlari, ulfatlari, şogirdlari köp edi. Xuşçaqçaq, köngli ham, qöli ham oçiq inson atrofiga, xuddi şiraga asalarilar kelganidek, odamlar kelişaverar ekan. Uning xotirasi hayron qoladigan darajada kuçli edi. Tanişlarining telefon raqamlarini, avtomaşinalarining davlat raqamlarini yoddan bilardi.

Dadamning asli kasbi injener bölgan, politexnika institutini bitirgan. Turli taʼminot taşkilotlarida, zavodlarda masʼul lavozimlarda işlagan. Avvaliga fan nomzodligini yoqlab, olimlik faoliyatini davom ettiriş uçun Toşkent politexnika institutining Namangan filialiga işga ötgan.

Kafedra mudirligidan öquv işlari böyiça prorektor darajasigaça bölgan lavozimlarda ilmiy faoliyat olib borgan. Hozirgi Döstlik köçasidagi institutning ikkita bir xil binosini qurişga Moskvadan ruxsat olib kelib qurdirgan. Sobiq şörolar zamonida bunday qurilişlar Moskvaning roziligi bilan qurilar edi.

Dadam çet tillarni, jumladan, rus tilini yaxşi bilardilar. Doktorlik dissertatsiyasini Moskvada akademik Şukin rahbarligida yoqlagan edi, öşa quvonçli kunda dadam bilan birga edim.

“Öğlim, işingizga mehrli böling, pirovardini öylab qadam taşlang, döst, ulfat tanlaşda adaşmang”, derdilar. Körsatgan yöl-yöriqlariga amal qilib, kam bölmadik…

Anvarbekning taklifi bilan dadasining qadrdon dösti Kamolxon aka Muhiddinov yaşaydigan “Haqiqat” mahallasi Miskin köçasidagi xonadondamiz. Kamolxon hojining eslaşiça, Abdulboqi Ğafforov bilan maktabda boşlanğiç sinfda öqigan çoğlaridan döst bölişgan.

— Abdulboqi juda quvnoq yigit bölgan, – dedi u. — Qanday yuqori vazifalarda işlasa-da, kibri yöq, köpçilikka moddiy yordam berib zavqlanadigan, infoq-ehsoni kuçli inson edi. Farzandlarini uylayolmay zoriqib qolgan önlab ham­yurtlarimizga katta yordami tekkandi. Döstiga sodiqlikda ham ibrat bölardi. Öziga yomonlik qilganlarga ham yaxşilik qilaveradigan mehribon edi. Şunday ajoyib inson bilan hamnafas bölganim uçun Yaratganga şukur deyman.

Abdulboqi aka tuğilib ösgan xonadonda ukasi Abdulbori Ğafforov istiqomat qiladi.

— Akam rahmatli bizlarga judayam mehribon edi, – dedi Abdulbori aka. — Ulfati jonon, bir oğiz şirin söz bilan davradagilarning ruhini kötarib yuborardi. Akam körinişidan jahldorga öxşasa-da, qalbi yumşoq, silai rahmli kişi bölgan. Aqlli, dunyoqaraşi keng, xotirasi kuçli olim edi. Uni yaxşi bilganlar tirik ensiklopediya deyişardi. Aka-ukalar juda ahil yaşadik, bugun farzandu nabiralarimiz ham bir-biriga oqibat körsatişmoqda. Akam rahmatlini juda yaxşi körardim. Har juma kuni “Mavlono” qabristoniga akamning ziyoratiga boraman. Iloho, joylari jannatda bölsin.

Dunyoni yaxşilar mehri asraydi, deydilar. Namanganda köp yaxşi insonlar suhbatidan hikmatlar topdim. Yaxşilikning mukofoti yaxşilik ekanligiga yana bir bor amin böldim. Anvarbek Ğafforovning şunday deganlari yodimda qoldi: “Dadam Özbekistonni juda yaxşi körar edi. Namanganlik bölganidan faxrlanib, yurtini dildan sevgan odam xor bölmaydi, yurtining qadriga yetgan odamgina öz uyining, ota-onasining, oilasining, farzandlarining qadriga yetadi, der edi”.

Ha, ona yurtni yaxşi köriş asli fitratdan deb bejiz aytilmagan.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

publitsist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan