Özbekiston va Ozarbayjon: Çuqur ildizga ega hamkorlik
Sönggi yillarda Özbekiston Respublikasida vinoçilikni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilib, mazkur sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Yangi vino turizm yönalişlari va vino festivallari, mahalliy vinoçilik sanoatini turizm bilan birlaştirişga yordam bermoqda.
Toşkent kimyo-texnologiya institutining “Enologiya va bijğiş mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi Örta Osiyo davlat universiteti “Vinoçilik va bijğiş mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi negizida 1938 yilda taniqli olim, professor M.A.Xovrenko taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, uning özi kafedraga rahbarlik qilgan.
Kafedra taşkil etilgandan buyon köplab taniqli olimlar, fan doktorlari, fan nomzodlari (PhD), şuningdek, 2000 dan ortiq spirtli va alkogolsiz içimliklar işlab çiqariş texnologiyasi yönalişlari böyiça mutaxassislar tayyorlangan. Bundan taşqari, kafedrada şakar işlab çiqariş böyiça ham yetuk kadrlar yetişib çiqqan. Kafedrada mikrobiologiya, oziq-ovqat kimyosi, texno-kimyoviy nazorat laboratoriyalari mavjud bölib, ular zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti talabalari laboratoriya amaliyotlarini bajariş jarayonida ham faol iştirok etmoqda.
Jumladan, “Özbekiston şampani” AJ korxonasida institut talabalari uçun dual taʼlim tizimi yölga qöyilgan bölib, bu talabalarning nazariy öqiş bilan bir vaqtda korxonada işlab, amaliy könikmalarni hosil qiliş, tajribasini oşiriş imkonini beradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 avgustdagi “2023-2026 yillarda uzumçilik va vinoçilik sohasini yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Toşkent kimyo-texnologiya instituti, “Özbekiston şampani” AJ, Ozarbayjon Respublikasining Tovuz şahridagi “Naig Co” “Tovuz-Baltiya” MÇJ korxonasi rahbarlari örtasida uçraşuv ötkazildi.
Unda institut talabalari, doktorantlari va professor-öqituvçilari uçun işlab çiqariş korxonalarida amaliyot ötaşlari, talabalar, ilmiy tadqiqotçilar iştirokida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini işlab çiqarişga joriy etiş yuzasidan kelişuvlarga erişildi, uç tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik memorandumiga asosan, Toşkent kimyo-texnologiya institutining “Vinoçilik texnologiyasi, bijğiş mahsulotlari va alkogolsiz içimliklar texnologiyasi” yönalişi talabalari hamda “Enologiya va bijğiş mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-öqituvçilari va talabalaridan taşkil topgan guruh Ozarbayjon Respublikasi Tovuz şahrida joylaşgan “Naig Co” “Tovuz-Baltiya” MÇJ korxonasida malaka oşirib ötadilar.
Maʼlumki, Ozarbayjon va Özbekiston vinoçilik anʼanalari çuqur tarixiy ildizlarga ega bölib, u ming yillar davomida rivojlanib kelgan.
Tahlillarga köra, Özbekistonda 28 dan ortiq xöraki va vinobop uzum navi yetiştirilmoqda, şundan 13 tasi Toşkent viloyatida. Viloyatda uzumzorlar maydoni 19 ming gektarni taşkil etmoqda. Yetiştirilayotgan uzumlarning 40 ming tonnadan ziyodi 11 ta mamlakatga, vino mahsulotlari esa 9 ta davlatga eksport qilinadi. Kelgusi uç yilda viloyatda yana 20 ming gektar hosildor uzum maydonlarini yaratiş rejalaştirilgan.
Arxeologik topilmalar va ilmiy tadqiqotlarga köra, Ozarbayjonda vinoçilik madaniyati eramizdan avvalgi 6-5 ming yilliklarga borib taqaladi. 2023 yil Ozarbayjonda umumiy uzum yetiştiriş hajmi 200 ming tonnadan oşgan, işlab çiqarilgan vino hajmi 100 million litrga yetgan, 50 million litr vino mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQŞ davlatlariga eksport qilingan.
Amaliyot rejasiga köra, Ozarbayjonda dastlab özbekistonlik talabalar uzum teriş jarayoniga jalb qilindi. Bunda uzum yetilganining aniq vaqtini belgilaş agronom va vino işlab çiqaruvçi tomonidan kelişilgandan söng amalga oşiriladi. Korxona uzumzorlarida “Merlou”, “Rkatsiteli” navlar yetiştiriladi. Talabalar tomonidan uşbu uzumlar tarkibidagi şakar miqdori aniqlangaç, teriş jarayonlari boşlandi.
Talabalar vino işlab çiqarişning dastlabki bosqiçidan tayyor mahsulot körinişiga kelgunga qadar bölgan barça jarayonlarda, jumladan, yiğilgan xomaşyoni birlamçi qayta işlaş, şarbatini oliş hamda uning laboratoriyada sifat körsatkiçlarini aniqlaşda iştirok etdilar.
Özbekistonlik talabalar amaliyot doirasida Ozarbayjon madaniyati, sanʼati va tarixiga oid maʼlumotlar bilan tanişdi. Boku şahrining diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlari va muzeylariga taşrif buyurdilar.
Ozarbayjon davlatining işlab çiqariş korxonalari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişda institutning xorijiy mutaxassisi, tijoratlaştiriş, bilimlar transferi va sanoat tarmoqlari bilan işlaş bölimi boşliği Ruslan Imanzadening hissasi nihoyatda kattadir.
Xorijiy taşkilotlar bilan şeriklik aloqalari va institutning akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini keng yoritiş maqsadida Ozarbayjonning “Dunyo” telekanali “Xabarlar” informatsion dasturi orqali ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlik, xususan, ilm-fan va sanoat sohalaridagi aloqalar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Uşbu taşabbuslar ikki mamlakat ilmiy muassasalari va sanoat korxonalari örtasida istiqbolli loyihalarni şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Ixlosbek Olloyorov xorijiy amaliyot dasturi doirasida özlaştirgan tajribasini kelajakda qöllaşini, bu kabi taşabbuslar talabalar uçun rağbat bölganini taʼkidladi.
Bugungi kunda “Naig Co” “Tovuz-Baltiya” MÇJ korxonasi bilan olib borilayotgan hamkorlik işlari doirasida Toşkent kimyo-texnologiya instituti huzurida “Spin-off” korxonasini taşkil etiş, vinoçilik mahsulotlari digustatsiya zalini oçiş va jihozlaş, Samarqand viloyatida joylaşgan “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida institut talabalari uçun dual taʼlim tizimi asosida öqitiş va işlab çiqariş amaliyotlarini taşkil qiliş böyiça muhim işlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu işlarni rivojlantiriş maqsadida Ozarbayjonning “Caspian Capital group” kompaniyasining “Naig Co” “Tovuz-Baltiya” MÇJ korxonasi bilan hamkorlikda yöl xaritasi işlab çiqildi va amaliy işlar olib borilmoqda.
Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi akademik va diplomatik aloqalarning rivojlanişida şubhasizki, ikki davlat elçilari olib borayotgan diplomatik işlar ham muhim rol öynamoqda. Özaro va döstona izlanişlar saʼy-harakatlari natijasida ilmiy tadqiqotlar, talabalar almaşinuvi va innovatsion hamkorlik yangi bosqiçga kötarilib, ikki tomonlama hamkorlikning yanada çuqurlaşişiga zamin yaratmoqda.
Botir USMONOV,
Toşkent kimyo-texnologiya
instituti rektori,
professor.
