Uluğ Amir qanday fazilatlar sohibi edi?
9 aprel — Sohibqiron Amir Tyemur tavallud topgan kun
Amir Temur — şonli tariximizdagi murakkab va sirli hukmdorlardan biri. Uning şaxsiyati haqida turli qaraşlar mavjud: baʼzilar uni dongdor sarkarda deb hisoblasa, boşqalar temuriylar davlati asosçisi, mintaqada markazlaşgan davlatni barpo etişga erişgan qattiqqöl jahongir sifatida eʼzozlaydi. Biroq haqiqat şundaki, Temur nafaqat buyuk qömondon, balki öz davrining ulkan strategi, davlat arbobi va madaniyat homiysi ham edi. Uluğ Sohibqironning şaxsiy fazilatlari, tabiati hamda sifatlari haqida şu vaqtga qadar qançadan-qança bitiklar, hikoyatlaru afsonalar yozilmagan deysiz.
Olimlar homiysi
U qayerniki fath etsa, öşa zamindagi sohibi ilmlarni — olimlar, meʼmorlar, hunarmandlar, sanʼat namoyandalarini özi bilan Samarqandga olib kelardi. Ilm ahlini öz himoyatiga olib, ularni qöllab-quvvatlar, taşabbus va ğoyalarini rağbatlantirardi. Uning davrida mamlakat gullab-yaşnadi, raiyat baxtli va saodatli umrguzaronlik qildi. Zero, hukmdor qadami yetgan joyda adolat örnatdi, u yerni obod va gözal manzilga aylantirdi.
Ibn Arabşoh (töliq ism-şarifi — Şahobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim) ham öz zamonasining yetuk allomalaridan edi. Iskandari soniy uni Şomni istilo qilib özi bilan poytaxtga olib kelganida, bölğusi olim 12 yoşda bölgan. Yoş bölişiga qaramay, ötkir zehniyatli Damaşq öğloni hukmdor diqqatini qozongan. Bola Samarqandning eng old madrasalarida öqib, öz davrining yetuk olimlaridan saboq oldi. Dunyo kezdi va payti kelib alloma bölib yetişdi.
Tarixçilarning qayd etişiça, Amir Temur poytaxtga öz sohasining eng ilğorlarini, bilimdonlarini jam qilgandi. Uning vafot etişi bilan temuriy şahzodalar örtasida taxt uçun kuraş avj olib, özaro nizo olovi alanga oladi. Köplab olimlar bu yerni tark etib, har tarafga ketib qoladilar. Çunki ularni öz himoyasiga oladigan, gavhardek asrab-avaylaydigan zot bu olamni tark etgandi. Ibn Arabşoh ham uzoq ölkalarga ketdi, umrining oxirida Qohirada qönim topdi. U önlab asarlar yozdi. Uluğ muarrix “Ajoyib ul-maqdur fi axbori at-Taymur” (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari) asarida Movarounnahrda XIV asr ikkinçi yarmi va XV asr boşlaridagi siyosiy jarayonlarni yoritiş bilan birga Sohibqironning sifatlari va öziga xos tabiatiga keng urğu beradi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, alloma hukmdorga zamondoş bölib, uni yaqindan körgan, fazilatlaridan yaxşigina xabardor bölgan. Ibn Arabşohning guvohlik berişiça, Temur oqu qizil yuzli, uzun böyli, pahlavonlardek katta jussali (yelkalari keng), barmoqlari yöğon, ikki közi bamisoli ikki şamdek — iztirobsiz, vazmin kişi bölgan. Salobati-yu ovozi kişi yuragini vahmga solgan. U hazil-mazaxni va yolğonni, öyin-kulgi va köngilxuşlikni xuşlamagan. Muvaffaqiyatsizlikdan ruhan singanini yoki muvaffaqiyatdan behad şodlanganini heç kim körmagan. Uning majlisida har kim haddini bilib ötirgan, hatto manaman degan sarkardalar, vaziru vuzarolar ham amir huzurida tillariga ehtiyot bölib ötirganlar. Bu davrada buzğunçilikka daʼvat, havoyi sözlar, haqorat, xunrezlik va talonçilik havasidagi aytilgan har qanday gap egasini nima kutişini hamma yaxşi bilgan. Qabulda va ziyofatda bölgan elçilar ham öz xotirotlarida uşbu davralarning fayzi va tarovati haqida iliq sözlarni yozib qoldirganlari bejiz emas.
“Duşman elçisi örnini bilib ötirsin!”
1404 yili Ruy Gonsales de Klavixo Kastiliya va Leon qiroli Enrike III de Trastamar topşiriği bilan Samarqandga elçilik missiyasini amalga oşiradi. U ham Temur bilan bir neça marta uçraşgan, suhbatlaşgan va uning inoyatiga noil bölgan. Klavixo Amir Temur saroyida körgan-keçirganlarini qoğozga tuşirgan va bu qölyozmalar keyinçalik “Kundalik” nomi bilan kitob holida çop etilgan. U öz kundaligida saltanatning öşa davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvoli, odamlar turmuşi, urf-odatlari, Sohibqironning bunyodkorlik işlari, uning boşqa mamlakatlar bilan örnatgan munosabatlari, saroy tartib-taomillari, hukmdorning yaqinlari — xotinlari, kelinlari, farzandlari va nevaralari töğrisida maʼlumotlar keltirgan. Ajdodlarimiz xorij mamlakatlarini umumiy maʼnoda Farang, Farangiston deb mubolağa qilgani singari, Klavixo ham bu ölkani Movarounnahr emas, Tatarlar saltanati deb yangliş talqin qiladi. Şunga qaramay, biz uning asari orqali öşa davr tarixiga oid qimmatli maʼlumotlarni öqişga muvaffaq bölamiz.
Klavixo 1404 yilning sentyabrida uluğ amir saroyida elçilar şarafiga berilgan ziyofatni xotirlar ekan, ikki kişi arang kötargan idişlarda olib kelingan göştlarning möl-kölligidan hayratga tuşadi. U ayrim noz-neʼmatlarni şu yerga kelib körgan, mevalar va tilni yorar qovunlar mazasi bir umr oğzida qolganini aytadi.
Elçilarning har birini hukmdor öng tarafidagi supada ajratilgan ziyofat dasturxoniga ikki nafar mirzo yetaklab borgan. Elçilarga ularning diplomatik missiyasi va niyatiga qarab hurmat-ehtirom körsatilgan. Masalan, Xitoy imperatori Çuysxon (Yunle) elçilari orqali yöllagan nomasida Amir Temurga “öğlim” deya murojaat qilib, undan Min saltanatiga boj tölaşini talab qilgandi. Avvalo, uluğ amir yoş jihatidan imperatordan katta bölib, diplomatik munosabatlarga köra xat kamsituvçi mazmunga ega edi. Aslida, Temur saltanatining qudrati unikidan ortiq bölsa ortiq ediki, aslo kam emasdi. Çiğatoy ulusi esa öziga nihoyatda bino qöygan badxulq Çuysxonni “Tönğizxon” deb mayna qilardi va uni taxtga noloyiq deb hisoblardi.
Ziyofat çoğida Fu An boşçiligidagi xitoylik elçilarning boşqalardan yuqorida joylaşganiga közi tuşgan Sohibqiron: “Duşmanim yöllagan elçilar örinlarini bilib ötirsin, ularni ispaniyalik va bobillik elçilardan quyiga ötqazing”, deb amr etadi. Klavixo, şuningdek, jahongir uni öz suhbatiga arjumand etgan kişilarga yaqinidan joy körsatganini, öz oldiga qöyilgan tansiq taomlarni ular bilan baham körganini qalamga olgan. Farang yurtlarida hukmdorlarning qöllarini öpib, ehtirom körsatiş, mulozamat qiliş va sertakalluflik odati bor. Ammo Temurbek Allohning bir ojiz bandasi sifatida elçilarga qölini öpişga izn bermaydi. U oşirib-toşirib aytilgan sözlarni, hamdu sanolarni eşitmagan, darhol suhbatdoşidan maqsad-muddaoni söragan.
Aytilgan söz — otilgan öq
Ikkilaniş insonga xos fazilat. Ammo uluğ ajdodimiz har bir qarorda sobit bölgan. U har qanday masalaga obdan öylov bilan yondaşgan, söng hukm çiqargan. Aytgan sözini esa qaytib olmagan. Çinakam hukmdorlarga xos qatʼiyati va bir sözliligi bor edi. Suhbatdoş bölganlar uning öta sinçkov, ziyrak bölganligini, yuz ifodasi va köz işoralarini ham eʼtibordan qoçirmaganligini aytişadi. Tabiat inʼom etgan farosati-yu zakovati bilan rostgöy yoki riyokor odamni ajratib olardi. Duç kelgan odamga işonib ketavermas, öşa odamdan öz söziga inkor etib bölmas dalil talab qilardi.
Tabiatan masxaraboz odamlar unga yoqmagan. Öz işida, kasbida fazilat körib, unda yangiliklar qilgan odamlarga ixlos qilgan. Fikrlariga, takliflariga quloq tutgan. Öz fikrini peşlaş, aqlini çarxlaş maqsadida şatranj öynagan. Tarixga oid kitoblar, payğambarlar, avliyo-yu anbiyolar qissalari va siyosatga oid kitoblarni öqişni kanda qilmagan.
“Qadrimni biladigan zot dunyodan ötdi…”
Yuqorida taʼkidlanganidek, Amir Temur ziyoli kişilarni, olimu donişlarni qadrlagan. Fursat topdi degunça ularni munozaralarga çorlagan. Ulamolar ham ulardan köp izzat-ikrom körganlar. Venger olimi Herman Vamberi “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” kitobida Amir Temur davlat tuzişda Çingiz yasoqlariga (qonun) asoslanganini va islomiy emas, askariy davlatga tayanib xato qilmaganini yozadi. Bundan şunday xulosa qiliş mumkinki, olimlarga va din ulamolariga çeksiz ehtirom körsatsa-da, ularning davlat işlariga aralaşişlariga, markaziy hokimiyatga öz taʼsirlarini ötkazişga yöl qöymagan.
Kelib çiqişi tunislik bölgan tarixçi Ibn Xaldun Amir Temur Şomga yuriş qilgan yili u bilan uçraşgan va bir neça marotaba hamsuhbat bölgan. U Misrning burjuy mamluklari sultoni Faraj nomidan amirga elçi bölib boradi. Şom va Misr xalqi Movarounnahr degan mamlakat haqida töliq maʼlumotga ega bölmay, Temurbekni möğullardan deb öylaşadi. Sohibqiron bilan bölgan uçraşuvdan söng Ibn Xaldun yuragidagi qörquv tarqaydi, u haqidagi fikrlari özgaradi. Olim fotih bilan uçraşuv taassurotlarini bölişar ekan, bir voqeaga eʼtiborni qaratadi.
Uluğ amir huzuriga kelib çiqişi abbosiylardan bölgan bir kişi keladi va xalifalik taxtini unga olib berişini talab qiladi. U “xalifalik dunyo turgunça abbosiylarnikidir”, degan hadis mavjudligiga işora qiladi. Amir Temur “bu adolat majlisi” deydi va qurʼonşunos, hadisşunos olimlarning fikrini söraydi.
— Bu hadis töğri emas! — deydi şomlik şayx Burhoniddin ibn Muflih. Ibn Xaldun va boşqa ahkomlar ham şu gapni aytadilar. Jahongir unga yuzlanib şunday deydi: “Qozilar va muftiylar fikrlarini eşitding. Bas şunday ekan, mansab talab etişingga heç qanday haqqing yöq. Yölingdan qolma!”
Mavlono Şamsiddin degan kişi Amir Temur devonining munşiysi ekan. U öz zamonasining fozil insonlaridan bölgan. Unga “qalamining ötkir tiği öz iqlimlari fathida mahdum (Sohibqiron)ning nayzasidan ham ötkir edi”, deya bejiz yuqori baho berilmagan. Hukmdor Xitoy yurişiga otlanib, Ötrorda vafot etganidan keyin Mavlono Şamsiddin munşiylikni taşladi va heç qaysi podşoh xizmatiga kirmadi. Boşqalar unga savol nazari bilan qaraşganida, şunday javob qaytardi: “Mening qiymatimni biladigan odam dunyodan ötdi va endi men boşqalar xizmatida öz hurmatimni ketkizişni istamayman”.
Mustabid tuzum davrida tariximiz millatimizdan yaşirildi yoki qayta yozildi. Buyuk ajdodimiz Amir Temur şaxsiyatini qora böyoqlarda körsatiş anʼana tusini oldi. Maktablarda “johil, qattol” deb öqitildi. Istiqlol yillariga kelib xalq özligiga qaytdi, tarixiy haqiqatlar tiklandi. Amir Temur qilgan işlar tarix sahifalariga zarhal harflar bilan muhrlandi. Bugungi avlod öqib-örganişi va ajdodlarga munosib izdoş bölişga astoydil intilişi darkor. Va Sohibqiron bobomizning: “Biz kim — mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim — millatlarning eng qadimi va eng uluği, Turkning boş böğinimiz”, degan sözlarini ögit misoli quloqlariga ilmoqlari lozim.
Hamzabek TURDIYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
