Suv balosi
U paytlari Sobiq Ittifoq davrlari edi. Qaysi bir yili suv kam böldi. Markazkömda, obkomda, raykomda har kuni majlis “suvni tejang”, “bir tomçi ham suv isrof bölmasin”. Rahbarlarning işi suv bölib qolgan. Qaror ustiga qaror.
Unda jurnalistlarga suvçilarning samarali iş usullari tarğib qiliş bilan suvni isrof qiluvçilarni “ayovsiz” tanqid qiliş topşirildi.
Navbatdagi reyd guruhi aʼzolari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari dalalarini aylanib, tuzukroq material topa olmay qaytar ekanlar, şundoqqina Yangiyöl yaqinida, katta Özbek trakti yoqasida katta maydon kölga aylanib, ğöza nihollari suv tagida qolib ketganini körib qoladilar.
Darxol kamera işga tuşadi. Operator loyga botadi. Jurnalist voqea realligini isbotlaş uçun tizzasigaça suvga kiradi.
Bir odam — brigadirmi, suvçimi işqilib, voqeani körib qoladi.
Jurnalistlar tufligidagi loylarini yuvayotganidayoq obkomda ğala-ğovur boşlanadi.
—“Töxtatilsin!”, “Oldi olinsin!”, “Yöl qöyilmasin!”, “Kim bilan kelişilgan!”, “Kim ruxsat beribdi?”
Televideniye rahbarlari telefonlar qönğiroğiga javob berib ulgura olmasdilar. Köça eşikka, orqa darvozaga, yöl boşiga navbatçi qöyildi.
Jurnalistlar telestudiyaga qaytişlari bilan darhol örtaga olib, rahbariyat huzuriga keltirildi.
— Nega özboşimçalik qilasizlar? Kim bilan kelişdinglar? Kim şaxsan ruxsat berdi? Suratga olişdan maqsad nima edi? Kim sizlarni bu iğvoga çorladi?
Heç qanaqa javob heç kimni — televideniye rahbariyatini ham, Toşkent viloyat komitetini ham qoniqtirmas edi.
Çunki hisobotda Xalq nazorati, Qişloq xöjaligi vazirligi, suv xöjalik idoralari şu tufayli, suvni iqtisod qiliş yölidagi kuraşda qatnaşar ekanlar.
Gazetalar, radio va televideniye orqali doim vaʼzxonlik qilişardi. Bir gektardan köproq yerni bosib ketgan suv toşqini — ehtimol, bir suvçining beparvoligi, viloyat partiya taşkilotining tarixiy va beqiyos obröyiga, “Toşkent texnologiyasi” mualliflarining taşkilotçilik sifatlariga doğ bölişi mumkin ekan.
Yaʼni, şovla ketsa ketsin, obrö ketmasin taomili amalda edi. Xullas, öşa material ekran yuzini körmadi. “Özboşimça” jurnalistlarga qayta bunaqa vazifa berilmasligi haqida körsatma berildi.
Keçqurun, suxandonlar ovozi boriça yana “suvni tejaş”, “tejab sarflaş”, “har tomçi suvdan ehtiyotkorona foydalaniş” haqida ilğor iş tajribalarini tarğib qildilar.
Orolga yetib borolmagan Amu-Sir suvlari esa dalalarni botqoqqa aylantiraverdi. Kuzda esa suvni “tejab — tergaganlar” navbatdagi mukofotlarga sazovor böldilar. Jurnalistlarga kommunal, uy-joy xöjaligi sohasidagi kamçiliklarni tanqid qilişlari mumkin edi, xolos.
Bu voqea hayotiy. Lekin mustaqilligimizdan ança oldin bölgan voqea. Buni esga olayotganimga sabab şuki, bugungi hamkasblarimga, yoşlarga havasim keladi: heç qanday tösiq, taʼqiqlar yöq. Bemalol emin-erkin işlaş mumkin. Zarur bölsa, tanqidiy materiallar tayyorlaş mumkin. Bunday imkoniyat bir zamonlar matbuot ahliga orzu edi.
Anvar TOJIYEV,
faxriy jurnalist
