Yaşillik — tabiat yuragi
2025 yil — Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili
Tabiat va yaşillik inson hayoti uçun ajralmas ahamiyatga ega. Daraxtlar, öt-ölanlar va örmonlar nafaqat kislorod manbai, balki ekologik muvozanatni saqlaşning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda global isiş, ekologik muammolar va tabiiy resurslarning qisqarişi yaşillikni asrab-avaylaş masalasini har qaçongidanda dolzarb qilib qöymoqda. Şu sababli bu boradagi muammolarni tahlil qiliş va ularning yeçimlarini izlaş zarur.
Yaşillik tabiatning yuragi bölib, insoniyatning ekologik xavfsizligini taʼminlaydi. Daraxtlar havoni tozalaydi, karbonat angidridni yutib, özidan kislorod ajratib çiqaradi. Şuningdek, ular tuproqni eroziyadan saqlaydi, suv resurslarini barqarorlaştiradi va yerning biologik xilma-xilligini qöllab-quvvatlaydi. Qişloq xöjaligi mahsulotlari, dori-darmonlar va boşqa köplab iqtisodiy manbalar aynan yaşil hududlarga boğliq.
Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilgani Yangi Özbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni taʼminlaşga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning amaldagi yana bir ifodasi böldi.
Aslida, mamlakatimizning gözal tabiati, musaffo havosi, zilol va şifobaxş suvlari asrlar davomida insoniyatni maftun etib keladi. Biroq sanoatning rivojlanişi, energiya resurslariga talabning ortişi, tabiatga munosabatning özgargani iqlim özgarişlari, atrof-muhit ifloslanişi, suv taqçilligi kabi muammolarni köndalang qöydi.
Xöş, bugun qanday muammolar va tahdidlar bizni qiynamoqda? Ularning ayrimlariga töxtalib ötamiz:
Örmonlarning kesilişi. Butunjahon örmonlarining 15 foizdan ortiği sönggi ön yillikda yöq qilindi. Bu jarayon global isişni tezlaştirmoqda.
Urbanizatsiya. Aholi sonining ösişi va yangi qurilişlar yaşil hududlarning qisqarişiga olib kelmoqda.
Qurigan yer maydonlari. Tuproqning yaroqsiz holga kelişi, ayniqsa, qurğoqçil hududlarda yaşillikni kamaytirmoqda.
Iqlim özgarişi. Haddan taşqari issiqlik va yomğirning kamligi ösimliklar hayotiga salbiy taʼsir körsatmoqda.
Muammolar yetarliça ekan, ularga yeçimlar va çora-tadbirlar bormi, deyişingiz tabiiy. Albatta, bor. Zero, yeçimi yöq muammoning özi yöq. Yaşillikni asrab-avaylaş uçun quyidagi yeçimlar amalga oşirilişi lozim:
Daraxt ekiş loyihalari. Har bir fuqaro yiliga kamida bitta daraxt ekişi rağbatlantirilişi kerak. Bu jarayon köplab ekologik muammolarni kamaytiradi.
Qonuniy nazorat. Daraxtlarni noqonuniy kesiş va yerlarni noqonuniy egallaşning oldini oliş uçun qatʼiy qonun-qoidalar joriy etilişi zarur.
Taʼlim va tarğibot. Yaşillikning ahamiyati haqida aholiga muntazam maʼlumot beriş, ayniqsa, yoşlar orasida bu mavzuni keng yoritiş kerak.
Barqaror qişloq xöjaligi. Qişloq xöjaligida texnologik yutuqlardan foydalaniş orqali yerning unumdorligini oşiriş va ekologik zararlarni kamaytiriş lozim.
Texnologiyalarni qöllaş. Global iqlim özgarişini sekinlaştiriş uçun yaşil texnologiyalar va qayta tiklanuvçi energiya manbalariga eʼtibor qaratiş kerak.
Yana bir muhim masala borki, bu ham bölsa ekologik madaniyat va tarbiyaning şakllanişidir. Busiz birorta amaliy tadbirlarning natijasi bölmaydi. Davlatimiz rahbari 2022 yilning 2 fevral kuni çiqindilar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş va hududlardagi ekologik holatni yaxşilaş yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida bugungi kunda köpçilik öz turar joyi atrofini tozalaşga erinadigan bölib qolganini qayd etgan edi. “Xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni, suvni, havoni, ostonasini pok saqlaşga intilgan. Xalqimizda “Birni kessang, önni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan. Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana şu ezgu odatlar bugun deyarli yöqolib ketdi. Odamlarimiz hatto eşigi va hovlisi atrofini tozalaşdan, daraxt, gul, köçat ekib, saranjom-sarişta qilib qöyişdan erinadigan bölib qoldi. Nimaga bu masalada OAV orqali hamda mahallalarda bong urilmayapti? Qani mahalla faollari, nuroniylarimiz va jamoatçiligimiz?”
Davlatimiz rahbari öz sözlarini davom ettirar ekan, bugun dunyo miqyosida texnika va texnologiya, sanoat yuqori darajada rivojlangan XXI asrda ekologiya bilan boğliq muammolar birinçi darajali muammo sifatida kun tartibiga çiqayotgani ham ayni haqiqatligini taʼkidladilar.
“Biz bu masalada faqat bugunni emas, yaqin va uzoq kelajakni öylab iş tutmasak, közlagan maqsadimizga erişa olmaymiz. Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yaşaşlari uçun biz tabiatga mehr va eʼtibor berişimiz, u bilan uyğun bölib yaşaşimiz kerak. Bu nima degani? Bu — tabiatni toza-ozoda tutiş, yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asraş, daraxt ekib, boğ yaratiş degani. Mahallada, köçalarda çiqindi taşlagan kişini körganda, “bu işingiz notöğri böldi”, deydigan muhitni şakllantirişimiz, odamlarimizni bunga örgatişimiz kerak. Bu — hammamizning işimiz va insoniy burçimizdir”, — dedi Prezidentimiz.
Haq sözlar. Aslida, yaşillikni asrab-avaylaş insoniyatning faqat burçi emas, balki kelajak avlodlar uçun majburiyatdir. Har birimiz tabiatga mehr körsatib, yaşil muhitni saqlaşga hissa qöşişimiz şart. Bu yölda amalga oşirilgan har bir qadam nafaqat atrof-muhit, balki jamiyat taraqqiyoti uçun xizmat qiladi.
Islom EGAMBERDI öğli.
