“Beş milliard”ga arziydigan duo
“Oltin olma, duo ol—duo oltin emasmi?” Bu naqlni eşitgansiz. Ammo çin dildan emas, şunçaki aytilgan duo-yu fotihadan köra, buklanib, ğijimlangan bölsa-da, qoğoz pul, yaltiramasa-da, sariq çaqa zarur bölgan zamonlar edi öşanda. Ayniqsa, millat kelajagi, taʼlim va yoşlar uçun qilinadigan saxovat, beriladigan pul har bir davrdayam eng savob iş hisoblangan. Afsuski, buni tuşunadigan, anglaydiganlar sanoqli…
1920 yil sentyabrda Buxoro amirligi tugatilgaç, taşkil qilingan Buxoro Xalq Respublikasi rahbarlari etib jadidlar — ilmli, maʼrifatli “Yoş buxoroliklar” saylandi. Ular Fayzulla Xöjayev, Fitrat, Usmonxöja, Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim edilar. Bu insonlar amirlik davridagi qoloqlik, istibdod va jaholatning avj olgani sababini ilmga, texnikaga eʼtibor qilinmaganlikning oqibati bilan izohlaşardi. Şuning uçun ham ular dastlabki işni iqtidorli yoşlarni taraqqiy etgan Germaniyaga öqişga yuborişdan boşladilar. BXR byudjetidan aynan ilmga intilganlar uçun Germaniya banklaridan biriga pul ajratildi.
Buxoroliklardan ibrat olgan boşqa hududlardagi maʼrifatparvarlar ham Toşkent, Xorazm va vodiydan iqtidorli yoşlarni tanlab olib, ularni Germaniyaga jönatişga harakat qilişdi. Ammo mablağ masalasi…
Ana şunday vaziyatda, Saidnosirboy, Çölpon, Munavvar qori va Abdulla Qodiriylar bir taşabbus bilan çiqdilar. Unga köra, 1921 yilda “Özbek bilim hayʼati” qoşida “Kömak” uyuşmasi tuzildi. Maʼrifatparvarlar zamon oğir bölsa-da, maʼrifat uçun saxovat qiladiganlar topilar, degan ezgu niyatda harakat boşlaşdi.
Öşa davrdagi vaziyatni “Turkiston” gazetasining 1923 yil 27 yanvar sonidan bilib olişimiz mumkin. Xumsonlik taxallusli muallif “Sönggi kömakni kimlardan kutişimiz kerak?” nomli maqolasida şunday deb yozgan edi:
“Turkistondan çetga borib öqiş uçun 1921 yil boşlarida “Özbek bilim hayʼati” tomonidan student Saidalixöja bölgan holda bir neça öquvçilarning röyxati olinib, hukumatga topşirilgan edi. Bir neça muddat buning ketidan yurib, natijada hukumatimizning moddiy kömak bera olmasligi bilingaç, bu masala öz-özidan töxtadi. Lekin öqiguvçilarning orasida kötarilgan çetga ketib öqiş havasi esa buning bilan bitmadi. Öqiguvçilardan qaysi bir öziga töqlari (garçi borliq narsalarini sotib bölsa-da) yana çetga ketmak orzusida böldilar. Bularning özaro taşabbusini körgan “Bilim hayʼati” çetda tomoşaçi bölib tura olmadi. Va çetga ketuvçi studentlarning özlaridan bir komissiya tuzib, öz aʼzosi Saidalixöjani şul komissiyaga boşliq etib, “Kömak” nomi ostida bir uyuşma tuzdi. Uyuşma keça-yu kunduz işlab, bir kişini çetga jönata oldi”.
Ha, ğoyat oğir yillar edi. Hukumatga ham qiyin edi. Madaddan umidvor bölişning foydasi yöq. Töplangan pul esa atigi bir kişini öqişga yuborişga yetdi. Boraman, ilm örganaman, deydiganlar esa haddan ziyod. Xöş, nima qiliş kerak? Kimdan kömak kutiş lozim?
Çölpon, Qodiriylar el orasida yurib, taşabbus bilan çiqdilar: “Yoşlardan xayriyangizni ayamang!”, “Ilm uçun saxovat körsating!”. Taşabbuskorlar özlaridagi maʼrifatparvarlik, ilmga intiliş, yoşlar iqbolini öylaganlari sababli ibrat körsatişdi. Qodiriydek mehri daryo, hojatbaror inson öz boğida yetiştirgan mevalarni sotib, “Kömak”ka xayriya qildi. Çölpon esa qiynalib yurganiga qaramay, qalam haqlarini töplab, kiyim-boş olaman, deb yiqqan pulini yoşlarga bağişladi. Bu borada ular masalan, “mening jiyanim, ammamning farzandi bor, töplangan xalq puliga Germaniyaga öşa borib öqiy qolsin”, deb harakat qilişmadi. Millat manfaati, yoşlar kelajagi ular uçun mahalliyçilik, taniş-bilişçilikdan ustun edi
Bu insonlarning taşabbusi va xayr-saxovatidan boşqalar ham ibrat olişdi. “Turkiston” gazetasining 1922 yil 18 dekabr sonidagi xabarga köra, Toşkentdagi bir guruh maorif va madaniyat arboblari öqişga boruvçilar uçun pul topşirgan. Ular orasida Saidnosirboy Mirjalolov (yigirma ming söm), şoir Çölpon (yetti yarim ming söm), Munavar qori, Şokirjon Rahimiylar ham bor edi. Bundan taşqari, Toşkent ziyolilari 2 dekabrda adabiy keça uyuştirib, undan tuşgan yetmiş beş ming sömni ham Germaniyaga yubordilar.
Ziyolilarning bunday xayr-saxovatini körib, oddiy xalq “Kömak”ka oz bölsa-da, pul topşira boşladi. Afsuski, öziga töq, boyligini maişatga sarflayotgan baʼzi kişilar bunday tadbirdan özlarini çetga olişardi. Taşabbuskorlarga, “şundan boşqa taşvişim yöqmi?”, “menim bolam öqirmidi?”, deya javob berib yuborişardi. Bunday kaltabinlikka guvoh bölgan Abdulla Qodiriy “Muştum” jurnalining 1923 yil törtinçi sonida “Kömak” uyuşmasiga ionalar” nomli hajviyasini eʼlon qildi. U şunday boşlanadi:
“Keyingi kunlarda “Kömak” uyuşmasiga berilgan ionalarning hisobi juda ham köpayib ketdi. Tuşgan ionalarni uyuşmaning bitta kassasi eplay olmaganlikdan ikkinçi kassa olmoqqa majbur bölindi. Keyingi oyda iona bergan saxiylarning röyxati mundaydur:
- Valihoji — beş milliardga arziydigan duo.
- Ğulom şayx boybaçça — “Öqişga ketkan yigitlar mullo bölsunlar” degan yaxşi tilak (baho qöyiş komissiyasining söziga qaraganda, bu iona ham beş milliardga arzir ekan).
- Azim boyvaçça, kömirçi — sakkiz pud toşkömir.
- Tujjor şirkati — ikkita sopol tovoq bilan bitta xurmaça.
- Kamar şirkati — çorak qadoq olma çoyi.
- Poyabzal bozoridagi dökonlar özaro — bir poy baçkana etik.
- Çit bozorining dökonlaridan — bir gazu uç çorak gazlama.
- Attor oğa-inilardan — ikki quti upa.
- Qassoblikdan — beş dona öpka.
- Qandolatçilardan — uç istakan pistaşka bilan bir qadoq paşmak va boşqalar.
Uşbulardan Berlin öquguvçilarimizga yuborildi:
Berlindagi talabalarimiz ortuqça muhtoj bölğonliklaridan birinçi galda tört put toşkömir, ikkita sopol tovoq, bir posilka duo yuborildi”.
Qodiriy-Julqunboyning bu hajviyasi ölkada katta şov-şuv bölib, baʼzi dökondor, savdogar, boğbonlar uyalganidan “Kömak”ka xayriya qila boşlaşdi. Ammo ayrim mutaassib mulla, maişatparast kişilar, baribir saxovatdan, ilmga xayriya qilişdan çetda qolaverdi.
Şunday bölsa-da, maʼrifatparvarlar, xalqning tuşungan qismi saʼy-harakati, Qodiriy hajviyasining taʼsiri sababli “Kömak”ka ançagina pul töplandi. Bu mablağga esa Xayriniso Majidxon qizi, Abdulvohid Ishoq, Abdulvohid Murodiy, Solih Muhammad, Azimbek Bayramjon, Tölagan Mömin, Sulton Mamatqul, Ibrohim Ahmadjon, Temirbek Qozibek singari ilmga intilgan yoşlar Germaniyaga jönab ketdilar.
Öşa dolğali, qiyin zamonlarda ham yoşlarning Germaniyada öqişiga, “Kömak”ka pul töplanişiga yuqorida nomlari aytilgan maʼrifatparvar ajdodlarimiz sababçi bölişgan edi.
Umid BEKMUHAMMAD
