Aql gavhari — asl gavhar
yoxud oltin uzukka yoqut köz
Notaniş raqamdan qönğiroq böldi.
— Assalomu alaykum!
— Va alaykum assalom! Labbay, eşitaman.
— Men mingbuloqlik muxlisingiz Ergaşali Musayev bölaman. “Hurriyat” gazetasida “Zadaryoda oqqan qiz” maqolangizni öqib, judayam taʼsirlandim. Ön ikki yoşligimda rahmatli onam ham Zadaryoda oqib ketib olamdan ötgan edi. Şu daryoning nomini eşitsam, beçora onam esimga tuşaveradi. Dil yaram yangilanib ketadi. Daryoda oqib ketayotgan qizni qutqarib qolgan Ahrorbek Ortiqovday mard insonga qulluq qilaman, ota-onasiga rahmat! Uka, bizning Jumaşöy tomonlarga yölingiz tuşsa, iltimos, bir körişaylik. Gazetangizga maqola yoziş uçun qiziq va ğaroyib taqdirga egaman…
— Gazetamizga eʼtiboringiz uçun rahmat, Xudo xohlasa, albatta, körişamiz…
Jumaşöy şahar körinişidagi aholi yaşaydigan joylardan biri ekan. Jurnalist hamkasbim yordamida Ergaşali Musayev bilan soğlomlaştiriş maskanida uçraşdik. Oppoq soç-soqolli, yuzidan nur yoğilib turgan, milliy döppida yanada savlatli köringan Ergaşali aka mening tasavvurimdan ham köra oçiq köngilli inson ekan. Nimagadir bu safar jurnalistlik odatimga zid ravişda oqsoqolning yoşini söraşdan suhbatni boşladim.
— Bu yil yetmiş yettiga kirdim.
— Iye, ikkita yetti deng, havasim kelib turibdi, maşaalloh, ança yoş körinar ekansiz.
Uning samimiyati sababmi yoki içki bir tuyğumi, bilmadim-u, özimni Ergaşali aka bilan uzoq yillardan beri qadrdonlardek his qila boşladim. U bilan hazil-mutoyiba qilgim keldi.
— Yanga bitta bölsa kerak-da, heçam özingizni oldirmabsiz, qarilikka yengilmabsiz, — dedim narigi karavotda ötirgan onaxonga işora qilib.
— Töğri topdingiz, Nasiba yangangiz bitta, — dedi u miyiğida kulib. — Onamdan erta judo bölganim uçun buvim rahmatli “yetim qözim” deb boşimni silab: “Iloho, yaxşi kelin uçrasin”, deb duo qilardi. Mana, turmuş qurganimizga ellik bir yil bölibdi. Qöşganimiz bilan qöşa qarib yuribmiz. Ikkovimiz tört qiz, uç öğilni oq yuvib, oq tarab, tarbiyalab, öqitdik, elga qöşdik. Elning xizmatini qilişmoqda, eldan duo olişmoqda. Ularning ortidan rahmatlar eşitib, özimiz ham aziz-möʼtabar bölib yuribmiz. Yigirma oltita nevaramiz atrofimizda parvona, bir-biridan şirin ön bitta çevaramizni erkalatib töymaymiz. Bu kunlarga yetiş oson bölmagan. Ehhe, biz çekkan azoblarning çeki yöq.
Ergaşali akaning közlarida bilinar-bilinmas nam körganday böldi.
— Şu joyda avvallari qişloq kasalxonasi bölgan, — deya ğamgin hikoyasini boşladi Ergaşali aka. — Onamning mazasi bölmay, kasalxonaga yotqizilgan edi. U paytlari hatto kasalxonalarda ham içimlik suvi bölmagan. Ariqlardan içilgan. Yuz-qöllar ham ariq-daryolar böyida yuvilardi. Hamma qatori Holiniso onam ham kasal holida qirğoqda yuz-qölini yuvmoqçi bölganda, oyoği sirğanib, kanalga tuşib oqib ketadi. Yoş boşimizga oğir musibat tuşib, onamizdan ayrilib, otaning köziga qarab qolgandik. Ona qadrini onasidan erta qolganlar biladi. Nazarali otam rahmatli bizlarni onamiz yöqligini bildirmay tarbiyaladi, öqitdi…
Oramizga bir muddat jimlik çökdi. Nasiba yanga çoy quyib uzatdi.
— Bolalikdagi orzularingiz qanday bölgan edi, şu haqda ham gapirib bersangiz, — deya Ergaşali akadan söradim, suhbatimizni yengilroq mavzuga burib.
— Adabiyot fanini yaxşi körardim. Bolalikdan köp kitob va gazetalarni öqiganim uçun jurnalist bölişni orzu qilganman, — deya u hikoya qila boşladi. — 1967 yili maktabni bitirayotganimda sinf rahbarimiz Abdulaziz Norqöziyev domla: “Qaysi öqişga borasan?” deb sörab qoldi. “Jurnalist bölmoqçiman”, dedim. “Jurnalistlik ham yaxşi, ammo qişloğimizda birorta döxtir yöq, döxtirlikka öqigin, savobli kasb”, dedi. Rahmatli Abdulaziz muallimimiz fizika fanidan dars berardi, aqlli va meni öğlidek köradigan mehribon inson edi. Heçam gapini ikki qilmagandim. Uning aytganini qilib, Andijon davlat meditsina institutiga öqişga kirdim.
Institutda aʼloga öqidim. Domlalarimiz: “Zehnli yigitsan, qobiliyating yaxşi, institutda qolib, ilm qilgin, olim bölasan”, deyişdi. Hatto andijonlik boy-badavlat kişilardan biri meni maʼqul körgan, şekilli, “Institutda qolsangiz, yolğiz qizim bor, şuni beraman”, degan taklifni ham aytdi.
Ilojim yöqligini aytdim.
“Andijonda qolsangiz, hamma şaroitingizni qilib beraman. Katta olim bölasiz. Nega xohlamayapsiz?” — deb söradi u. “Rahmat sizga! Ammo qola olmayman, keksa otam bor, unga qaraşim kerak”.
U kişi otam haqida aytganimni eşitib, taʼsirlanib ketdi. “Keksayganda otaning duosini oliş kerak. Allohning rizosi otaning rizosida. Odob-axloqingiz, ilmingizni körib, kuyov qiliş niyatida edim. Yolğiz qizimni yuz kilometr uzoqqa bera olmayman-da. Baxtli böling, bolam”, deb duo bergandi.
Namanganga qaytganim yaxşi bölgan ekan. Baxtimni şu joydan topdim. Taqdir peşonamga Nasibaxonni yozgan ekan, Allohga şukur.
— Keça sumalak qilgandik, juda mazali çiqdi, — deya Nasiba yanga piyoladagi sumalakka işora qildi. — Har yili bahorga yaqin bir-ikki marta sumalak tayyorlayman. Dam oluvçilarga ham tarqatamiz. Ilik uzildi payti soğliqqa foydasi katta.
— Öqişni bitirib, kasalxonada iş boşladim, — deya hikoyasini davom ettirdi Ergaşali aka. — Sakson yoşida otamni maşina urib ketdi. Uni körgani kasalxonaga borsam, Hoşim aka degan notaniş kişi bilan bitta palatada yotgan ekan. Hoşim aka otamning ahvolini körib: “Tezroq uylangin”, deb qoldi. Qölimiz yupqaligini otamdan eşitgan, şekilli, “Qarz berib turaman, uylanvolasan”, deb jiddiy gapirdi.
Haqiqatan, Hoşim aka ikki ming söm berib turdi. Töy qilib oldik, uylandim. Bir yil işlab, qarzdan ham qutuldim.
Otam birovning haqidan qörqadigan kişi edi. Bizlarga doim: “Birovning haqini yemanglar”, deb tayinlardi. 1979 yilgi bir voqea heçam yodimdan çiqmaydi. Otam bozordan kiyim-keçak, kaliş sotib olgan ekan. Uyga kelgaç, yonidagi pulini sanasa, 50 tiyin köp ekan. “Demak, sotuvçiga kam beribman”, deb ön çaqirimça uzoqlikdagi bozorga qaytib borib, ellik tiyinni berib kelgandik. “Özganing haqi nasib qilmaydi”, degani quloğimda qolgan…
— Otalarimiz şunday halol insonlar bölişgan, Allohdan qörqişgan, — deyman. — Birovning dilini oğritmaslik, qiynalganlarga beminnat yordam beriş, tili bilan dilini bir tutiş kabi insoniy fazilatlari biz zurriyotlariga ibrat maktabi bölgan.
— Dunyo turmuşidagi ğam-qayğuni er-xotin birga tortişar ekan, — dedi Ergaşali aka. — Boş farzandimiz qiz böldi. “Qiz — baraka” deb sevindik. Ikkinçisi ham qiz tuğildi. Şu tariqa qizlarimiz törtta böldi. Ammo taşviş kutilmaganda keldi. Bir ming töqqiz yuz saksoninçi yili qayğuga botib qoldik. Oyoq-belim oğriğidan jonim çiqib ketay derdi. Azob… azob edi. Insonning bardoşi metinday bölarkan. Andijondagi klinikaning maşhur vraçlari ham orqa miya rakining sönggi bosqiçiga kelgan, uzoği bilan ikki oy yaşasa kerak, deb meni kasalxonaga qabul qilişmadi. Ölib qolsam, beçora xotinim törtta qiz bilan qanday kun körarkin-a, degan öy-xayol tinçlik bermasdi. Davosi yöq dardga çalingan bemorning ruhiy holatini şu kasalga uçraganlar his qila oladi, xolos.
Odamlardan xitoylik doktor igna bilan davolayotgani haqidagi xabarni eşitib, çiqmagan jondan umid qilib Farğonaga bordim. Ança ilgari bir guruh xitoylik şifokorlar Örta Osiyoga kelib, şifoxonalarda ignaterapiya usuli bilan davolaş işlarini yölga qöyişgan ekan. Şunday mutaxassislardan biri Sun Sun Mun degan şifokor Farğonada qolib ketgan ekan. Bir-ikki marta muolaja olgaç, oğriqlar susayib, ahvolim yaxşilana boşladi. Tibbiyot ilmini yaxşi biladigan vraç bölganim boismi, yana bilmadim-u, menga mehri tuşib qoldi. U bilan tezda inoqlaşib ketdik, öziga yordamçi qilib oldi. Uç oyda şifo topdim, ignaterapiya usulida davolaş sirlarini ham örgandim.
Alloh saqlayman desa, balo yöq, saqlamasa davo yöq, deganidek, Özi saqladi. Pok parvardigor ğayriy xazinasidan Sun Sun Mun degan ajoyib ustozni tortiq qilganiga beadad şukur. Şunday qöli yengil ustozdan davolaş sirlarini örganib, uni tajribada qöllaş orqasidan keng nasibador böldim. Kasb-korimizni davom ettiradigan öğillarni berdi. Öğlim Uluğbek va Umidjonlar — bugun bemorlar işonçini qozonib, el-ulus duosini olişmoqda.
— Qurʼon nuri bilan köngillar oçiladi, insonlarning ikki dunyoda baxtli-saodatli bölişlari uçun Qurʼoni karim kifoyadir, — dedi u. — Asli ijodkor böliş orzusi bilan baloğatga yetganman. “Islom nuri”, “Şifo-info” gazetalari, “Hidoyat” jurnaliga doimo obuna bölib öqiyman. Şu yildan “Hurriyat” gazetasini ham öqib boryapman. Söz gavhariga xaridormiz. Kitobga mahkam yopişib öqiydigan kişiman. Şeʼr yozib turaman. “Hali köp yaşaymiz” degan nomdagi kitobim çiqqan.
Nasiba yangaga nazar taşlasam, u turmuş örtoğini boşqaça bir mehr bilan tinglab ötiribdi. Nazarimda, ular xuddi oltin uzukka yoqut köz qöygandek.
Şu paytda: “Assalomu alaykum!”, deb xonaga kirib kelgan bolajonning salomiga alik oldim-da, ismini söradim.
— Ismim Alinur.
— Juda çiroyli ism ekan, mening öğlimning oti Dilnur. Yoşingiz neçada?
— Sakkizda.
— Katta bölsang kim bölasan? Jurnalist amakingga ayt-çi, — dedi buvisi.
— Şifokor bölaman!
Yana bir nabira salom bilan kirib keldi. Ismi Ziyoda ekan. U şifokor-psixolog bölmoqçi. Ikkovi ham faqat beşga öqişar ekan. Baxtiyor bolajonlar iqboliga köz tegmasin!
Mingbuloqlik keksa jurnalist döstimiz Qosim aka Akbarovning aytişiça, Musayevlar oilasining ahilligiga hamma havas qiladi. Qarindoş-uruğlar bilan aloqalarni uzmagan kişilarning rizqi möl, umri uzoq böladi, deb bejiz aytilmagan.
— Yoşi saksonga yaqinlaşib qolgan qahramonlarimga yaxşi niyatlar aytib ruhlantirib yuradigan odatim bor, — deb turgan çoğimda, öğli Umidjon: “Kamçiliklar yöqmi?” deb kirib qoldi.
— Kamçilik yöğ-u, bir xizmat bor, — dedim unga. — Dadangiz Ergaşali aka sakson uç yoşu tört oyga kirganida ming oy böladi. Maşoyixlarning aytişiça, inson ming oy yaşasa, xuddi onadan yangi tuğilgan çaqaloqdek beğubor bölib qolarkan. Öşanda örtoqlarini çaqirib dasturxon yozasiz!
— Albatta, Alloh öşa kunga yetkazsin, sizni ham taklif qilaman,– dedi u.
Ergaşali hoji ota duo qildi, biz ham qöl oçib “omin” dedik!
Şoir yozganidek:
Otasidan duo olgan kam bölmagay,
El içinda oltin boşi xam bölmagay!
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
