Özimiz aybdor…
Dunyoda taraqqiy etgan davlatlarda fan-texnika rivoji, ijtimoiy tartib-qoidalar, aholi salomatligi va farovonligi takomillaşib borişi bilan bir qatorda milliy tilning mamlakat hududidagi amal qiliş darajasiga katta eʼtibor qaratilgan. Bizda ham ayni mana şunday yöl tutişimizga ehtiyoj bor. Afsuski, biz tilimizni, imlomizni na sözlaşuvda, na yozişda hurmat qilişni joyiga qöya olayapmiz. Hatto boğçalardan tortib, maktablar, oliy taʼlim muassasalarida sözlaşuvdagi “köça sözlari” heç bir moneliksiz işlatiladi. Yurtimizga kelgan sayyohlar köçalarimizdagi peşlavhalardagi ajnabiy yozuvlardan, pala-partiş va xato yozilgan matnlardan hayratda bölsalar, ajab emas!
Şunday ekan, ona tilimizga hurmat bilan qaraş, uni eʼzozlaş, avvalo, özimizdan boşlanişi kerak. Ana şundagina boşqalar ham özbek tiliga, davlat tiliga munosabatlarini özgartirişgan bölişarmidi?
Tunov kuni “Yuksaliş” harakati qabulxonasiga qönğiroq qildik. Assalomu alaykum, degan salomimizga u yerda göşakni kötargan qiz:
— Allo, zdravstvuyte, — deb javob berdi.
— Keçirasiz, özbekça sözlaşa olasizmi? – dedik. U:
— Ha, bemalol, — deb javob qaytardi.
Qarang, özbek qizi ekan. Lekin hatto salomlaşişda ham xorijiy tilda muloqotga kirişişga örganib qolişgan.
“Yuksaliş” harakatining qabulxonasida tilga, davlat tiliga munosabat şunday bölgaç, biz na qilaylik?!
Söngra: “Ona tilimizga munosabat boşqa joylarda qanday ekan?” deb yana bir qança idoralarga qönğiroq qilib kördik.
Fuqarolar eng köp murojaat qiladigan, hamma ham boğlanib sözlaşişi mumkin bölgan soha sifatida bank sohasini tanladik. Milliy bank matbuot xizmati bilan boğlansak, u yerda ham bizning özbekça salomimizga:
— Zdravstvuyte, — deb javob qaytarişdi…
Bu bir bank, ehtimol, göşakni hali özbek tilini bilmaydigan biror yangi xodim kötargandir deya yaxşi gumonda böldik. Lekin bank nomida “Milliy” atamasi borligini öylasak…
Şundan keyin Davlat xizmatlari markazi, Markaziy bank kabi bir qança idoralarga ham sim qoqib kördik. Ularda ham şu ahvol: salom-alik rus tilida boşlandi…
Ahvolimiz… Aslida bu narsalarga özimiz aybdormiz.
Yurtimizda davlat tili özbek tili ekanligi qonun yöli bilan belgilab qöyilgan. Ammo biz köp millatli va bağrikeng xalqmiz. Şu bois boşqa tillarda, jumladan, “rus tilida gapiriş, sözlaşiş, salomlaşiş mumkin emas” degan fikrni ilgari surmoqçi emasmiz. Lekin davlat idoralarida heç bölmaganda oddiy salomlaşiş madaniyatini, avvalo, özbek tilida, davlat tilida kengroq qöllay bilişimiz joiz demoqçimiz, xolos. Axir yurtimiz Özbekiston deya atalur!
Qöyingki, “Assalomu alaykum, eşitaman sizni”, degandan söng, murojaatga qarab, boşqa tilda ham salom berilsa, har tomonlama töğri bölmaydimi?
Öylab köring, nima uçun odamlar qaysi yurtga borişsa, avvalo, öşa yerning 4-5 ta eng muhim sözlarini örganib olişadi? Jumladan, salomlaşişni. Bizda esa 40-50 yildan buyon şu yurtning noni-tuzini yeb, havosidan bahramand bölib yaşayotganlarning baʼzilari hatto birgina “Assalomu alaykum” deyilsa, “Va alaykum assalom” deb alik olişga oğrinadi. Şu ham insofdanmi?!
“Hurriyat” davlat tiliga oid qonun, qaror va boşqa hujjatlar ijrosi holati yuzasidan şu kabi ijtimoiy örganişlarni kelgusida yana davom ettiradi.
Gulnora ŞERMATOVA,
jurnalist.
