Tuganmas xazina

Özbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanib kelinayotgan boy madaniy va maʼrifiy meros bilan yoşlarimizni, mutaxassislarni, professor-öqituvçilarni yaqindan taniştiriş, ularga mazkur resurslardan tadqiqot obʼyekti sifatida foydalanişlariga keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Mahmudxöja Behbudiy muharrirligida çop etilgan “Samarqand” gazetasi, “Oyina” jurnali, Behbudiyning maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaga oid, musulmonlarni madaniy va zamonaviy bilim olişga undovçi maqolalari bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan.

Kitob — bebaho boylik. Kutubxonalar — tuganmas xazina. Foydalanganingiz sari qimmati oşsa oşadiki, aslo kamaymaydi.

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasining qölyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega naşrlar fondida saqlanib kelinayotgan XIII-XIX asrlarda yaratilgan nodir qölyozmalar, kitoblar, albomlar, ensiklopediyalar, luğatlar ham şunaqa. Ular nafaqat mahalliy, balki Markaziy Osiyo mutaxassislari tomonidan boy fondlardan biri ekanligi eʼtirof etilgan. Şu bilan bir qatorda, fondda saqlanayotgan ilk çop etilgan gazeta va jurnallar tadqiqotçilar tomonidan qiziqib örganiladigan manbalardan biri hisoblanadi. Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Avloniy, Fitrat, Çölponning hayotlik davrlarida naşr qilingan asarlari ular merosini örganişda katta ahamiyatga ega.

Turkiston maʼrifatparvarlarining otasi Mahmudxöja Behbudiy millatning közini oçmoq, uni asriy qullik kişanlaridan ozod etmoq yölida “Samarqand” gazetasini, “Oyina” jurnalini naşr qilgan. Ularda eʼlon qilingan maqolalari orqali Turkiston musulmonlarini dunyo ahli aʼmolidan ogoh etdi, taraqqiyot va ozodlikning yorqin yöllarini körsatib berdi. Turkiston maʼrifatparvarlari orasida birinçi bölib özbek tilida “Padarkuş” nomli drama yaratdi va özbek dramaturgiyasining poydevorini qöydi. Öşa davr maktablari orasida yangilik sanalib, köpçilikning eʼtiborini qozongan usuli jadid maktablarining birinçi nazariyotçi va amaliyotçilaridan böldi.

Milliy kutubxonada saqlanayotgan “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1908 yilgi 22 iyun sonida Behbudiy imzosi bilan “Ob otkrыtii musulmanskoy biblioteki-çitalni — mutolaaxona” degan maqola bosilgan. “Samarqandda umumiy mutolaaxona — biblioteka, çitalniy oçmoq uçun ön ikki nafar muhtaram kişilar ila birga 27 bobdan iborat bir dastur, ustaf tuzib, janob baland darajalik Samarqand gubernatoriga topşurub edukki, inşoollo, qonunnoma jamiyati mustahkam böldi”, deb yozadi Behbudiy.

Şunday qilib, Samarqandda oçilgan birinçi musulmon kutubxonasi katta bir şijoat, zavq-şavq bilan işlay boşlaydi. Ziyoxonaning kitob fondi öziga yaraşa boyib boradi. Dastlab boy va savdogarlar bu joyga Qurʼoni karim va boşqa diniy kitoblardan sovğa qiladi. Kutubxonaga mehri tuşib qolgan Samarqandning boy-savdogarlari iona va xayriyalar qila boşladi. Behbudiy imzosi bilan bunday saxovatpeşa va maʼrifatparvar kişilarning uzundan-uzoq röyxati berilib, olqişlar bilan yozib borildi. 1908 yilning oxirlariga kelib, kutubxona işlari yaxşi izga tuşib ketadi. Buni biz “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1909 yil, 15 yanvarda “Samarqand kitobxona va mutolaaxonai islomiyasining 1908-çi yil hisobnomasi” sarlavhali Behbudiy maqolasi orqali bilamiz.

Özbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanib kelinayotgan boy madaniy va maʼrifiy meros bilan yoşlarimizni, mutaxassislarni, professor-öqituvçilarni yaqindan taniştiriş, ularga mazkur resurslardan tadqiqot obʼyekti sifatida foydalanişlariga keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Mahmudxöja Behbudiy muharrirligida çop etilgan “Samarqand” gazetasi, “Oyina” jurnali, Behbudiyning maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaga oid, musulmonlarni madaniy va zamonaviy bilim olişga undovçi maqolalari bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Turkiston jadidlarining rahnamosi Mahmudxöja Behbudiy hazratlari asos solgan va muharrirlik qilgan birinçi milliy, haftalik, suratli jurnal — “Oyina” fondimizda saqlanayotgan nodir naşrlardan biridir. Bu jurnal ölka xalqlarining fikriy uyğonişiga katta hissa qöşdi. Turkiston va Buxorodan taşqari, Ziyo Saidning körsatişiça, bu jurnal “Kavkaz, Tatariston, Eron, Afğoniston, Hindiston va Turkiyaga tarqalar edi”.

Jurnalning birinçi soni 1913 yilning 20 avgustida dunyo yuzini körgan (hijriy yil hisobida 1331 yilning 1 şavvoli). B.Gazarov va K.Sliyanov litografiyasida bosilgan. Jami 68 ta son çiqqan. Oxirgi soni 1915 yilning 15 iyunida çop qilingan. Uning ilk sonidan joy olgan Behbudiyning “Turkiston” sarlavhali maqolasida ölkaning geografik, maʼmuriy tavsifi berilgan. Aholisi, viloyatlari, uyezd va sanjoqlari haqida yozilgan. Uning “Şerdor madrasasi” sarlavhali maqolasi esa Şerdor madrasasining yuzaga keliş tarixi, binoning tarxi va arxitektura jihatidan öziga xosliklari haqida maʼlumot beradi. “Ikki emas, tört til lozim” degan maşhur maqolasida Mahmudxöja Behbudiy turkistonliklar ijtimoiy turmuş şaroitlariga köra, tört tilni bilişlari lozimligini dalillar bilan isbotlagan. Şuningdek, Vasfiyning “Tanbeh va bayoni voqeʼ” degan madrasa va mudarrislar töğrisidagi; Milliyning “Iltijo” degan millat ahvoli haqidagi şeʼrlari; Faxriddin Rojiyning “Oina çist?” — “Oyina” jurnaliga tavsifiy bayoni hamda şeʼri öquvçilarda qiziqiş uyğotgan. Sahobalar kasb va tijoratga qanday munosabatda bölişgani haqidagi maqola, Usmonli doktor Basim Umar poşoning “Tutun” nomli asaridan qisqartirib berilgan “Tutun yoinki tamoku” degan parça, bankdan mayda qarz oliş tartibi va oqibatlari töğrisidagi Mahmudxöjaning “Mayda qarz” (Melkiy kredit) kabi ijtimoiy, iqtisodiy, fanniy, juğrofiy, adabiy materiallar jurnalning qiziqarliligini oşirgan.

“Oyina” jurnali maʼrifat va madaniyat tarqatişda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixi va til-adabiyot masalalari, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamişa diqqat markazida turdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uçun bir neça til biliş şart deb hisoblardi.

Behbudiy adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Navoiydan keyingi bir neça asrlik sukunatdan söng bu sohaning xususiyatlarini taʼkidlab, adabiyotda tenghuquqlilik masalasini örtaga qöydi. Jurnalning 1914 yil №27-sonida “Tanqid saralamoqdur” deb nomlangan maqolasi çop etilgan.

Adibning barça tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari ötmişga kamoli ehtirom va eʼtiqod bilan yozilgani boisidan Uçinçi Renessansning madaniy poydevori tiklanayotgan bugungi kun uçun juda zarurdir.

Umida TEŞABOYEVA,

Alişer Navoiy nomidagi

Özbekiston Milliy

kutubxonasi direktori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan