Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!

yoxud Bibixonim O'zJOKUda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, Navro'z umumxalq bayrami sifatida ahillikbirdamlik, mehroqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va odamlarni vatanparvarlikmehnatsevarliktinchlikparvarlikmillatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida yig'ilganlar yasharish va yangilanish ayyomi bo'lgan Navro'zi olamasl milliy va  ardoqli bayram zavqlaridan  g'oyat shodlandilar.

Universitet hovlisidagi  millatning chin vatanparvari,  haqiqat va qat'iyat bobida tog'dek sabotli olim, jurnalistlar va tilshunoslarning ustozi, rahmatli Omonilla Madayev nomi bilan atalgan mo''jazgina bog'da Oliy Majlis Senati a'zosi,  O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko'chimovni milliy liboslarda bir-biridan go'zal, ko'zlaridan yoshlik va quvonch balqib turgan yigit-qizlar qurshovida uchratdik.

Tantanaga kelgan mehmonlar o'n besh davlatning milliy burchaklari,  xalq o'yinlari, kuy-qo'shiqlar, ohanglar sehridan gulgun yonib raqsga tushayotgan yoshlarga qarab zavq olishayotir.

Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo'janing tabrik so'zlari olqishlar bilan kutib olindi. Bog' to'ridagi koshona sahnaga malikalarga xos shohona  libosda qizlar e'zozida temuriy malika Bibixonim kirib keldi. Sohibqiron Amir Temur siymosida sahnalashtirilgan ko'rinishlar namoyish etildi. Qarsaklar,  gulduros qarsaklar,  hayratli nigohlar…

Bu yil universitetning fayzli bog'i o'rtasiga ikki tup gujum ham ekilibdi. Gullarga burkangan, gujumlari bor bu bog'lar bag'rida ezgu niyatli insonlarni birlashtiruvchi Navro'zlar, bayramlar o'tishi naqadar yarashiqli!

Ziyo nurlari balqib turgan bu davrada O'zbekiston Qahramoni, Xalq artisti Munojot Yo'lchiyeva ijrosida ajoyib kuy-qo'shiqlar yangradi.

Dorilfununda o'tgan Navro'z shukuhiga bag'ishlangan ma'naviy-madaniy tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.

Gavhar DILMURODOVA

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × two =