Sohibjamol sekvoyya

yer yuzidagi eng qadimiy, ulkan daraxt

AQŞning Syerra Nevada toğlaridagi özgaça, maftunkor olam sasini çiqarmay sukut saqlaydi. Quyoşning ötkir şuʼlasidan yam-yaşil barglar oltindek tovlanadi. Quyoş nuridan közim qisilib, yon-atrofga köz qirimni taşladim. Qarşimda mahobatli toğ salobat bilan turibdi. Pastdagi çuqur soylikdan tip-tiniq suv oqib ötadi. Soyga tegay deb turgan ulkan daraxt şoxlari yengilgina öynoqlaydi.

Yaşnab mağrur qad kerib turgan sekvoyyaga boqaman.

Taʼrifini keltirayotgan sekvoyya yer yuzidagi eng qadimgi daraxtlardan biri ekan. Sekvoyyaning balandligi bir yuz ön beş metrga yetadi. Toşlar uyumi orasidagi çuqurlar, xuddi kömirdek qoraygan toş poydevor xarobalari qaçondir bu yerda odamlar yaşaganidan darak beradi. Maysazor ustida köndalang yotgan kunda ustiga burgansimon quş kelib qöndi.

Anglaşimça, Syerra Nevada toğlari, (Şimoliy Amerika)ning ğarbiy yonbağirlarida ildiz otadigan ulkan sekvoyya daraxti töğrisida ajabtovur narsalarni bilib oldim.

Yerliklar sekvoyyani “yaşil dinozavr” deb atar ekan. Dinozavrlar bu daraxt bilan zamondoş sanaladi. Şoir Aʼzamjon Obidovning sekvoyyaga atalgan şeʼri yodga tuşdi:

Çor-atrofing yaşil va jamil,

Şuuringga botmaydi qoya.

Ruh-joningda tantana, sayil,

Mezboning huv dilbar sekvoyya…

Şarşara nur kök yoriğida,

Munça yoniq oqtoşlar bahsi?

Kulib qöyar şams miyiğida,

Kölda erklik, tiriklik aksi.

Uruğingni dilga qadadim,

Zör ilhom-la etadirman tark,

Senday össam bölurmi, qadim

Sohibjamol Yosemiti park?!

Havoning avzoyi özgardi. Osmonni qora bulutlar qopladi. Momaqaldiroq gumburladi. Ayni lahzada çaqmoqning çöğdek olovi qalin örmonzorga tuşdi. Quruq, ziç ösgan yam-yaşil daraxtlar çirsillab yona boşladi. Yonğinni öçirişning, bartaraf etişning imkoni bölmadi. Faqatgina olov domidan sekvoyya daraxtlari omon qoldi. Yonğin sekvoyyalar uçun foyda keltiradi. Boşqa daraxtlar bölmagaç, u barça ozuqani öziga olib, kökka qarab talpina boşlaydi.

Sekvoyya Amerikaning iftixori, barçaning ardoğida va himoyasidadir.

Syerra Nevada toğlari dengiz sathidan xiylagina yuksakda yastangan, qaror topgan. Uning öngirlari, qoyalari, sayhonliklari, oçiq maydonlari, huvillab yotgan kengliklari, botiqlari yaşillik bilan qoplangan — unda doimo şamollar huştak çaladi, böronlar quturadi. Ammo Amerika safari çoğida Syerra Nevada toğlarida bölganimda, hammadan köproq va yorqinroq taassurot qoldirgani — ulkan sekvoyya daraxti böldi. Bilişimizça, bu daraxt çirimas ekan. Tadqiqotlar natijasida uning qoldiği ikki ming beş yuz yoşdan sönggina çiriy boşlaşi va yöqlik sari yöl olişi ayon böldi.

Odamlar hozirda sekvoyyaning tanasidan, ildizi, şox-şabbalaridan ham foydalanişadi. Uni aslo çiqitga çiqarmaydilar.

— Sekvoyya — ulkan, bahaybat toğu toşlar bilan öralgan makonda anqoning tuxumiday noyob bir yaratiq, — deya uning yoniga keldi novçadan kelgan hindu.

— Töğri aytasan,  — deya uning gapini quvvatladi şerigi.

Hindular “yaşil döst”larni boşqalardan köra yaxşiroq biladilar. Ular özlarining onalari kabi ardoqlaydigan daraxtlari bilan faxrlanişadi.

Köhna, umri uzoq daraxtlar…

Hindularning tabiatga bunday mehr-oqibatini eşitib hayratlandim.

Uning sindirilgan şox-şabbasi uçun aybdor jinoyatçi sifatida javobgarlikka tortiladi. Tabiat, dov-daraxtlar oyoq osti qilinişiga qonun yöl bermaydi. Yer yuzi, butun tabiat, hayvonotu nabotot olami daraxtlar sabab tirik, boqiydir.

Yosemiti milliy parkidagi askarlardek saf tortib tizilgan daraxtlar basma-basiga şamolda egilar, silkinib, salom bergandek bölardi. Ularga: “Yaxşi qol, döstim, qadrdonim! Men seni yaxşi körib qoldim”, dedim. Ular esa mening gaplarimni tuşungandek, şoxlarini xiyol pastga eggança boşdan-oyoq taʼzim qilişar, özlariça allanarsalar deb piçirlaşardi…

Uluğbek JUMAYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan