“Heç qanday “trevoga” muvozanatimni buza olmagan…”

Keksalar duosiga heç eʼtibor berganmisiz? Avvalo, yurtga tinçlik, insonlar orasiga mehr-oqibat, farzandlar kelajagiga komillik tilaşadi. Asrlar oşa oğizdan oğizga ötib kelayotgan bunday hikmatli duolar zamirida uruş va oçarçilik körgan bobo-yu buvilarimiz nidosi mujassamdek. Şukrki, tinç zamonda yaşayapmiz. Uning ortida qançadan qança insonlarning saʼy-harakatlari, harbiy xizmatçilarning bedor tunlari, keksalarimiz duolari yotibdi.

Podpolkovnik Farhod Egamyorov ham yurt posboni bölişdek şarafli kasbga ota-onasining qiziqişi va duolari sabab kirib kelgan. Mana, salkam 20 yillik faoliyati mobaynida bir qança xalqaro natijalarni zabt etgan Farhodjon bugungi kunda davlatimizning nufuzli unvonlaridan biri – “Mardlik” ordeniga loyiq körildi. Andijon viloyatining Marhamat tumanida tuğilib voyaga yetgan qahramonimizning hayoti va faoliyatiga töxtalmoqni joiz bildik.

 

Şarafli kasbga ilk qadam

 

– Maktabda öqib yurgan kezlarim harbiy libosda yurgan akalarimizga havas qilganman. Öşanda men ham xuddi ulardek bölişni tasavvur qila olmasdim. Çunki hamma ham bunday şarafga loyiq emasdek tuyulaverardi. Vaqt ötib, mendagi ikkilanişlar otamning qatʼiyati sabab yöqqa çiqdi. Özimga bölgan işonç ortgandi. Öz oldimga “Men, albatta harbiy bölaman!” degan maqsadni qöydim. 2006-yili Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursantiga aylanganimda mendan köra köproq ota-onam xursand bölgan edi. 2010-yili bilim yurtining havo-desant qöşinlarining taktik qömondonligi fakultetini aʼlo baholarga tugatib, Jizzax viloyatidagi harbiy qismlardan biriga guruh komandiri örinbosari vazifasida xizmatni boşladim.

 

Armiya – bir jamoa

 

– Kiçik ofitserlik davrimda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari hamda Mudofaa vazirligi miqyosida bölib ötgan musobaqalarda qatnaşdim. Bu iştiroklar faoliyatim davomida katta tajriba töplaşimga asos bölib xizmat qildi. Ayniqsa, jamoaviy musobaqalar bizni birdamlikda harakat qilişimiz uçun katta turtki böldi. Erişilgan yutuqlar ham, yöl qöyilgan kamçiliklar ham jamoaniki.

 

Xalqaro musobaqadagi şijoat

 

– Yurtimiz harbiylari 2019-yildan buyon Xalqaro armiya öyinlarida iştirok etib kelmoqda. Muvaffaqiyatlarimiz ulkan. Men erişilgan natijalardan köra, boşqa davlatlarning bizga nisbatan munosabati özgarganiga urğu bermoqçiman. 2019-yili Xalqaro armiya öyinlari doirasida Rossiya Federatsiyasida bölgan nufuzli musobaqada “Taktik öqçi” yönalişida bronza medalni qölga kiritdik. Öşanda Rossiyaning “Zvezda” telekanali muxbirlari musobaqa iştirokçilaridan intervyu olar ekan, bizga kelganda, “Sizlarning harbiy kiyim rusumlaringiz xalqaro maydondagi musobaqalar talabiga mos emas, uzr”, deyişgandi. Bu holat jamoamizning ruhiyatiga salbiy taʼsir etgan.

Şundan söng 2020-yili Qozoğiston Respublikasida bölib ötgan Xalqaro armiya öyinlarida boşqaça fondagi kiyimda qatnaşdik. Unda ham “taktik öqçi” yönalişida iştirok etib, kumuş medalni qölga kiritdik. Şunda hatto raqib jamoalar ham bir yil içida yurtimiz armiyasida şunça özgarişlar bölganidan hayratda ekanini yaşirmagan. “Zvezda” telekanali muxbirlari birinçilardan bölib bizning jamoamiz vakillaridan intervyu olgan edi…

 

Janubiy Koreyadagi eʼtirof

 

– Koreya Respublikasining Kongvando provinsiyasi Inje şahrida Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi taşkil qilindi. Unda jami 13 ta jamoa, jumladan AQŞ, Avstraliya, Özbekiston va Kambodja davlatlaridan 500 dan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etdi. Musobaqa şartlari juda murakkab bölib, biz uçun joy ham, şartlar ham begona edi. Musobaqada har bir jamoa tasodifiy qurʼa taşlaş orqali bellaşuvga kirişardi. Baholaş jarayoni iştirokçi guruhlar şartlarni töliq bajargani, “omon qoliş” darajasi, jangovar harakatlarning qoidalariga rioya qilingani, jangovar harakatlar taktik vaziyatga mos kelişi, har tomonlama tahlil natijalarini xabardor qiliş orqali ötkazildi.

Murakkab va maşaqqatli musobaqadagi iştirokimiz aʼlo darajada yakunlandi. Ketma-ket ikki (2023–2024) yil mobaynida peşqadamlikni qöldan bermadik. Bir jamoa bölib harakatlanganimiz, munosib raqiblarni ortda qoldirişimiz uçun muhim omil bölib xizmat qildi. Şu bilan birga, yakkalik tartibida bölib ötgan eng ilğor vzvod komandiri nominatsiyasida ham faxrli birinçi örinni qölga kiritdim. Taqdirlaş marosimida sözga çiqqan Koreya Respublikasi mudofaa vaziri “Özbek askarlari Özbekiston Prezidenti kabi şijoatli, jasur va energiyaga boy ekan”, deb taʼkidlagan edi. Şunda özimizga bölgan işonçimiz yanada ortdi. Özbekiston harbiy xizmatçisi ekanimizdan ğururlandik. Biz orqali Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondonining nomi tilga olinganida ota-onasiga rahmat olib kelgan farzanddek xursand böldik.

 

Onamni yiğlatgan xuşxabar

 

– Bir tadbirdan qaytayotganimizda telefonim jiringladi. Qarasam, birga öqigan kursdoşim. Yaşil tugmani bosdim va quloğimga tutdim. Telefonning narigi tomonidan menga tabrik kela boşladi. Hayron böldim.

“Mardik” ordeniga loyiq körilibsan, tabriklayman! Hozirgina Prezident farmonini öqidim. Unda sening ham isming bor ekan”. Kasbim taqozosi bilan böladigan har qanday “trevoga” mening içki muvozanatimni buza olmagan. Qançalik sovuqqon bölmayin, kursdoşimning taqdirlanganim haqidagi “trevoga”si içki hissiyotlarimni bir neça marotaba junbişga keltirdi. Öşa lahza yonimda onam ham bor edi. Birinçi bölib xuşxabarni eşitgança jimgina yiğlay boşladi.

Vatanni seviş, uni köz qoraçiğidek asraş barçamizning burçimiz. Ammo öz burçingni ado etsang-u, yurting seni mukofotlasa, bilmadim, bu holatni söz bilan tasvirlab berolmayman. Özbekistonda yaşayotgan
37 milliondan ortiq inson taqdiri işonçli qöllarda ekaniga amin böldim. Qilayotgan amallarimizning yaxşisi ham, yomoni ham javobsiz va eʼtiborsiz qolmas ekan.

 

“Vatanparvar” muxbiri

Şerzod ŞARIPOV yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan