Nega 6-xonani avvaldan band qilişmoqda?
Gaz taʼminotida taʼmirlaş işlari bölganligi sababli uyimizda uç kun gaz bölmadi. Şu bois biror yemakxonaga borib ovqatlanişni lozim topdik. Qizim Guliston şahrining 4-mavzesida joylaşgan “Şukran” (oşxona nomini “Şukrona” deb qöyiş kerakmi degan taklifni ham berdik) nomli milliy va Yevropa taomlari oşxonasiga borişni taklif qildi.
Oşxonaga kirib borişimiz bilan xodimlar: “6-xonaga kiringlar”, deya taklif berişdi.
Kirib, hayratdan dong qotdim. Nega?
Ajabo! Xonaning butun devorlariga gazeta yopiştirilgan. Qarasangiz, “Işonç”, “Yangi Sirdaryo” va yana bir qança gazetalarning rang-barang sahifalari devorda “meni öqi” deb turibdi. Rostdan ham egilib-bukilib öqişga tuşib ketdim. Orada köpgina ustoz jurnalistlarning maqolalari zör çiqqan ekan, deb ularning ism-şariflarini körib quvondim.
Ofitsiant yigit: “Opa, buyurtma berasizlarmi?” deya bir-ikki kelib ketdi. Şu qadar berilib ketganimdan: “Hozir, hozir çoy-non keltira turing”, derdim-u yana öqirdim. Qarasam, oila aʼzolarim mening maroq bilan xona aylanayotganimga jim qarab ötirişibdi. Bir amallab gazeta sahifalaridan közimni uzib, joyimga ötirdim. Keyin taom buyurtma berdik. Lekin juda şoşardim: bu xonani nega şunday bezatdi? Bu ğoya egasi kim ekanligiga juda qiziqayotgandim. Şu sababli ham ovqatlanib bölib, ğoya muallifini tezda topdim.
— Otam uzoq yillar taʼlim sohasida faoliyat yuritgan öqituvçi, — dedi “Şukran” kafesi rahbari Davron Şukurov. — Bolaligimizdan otamning gazetani hurmatlaşini körib ulğaydik. Ular nafaqat öqir, balki maqolalar ham yozib turardilar. Hatto Zomindagi qatağon qurbonlari haqida yozgan maqolalari tufayli ularni oqlaşga erişganlar. Ana şunda yoş bölsam-da, söz qudratini anglaganman. Otamning gazeta öqişi hamma farzandlariga dasturilamal böldi, desam, heç bir mubolağa bölmasa kerak. Çunki biz ham otam kabi gazeta öqib katta böldik. Şuning uçun şu 6-xona devorlarini gazeta bilan töldirdim. “Kelgan xörandalar albatta öqib köradi”, deb öyladim. Hozirgi kunda bu xonaning mijozlari bisyor. Şu sababdan bir neça kun avval xonani buyurtma qilib qöyiş lozim. Öylaşimça, bu ham, aslida, bir tarğibot. Axir gazeta maʼnaviyat va maʼrifat öçoği. Uni tarğib qilişdan, doimo öqişdan zavqlanaman. Otam öqidi, biz ham öqib ulğaydik. Endi farzandlarimiz ham gazeta öqib ulğayişi kerak. Şunda kelajak avlodimizda fikrli, ijodiy qobiliyati şakllangan insonlarni yetiştirib, ulğaytira olamiz.
Ha, oramizda maʼnaviyat hamda maʼrifat ulaşuvçi ziyolilar qatorida Davron aka kabi tadbirkorlarning borligi quvontiradi. Ularning xalqimiz madaniyati yuksalişida qilayotgan beminnat xizmatlari tahsinga loyiq. Jamiyatda gazeta tarğibotiga yangiça yondaşuvlar asosida hissa qöşayotgan kişilar köpayaversin.
Xurşida NIŞONOVA,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi
bölim muharriri.
