80 daqiqa saboqlari

Nufuzli oliy taʼlim dargohining birinçi bosqiç talabalariga ötilgan darslarda kuzatilgan voqealardan ayrim lavhalar:

Darsni boşlaş uçun aniq belgilangan vaqtda öquv xonasiga öqituvçi kirib keldi, unga eʼtibor qaratgan ayrim talabalarning “Hurmat, hurmat!” degan ogohlantirişidan keyin jörovozlikda “Assalomu alaykum” yangradi. Ammo muallimning “Va alaykum assalom”i soniyalarda bölinib, yana avvalgi maromda davom etgan gap-söz, kulgi, şatir-şuturlariga kömilib ketdi. Öqituvçi kitob-daftarlarini stolga qöyib, hamma talabalarga körinadigan örtaliqda turib yana bir marta “Assalomu alaykum!” dedi. Lekin bu salom endi qay birlari uç-törtta bölib qizğin gaplaşayotgan, qaysilari ustki kiyimini şoşilmay yeçayotgan, qay biri haliyam joy izlab yurgan, bemalol telefonda gaplaşayotgan yoki şerigiga telefondan nimanidir zavq bilan körsatayotgan… talabalarning boğça bolalarinikiga qaraganda har jihatdan ança salmoqli şovqinlari “tölqinlariga çökdi”.

– Dars boşlaymiz, – dedi öqituvçi, ovozini balandroq qilib yana takrorladi. – Dars boşlandi!

Unda-bunda ustozni va xonadagi holatni xijolatçilik bilan kuzatib turgan qizlarning yon-veridagi hamkurslarini turtib, orqa-oldilariga alanglab “Jim!” deb imo qilişlarini hisobga olmaganda, aksariyat tolibi ilmlarning hali-beri darsga diqqatlarini jamlaşi, biror yangi ilm örganişga ehtiyoji uyğonmasligi şundoq körinib turardi.

– Uyda, ota-onalaring oldida ham şunaqa heç kimga eʼtibor bermay köp gapirasizlarmi? – ovozini kötardi muallim. – Mening bu gaplarimni izzattalablik deb öylamang. Sizlar, bölğusi öqituvçilar bunday odob qoidalarini yaxşi bilişlaring, unga avvalo özlaring amal qilişlaring kerak. Uylaringga katta odam kelsa ham…

Bu gaplardan kimlarning qaraşu holatlarida özgariş bölganday, kimlar oğrinib qaradi, yana kimlar parvoyam qilmadi. Şunga öxşaş gaplar bilan öqituvçi xonada özining vazifasini bajarişga ozgina muhit yaratgandek böldi. Ammo boşini pasaytirib olişib şivirlaşayotganlar, telefoniga oçiq-oydin yoki köz qiri bilan qarab ötirganlar, oğzini berkitişniyam bilmay esnayotganlar xuddi qarşingdagi katta ekranda yirik planlarda aks etayotgan öta jonli videotasvirlar kabi edi… Dars uçun ajratilgan qimmatli vaqt ötib borardi.

– Hali ança talaba kelmabdi, şekilli?..

– Ustoz, mening dugonam yölda, hozir telefon qildi…

– Falonçiyeva…

– Hozir yotoqxonadan çiqyapti ekan…

Şu payt eşikdan qator talabalar körinişdi:

– Mumkinmi?

– Keling, tez joyingizga ötiring. Bundan keyin keç qolmang!

– Rahmat, ustoz, – dedi keçikuvçilardan biri, örnaşib olgunça yöl-yölakay kimlar bilan qöl berib, kimlar bilan işora bilan körişdi-salomlaşdi, hammaning diqqati ularda.

Muallim davom etdi:

– Bugungi yangi darsimiz juda qiziqarli, ahamiyatli. Şuning uçun…

Eşikda yana talaba körindi:

– Mumkinmi?

– Nega keçikdingiz?

– Uzoqdan kelaman, yöllar probka.

– Bu yangilik emas, ertaroq çiqiş kerak. Kiring, tez-tez joylaşing… – bu gapi tugar-tugamas taşqaridan yana ikki qiz tizildi:

– Mumkinmi, ustoz?

– Kelinglar, kelinglar, tezda ötiring! – muallim soatiga qarab, eşikni yopib qöydi. – Dars vaqtidan qariyb yigirma daqiqa ötib bor­yapti.

Öqituvçi dars mavzuini eʼlon qilib, unga oid tayyorlab kelgan slaydini doskaga tuşirgaç, katta xonaning tört tomoniga diqqat bilan razm soldi:

– Orqadagilar, gavdangizni kötaring… Saqiç çaynamaymiz… Nima demoqçisiz?

– Ruxsat bering, taşqariga çiqib kelay!

– Özi hozir taşqaridan keldik-ku! Nima işingiz bor?

– Çiqib kelay! Uydan telefon qilişyapti!

– Hozir dars payti-ku, uyingizdagilar bilişmaydimi?

– Çiqib kelay! – talaba örnidan turib yura boşladi.

– Ötiring, tanaffus paytida gaplaşasiz! Diqqatni jamlaymiz, mana, körib turganingizdek, yangi darsimiz…

Eşik taqilladi, lahza ötmay yana taqilladi, oçildi:

– Mumkinmi?

– Yöq, mumkin emas. Yarim soat keç keldingiz. Qolaversa, bu uçinçi marta keçikişingiz…

– Darsni eşitişimga ruxsat bering, domla!

Töğrisi, ustoz va talabalarning bugungi muloqot jarayonidagi eng mardona, muallimning qiyofasi birdan özgarib, jilmayişiga sabab bölgan gap  – buyruq ohangida aytilgan mana şu talab edi.

– Ötiring…

Xullas, qolgan qismida ham muallim kimlarnidir sözsiz tikiliş bilan ogohlantirib, talaba qölidagi telefonni çetga olib qöyib, “uxlamaymiz”, deb mudraganga tanbeh berib ötgan sakson daqiqalik dars muqaddimasining qisqa bayoni  – yuqoridagilar.

Aziz öquvçi, ayni tafsilotlarni öqiş ham köpçiligingizning toqatingizni toq qilgan bölişi tayin. Endi… xolis aytadigan bölsak, şu soha içida yurganlardan juda köpçiligi bilan yaqindan, köngildan gaplaşganimda maʼlum böldiki, vaqti ğanimat odamlarga tafsilotini öqiş ham birmunça malollik keltiradigan yuqoridagi kabi voqealar oliy taʼlim dargohlarining juda köp professor-domlalari, öqituvçilari uçun yangilik emas, baʼzilarining öquv xonalaridagi faoliyati şunday jarayonlarda keçmoqda.

ÖzJOKU rektori, siyosatşunoslik fanlari doktori, professor Şerzodxon Qudratxöjaning tarbiyasi izdan çiqqan, adaşgan yoşlarning bunday holatga tuşib qolişi, jamiyatimizda va hatto yurtimizdan taşqarida xalqimiz, Özbekistonimiz şaʼniga nomunosib xatti-harakatlar, nojöya işlar qilgani uçun ularning ota-onasi ham javob berişi kerakligi haqidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan fikrini maʼqullaganlar oz emas. Şu bilan birga, “ota-onalarga til tekkizmaslik” töğrisida qatʼiy pisanda qilganlar ham topiladi.

Nazarimizda, Şerzodxon Qudratxöja haq. “Quş uyasida körganini qiladi” degan gap bejiz aytilmagan. Birinçi navbatda tarbiya, odob-axloq, imon, eʼtiqod singari fazilatlar oilada şakllanadi. Boğça ham, maktab ham, oliy taʼlim maskani ham oilada Xudo urgan bölsa, heç narsa qila olmaydi.

Endi yuqoridagi holatlarga qaytamiz. Oliy taʼlim dargohining birinçi kurs talabalari, asosan, maktabni yangi bitirganlar va öqişga ikki-uç yil harakat bilan kirgan yoşlar böladi. Demak, ular 18–20 yoşlardagi kamolga yetgan(!) va yana eʼtiborli tomoni, yuzlab raqobatçini bilimi bilan yengib talaba bölgan yigit va qizlar. Ular özi va özgalarni hurmat qilişni, vaqt va bilimning qadrini, jamoat orasida özini qanday tutişni bilişi şart! Zero, hamma zamonlarda aksariyat talabalar ayni mana şu hayotiy mohiyatu ahamiyatlarni teran anglaganlar qatlamidan sanalganlar. Bunday anglaş darajasiga kötariliş jarayoni, avvalo, oilada ota-ona tarbiyasidan: ularning tuşuntirişlari, ibratlari, jiddiy şuğullanişlari, takrorlaşlari, talab qilişlari, rağbatlantirişlari, zarur örinlarda ogohlantirişu tanbeh berişlaridan boşlanadi, takomillaşib boradi. Çunki oiladagina şu işlarni amalga oşiriş uçun vaqt, makon, maʼnaviy  muhit yetarli bölişi mumkin. Qolaversa, ayni tarbiyaning şirin mevalari birinçi navbatda oilada “yetiladi”, birinçi navbatda oila aʼzolarini bahramand etadi. “Baxt oiladan boşlanadi”, oilalarning tomçi-tomçi baxtlari yiğilib xalq baxtu saodati darajasini belgilaydi.

Şu nuqtai nazardan qaraydigan bölsak, maqola avvalida bayon etilgan holatlarning sabablariyu oqibatlari haqida jamiyatimizning barça aʼzolari jiddiy öylab körişimiz, farzandlarimiz feʼlu atvori, xatti-harakati, atrofdagilarga munosabati, vaqtdan nimalarni “kesib” olayotgani prizmasida ota-onalik masʼuliyatiga qanday yondaşayotganimizni tahlil etib xulosalar çiqarişimiz eng dolzarb masalalardan biri emasmi? Şaxsiy mulohazalar şaxsiy-da! Keling, birgalaşib öylab, xolis fikrlarimizni örtaga taşlab, keyingi qadamlarimiz haqida öylab köraylik.

Muhtarama ULUĞOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan