XON BANDI
Tuya örkaçini eslatuvçi qir-adirlar garmseldan hansiraydi, aziyat çekadi. Hovurning bosiladigan çöti yöq. Quyoş issiq havo purkaydi: xuddi oğzidan olov çiqarayotgan ajdarhoga öxşab. Ana şu qir-adirlarning pastida, adoğida bir neça botmon keladigan tekis va soz yer maydonlari yastanib yotibdi. U qaçonlardir sellardan yaralgan jar-öralarga tutaşib ketgan. Faqatgina bu yerlarda ançadan beri itburunga öxşaş mitti, sertikan xarçalar (bodomçalar) ğuj-ğuj ösadigan bölib qoldi. Uni xalq ming bir dardga davo deb biladi.
Nurota toğ tizmasining Oqtov va Qoratovdagi daralarini otida aylanib yurgan Abdullaxonning közi bir uçi keng ufqlarga qadar çözilib ketgan oçiq maydonlarga qadaldi. Şu joyda piça turib qoldi. Mulozimlarning xonga xalaqit bergisi kelmadi. Xon xayoldan xalos bölgaç, öziga keldi.
— Buni qarang, qança maydon böş yotibdi. Nega endi bu yerlarda ekindan tuzukkina hosil kötariş mumkin emas? — deya mulozimlariga boqdi xon.
— Töğri aytayapsiz. Ammo bu dala-tuzda umrguzaronlik qiladigan el-ulus faqatgina osmonu falakka qaragan. Agar bahor tuzuk kelib, yoğin-soçin möl bölsa-ku, yaxşi, aks holda, dehqon ekkan uruğiga kuyib, oğzini oçib qolaveradi, — deya olampanohning qöltiğiga suv purkadi çuvak soqolli daroz amir.
— Iddaongizni angladim. Sözingizda mubolağa yöq. Köpdan özimça fikr qilaman. Qir-adirlar pastidagi oçiq, börsildoq maydonlarni suğoriş uçun binoyidek töğon va suv ombori zarur. Ana şu ehtiyojni inobatga olib, bu işga oq fotiha bersak qanday bölur ekan? Bu borada fikrlaringiz neçuk? Kaminani şu qiziqtiradur.
Mulozimlar ançagaça sukut saqlaşdi. Oxiri Nurota begi xondan izn söraşni öziga ep körmasdan qiliçdek keskir söz qotdi. Bek özining töğriligi va oçiqligi bilan tanilgandi.
— Qanday emas, qandday iş böladi. Raʼiyat bu olijanob va savobga yöğrilgan işingizdan bağoyat mamnun, uzzukun duoyi joningizni qiladi. Biroq bu yumuşni uddalaşning özi bölmaydi. Qançadan-qança mablağ, işçi kuçi, tarhçi va miroblar jalb etilişi lozim. Töğri, Qaşqardan Orol va Kaspiy dengizi sohillarigaça, Turkiston va Sayramdan Xurosonning şarqiy qismigaça bölgan yerlardan iborat maydonni işğol etgan saltanatingizda tuproqşunos va suvşunoslik ilmidan tuzukkina boxabar miroblar serob. Faqat ularning boşi bir joyga biriktirilsagina, yumuş xamirdan qil suğurgandek oppa-oson uddalanadi.
— Bu muşkul vazifa ekanligini his qilganmen. Yumuşga, Xudo xohlasa, hamal oyi boşida kirişgaymiz. Xazinadan yetarliça mablağ ajratilgusi, albatta. Iş şaxsan nazoratimda bölğusi. Bunga siz ham boş-qoş bölğaysiz, — deya şundoqqina yaqinida turgan Nurota begiga qaradi xon.
— Boş ustiga, donği olamga ketgan sizdek xonga, qolaversa, buyuk saltanatga xizmat qiliş qulingiz uçun şaraf bölur edi, — dedi Nurota begi.
Boşqa mulozimlar ham: “Bağoyat ulkan iş boşladingiz, dunyo turgunça turing, iloyo, arkoni davlatingiz bundan ham ziyoda bölsin”, deya Abdullaxon hazratlari şaʼniga iliq sözlar ayta boşladilar.
Ançadan söng xon ostidagi arğumoğiga qamçi urdi. Ot xuddi şamoldek yeldi. Mulozimlar xonning ortidan soyadek ergaşdilar.
Ular biroz gaplaşib, dara yonida hozir böldilar.
Bundoq qaraganda, allaqanday tund va böğiq şovullayotgan dara boşida maysalarga kömilib suruv ötlamoqda. Sal naridagi maysalar ustida çöpon çözilib yotibdi. Eşakdek keladigan böribosar itlar çor-atrofni sergaklik bilan kuzatadi. Qoyatoşlar uzra uçib yurgan quzğunlar allaqanday ölimtikni körib qoldimi, darhol öşa tomon suzib ketdi. Xon va mulozimlari şundoqqina qarşisida savlat tökib turgan daraga xiyla vaqtgaça tikilib qolişdi.
— E, sarbozlarim, töğon va Oqçobsoy suv omborini barpo etiş uçun bu yerdan qulay va maʼqul joy yöq. Buni kamina aql tarozisida tortib kördim, — dedi xon bujur toş kavagidan boşini çiqarganiça möralayotgan oq siçqonga beparvo qarab. — Anovi toğlardan suv degani yil-ön ikki oy davomida tinmasdan pastlikka enib keladi. Bir qaraganda, bu manzillarda zamonu makon bir joyda jilmasdan, töxtab qolganday tuyuladi. Vaqt öz hukmini ötkazolmayotgandek göyo. Ammo uning sirli bağri obihayot bilan turli qazilma boyliklarga öta serob.
— Kelajakda muddaomiz suv ombori atrofidagi tekisliklarga yonğoq, pista, bodom, örik, olma va boşqa nihollar ekiş. Bu yerlarga obihayot bemalol yetadi. Şunga anavi körinib turgan Kamar, Oqçob, Urganji, Ravot, Jilontamğali va Soykeçar qişloqlaridan qölidan iş keladigan odamlarni töplab, ularni bu savobli işga jalb etamiz. Bahonada ularning qöli mömaygina pul köradi, — dedi oqsoqollardan biri.
— Rozimen!
— Maʼqul, xon hazratlari, — deyişdi mulozimlar. Söngra töğon va suv ombori barpo etiş rejalaştirilayotgan dara atrofidagi bir-biridan gözal manzaralardan yayrab, Karmanaga jönab ketişdi.
* * *
Saharmardondagi qizğiş şuʼla baland toğ tepasidagi bir tup pista daraxtiga qaraganda bu yerga guras-guras odamlar tödasi yopirilib kela boşladi. Xuddi yölida uçragan heç narsani pisand etmasdan bostirib kelayotgan kuçli sel misoli. Quvnoq kayfiyatda dara va uning yon-tevaraklari bir neça bor sinçiklab közdan keçirib çiqildi. Oçiq joylarga kungurador ötovlar tikildi. Bir zumda bu joylar xuddi bahorgi çeçakdek yaşnab ketdi. Bu taraddudning barisi xon sözida dadil va mardona turib, erta köklam bilan Nurota bekligining sölim va xuşmanzara göşalaridan sanalgan Beklarsoyda Oqçobsoy töğoni va suv omborini qurişga jadal kirişganidan dalolat edi. Tağin yana ikki-uç kun ötib, bu joyga Buxoro va Samarqanddan, Xurosondan taniqli ustazoda va meʼmorlar yetib keldilar. Darhaqiqat, Şayboniyxonlar sulolasidan bölgan Buxoro hukmdori Abdullaxon ikkinçining dadil saʼy-harakati bilan boşlangan bu ezgu iş el-ulusni behad quvontirdi. Ular könglida endi lalmi maydonlarga ekiladigan ekin-tikinlarimiz qurib-qovjirab qolmaydi, aksinça obihayotga keragiça qonadi degan umid uyğondi. Hattoki bu xuşxabarni bir-birlariga yetkazib suyunçi olganlar ham böldi. Şunday qilib, töğon va suv ombori bir ming beş yuz saksoninçi yilda qurib bitkaziladi. Öşa kezlari töğon bunyodkorlarining aql-farosati hamda bilimdonligi tufayli suv omboridan suvning bemalol va emin-erkin çiqib ketişi uçun nihoyatda zarur bölgan majmua bilan töliq taʼminlaş ham nazardan çetda qolmadi.
Oradan qançadan-qança yillar ötdi, odamlar kelib, odamlar ketdi. Hayot öz izmida davom etaverdi. Ammo Abdullaxon bandi uzoq yillar davomida ekin-tikinlarni zarur obihayot bilan taʼminlaşiga qaramasdan, bora-bora u buzilgan holida bölsa-da saqlanib qolaverdi. Uning örnida keyinçalik Oqçobsoy suv ombori bunyod etilganini ham xalq aslo unutmaydi. Darvoqe, Abdullaxon hukmronligi davrida Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Oqçobsoy töğoni va suv ombori, Vaxşdan çiqarilgan köpgina ariqlar qazilib el-ulus xizmatiga berilganligi tarix kitoblarida yozib qoldirilgan. Şuning uçun ham çamasi bir million ikki yuz ming kubometr suv töplaş quvvatiga ega bölgan uşbu suv omborining nomi, mana, tört asrdan beri odamlar tilidan tuşmay kelayapti.
* * *
Bahorning örtalari. Havo oçiq. Keçagina quyib ötgan yomğirdan söng çor-atrof yaşnab ketgan. Zamin bağrini yorib çiqqan son-sanoqsiz maysalar quyoş haroratini emib, böy çözmoqqa çunonam talpinadi. Xuddi yaylovda çopqillab yurgan qöziçoq onasining yelinini emişga yutoqib talpingani kabi. Tabiatda mislsiz özgarişlar keçayotgan ana şunday farahbaxş kunlardan birida Nurota tomonlarga yöl oldim. Maqsad Nurota tomondan borib, bir vaqtlar Buxoro hukmdori Abdullaxon tarafidan qurilgan töğon va suv omborini körib qaytiş edi. Çindan ham, mazkur inşootni yaqindan ziyorat qilişga köpçilik qiziqadi. U joyga yetib boriş uçun Nurota tumani markazidan roppa-rosa oltmiş beş çaqirim masofaning tanobini tortişimizga töğri keldi. Manzilga yetgaç, bizni Eski Oqçob qişloği yaqinidagi Beklarsoy darasidagi salobatli va murakkab yeçimga ega bölgan inşoot “xuş kelibsiz” deya qarşi oldi. Dara xiylagina baland, buning ustiga, çiqiş qiyin. U asrlar davomida sukut saqlaganiça çor-atrofda keçayotgan voqea-hodisalarni jimgina, muztargina kuzatib kelayotgandek göyo. Atrofda sukunat hukmron. Hamrohlarimning: “baxuvor böling”, deb ogohlantirişiga qaramasdan, tepaga çiqib, atrofni tomoşa qila boşladim. Qiziqişim ustun kelib, töğonning yuqorisi sakson beş metr, balandligi ön tört yarim metr bölgan, suv bosimi va uning ağdarguvçi kuçi nazardan sirayam qoçirilmagan holda, töğon asosining qalinligi 15,3 metr, ustki qismi tört yarim metr etib, zinapoya şaklida barpo etilgan mazkur inşoot yonida xiylagaça qolib ketdim. Şundoqqina qöl yetgudek masofadan mullatörğay, qorabovur (kaklikning bir turi), daşt çumçuği, mayna, qarğa, olaşaqşaq singari quşlar şovur solib uçib ötadi. Ular öz tillarida allaqanday qöşiqni maroq bilan kuylardi. Havo etni junjiktirar darajada salqin. Ustiga-ustak, mayin sabo esib turibdi. Dimoqni daşt-dala ösimliklarining xuşböy hidi battar qitiqlaydi. Közim ajabtovur manzaralarda bölsa-da, butun öy-xayolim pastlikda mardona turgan töğonda. Anglaşimça, töğon oldida hosil bölgan suv omborining uzunligi bir yarim çaqirim, eni yetmiş beş yoki bir yuz yigirma beş metrga yetadi, u 1,2 mln kubometr suvni siğdira olgan. Darvoqe, Abdullaxon bandining töğoni slanets toşlardan foydalanilgan holda qurilib, toş palaxsalari suvga öta çidamli maxsus ganç qorişmasi — qir bilan biriktirib yuborilgan. Natijada töğon mustahkam bölib yerga joylaşgan. Eskilar “Toğdan kelar toşlar kabi, Egarlangan otlar kabi” deganlaridek, bu yerga suv çöqqilari bulutlarga tutaş baland toğu toşlar, sim-sim buloqlar bağridan oqib kelar ekan. Ajabtovur nomlar bilan ataladigan bu buloqlar manzilga kela-kelguniça baralla kuylaşdan çarçamaydi. Quyoş nurida kamalak rangida tovlanayotgan buloqlardan köngil uzib ketgisi kelmaydi odamning.
Töğon va Oqçobsoy suv ombori qad kerib turgan yuksaklikdan qölingizni soyabon qilib qarasangiz, xiylagina pastlikdagi Kamar, Oqçob, Urganji, Ravot, Jilontamğali va Soykeçar deb nomlangan bir-biridan tarqoq joylaşgan qişloqlarga közingiz tuşadi. Garçand mazkur göşalar tepadan kiçik-kiçik bölib körinsa-da, aslida, gulu çeçaklarga burkangan obod maskanlardir. Köpinça ilk taassurot aldamçi böladi. Buni qarang, birgina uşbu suv omborining özi ön oltinçi asrda ana şu qişloqlar atrofidagi taxminan bir ming ikki yuz gektarga yaqin maydonni obihayot bilan taʼminlagan ekan. Bu haqda biliş uçun kitob titkilaşga töğri keldi. Menga bu borada Hofiz Taniş Mirmuhammad Buxoriyning “Abdullanoma”, Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutida saqlanadigan qölyozmalar, Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy”, A.Muhammadjonovning “Özbekistonning qadimgi gidrotexnika inşootlari” kitoblari juda ham asqotdi. Çindan ham, ilm xazinasida Abdullaxon bandi bilan boğliq köp va xöp işonçli manbalar uçraydi. Nazarimda, bu gözal maskanga taşrif buyuriş istagida bölgan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş fursati yetgan. Ular qaçonlardir ota-bobolarimiz tomonidan bunyod etilgan murakkab yeçimga ega bölgan Xon bandini hamda uning tevaragidagi manzaralarni tomoşa qilib hayratlanişsin. Oçiği, Eski Oqçob qişloği yaqinidagi Beklarsoy darasidagi bir-biridan gözal va jozibador manzaralarni körgan odam bu xilvat joylardan hadeganda köngil uzib keta olmaydi. Darvoqe, Abdullaxon bu toğning janubida Oqçobsoy, şarqida Boğdonsoy suv omborlarini qurdirgan ekan. Endilikda bular yaxlit holda Xon bandi deb ataladi.
Toğ ustini bor-butuniça qoplagan olaçalpoq bulut laşkariga, söngra quyoşning zarrin va jilvagar nurlarida yaltirab yotgan Beklarsoy darasidan sal naridagi qoyador çöqqi yaqinidagi çöpon bilan suruv-suruv qöylarga öxşab ketadigan toğlarga tikilib qolganimni körgan hamrohim — toğbegi tomoğini qirib, gap qotdi. “Ota-bobolarimiz, yaʼni miroblarimiz öşa kezlarda geologiya va gidrogeologiya ilmidan tuzukkina xabardor bölganligiga heç qanday şubham yöq, inim”, deya eʼtiborimni olis-olislarga tortdi. Ha, nurafşon manzil ziyorati köngilga hayrat baxş etmoqqa qodir.
Uluğbek JUMAYEV,
jurnalist.
