Ezgulik kuyçisi
Atoqli qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz tavalludiga 200 yil töldi
Özbek va qoraqalpoq xalqlari azaldan döstlik va birodarlik riştalari bilan boğlangan. Qoraqalpoq adabiyoti nafaqat boy adabiy merosga, balki olis tarixga ham egadir. Ajiniyoz qoraqalpoq elining buyuk farzandi va tengsiz söz zargari edi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qösiboy öğli tavalludining 200 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida joriy yilning 19 noyabr kuni poytaxtimizdagi Alişer Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida tantanali adabiy keça bölib ötdi.
Tadbirda qoraqalpoq adabiyoti vakillari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, yozuvçi va şoirlar, adabiyot ixlosmandlari, talaba-yoşlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Adabiy keçaning kiriş qismida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Hojimatov, Özbekiston xalq yozuvçisi, Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Kenesboy Karimov ikki xalqning şoiri Ajiniyoz Qösiboy öğli tavalludiga bağişlangan tadbir döstlik va birodarlik riştalarini yanada mustahkamlaşini eʼtirof etib, ulkan adabiy meros, adib ijodidagi öziga xoslik kabi mavzularga alohida töxtaldilar. Xususan, M.Hojimatov qardoş şoir adabiy merosi va uning özbek adabiy muhitidagi örni haqida alohida söz yuritdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Qömita raisi Murat Atamuratov ham öz sözi bilan çiqiş qilib, qoraqalpoq adabiyotining örganilişi yuzasidan amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar töğrisida töxtalib ötdi.
Ajiniyoz Qösiboy öğli — umrini xalq va millat bilan boğlagan. Xivadagi Şerğozixon va Qutlimurod Inoq madrasalarida tahsil olgan. Maʼrifatparvar şoir ijod qiliş barobarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil asarlaridan nusxalar köçirib, xattotlik ham qilgan. Şu bilan birga, qoraqalpoq ovullarida muallimlik qilgan. Ulkan hayotiy tajriba natijasida undan ölmas asarlar meros bölib qoldi.
Ajiniyoz asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, döstlik va hamjihatlik ğoyalari yuksak darajada tarannum qilingan. Asarlari özbek va boşqa köplab tillarga tarjima qilingan. Turkiy adabiyot durdonalari 100 jildlik töplami va qoraqalpoq adabiyoti durdonalari majmuasiga uning ham ijodidan namunalar kiritilgan.
Adabiy keçada Qoraqalpoğiston Respublikasidan taşrif buyurgan bir guruh mehmonlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda tadbirning nihoyatda qiziqarli va foydali bölganligini taʼkidladilar.
Dastur davomida Ajiniyoz tomonidan yozilgan şeʼrlarga bastalangan gözal kuy-qöşiqlar qoraqalpoq va özbek sanʼatkorlari tomonidan ijro etildi.
Atoqli şoir ijodiga oid adabiy keçalar, uçraşuvlar butun mamlakatimiz böylab davom etadi.
Öz muxbirimiz.
