Sudlar mustaqil va adolatli faoliyat yuritsin
Buning uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi va 2017 yil 21 fevraldagi “Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini moddiy taʼminlaş Departamenti taşkil etilgan edi.
Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari esa quyidagilar etib belgilangan:
– sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlaş böyiça işni taşkil etiş, şuningdek, uni takomillaştiriş yuzasidan takliflar tayyorlaş;
– sud binolarini quriş va taʼmirlaş uçun ajratilgan mablağlarning samarali sarflanişini taʼminlaş, sudlar faoliyati uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş böyiça çora-tadbirlarni köriş;
– sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat şaroitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqiş va boşqa muhim vazifalar ijrosini taʼminlaşdan iborat.
Bugungi kunda Departament tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlarining iş faoliyati uçun zarur bölgan şart-şaroitlar yaratilişi hamda ularni moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Birgina poytaxt sudlari misolida olsak, Toşkent şahrida 23 ta sud faoliyat olib boradi. Jumladan, Toşkent şahar sudi (jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy sudlov hayʼatlari), Toşkent şahar maʼmuriy hamda tumanlararo sudlari, Özbekiston Respublikasi hamda Toşkent harbiy sudlari, 12 ta tuman jinoyat sudlari, 5 ta tumanlararo fuqarolik sudlari, 1 ta tumanlararo iqtisodiy sudi mavjud.
Sudlar faoliyatini taʼminlaş Departamentining Toşkent şahar hududiy bölimi tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlarining iş faoliyatida zarur şart-şaroitlar yaratiş hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça davlat byudjetidan hamda Sud hokimiyatini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan joriy yilning birinçi çoragida muayyan işlar amalga oşirildi.
Jumladan, umumiy yurisdiksiya sudlarida faoliyat yuritayotgan sudya va sud xodimlarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar vaqtida tölab kelinmoqda.
Har xil turdagi asosiy vositalar, inventarlar, tovar-moddiy zaxiralar hamda xöjalik xarajatlari uçun esa jami 2 727 302,0 ming sömlik xaridlar amalga oşirilib, mavjud ehtiyojlar asosida taʼminlab berildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 27 fevral kuni sudlar faoliyatini yanada yaxşilaş, oçiqlik va raqamlaştiriş darajasini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosi böyiça sud binolarining faoliyat yönalişi va şaharsozlik normalariga mosligini örganiş yuzasidan tuzilgan işçi guruh iştirokida har bir sud binosi xatlovdan ötkazildi.
Unga köra, işçi guruh xulosalaridan kelib çiqib, Toşkent şahrida 8 ta sud idorasiga yangi zamonaviy binolar quriş, 3 ta sud binosini rekonstruksiya qiliş va 5 ta sud binosini kapital taʼmirlaş yuzasidan takliflar berilib, uşbu loyihalarning tegişli davlat dasturiga kiritilişi hamda mablağ ajratilişi böyiça zarur çoralar körilmoqda.
Bu işlarning amalga oşirilişidan közlangan asosiy maqsad umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan odil sudlovning amalga oşirilişida sud xodimlariga zarur şart-şaroitlar yaratiş, xususan, sudga taşrif buyuruvçi fuqarolarga qulayliklar yaratiş – eng muhim vazifa.
Ğayrat SALOHIDDINOV,
Sudlar faoliyatini moddiy taʼminlaş departamenti
Toşkent şahar hududiy bölimi
boşliği.
