Maʼnaviy yuksaliş poligoni
Jonajon Vatanimiz insoniyat tamadduni beşiklaridan biridir. Ona yurtimiz bugun yangi davrga qadam qöyib, jahonda Yangi Özbekiston nomi bilan qayta böy körsatmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va olijanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yuksak marralarni közlab, yangidan-yangi yutuqlarga erişmoqda. Özining muqaddas qasamyodiga hamişa sodiq, xizmat burçini şaraf bilan ado etayotgan bahodir öğlonlarimiz ham uluğ ajdodlar anʼanalarini davom ettirgan holda xalqimiz orzu-umidlarini röyobga çiqariş, yurtimiz ravnaqi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz tinçligini himoya qiliş yölida sobitqadamdir.
Bugun dunyoda keçayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, uning turli körinişdagi tahdidlari fonida sodir bölayotgan tendensiyalari eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinçlik va totuvlikni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş naqadar muhim ekanligini yana bir bor anglatmoqda. Zotan, yon-atrofimizda röy berayotgan vaziyatlarni çuqur tahlil qilgan holda yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, harbiy xizmatçilarning milliy va jangovar ruhini yanada oşiriş, axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaş eng dolzarb vazifalarimizdan biri, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu ğoya asosida Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini oşiriş, yoşlar va harbiy xizmatçilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş böyiça olib borilayotgan islohotlar natijasida milliy armiyamiz saflarida xizmat qiliş, tom maʼnoda, şon-şaraf işiga aylanmoqda.
Tarixdan maʼlumki, vatanparvarlik söz bilan emas, amaliy harakatlar bilan körsatilgan, aniq maqsad yölida kuçaytirilgan, tahdidlarga qarşi turişda eng qudratli kuç sifatida maydonga çiqqan.
Buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur janglarda yengilmas sarkarda sifatida tarix sahnasida namoyon bölişi zamirida ham harbiy-vatanparvarlik va askarlar ruhiyatiga qaratilgan katta eʼtibor, ruhiy tarbiya turgan.
Bugungi xalqaro vaziyat, turli tahdidlar yurt posbonlari oldiga yangiça talablarni ham qöymoqda. Yuksak maʼnaviyatli, zamon bilan hamohang fikr yuritadigan, keng dunyoqaraş sohibi bölgan harbiy qöşinlargina bilagidagi kuçni, ixtiyoridagi jangovar texnika va qurolini boşqalarga qaraganda samarali qöllay oladi. Çunki hozir dunyoda eng avvalo insoniyatning ongu tafakkurini egallaş uçun uruş borayotganini barçamiz körib, guvohi bölib turibmiz.
Şuning uçun ham muqaddas Vatanni himoya qiliş şarafli burç ekani, birinçi navbatda, yoşlarning qalbu şuuriga singdirilmoqda. Boisi globallaşuv va manfaatlar töqnaşuvi yaqqol namoyon bölayotgan ayni damda ajdodlarimiz qoldirgan muqaddas meros yoş avlodga namuna sifatida Vatanning sadoqatli himoyaçisi, xalqining munosib farzandi bölib yetişişida muhim örin tutadi. Mana şunday ulkan maʼnaviy boylik, ötmişdagi aççiq saboqlar, mustaqillik uçun mardonavor bosib ötilgan şonli yöl bugun gullab-yaşnayotgan Yangi Özbekistonning taraqqiyot yöli va buyuk özbek xalqi qurayotgan qudratli mamlakatning asosini taşkil etadi. Prezidentimiz doimo harbiy-jangovar qudrat va yuksak maʼnaviy salohiyat Özbekiston Qurolli Kuçlarining ikki buyuk tayançiga aylanişi zarurligini taʼkidlab kelişi bejiz emas.
Bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida davlatimiz rahbarining tegişli qarori hamda şu yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida maʼnaviy-maʼrifiy işlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan belgilab berilgan muhim vazifalar asosida Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va madaniyat departamenti taşkil etildi.
Bu muhim voqea Mudofaa vazirligida harbiy madaniyat va sanʼat yönalişini takomillaştiriş, qöllab-quvvatlaş, maʼnaviyat va madaniyat markazlari, harbiy orkestrlar, kutubxonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va samarali boşqarişda yangi amaliy qadam böldi.
Maʼnaviyat va madaniyat departamenti yangi tarkibiy-ştat tuzilişida taşkil etilib, unga Qurolli Kuçlar markaziy aşula va raqs ansambli, Alohida körgazmali-namunali harbiy orkestr, Qurolli Kuçlar davlat muzeyi, “Turon” harbiy teatri böysundirildi.
Şuningdek, joylardagi 5 ta garnizon Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, 16 ta harbiy orkestr hamda 56 ta harbiy qismning Madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlaştiriş ham Departament zimmasiga yuklatildi. Uşbu tizim joriy etilişi natijasida oldin tarqoq bölgan vazirlikning harbiy madaniyat va sanʼat bölinmalari bir maqsad yölida bir maskanda birlaştirildi.
Qisqa vaqt içida barça şart-şaroitga ega zamonaviy departament binosining qurib bitkazilişi va foydalanişga topşirilişi esa yurtimizda Qurolli Kuçlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy işlar yönalişiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir.
Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamenti binosining tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi masʼullari, Mudofaa, Madaniyat vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat taşkilotlari, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzolari, faxriylar va yoşlar iştirok etdi.
Dastlab mehmonlar departamentning yangi binosida faoliyatini boşlagan Qurolli Kuçlar markaziy aşula va raqs ansambli, Alohida körgazmali-namunali harbiy orkestr, “Turon” harbiy teatri, şuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining axborot-media boşqarmasi, “Vatanparvar” birlaşgan tahririyati, elektron ommaviy axborot vositalari va veb-resurslar bilan işlaş bölimlariga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Tadbir iştirokçilarida 280 öringa möljallangan anjumanlar zali, milliy kontent va maxsus teleloyihalar yaratiş maqsadida taşkil etilgan, 300 kv.metrga ega “Armiya studiyasi” paviloni, zamonaviy ovoz yoziş studiyasi va telemontaj xonalari katta taassurot qoldirdi.
Anjumanlar zalida nafaqat anjumanlar yoki maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, balki jonli ijrodagi konsert dasturlari va teatr tomoşalarini namoyiş etiş, kinozal sifatida foydalaniş uçun ham barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Bugungi kunda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan harbiy-vatanparvarlik yönalişida davlat va nodavlat telekanallari bilan hamkorlikda “Özbekiston armiyasi”, “Vatanparvar”, “Armiya sporti”, “Men harbiy bölaman” körsatuvlari, informatsion dasturlar uçun xabar va lavhalar, şuningdek, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan, buyuk ajdodlar va milliy qahramonlar haqidagi videoroliklar va videokliplar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, harbiy madaniyat va sanʼat bölinmalari uzoq yillar davomida öz binosi va zarur infratuzilmaga ega bölmagan şaroitda faoliyat yuritib keldi. Tabiiyki, bu holat ularning faoliyat samaradorligiga taʼsir körsatmay qolmadi.
Endilikda dunyo tajribasi va zamonaviy infratuzilmalar asosida bunyod etilgan uşbu muassasa nafaqat harbiy xizmatçilar, balki butun xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimizning maʼnaviyati, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişlarini rağbatlantiriş bilan birga madaniy hordiq çiqarişlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Uşbu muhtaşam binoda vatanparvarlik ruhi aks etgan yangiça formatdagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy uçraşuvlar, ijodiy keçalar, şoir va adiblarimiz bilan davra suhbatlari, konsert va yuqori saviyada sahnalaştirilgan spektakllar, kinofilmlar taqdimotlari muntazam ötkaziladi.
Tantanali oçiliş marosimiga bağişlangan yiğiliş Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda qator hamkor taşkilotlar iştirokida “Harbiy xizmatçilarda yuksak vatanparvarlik, yurtga fidoyilik sifatlarini yuksaltirişda madaniyat va sanʼatning örni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bilan davom etdi.
Şuhrat Xolmuhamedov, Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor:
– Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev boşçiliklarida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, sarhadlarimiz daxlsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlaş yölida katta islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu saʼy-harakatlar harbiy xizmatçilar va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltiriş kabi ezgu maqsadlarni qamrab olgani diqqatga sazovordir.
Sir emas, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda, harbiy xizmatçilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oşiriş va milliy hamda jangovar anʼanalarimiz orqali haqiqiy Vatan himoyaçisiga aylantirişda madaniyat va sanʼatning örni beqiyos. Zero, Qurolli Kuçlar mamlakat çegaralarini himoya qilsa, madaniyat inson qalbi va ongini himoya qiladi.
Harbiy atamaşunoslikda “Poligon” degan tuşunça bor. Yaʼni, poligonda harbiylar jangovar şaylikni oşiriş maqsadida muntazam öquv-amaliy maşğulotlar olib borişadi. Mazkur majmua esa harbiy xizmatçilar, jumladan, yoşlarimizning maʼnaviy-maʼrifiy, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişlarini rağbatlantirişga xizmat qiladi. Şu maʼnoda majmuani Mudofaa vazirligining maʼnaviy yuksaliş poligoni desak mubolağa bölmaydi.
Xayriddin Sultonov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi:
– Bu muhtaşam koşona mard va jasur xalqimiz tarixi, qahramonligini özida mujassam etgan “Ğalaba boği”, “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmualari va “Şon-şaraf” davlat muzeyiga tutaş hududda barpo etilgani çuqur ramziy maʼnoga ega. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz janglarda körsatgan beqiyos jasorat yurtdoşlarimiz, avvalambor, navqiron yoşlarimizning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yanada yuksaltiradi, sanʼatkor döstlarimizga yuksak ijodiy ruh, yangi ilhom baxş etadi, deb umid qilamiz.
Ayniqsa, uşbu koşonaning Olmazor tumanida barpo etilgani muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz bu maskanni aynan şu manzilda, Ğalaba boği majmuasiga tutaş hududda barpo qilişni tavsiya etganlarida çuqur maʼno bor. Çunki poytaxtimizning Eski şahar qismida ham şunday maʼnaviyat maskani, teatr bölişi hayotiy zaruriyat edi. Endilikda bu majmua poytaxtimizning Olmazor tumanida ilm-fan, dunyoviy taraqqiyot maşʼalasi yonadigan, nur taratadigan ziyo maskani bölib xizmat qiladi. Bir söz bilan aytganda, nafaqat harbiy bölinmalar, ayni vaqtda tumandagi mahallalarga, maktablarga, umuman, Eski şaharga yangiça ruh va nafas olib kiradi.
Olmazor tumani ahli, avvalambor, yoşlarimiz bu yerga kelib, sanʼatkorlarimizning isteʼdodidan, şoirlarimizning haroratli ijodidan bahramand böladilar.
Işonamizki, mazkur Madaniyat va maʼnaviyat maskani askar va ofitserlarimizning maʼnaviy yetuk, ötkir aql va xuş axloq sohiblari, dunyo maydonlarida hamişa ğolib bölişlariga munosib poydevor yaratadi.
Otabek Hasanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari:
– Bugun dunyoda turli qarama-qarşiliklar, ziddiyatlar tobora ortib borayotgan bir paytda inson qalbi, yoş avlod ongi uçun kuraşlar ham sezilarli darajada kuçaydi, axborot xurujlari avj oldi.
Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyaçisi bölişimiz, yoşlarimizni ham şu ruhda kamol toptirişimiz zarur”.
Şu bois bu dargohda yaratilgan media imkoniyatlardan yoşlarning mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarşi immunitetini şakllantiriş, media makonda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi milliy kontentlarni köpaytirişda samarali foydalaniş juda muhim deb öylayman.
Ayniqsa, yoşlarda buyuk ajdodlarimiz şaxsini örganişga, maʼnaviy merosini tadqiq etişga qiziqişni uyğotiş, yoşlarga ularning bebaho maʼnaviy-maʼrifiy merosini zamonaviy axborot texnologiyalarini qöllagan holda çuqur örgatiş va bu boradagi tarğibotning taʼsirçan usul va vositalardan samarali foydalanişni yölga qöyiş maqsadga muvofiq.
Şu maqsadda yaqinda Mudofaa vazirligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi taşabbusi bilan “Yoşlarda vatanparvarlik tuyğusini yanada kuçaytiriş böyiça 2024-2025 yillarga möljallangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Dasturi” işlab çiqilib tasdiqlandi. Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oşirişda, şubhasiz, uşbu majmua maʼnaviy poligon vazifasini ötaydi.
Ozodbek Nazarbekov, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri:
– Yangi Özbekiston Qurolli Kuçlari qiyofasini şakllantirişda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu anʼanani davom ettiriş, ayniqsa, ijodkorlar va harbiy xizmatçilar örtasida mustahkam aloqa örnatiş, yoş avlodni harbiy xizmat va şarafli burçga sodiqlik ruhida tarbiyalaş, ular qalbida ona yurtga muhabbat, mardlik va jasorat tuyğularini yuksaltiriş, bu borada samarali tarğibot işlarini olib borişda madaniyat va sanʼat ahli, yozuvçi va şoirlar, dramaturg va rejissyorlarimizning hamkorligi nihoyatda muhim.
Mudofaa va Madaniyat vazirliklari hamkorlikda harbiy xizmatçilar va yoşlarda vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş, jamiyatda milliy armiyamizga nisbatan faxr-iftixor tuyğularini yuksaltiriş maqsadida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar va loyihalarni amalga oşirmoqda.
Mana ikki yildirki, aholi va yoşlarni vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Vatan manzumasi” adabiy-maʼrifiy keçalari poytaxtimiz va respublikamizning barça hududlarida ötkazilib kelinmoqda. Bu yilgi tadbirlarda 20 mingga yaqin aholi va yoşlar, harbiylar va ularning oila aʼzolari iştirok etdi.
Şuningdek, qator vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Vatanparvarlik ruhidagi eng yaxşi videorolik”, “Vatanparvarlik ruhidagi eng yaxşi qöşiq” hamda “Vatanni madh etuvçi eng yaxşi şeʼr” tanlovini ötkaziş yuzasidan qöşma loyihani amalga oşirişga kirişdik.
Ayni kunlarda “Mardlar qöriqlaydi Vatanni!” harbiy-vatanparvarlik qöşiqlari körik-tanlovi ötkazilmoqda. Mazkur tanlov orqali yoş avlodda milliy armiyamizga nisbatan faxr-iftixor tuyğularini yuksaltirişga qaratilgan yangi qöşiqlar yaratiş hamda harbiy-vatanparvarlik mavzusida ijod qilib kelayotgan ijodkorlarni rağbatlantiriş maqsad qilingan.
Ayniqsa, harbiy ijodkorlarning davlat tadbirlari, turli madaniy va köngiloçar tomoşalardagi faol iştiroki yoşlarda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, Qurolli Kuçlardan faxrlaniş tuyğusining jöş urişi va uning saflarida xizmat qiliş istagi kuçayib borişiga turtki bölayotganini alohida taʼkidlaşni istardim. Yangi inşootda yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar esa bu ezgu va xayrli işning yanada keng quloç yoyişida dasturul amal bölişiga işonaman.
Şuhrat Rizayev, Kinematografiya agentligi direktori:
– Demokratik jamiyatda ğoyaga qarşi ğoya, jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşiladi.
Şu maʼnoda, milliy ğoyani tarğib qiliş, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoşlarga vatanparvarlik tuyğusini yanada çuqur singdiriş böyiça bir qator takliflar işlab çiqqanmiz. Ulardan biri “Milliy qahramon” obrazlarini yaratişdir.
Bu obraz tarixiy şaxslarimiz timsoli asosida yaratiladi. Unda zamonaviylik va milliylik uyğunlaştirilgan holda, öziga xos dizayndagi libos hamda personajning taşqi körinişida jismoniy va ğayritabiiy imkoniyatlar aks ettiriladi.
Milliy qahramonlar uçun maxsus ssenariylar yozilib, kinofilmlar, multfilm va seriallar tayyorlanadi va uning doimiy tarğiboti taşkil etiladi.
Zero, dunyoda vatan tinçligi, vatan taraqqiyotini harbiy xizmatçi va ijodkordan köra çuqurroq his qiladigan boşqa kasb va soha vakillari kamdan kam topiladi. Çunki hammamiz – ijod ahli ham, harbiy xizmatçilar ham hayotimizni şu yurt tinçligi, mustaqilligi va farovonligi, farzandlar kelajagiga bağişlaganmiz va bu yöldan heç qaçon qaytmaymiz.
Bu maskanning taşkil etilgani bizga qançadan-qança imkoniyatlar oçib beradi. Yangi-yangi isteʼdodlar kaşf etiladi. Adaşgan, ikkilanib yurgan yoşlarni töğri yölga boşlaydi bu maskan. Men bunga işonaman.
Yodgor Saʼdiyev, Özbekiston Milliy akademik drama teatri direktori, Özbekiston xalq artisti:
– Uşbu majmuada faoliyat yuritayotgan respublikamizda yagona bölgan “Turon” harbiy teatri faoliyatiga töxtalmoqçiman. Ijodiy jamoadagi aktyorlar mahorati va ular tomonidan sahnaga olib çiqilayotgan mavzular kölami kengligi va yoş avlodni vatanparvarlik ğoyasi bilan tarbiyalaşga xizmat qilişini alohida eʼtirof etmoqçiman. Bu teatr öz sahna asarlarini respublikamizning olis hududlarida joylaşgan harbiy qismlarida, öşa yerdagi aholiga ham namoyiş etib kelmoqda. Bugun teatr uçun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlarni körib, oçiği, juda xursand böldim va Özbekiston Milliy akademik drama teatrida sahnalaştirilgan “Adolat fasli” spektakli tomoşasini uşbu sahnada ham namoyiş etişni niyat qildik.
Yana şuni aytişim joizki, bugun teatrlarimizda harbiy-vatanparvarlik mavzusida 20 dan ziyod sahna asarlari sahnalaştirilib, doimiy namoyiş etilmoqda. Xususan, “Adolat fasli”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Ofitserlar”, “Sadoqat”, “Burç”, “Mangu jasorat”, “Bahodir”, “Çegaraçi” kabi spektakllar tomoşabinlarning sevimli asarlariga aylangan.
Tadbirning badiiy qismida Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansamblining Vatanni va harbiy xizmatni şaraflovçi kuy-qöşiqlari, Markaziy harbiy orkestrning jangovar marşlari, “Turon” harbiy teatri va harbiy xizmatçilar tomonidan teatrlaştirilgan sahna körinişlari namoyiş etildi. Ayniqsa, “Turon” harbiy teatri jamoasi tomonidan yuqori saviyada tayyorlanib, sahnaga olib çiqilgan “Özbek kelayotir” şeʼriy kompozitsiyasi davraga özgaça ruh baxş etdi. Harbiy xizmatçilar tomonidan tayyorlangan “Jadidlar – millatimiz fidoyilari” sahna çiqişlari ham barçaga manzur böldi.
Tadbir söngida tinçligimiz va osoyiştaligimizning, çegaralarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bölgan, ona Vatan himoyasiga hamişa tayyor turgan mard va fidoyi harbiylarimiz, qadamidan öt çaqnaydigan bahodir öğlonlarimizga omonlik tilandi.
Olimjon Ösarov,
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining vatanparvarlik tarğiboti, maʼnaviy-maʼrifiy işlar va yoşlar masalalari böyiça
maslahatçisi.
