Madaniy merosga tahdid

yoki joriy yilning dastlabki uç oyida yurtimizdagi 21 ta tarixiy obʼyektga zarar yetkazilgan

Har bir xalq, millat öz tarixi — buyuk xotirasi bilan tirik. Tarix – mayoq, u ajdodlarimizning madaniyati, maʼnaviyati, hayot keçiriş zayli va amalga oşirgan işlari haqida sözlovçi manba. Ötmiş qiyofasi bugun tarixiy osori atiqalarda, ötmiş kitoblarida, turli yodgorlik va buyumlarda, ğiştin binolar devorida qoldi. Özligimiz bölmiş tarix haqiqatlarini asraşimiz, kelajakka uni eson-omon yetkazişimiz kerak. Ammo ayrim joylarda tarixiy inşootlarga nisbatan hurmatsizlik, istalgança tasarruf qiliş, neça yillardan beri asrab kelingan obidani, tarixiy yodgorlikni buzib, örniga çoyxona yoki oşxona, turli xususiy tadbirkorlik obʼyektlari quriş uçun aholi vakillariga sotib yuboriş holatlari kamaymayapti.

Maʼlumotlarga qaraganda, joriy yilning bor-yöği dastlabki uç oyida yurtimizda 21 ta madaniy meros obʼyektiga zarar yetkazilgan. Nima bölyapti özi? Tarixiy joylar yurtimizning çiroyini buzib körsatadimi? Çiroyli qilib “tuzatiş” bilan nimaga erişamiz? Bir neça yuz yillik imoratni vayron qilib yangilangan binolar bugungi kun uçun qay darajada qadrli? Ular yana öz zamonaviy “çiroyi” bilan neça yil şu joyni bezaydi?

Agar bino eski, taʼmirtalab, ançadan beri qarovsiz bölsa, odamlar uçun muzey, tarixiy obʼyektlarning qiziği yöq deb buzilaversa, tarixiy qadriyatlarimiz darajasidagi obidalardan asar ham qolmaydi-ku.

Özbek degan nom bugun yoki keça maydonga kelmagan. Uning dunyo ayvonidagi mustahkam örni, avvalo, tarixi bilan namoyon bölişini yaxşi bilamiz. Bugun qorin töydiriş, çöntak qappaytiriş yölida ötmiş merosimizni sotsak, ertaga millat özligining böğiniga öz qölimiz bilan zarba bergan bölmaymizmi?

Rivojlaniş faqat yirik binolar quriş, bozor iqtisodiyotida yetakçi böliş bilan belgilanmasligini yaxşi bilgan davlatlarda tarixiy buyumlar va tarixiy inşootlarga alohida diqqat qaratiladi. Ziyolilarimiz taʼkidlaganidek, haqiqiy rivojlaniş qalbdan, ruhdan, vijdondan boşlanadi. Jadidçilikning faol namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat aytganidek: “Turkiston xalqi tomoq va uyqu oşiqi qilib, ğaflat asir etgan mana şul közsuzlik”.

Tarixiy maʼlumotlarga köra, ötgan asrlarda yurtimiz hududida bölgan turli bosqinlar, uruşlar, şöro tuzumida ruslaştiriş, ongsizlaştiriş siyosati tufayli tarixiy obidalarning köp qismi buzib taşlandi, vayron qilindi, abgor qilindi. Öşa davrda siyosatning maqsadi xalq tarixini, yaʼni özligini toptaş, maʼnaviy ildizlaridan uziş edi. Oradan bir asr ötdi, haqiqatlar qaror topdi. Mustaqil yurtmiz. Ammo endi… endi biz özimiz özimizga duşmanlik qilamizmi?! Bugun yurtimizning çekka hududlarida “qarovsiz qolgan” vaji bilan tadbirkorlarga sotilayotgan hududlarning aksariyati tarixiy ahamiyatga ega bölib çiqmoqda.

Qardoş yozuvçimiz Çingiz Aytmatov aytganidek: “Zamindan mahrum qiliş mumkin, boylikdan mahrum qiliş mumkin, hayotdan ham mahrum qiliş mumkin. Lekin inson xotirasiga tajovuz qiliş… çidab bölmas fojiadir”.

Töğri, qadimiy bino qarovsiz qolgan bölişi mumkin, lekin unda katta tarix mavjud. Qolaversa, tarixiy maskanlarning qarovsiz qolganiga ham, avvalo, aynan tegişli hududlarning mutasaddilari aybdor emasmi?! Ularning boqibeğamligi, eʼtiborsizligidan emasmi şunaqa bölişi?!

Ayrim yodgorliklar qatidagi tarix hali töla-tökis örganilmay turib, topilmalar qaysi davrga tegişli ekanligi aniqlanmay turib, nom-nişonsiz yöq bölib ketişi açinarlidir.

Yaqinda Namangan viloyatining Çust tumaniga qaraşli Ğovasoy qişloğida joylaşgan, hali töliq örganilmagan tarixiy bir obidaga quriliş sababli zarar yetgani haqida xabar keldi. Qişloqda köp asrlik köhna qabriston va yilning tört faslida ham qaynab çiqadigan möʼjaz buloq mavjud. Lekin oxirgi ikki-uç yilda bu joylar ham turli qurilişlar sababli qisqarib bormoqda. Mazkur hududda XIX asrga tegişli bino qoldiqlari mavjud.  Hozirda unga ziyon yetkazgan holda qişloqni suv bilan taʼminlaş uçun inşoot qurilgan.

Bu kabi holatlar oxirgi davrga kelib birmunça köpaymoqda. Kunora ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir madaniy obʼyektga zarar yetkazilgani yoxud buzilgani haqida xabarlar köpayib bormoqda.

Xususan, kuni keça Samarqandda XIX asrga tegişli uçta masjid buzib taşlangani xususida taşvişli xabar tarqaldi. Bu va şu kabi qonunbuzarliklarga olib keluvçi holatlarning oldini oliş, aholiga tarixiy obidalar ahamiyatini tuşuntiriş maqsadida joriy yilning mart oyida Madaniy meros agentligi tomonidan matbuot anjumani taşkil etilgan edi. Unda Özbekistonda milliy röyxatga kiritilgan tarixiy obʼyektlar soni qariyb 8,5 mingtaga yetgani taʼkidlandi. Madaniy meros agentligi direktori örinbosari Tursunali Kuziyevning aytişiça, yodgorliklarga tahdid soliş haligaça mavjud. “Jamiyatning munosabati özgarmas ekan, bu obʼyektlarni töliq muhofaza qilib bölmaydi”, — dedi u.

Özbekistonda madaniy meros obʼyektlari soni 8 ming 366 taga yetgan.  Şundan 4 ming 796 tasi arxeologik, 2 ming 268 tasi arxitektura va 772 tasi monumental sanʼat yodgorliklari hisoblanadi. Diqqatga sazovor joylar 530 ta bölsa, mozaika va kompozitsiyalar 157 tani taşkil etadi.

“Agentlik mutaxassislari muntazam ravişda moddiy madaniy merosning köçmas mulk obʼyektlari milliy röyxatiga kiritilgan har bitta obida va yodgorlikni tahdidlardan himoya qiliş çoralarini körmoqda. Çunki (aholi orasida) qonunçilikni bilib yo bilmagan holda madaniy meros obʼyektlariga zarar yetkaziş holatlari (haligaça) uçramoqda. Ayniqsa, Vatanimiz tarixi uçun juda katta boylik hisoblangan osori atiqalarni jamlagan arxeologik yodgorliklarimizga tahdid baribir saqlanib qolmoqda. Afsuski, bunday tahdidlarning oldini oliş uçun yodgorliklar atrofi panjara bilan öralib, u haqda maʼlumotlar va davlat tomonidan muhofaza qilinişi haqida yozib qöyilmoqda. Lekin şunga qaramay, tahdid qiliş va ziyon yetkaziş holatlari uçrab turibdi”, — dedi agentlik direktori birinçi örinbosari Tursunali Kuziyev.

“Ammo qonuniy çoralarni qançalik kuçaytirmaylik, jamiyatning munosabati özgarmas ekan, odamlar madaniy merosimizning kelajak avlod uçun qadr-qiymatini anglab yetmas ekan, yodgorliklarni töliq muhofaza qilib bölmaydi”, — dedi Kuziyev. (Manba: gazeta.uz)

Taassuflar bölsinki, 2024 yilda 117 ta madaniy meros obʼyektiga zarar yetkazilgani, natijada 30 ta jinoiy, 87 ta maʼmuriy iş qözğatilgani hamda dastlabki hisob-kitobga köra, zarar miqdori qariyb 346 mlrd sömni taşkil etgani haqida turli naşrlarda maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Aytaylik, bundan uç-tört yil avval Surxondaryoda yuz bergan maʼnaviy tajovuz haqida ham eşitgan edik. Köp asrlik tarixiy, arxeologik yodgorlik hisoblangan Varroq Termiziy xoki yotgan tepalik tölaligiça surib taşlangan. Varroq Termiziy — “avliyolar murabbiysi” degan maqomga ega bölgan tarixiy şaxs. Uluğlar makoni bölgan bunday joylar, birinçidan, ziyoratgoh, ikkinçidan, qadim ötmişimiz kömilgan sinoatlar sandiği edi-ku!

Eng açinarli jihati şundaki, baʼzida ming yillik tarixga ega obidalar, inşootlar, osori atiqalar eʼtiborsizlik va beparvolik sababli zarar körmoqda. Yöqotilgan yoki maʼlum qismiga yetkazilgan moddiy zararlarni esa asl holatiga keltiriş imkonsiz. Bu kabi holatlarga sabab bölgan şaxslar qonunçiligimizga köra, jinoyat kodeksining  tegişli moddasida közda tutilgan jinoyatni sodir etgan hisoblanadi va jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Şunday ekan, respublikamizning har bir hududida yer-joy tizimini isloh qiliş, madaniy obʼyektlarga zarar yetkazmaslik böyiça yanada qatʼiy çora-tadbirlar köriş bugunning dolzarb masalalaridan. Yurtdoşlarimiz madaniy merosni asraş, uni kelajak avlodga yetkaziş naqadar muhim ekanligini tuşunib yetişsagina tarixiy yodgorliklarni saqlab qoliş, muhofaza qiliş mumkin. Zero, tariximiz toptalişiga yöl qöysak, kelajakni boy bergan bölamiz.

Gulnora ŞERMATOVA,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan