Fortoçka oçiq bölsin

Jamiyatdagi tarixiy evrilişlar davrida odamlar ğayritabiiy narsalarni izlay boşlaydi. Bir davrga kelib, har turli poltergeyst, közboyloğiç, ekstrasenslar yuzaga çiqib qoldi. Ayniqsa, Kaşpirovskiy deganlarini eslaysizmi? Bir dam ursa, ulatib, bir dam ursa, uyğotardi. Yaralar öz-özidan bitadi, kasalliklar yöqoladi. Yana uning oldida aylanib yurgan özimizning mahalliy layçalarni körsangiz! Hammasi Kaşpirovskiyga taqlid qilardi. Çumak degan ekstrasens har kuni ertalab qöli bilan odamning içak-çavoğini u yoqdan bu yoqqa ağdarib, tortqilagani-tortqilagan.

Yangilikning – qanoti bor deydilar. Özimizda duppa-durust yurgan kasbli-korli odamlarda ham sehrli quvvat, bioenergiya paydo böldi. Bittasi xalqaro ekstrasenslar uyuşmasiga rahbar böldi, qolgani falon pul bilan unga aʼzo bölib, odamlarni “davolay” boşladi. Basrullo degan okaxon ham bir dumalab poltergeyst böldi-qoldi. Rizamat degan yordamçisi bilan gastrolga bormagan joyi qolmadi. Yöq, oxiri uç yil çillaga ötirib, hozir yana tinçgina tirikçiligini qilib yuribdi.

Yaxşigina hofiz ekstrasensga aylanib, yillab seans ötkazdi. Gurros-gurros odamlar izidan çopgan, seansga patta topolmay sarson bölganlar qança! Hofiz-ekstrasens şundan danğillama imorat qurdi, hovlisini hayvonot boğiga aylantirdi. Hozir uning ham bozori kasod böldi. Yana bitta ekstrasens nuqul tuğmaydigan ayollarni davolay-davolay, oxiri “Demos” gazetasi muxbiri bölib oldi.

Bular ham mayli, duppa-durust yurgan Yonboş Döngboş degan şoir birodarimizning ekstrasens bölganiga nima deysiz?

Uç-tört kişi jurnal idorasida şaxmat öynab ötirgan edik, öşa şoir keldi-yu, gap yana ekstrasenslikka boğlanib ketdi:

— Mana işonmasangiz, – dedi u old soçi tökilgan şerigini körsatib, — ikki oydan buyon davolayapman, — keyin uning telpagini boşidan oldi. — Köryapsizmi, kam-kam soç çiqyapti. Ikki oyda oldingi holiga keladi. Töğrimi? — şerigiga murojaat qildi şoir-ekstrasens.

— Ha, endi, ihhi, ihhi, – dedi şerigi burnini tortib, önğaysizlanib. — Şunday…

— Men masofadan ham taʼsir qila olaman, — rağbatlanib ketdi şoir-ekstrasens. — Keçasi likopçaga şakar qöyib yotasiz-da, ertalab qaraysiz, unda barmoq izim qolgan böladi.

— Suratga qarab ham davolaysizmi? — söradi sodda şeriklarimdan biri.

— Ha, suratingizni keltirib berasiz, keyin likopçaga şakar qöyasiz. Lekin albatta fortoçka oçiq bölişi kerak. Usiz kirişim qiyin böladi…

Bu gapdan hammamiz bağoyat taʼsirlandik va albatta, fortoçkani oçib qöyamiz, degan qarorga keldik. Şoir-ekstrasens Yonboş Döngboş örtaga çökkan sukunatdan foydalanib, gapida davom etdi:

— Xohlaysizmi, hozir sizlarni ortiqça ruhiy zöriqişdan xalos qilaman…

— Xohlaymiz, xohlaymiz, — degan ovozlar eşitildi.

— Unday bölsa, hammangiz közni yuming, heç narsani öylamang. Seansni boşladim.

Hamma közini yumib turibdi. Yonboş Döngboş nimalarnidir piçirlab öqiyapti, röparamga kelib qölini kötarib-tuşiryapti, közimni töliq oçişga qörqaman — hurmatsizlik bölmasin, deyman. Bir payt u:

— Böldi, közni oçing, — deya buyruq berdi. — Qanday, özingizni avvalgiga qaraganda yaxşi his qilyapsizmi?

— Yaxşi, yaxşi, rahmat sizga, — degan olqişlar aytildi. — Ança yengil tortdik.

— Mana sizga hoji buvo, qöl nazri, — deya yonimdagi şerik unga ixlos bilan ellik ming söm uzatdi. Olti kişining hammasi qöl nazri, deb Yonboş Döngboşga pul uzatdi. Men ham çöntagimdagi oxirgi tuşlik pulini unga berdim.

— Özi men pul olmayman, — dedi Yonboş Döngboş kamtarlik bilan. — Endi qöl nazri bölgandan keyin, mayli, deya pullarni yiğib oldi.

Şu şoir-ekstrasens yana katta-katta yiğinda, zallarda ança yil öz sinoatini namoyiş qildi. Hozir esa binoyidek şoirligiga qaytdi. Endi Vatan, demokratiya, uyğoniş haqida ajabtovur şeʼrlar yozyapti. Köz boyloğiçlik bilan odamlarni uxlatib yurgan şoirning uyğoniş haqida şeʼr yozişi qiziq bölarkan. Ha, baribir şeʼr uluğ-da!

Bir rejissyor döstimiz bor, Davronali Haydariy Husniddinxöja degan. Bu kasallik unga ham tegibdi.

— Özim heç oş qilmaganman, bir kuni oş yegim kelib qoldi, — dedi bir kuni u. — Yolğiz özimman, sabzini töğrab, piyozni qovurdim. Keyin qozonga göşt, guruç, suv solib:

— Yo piru avliyo, özing qölla, — deb qopqoqni yopdim. Qirq beş daqiqadan keyin qozonni oçsam, Xudoning karomati bilan oş pişibdi. Oşni suzdim, çoyni damladim, ota-onam arvohini xotirlab: “Ota, bu çoy sizga, ona, bu çoy sizga”, — deb bir piyoladan çoy qöydim. Keyin, qani olinglar, bismillo, deb oşni yedim. Bir lagan oş, tavba qildim, haş-paş degunça tamom bölsa böladimi? — dedi.

— Öşa laganda begona qöllarni sezmadingizmi? — deb söradim qitmirligim tutib.

— Nega begona qöl böladi? — hayron böldi Davronali Haydariy.

— Çunki bu uy örnidagi “obщiy dvor”da köp kampirlar yaşardi. Ularning ruhi ham adaşib, oşga şerik bölgan bölişi mumkin-ku!

Bu gapimdan, albatta, Davronali Haydariy xafa böldi. Töğri-da, odam könglidagi gapini tökib solsa-yu, uni hazilga yöysang, har qanday odam xafa böladi-da!

Hozir zamon özgarayapti, barqarorlik bölayapti, hamma narsa izga tuşayapti. Poltergeyst, közboyloğiç, ekstresensliklar barham topayapti. Bu hali hammasi yaxşi bölişidan dalolat.

Nurulloh OSTON

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan