Noqobil vorislar
Bir vaqtlar köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi korxona bölardi. Unda boşliq, muhandis, hisobçi, dispetçer, ikkitadan santexnigu elektrik va bir neçta farroş işlardi. Ular katta bir mahalladagi köp qavatli binolar va xonadonlarga texnik xizmat körsatar, buyurtmani olgan zahoti paysalga solmay aytilgan manzilga borişar, nosozlikni bartaraf etişardi.
Kamgapu kamtar, oçiq çehrali Mahmud aka degan santexnik bölardi. Uning mahallada örni ham, hurmati ham bor edi. Yaxşidan nom qolar, deganlaridek, usta bu dunyoni tark etganiga köp yil bölsa-da, mahallamizdagilar unutganlari yöq.
Zamona zayli bilanmi yoki yangiçasiga işlaş zarurati tuğilibdimi, köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi korxonalar örnida TSJlar (mulkdorlarning örtoqlik şirkati) paydo böldi. Afsuski, aksariyati işini yolçitolmagani uçunmi, ulardan ham voz keçila boşlandi. Örniga falon degan ajnabiy nomli MÇJ yaratildi.
Poytaxtning qoq markazida joylaşgan mahallamiz ahli qiş zahrini yutib kelayotganiga beş-olti yillar böldi. Ayozli kunlar boşlanişi bilan xizmat körsatuvçi şirkat direktoriga “Issiqlikni hal qilmasangiz, pul tölamaymiz”, deya şart qöyamiz. U: “Yöq issiqlikni qayerdan olib beraman?” deydi aybni tuman issiqlik korxonasiga ağdarib. Bor otangga, bor onangga boşlanadi. Bu tizimning şahar va respublika rahbarlariga qilgan uzluksiz murojaatlarimizga “xodimlarimiz muammoni joyida örganganlarida, issiqlik mavjudligi aniqlandi” degan ğirt yolğon javob olişdan çarçagan bölsak-da, orqaga qaytmadik. Oxir-oqibat “VEOLIA ENERGY TASHKENT” MÇJ XKning kirdikorlari foş böldi. Yöq issiqlikni bor deb uç-tört yildan buyon butun bir mahalla xalqining quloğiga lağmon osib kelgan xorijiy korxona yozda qilinmagan işni qişning sovuğida bajarişga majbur böldi. Ötgan qişda mahalla issiqlik bilan taʼminlandi. Bunga yetgunça salkam uç oy qiş jabrini tortişimizga töğri keldi. Lekin mazkur korxonaning biron-bir vakili haqiqatni tan olib, odamlardan uzr söramadi. Boş direktor lavozimini egallab ötirgan A.Haitmetov ham miq etmadi. Unga issiqlik isteʼmol qilinmagan kunlar uçun rasmiylaştirilgan hujjatlar taqdim etilganiga qaramay, majburiy ijro byurosidan sud qarori ilova qilingan qarzdorlik xati ola boşladik. Maʼlum böldiki, “PROSERVICECORP” MÇJ direktori oğzaki buyruq bilan uyimizni öz kompaniyasi tasarrufiga olibdi. He yöq, be yöq, har bir oiladan davlat boji bilan poçta xarajatlaridan taşqari, ikki-uç million sömdan undiriş iziga tuşibdi. Mazkur kompaniya direktori xatti-harakatlari qonun-qoidaga zid ekanligini bilmasmidi?! Kompaniya mulkdorlarni emas, mulkdorlar uni tanlaydi-ku. Uy-joy mulkdorlarining roziligi haqidagi umumiy yiğiliş bayonnomasi va qarori, tomonlarning majburiyatlari aks etgan şartnoma bölişi amaldagi qonun-qoida talabi-ku! Eng asosiy masala, bu — tölov. Xöş, mulkdorlarning texnik xizmat körsatuvçi şirkat yoki kompaniyaga tölovini kim va nima asosida belgilaydi?
“Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida “Mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va uni taʼmirlaş hamda köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini obodonlaştiriş uçun joylar mulkdorlari majburiy badallarining yoki tölovlarining miqdori umumiy yiğiliş qarori bilan belgilanadi”, deb yozib qöyilgan. Çindan ham har bir köp kvartirali uyda qilinişi kerak bölgan işning hajmiga qarab tölovni qonunda körsatilganidek mulkdorlarning özlari belgilasa böladi-ku! Eng muhimi, yiğilgan mablağning sarf-xarajati közgudagidek körinib turadi. Şunday qilinganda butun masʼuliyat mulkdorlar zimmasida bölib, taʼmirlaş ham, obodonlaştiriş ham öz vaqtida bajariladi.
Nodavlat hisoblangan şirkat yoki kompaniyaga tölov miqdorini Özbekiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi belgilagan. U 2024 yilning 1 mayidan boşlab eng kam tarifni quyidagiça belgilagan: Toşkentdagi kommunikatsiyalari mavjud bölgan ikki qavatli uylarning bir kvadrat metri uçun 1147 sömdan 1149 sömgaça, uç qavatli uylarning bir kvadrat metriga 1303 sömdan 1305 sömgaça, tört qavatli uylarning har kvadrat metriga 1514 sömdan 1518 sömgaça bölib, bu baho qavatdan-qavatga oşib boraveradi. Sababi nima? Nega butun xonadon sathi tölovga tortilgan? Tölov miqdori nimaga asoslangan? Nega kvadrat metr asos qilib olingan? Buning ustiga, yil davomida. Savollar köp.
Maʼlumki, mulkdor qiş mavsumi davomida issiqlik uçun xonadonining har bir kvadrat metriga belgilangan tarif böyiça haq tölaydi. Foydalanilgan sovuq va issiq suv hamda gazning kubometriga qarab tölov amalga oşiriladi. Ammo mulkdor kompaniya xizmatidan yil (balki yillar) böyi bir sömlik naf körmay, kvartirasining kvadrat metriga oyma-oy pul tölaşini tuşuniş qiyin, juda qiyin. Töğri, rasmiy hujjatlarda şirkat yoki kompaniya “umumiy mulkni saqlaş, taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari”ni bajarişi belgilab qöyilgan. Yertöladagi kommunikatsiyalarni mulkdorlar öz hisobidan taʼmirlasa, yangilasa, obodonlaştiriş ham özlarining qöllaridan çiqsa-yu, yana kompaniyaga pul ham tölaşlari adolatdanmi? Köpgina joylarda xizmat körsatuvçi mulkdorlarning jiddiy noroziligiga olib kelayotganligi, undan bezib borayotganligi şundan emasmi? Xizmat körsatuvçi öz vazifasini yolğon hisobotda bajarmoqda. Agar ikkinçi qavatda yaşaydigan mulkdor yetmiş kvadrat metrlik xonadoni uçun xizmat körsatuvçiga tarif böyiça har oy 105 980 va bir yilda 1 271 760 söm tölasa-yu, undan biron-bir manfaat körmasa, norozi bölmaydimi? Böladi-da! Qirq xonadonli köp qavatli uyning har biri şunçadan tölaganda ham 50 870 400 söm yiğiladi. Heç bölmaganda, bu pulga uyning taşqi körinişini çiroyli qilsa böladimi? Böladi. Lekin…
Xizmat körsatuvçi uylar atrofidagi yerlarni tartibga keltirib, gul köçatlari, mevali va manzarali daraxt ekişi kerak. Yaroqsiz holga kelgan deraza-eşiklar qaçon yangilanadi? Hatto uy yertölasidagi issiq va sovuq suv quvurining maʼlum bir qismini almaştiriş uçun material va xizmat haqini beramiz. Ammo köp qavatli xonadonlarni isitiş mavsumi tugagaç, tizim quvurlari va xonadonlar batareyalari yillar davomida yuvilmagan.
Şu gaplar boşimda aylanib yotgan paytimda, internet tarmoqlarida bir ayolning hokimiyat vakili kabinetida yoqalaşgan lavhasi paydo böldi. Masʼul xodimning qölini tişlab olgan “qahramon” mahallamizdagi ikki yuzga yaqin mulkdor istiqomat qilayotgan köp qavatli turar-joy kompaniyasining direktori bölib çiqdi. Nihoyat, oyoği yerdan uzilib, bosar-tusarini bilmay qolgan direktor işdan olinib, keng kölamli taftiş boşlanibdi.
Misollardan körinib turibdiki, köp qavatli uylarga texnik xizmat körsatuvçi kompaniyalar mutasaddilarining huquqiy va kasbiy malakalari sayozligi, iş sifati talabga javob bermasligi, taşabbus, tadbirkorlik va yangilikka intilişning yöqligi, halollik va adolat mezonlarining buzilişi özlariga pand bermoqda. Ötgan qiş mavsumida yöq issiqlikni mulkdorlarga bor qilib körsatiş uçun qozonga qaytib borişi kerak bölgan quvurdagi iliq suvni kunu tun kanalizatsiyaga oqizib qöyganlari “Toşkent issiqlik elektr markazi” filiali — issiqlik taʼminoti korxonasiga neça yuz millionlab zarar keltirganligi xalq rizqiga xiyonat emasmi?! Mirobod tuman issiqlik korxonasi har bir kompaniyaga solgan uç million söm jarimasi bilan zarar örnini qoplaydimi? Aççiq bölsa-da, oçiq aytiş kerakki, xizmat körsatuvçi ayrim kompaniyalar xalqning bergan pulini oqlaş uçun tasarruflaridagi köp qavatli uylarni obod qiliş örniga jiğildonlarini siylaş yölida raqobatlaşayotganga öxşaydi. Mahallamiz faollari mavjud köp qavatli uylarni bitta kompaniyaga birlaştiriş, uning rahbaridan tortib, işçilarigaça şu mahallada yaşaydigan bölsin degan talabni qöydilar. Beşta uyni boşqarayotgan nomzod bilan gaplaşib, maqsadni tuşuntirdik. U rozi böldi. Biroq kompaniya öz faoliyatini maoşsiz işlaydigan kuzatuv kengaşi rahbarligi ostida olib borişi lozimligini eşitganda rangi-röyi özgarib, duduqlanib qoldi. Oradan ikki oy ötganiga qaramay, undan darak bölmadi.
Kezi kelganda yana bir muammo xususida töxtalmay bölmaydi. Ayrim köp qavatli uylarning kiriş eşigi tepasi va qavatlardagi çiroqlar kunduz kuni ham öçirilmaydi. Ular xonadonlardan ayri bölib, yertöladagi umumiy hisoblagiçga ulangan. U bilan biron-bir mulkdor qiziqmaydi, albatta. Agar Energetika vazirligi köp xonadonli uylar qavatlaridagi çiroqlarni xonadonlar hisoblagiçiga ulab qöysa, qarabsizki, elektr quvvati ham, mulkdorlarning mablaği ham tejalgan bölardi.
“Köp qavatli uylarni boşqariş töğrisida”gi qonunning 7-moddasida “Köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasi mahalliy davlat organlari tomonidan köp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiladi. Köp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining zimmasiga mazkur yer uçastkasining sanitariya holati va obodonlaştirilişi uçun javobgarlik yuklatiladi. Har bir köp kvartirali uyning kadastr pasportida köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasi töğrisida maʼlumotlar, şuningdek, yer maydonining kadastr rejasi majburiy tartibda bölişi şart”ligi körsatilgan. Xöş, bu işni kim, qaçon qiladi? Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining tumanlardagi bölim va inspeksiyalarimi yoki mahalliy hokimiyatning zimmasiga yuklatilgan taşkilot va idoralarmi? Nazorat bölmaganligi sababli beş yil içida qilinmagan bu iş oqibatda köp qavatli uylarga tutaş yerlarning talon-toroj va ekologik jihatdan abgor bölişiga olib keldi. Ayrim mulkdorlar tomonidan noqonuniy qurilmalar bunyod etildi. Şaxsiy avtomobillar turar joyiga aylantirildi.
Mazkur qonunning 9-moddasidagi “Kam taʼminlangan oilalarga köp xonadonli uylarni saqlaş böyiça yordam körsatiş”dek insonparvarlik amalga oşsa, yolğiz yaşovçi pensionerlar, nogiron va kam taʼminlangan oiladagilar ham xursand bölmaydimi? Taassufki, hali bu xayrli qonun talabi qoğozda, xolos.
Aholining huquqiy savodxonligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilişi kerakligini ham hayotning özi talab qilmoqda. Agar köp qavatli uylarni boşqariş qonunda körsatilganidek olib borilsa, yordamga muhtojlar yana çetda qolib ketmasa, muammolar çekinib, işlar yurişib ketişiga işonsa böladi.
“Köp qavatli uylarni boşqariş töğrisida”gi qonunning qabul qilinganiga hademay beş yil böladi. Unda körsatilgan vazifalarni tegişli vazirlik va idoralar poytaxtning Mirobod tumanidagi Şarof Raşidov nomli mahallasida amalga oşirişni yana neça yil kutişlari kerak?
Nuriddin OÇILOV,
jurnalist.
