Afsonalar mamlakatini bilasizmi?
Jahonda eng boy va afsonalar mamlakati bor, bilasizmi? Pul birligiga ega emas, özining davlat tili ham yöq. Hatto aeroport ham yöq u davlatda. Ammo Yevropada eng boy davlat.
Uning knyazi Buyuk Britaniya qirolidan ham boy. Şveysariya deb öylagandirsiz? Yöq, adaşdingiz. Mahalliy aholi şu qadar boyki, ular hayotining oxirigaça işlamasa ham bölaveradi. Şu bois özlari sevgan iş bilan maşğul bölişadi. Ularda soliq miqdori juda past, mamlakatning taşqi qarzi ham mutlaqo yöq.
Bu ölkada şovqin-suron qiliş, qöşnilarga noqulayliklar tuğdiriş umuman uçramaydi. Aksinça, özaro muomalada bir-biriga samimiy böliş odat. Ular boylikni köz-köz qilişni ahmoqona odat deb hisoblaşadi. Bu yurtda deyarli jinoyatçilik ham yöq. Şu bois odamlar uylarining eşiklarini qulflaşmaydi.
Davlat qamoqxonasida bor-yöği yetti nafar jinoyatçi ötiribdi. Ular ham “eʼzoz”da, restorandan oziq-ovqat yetkazib beriladi.
Mamlakat aholisi öttiz mingdan sal ortiqroq, xolos. Göyo oltin marjondek mamlakatda odamlar Amerika xalqidan köra beş marta yaxşi taʼminlangan. Bu afsonalar mamlakati — Lixtenşteyn davlatidir.
Gavhar DILMURODOVA
tayyorladi.
